Ishni bajarish tartibi.
1. Quruq stakan masasini tarozida tortib, massasini m1 bilan belgilang.
2. Byuretkada tomchining tomish tezligini shunday tanlash kerakki, uni sanay oladigan bo’lsin.
3. Sirt tarangligi noma`lum suyuqlikdan stakanchaga N – ta tomchi tomizib, uni stakancha bilan birga tortib, massasi ni aniqlang. Bir tomchi suyuqlik og’irligini quyidagi formula yordamida hisoblang.
(11)
4. Sirt tarangligi ma’lum bo’lgan suyuqlikdan (suvdan) stakanchaga N –ta tomchi tomizib, uni suyuqligi bilan birga tarozida o’lchab, massasi ni aniqlang.
Bu holda bir tomchi suyuqlik og’irligi quyidagi formuladan hisoblanadi.
(12)
5.Termometr yordamida suvning temperaturasi o’lchanib, jadvaldan suvning sirt taranglik koeffitsiyenti yozib olinadi.
(11) va (12) dan P0 va P larning qiymatlarini (10) formulaga qo’yib ni toping.
larda hisoblanadi.
O’lchash natijalarini quyidagi jadvalda yozing.
1 – jadval
Sinov sаvоllari.
1. Suyuqlik sirt taranglik koeffitsiyentining fizik mohiyati nimadan iborat?
2. Sirt taranglik koeffitsiyenti qanaqa birliklarda o’lchanadi?
3. Suyuqlik sirtining erkin energiyasi deb nimaga aytiladi?
4. Sirt aktiv moddalar deb nimaga aytiladi?
5. Sirt taranglik koeffitsiyenti temperaturaga qanday bog’liq?
6. Sirt tarangligini bilishning qishloq xo’jaligida qanday ahamiyati bor?
Laboratoriya ishi №14
ARALASHTIRISH YO’LI BILAN JISMLARNING SOLISHTIRMA
ISSIQLIK SIG’IMINI ANIQLASH.
Mashg’ulotning maqsadi: Solishtirma issiqlik sig’imi haqida tushunchaga ega bo’lish, uni amalda aniqlash.
Ish rejasi:
1.Tajriba qurulmasini tayyorlash.
2.Solishtirma issiqlik sig`imlari aniqlanadigan jismlar to`plamini aniqlash.
3.Jismlar solishtirma issiqlik sig`imlarini aniqlash.
4.Solishtirma issiqlik sig`imni bilishning qishloq xo`jaligida ahamiyatini anglash.
Kerakli asbob va materiallar: Kolorimetr, tekshiriladigan jismlar, elektron tarozi, termometr, elektroplitka, menzurka.
Ishning qisqacha nazariyasi
Jismning issiqlik holati uning molekulalari xaotik issiqlik harakati jadalligi bilan xarakterlanadi. Bu harakat jadalligi o’zgarganda jismning ichki energiyasi va uning issiqlik holati o’zgaradi. Bundan 200 yil muqaddam M.V. Lomonosov o’zining “Issiqlik va sovuqlikning sababi haqida fikrlar” degan asarida issiqlik materiya ichki harakatidan iborat bo’lib, materiyaning sezilmaydigan zarralari (molekulalari) o’rni o’zgarishidan iborat deb yozgan edi. Issiqlik holatlari turlicha bo’lgan ikkita jism olaylik. Birinchi jismda molekulalarning xaotik harakati ikkinchi jismdagi molekulalarning xaotik harakatidan jadalroq bo’lsin. Bu jismlarni bir-biriga tegizamiz, ya’ni issiqlik kontakti holatiga keltiramiz. Bu holda jismning molekulalari jismlarning tegish chegarasida ikkinchi jism molekulalariga urilib, ular issiqlik harakati jadalligini oshiradi. Natijada jismlarning issiqlik holatlari o’zgaradi: birinchi jismning ichki energiyasi kamayadi, ikkinchi jismning ichki energiyasi esa ortadi. Birinchi jismning ikkinchi jismga issiqlik kontaktida bergan ichki energiyasi miqdori bergan issiqlik miqdori deyiladi. Jismning issiqlik xarakteristikasi sifatida temperatura tushunchasi kiritilgan: temperatura jism molekulalari xaotik harakati jadalligini miqdoriy ifodalovchi fizik kattalikdir.
Jismda molekulalarning issiqlik harakati qanchalik jadal bo’lsa, uning temperaturasi shunchalik yuqori bo’ladi. Bizning misolimizda birinchi jismning temperaturasi ikkinchi jism temperaturasidan yuqori edi. Hozir biz ishlaydigan usul issiq va sovuq moddalar o’zaro aralashganda ular o’rtasida issiqlik almashinuviga asoslangandir. Agar qattiq jism massasi M, jismni isitgandan keyingi temperaturasi T bo’lsa, uni kolorimetr ichiga tushirganda quyidagi formula bilan aniqlanuvchi issiqlik miqdorini yutadi.
(3)
bu yerda aralashma temperaturasi harfi bilan belgilangan. Shu issiqlik miqdorini kolorimetr ichidagi suv qabul qilib oladi va mos ravishda quyidagilarni yozish mumkin.
(4)
(5)
bu yerda kolorimetr olgan issiqlik miqdori, suvning qabul qilgan issiqlik miqdori, kolorimetr massasi, suvning massasi, suvning boshlang’ich temperaturasi, C1 va C2 lar kolorimetr va suvning solishtirma issiqlik sig’imlari.
Yuqorida aytilganlarga binoan, issiqlik balansi tenglamasini yozish mumkin:
(6)
(7)
(8)
Bu formuladan tekshiralayotgan qattiq jismning solishtirma issiqlik sig’imi C ni aniqlash mumkin
(9)
Do'stlaringiz bilan baham: |