3 - rasm.
Shu sababli odatdagi temperaturalarda kontakt qatlam elektronlari uchun ham, "tirqishlar" uchun xam ta’qiqlangan qatlam hisoblanadi. Boshqacha so’z bilan aytganda kontakt qatlam juda katta qarshilikka ega bo’ladi.
Agarda yarim o’tkazgichni tashqi elektr maydoniga joylashtirsak, u holda muvozonat buziladi. Agarda tashqi maydon kuchlanganligi kontakt qatlam kuchlanganligi bilan mos kelsa (4-rasm), u holda tashqi maydon kontakt qatlam maydonini kuchaytiradi. Bundan tashqi maydon n-yarim o’tkazgichdagi elektronlarni va p - yarim o’tkazgichdagi "tirqish"larni kontaktdan teskari tomonga xarakatga keltiradi. Bu esa kontakt qatlamning va uning qarshiliginining oshishiga olib keladi. Gakik qatlam qarshiligi oshgan holdagi tokga teskari yoki taqiqlangan tok deyiladi.
Agarda tashqi maydon kuchlanganligi kontakt qatlam maydon kuchlanganligiga qarama-qarshi yo’nalgan bo’lsa, u holda kontakt qatlamdagi tok tashuvchilar soni oshadi va qalinlik kamayadi(5-rasm).
4-rasm 5-rasm. 6-rasm.
Tashqi maydon kuchlanganligining ma’lum qiymatida kontakt qatlam qarshiligi yarim o’tkazgich ixtiyoriy qismidagi shunday qismining qarshiligiga teng bo’ladi. Bu holdagi tokning yo’nalishiga to’g’ri tok yoki o’tkazuvchan tok yo’nalishi deyiladi. Bu yo’nalish p dan n tomonga yo’nalgandir. Shunday qilib p va n yarim o’tkazgichlar kontakti bir tomonlama o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega ekan. Bitta p-n o’tish oblasti o’zini xuddi ikki elektrodli lampa kabi tutadi, shu sababli bitta p-n o’tish oblastiga ega bo’lgan qurilmaga yarim o’tkazgichli diod deyiladi va shu sababli o’zgaruvchan elektr tokini to’g’rilash uchun ishlatiladi. Tok kuchining yarim o’tkazgichli diodga qo’yilgan kuchlanish orasidagi bog’lanish 6 - rasmda ko’rsatilgan.
Qurilmaning tavsifi
Sanoat turli maqsadlar uchun ishlatiladigan, tuzilishi turlicha bo’lgan va turli xarakteristikaga ega bo’lgan yarim o’tkazgichli diodlarni ishlab chiqaradi.
Yarim o’tkazgichli diodlarni yasash uchun asosiy material sifatida germaniy, kremniy, selen ishlatiladi. To’g’rilovchi diodlar sifatida asosan yassi diodlar qo’llaniladi va ular 3 turga bo’linadi. Kichik quvvatli (to’g’rilash toki 0,3 A gacha), o’rtacha quvvatli (tok 0,3 A dan 10 A gacha), katta quvvatli (tok 10 A dan katta). Bu ishda D242 A kremniyli diodning volt-amper xarakteristikasi o’rganiladi. D 242 A-diodi quyidagi xarakteristikalarga ega: maksimal to’g’rilanadigan tok 10 A. teskari tok 3 MA
Teksari maksimal kuchlanish 100 B
Voltamper xarakteristikasini olish uchun quyidagi sxemadan foydalanadilar (7 –rasm). Bu yerda D-D 242 A yarim o’tkazgichli diod, mA - 300 milliampergacha o’lchaydigan milliamper. - 15 V ga mo’ljallangan voltmetr.
Do'stlaringiz bilan baham: |