Yorug`lik nurining tabiatini tushuntiring.
Geometrik optika qonunlarini tushuntiring: Sinish, qaytish va hokazo.
Absolyut va nisbiy sindirish ko`rsatkichlari nima?
Mikroskopning tuzulishini tushuntirish.
Ishning bajarilish tartibini tushuntiring.
Laboratoriya ishi №31
REFRAKTOMETR YORDAMIDA SUYUQLIKLARNING SINDIRISH
KO`RSATKICHINI ANIQLASH.
Mashg’ulotning maqsadi: refraktometr yordamida suyuqliklar tarkibidagi shaker miqdorini foizlarda aniqlash.
Ish rejasi:
1. Refraktometr va sindirish ko`rsatkichi aniqlanadigan suyuqliklar to`plami.
2. Sindirish ko`rsatkichiga qarab modda ronsentrasiyasini aniqlash.
3. Refraktometrlardan qishloq xo`jaligida foydalanish sohalari bilan tanishish.
Kerakli asbob va materiallar: Abbe Refrektometri, tekshiriladigan suyuqliklar to`plami.
Muhitning sindirish ko`rsatkichini o`lchash uchun xizmat qiladigan asboblarga refraktometr deyiladi. Bu ishda Abbe refraktometridan foydalinadi.
Abbe refraktometri miqdorlari uncha ko`p bo`lmagan suyuqliklarning sindirish ko`rsatkichlarini aniqlash uchun qo`llaniladi. Refraktometrning ishlash usuli tiniq suyuqliklarda sinish burchagining chegaraviy qiymatidan foydalanishga asoslangan. Agar yorug`lik optik zichligi katta muhitdan optik zichligi kichik muhitga o`tayotgan bo`lsa, normalga nisbatan tushuvchi nur hosil qilgan nurlar dastasining burchagi ma`lum qiymatga yetganda, yorug `lik dastasining butunlay zich muhit ichiga qaytishi to`la ichki qaytish hodisasi deyiladi. Shu paytda tushish burchagi chegaraviy yoki limit burchagi deyiladi. Refraktometrning asosiy qismi o’zaro oshiq-moshiq (sharnir) bilan birlashtirilgan ikkita to’g’ri burchakli prizma kesimlaridan iborat (1-rasm). Prizmalar orasiga tekshiriladigan suyuqlikdan 1-2 tomchi tomozilib, yuqorigi prizma tushurilsa. suyuqlik yupqa qatlam hosil qilib yoyilib ketadi. Yotuvchi prizmaning AC sirti xira qilib yasalgan.
1-rasm.
Tiniq suyuqlikning sindirish ko’rsatkichini aniqlash uchun yorug’lik nuri yotuvchi prizmaning AB qirrasiga yo’naltiriladi. Bu nur prizmadan o’tib xiralashtirilgan AC prizmaga tushadi va hamma tomonga sochiladi. Natijada prizmalar orasidagi suyuqlik qatlamida sochilgan nur o’tadi va DG sirtga nur turli burchak hosil qilib tushadi. Ular ichiga 900 nurning prizmadagi sinish burchagi eng katta bo’lib, unga sinish burchagining chegaraviy qiymati deyiladi. Agar o’lchov prizmaning FE qirrasidagi o’tuvchi nur yo’liga ko’rish trubasi yoki ekran qo’yilsa ko’rish maydonida ikki soha ko’rinadi: ularning biri yorug’ ikkinchisi qorong’i soha bo’ladi. Bu ikki sohani chegaraviy sinish burchgiga ega bo’lgan nur ajratib turadi (1-rasm). Nurning suyuqlikdan, o’lchov prizmasiga o’tish uchun sinish qonuni quyidagicha bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |