2-bob. O‘quvchi (talaba)larga pul nafaqalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va
boshqa buyumlar, shuningdek transportda yurish kartochkalari berish masalasini ko‘rib chiqish tartibi
9. Ta’lim muassasasida o‘quvchi (talaba)larga pul nafaqalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh,
poyabzal va boshqa buyumlar (keyingi o‘rinlarda — ijtimoiy ta’minot yordami), shuningdek, transportda yurish
kartochkalari hamda bitiruv nafaqasini berish yuzasidan murojaatlarni o‘rganish bo‘yicha doimiy faoliyat
yurituvchi ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda — ishchi guruh) tuziladi.
10. Ishchi guruh tarkibiga muassasaning tegishli xodimlari kiritiladi va muassasa rahbari tomonidan
tasdiqlanadi.
Ishchi guruh kamida yetti kishidan iborat quyidagi tarkibda tuziladi:
ishchi guruh rahbari — muassasa rahbari;
ishchi guruhning mas’ul kotibi — muassasa rahbarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari;
muassasa yuriskonsulti;
muassasa buxgalteri;
to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan bolaning guruh rahbari yoki murabbiyi;
tanlov asosida bir nafar pedagog;
kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi.
11. O‘quvchi (talaba)larga ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv
nafaqasini berish masalasini ko‘rib chiqish tartibi ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga
oshiriladi.
12. O‘quvchi (talaba)larga ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv
nafaqasini berish bo‘yicha tegishli hujjatlarni yig‘ish va rasmiylashtirish o‘quvchi (talaba)ning guruh rahbari yoki
murabbiyi (keyingi o‘rinlarda — guruh rahbari) tomonidan amalga oshiriladi.
13. O‘quvchi (talaba) ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqasi
olish uchun muassasa rahbariga ariza bilan murojaat qiladi.
14. O‘quvchi (talaba)ga ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv
nafaqasi berish masalasini hal qilish uchun guruh rahbari tomonidan ishchi guruhga o‘quvchi (talaba)ning
murojaatidan so‘ng uch ish kunida quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) o‘quvchi (talaba)ning arizasi;
b) tuman (shahar) hokimining o‘quvchi (talaba)ni davlat tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish, tibbiy-
ijtimoiy muassasalarga joylashtirish yoki to‘liq davlat ta’minotiga olish haqidagi qarori nusxasi;
v) o‘quvchi (talaba)ning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki pasporti nusxasi;
g) o‘quvchi (talaba)ning yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan
mahrum bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjatlar:
ota-onasining o‘limi haqidagi guvohnoma nusxasi yoki sudning ota-onani vafot etgan deb topganligi
to‘g‘risidagi qarori nusxasi;
22.09.2021, 02:10
739-сон 21.11.2020. Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolala…
https://lex.uz/docs/-5117079
4/51
ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjat
nusxasi.
15. Hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab o‘n ish kunida ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqiladi.
16. Tushgan hujjatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha o‘quvchi (talaba)ga ijtimoiy ta’minot yordami,
transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqasining berilishi yoki rad etilishi to‘g‘risida ishchi guruhning
qarori qabul qilinadi va ta’lim muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlangan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ishchi guruh tomonidan barcha hujjatlar to‘liq, asoslangan holda taqdim etilganligi aniqlanganda
o‘quvchi (talaba)ga ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqasini berish
to‘g‘risida, aksincha taqdim etilgan hujjatlarda kamchilik mavjudligi, hujjatlarning haqiqiy emasligi aniqlanganda
nafaqa berilishini rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Ishchi guruh tomonidan qaror nusxasi uch ish kunida o‘quvchi (talaba)ga yetkaziladi.
O‘quvchi (talaba) qaror nusxasini olgan kundan boshlab bir oy davomida tegishli kamchiliklarni bartaraf
etgan holda nafaqa olish bo‘yicha ishchi guruhga qayta murojaat qilish huquqiga ega bo‘ladi.
17. Ishchi guruh rahbari va a’zolari ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda
bitiruv nafaqasining berilishi yoki rad etilishi to‘g‘risida ishchi guruh qarorining qonuniyligi va uning to‘g‘ri
qabul qilinganligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |