“T A S D I Q L A Y M A N” Navoiy viloyati OITSga qarshi kurashish markazi bosh vrachi A.R.Ro‘ziyev « 06 » yanvar 2022 yil
Umumiy yig'ilish bayoni № - _____
"06" yanvar 2022 yil Navoiy shahri
Yig'ilish raisi: Bosh vrach: A.R.Ro‘ziyev Katnashdilar:Bosh vrach o'rinbosarlari bo'lim mudirlari KUK raisi, Kadrlar bo'limi inspektori
bosh hisobchi, iktisodchi, bosh hamshira
hamda katta hamshira shuningdek markaz
xodimlari.
1. Markaz 1-darajali bosh yuriskonsulti Sharapov Shuxrat Saparbayevich tomonidan 2021 yil 4-choragi davomida yuridik xizmat soxasi yunalishida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti to'g'risida. 2. O'zbekiston Respublikasining "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida"gi O'R-371-sonli Qonuni va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi "Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PK-2833-son qarori ijrosini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar to'g'risida. 3. Tibbiyot birlashmasi xodimlari o'rtasida ijro intizomi, mehnat qonunchiligiga rioya etilishi, hamda ichki tartib qoidalarga rioya etilishi to'g'risida. Kun targibidagi masalalar yuzasidan Navoiy viloyati OITSga qarshi kurashish markazi bosh vrachi A.R.Ro‘ziyev kirish so'zi bilan ochib, 2021 yil 4-choragi davomida Respublikamizda qonunchiligimizda qabul qilinayotgan yangi tahrirdagi qonunlar shuningdek, Prezidentimizning farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, SSV va viloyat SSBning buyruq va nizomlari talablarini yetkazish borasida birlashma yuridik xizmati tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilishi bilan bir qatorda.
О'zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi “Korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi O'RK-419-son Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi “Korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonun qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PK-2752-sonli qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O'zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5729-sonli Farmoni bilan tasdiqdangan Davlat dasturi, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati kengashining “Korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida parlament nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 2019 yil 30 sentyabrdagi 2782-P1/KK-610-Sh-son qo'shma qarori, O'zbekiston Respublikasi Sog'likni saqlash vazirligining 2019 yil 18 noyabrdagi 283-sonli va viloyat SSBning 2019 yil 22 noyabrdagi 209-sonli buyruqlari, O'zbekiston Respublikasining “Xukukbuzarliklar profilaktikasi tugrisida”gi O'RK-371-sonli Qonuni va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi “Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PK-2833-son qarori talablari ijrosini ta'minlash, iqtisodiy qonunbuzilishlar va korruptsiyaga qarshi kurashish borasidagi amalga oshiriladigan ishlarni, Sog'liqni saqlash va markaz tizimida iqtisodiy qonunbuzilishlarga yo'l qo'ymaslik borasida yuridik xizmat tomonidan tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, amalda ijro etilishi nazorta qilish borasida o'z hissasini qo'shib kelayotganligi to'g'risida o'z fikr mulahazalarini bildirib, yuridik xizmat tomonidan 2020 yil 4-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berish uchun so'zni 1-darajali bosh yuriskonsult Sh.S.Sharapovga berdi.
Markaz bosh yuriskonsulti Sh.S.Sharapov so'zga chiqib. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 2017 yil 19 yanvardagi PK-2733-son qaroriga asosan, davlat organlari, ho'jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida shu jumladan ularning hududiy bo'linmalarida majburiy tartibda yuridik xizmatlar tashkil etilganligi, yuridik xizmat faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha ta'sirchan choralarni amalga oshirish hamda har yili markaz faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta'minlash bo'yicha ishlar to'g'risida yuridik xizmatning xisobotini eshitish bo'yicha shaxsiy javobgarlik yuklanganligi yig'ilish ishtirokchilari diqqatiga yetkazilib, o'tgan 2021 yil davomida markazdagi bo'limlar, shuningdek, Zarafshon shaxar OIV labaratoriyalari, va boshqa tumanlardagi xodimlar bilan birgalikda jami 111 nafar ishchi xizmatchilarga O'zbekiston Respublikasining yangi Qonunlari, Muxtaram Prezidentimizning Farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining hamda viloyat va tuman xokimliklarining qarorlarini, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi SSV xamda viloyat SSBning buyruqlari talablarini yetkazib, ularning huquqiy bilim va madaniyatni oshirish borasida ishlarni tashkillashtirilganlgini, qonunchilik va huquqni qo'llash sohasida hisobot davrida 385 ta buyruq, shundan 245 tasi shaxsiy tarkibga oid va 111 tasi markazning boshqa sohalari bo'yicha buyruqlarini, shuningdek 29 tasi pullik xizmat bo'yicha bundan tashqari, tuzilgan shartnomalarni o'rganib chiqib, ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan huquqiy ekspertizadan o'tkazilgan bo'lsa, 14 marotoba davlat organlari va tashkilotlari ishtirokidagi sud jarayonlariga ishtirok etildi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4909-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlari to'g'risida”gi va 2017 yil 4 maydagi PF-5038-sonli farmoni, shuningdek 2017 yil 11 sentyabrdagi O'zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslaning murojaatlari to'g'risidagi qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida”gi 445-sonli Qonuni talablari ijrosini ta'minlash borasida bir qator ishlarni olib bormoqda. Jumladan: Jismoniy va yuridik shaxslardan o'tgan 2021 yil davomida tibbiyot sohasi bo'yicha hisobot davrida 61 (2020 yilda 19)ta ariza va iltimosnomalar murojaat tariqasida kelib tushgan bo'lib, shundan elektron murojaatlar mavjud emas, yozma murojaatlar 15 (5) ta va og'zaki murojaatlar 46 (12)tani tashkil etadi. Ushbu murojaatlarning barchasi ijobiy xal etilib, barchasiga murojaat mualliflariga huquqiy tushuntirish berilishiga o'z hissasini qo'shgan. Olib borilgan targ'ibot va tashviqotlar natijasida tumanimiz aholisidan kelib tushayotgan murojaatlar o'tan 2020 yilga nisbatan 59,5 foizga kamayishiga erishildi.
Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi “Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PK-2833-son qarori va “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha 2017-2018 yillarga muljallangan dastur” talablari shuningdek, O'zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida”gi O'R 1S-371-sonli Qonuni talablari ijrosini, shuningdek iqtisodiy qonunbuzilishlar va korruptsiyaga qarshi kurashish borasidagi amalga oshiriladigan ishlarni, markaz tizimida iqtisodiy qonunbuzilishlarga yo'l qo'ymaslik maqsadida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi talablariga rioya qilinishini nazorta qilib borilmokda.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi 12-sonli Qarori hamda 2009 yil 28 avgustdagi 11-10-sonli manitoring olib borish tartibi qoidalari, shuningdek viloyat Sog'liqni saqlash boshqarmasining 2017 yil 1 dekabrь kunidagi “O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-sonli Qarori ijrosini ta'minlash bo'yicha “O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining 2017 yil 12 apreldagi 155-sonli buyrug'i, viloyat xokimligining o'tgan yilning 14 apreldagi, K-Sh-sonli qarorlarining davolash profilaktika muassasalarida qayta o'rganish to'g'risida”gi 110-sonli yig'ilish bayoni talablari. O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon, qaror va farmoyishlari hamda yuqori turuvchi idoralar, jumladan viloyat va tuman sog'liqni saqlash tizimi tomonidan ijro uchun yuborilayotgan barcha hujjatlar o'z vaqtida ijrosini ta'minlanishi doimo har bir rahbarning nazorati ostida bo'lishi hamda amalda ijro etilishi nazorat qilinib borilayotganligi to'g'risida axborot berdi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan markaz bosh vrach o'rinbosarlari O.X.Norqulov, E.O'.Rustamovlar shuningdek, KUK raisi X.K.Turdiyev, Kadrlar bo‘limi inspektori M.Ochilovalar o'z fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Yuqoridagilardan kelib chiqib yig'ilish: