Tipik bo’z tuproqlar.
Tipik bo’z tuproqlar tog’ oldi tekisliklarida va tog’ etaklarida rivojlanadi. Geomorfologik jihatdan qaraganda, tipik bo’z tuproqlar, asosan, qadimgi daryolarning baland terassalaridan yoki yoyilmalaridan iborat bo’lib, lyossimon yotqiziqlardan, kamroq qismi esa toshloqlar, konglomeratlar va bazan chag’irtoshli jinslar hamda tub jinslar ustida yotadigan qavatli allyuvial hamda prolyuvial-allyuvial yotqiziqlardan tashkil topgan.
Bo’z tuproqlar poyasining iqlimi ancha o’zgaruvchandir. Bunga, shu joyning o’ziga xos xususiyatlari sabab bo’lmoqda. Shu munosabat bilan tipik tuproqlar va unda o’sadigan o’simliklar xislatlarida bazi xususiyatlar yuz berganligi aniqlangan.
Tipik bo’z tuproqlar tarqalgan hududning umumiy ko’rinish.
Umumiy kuzatishlarning, qisman tajriba materiallari bilan tasdiqlangan yakunlariga asosan, quyidagilarni ko’rsatib o’tish mumkun: A) Tipik bo’z tuproqlarning profili ancha berchlangan:
B) Tipik bo’z tuproqlarda gumus kamroq, kavernoz va illyuvial karbonatli gorizont unchalik yaxshi bilinmaydi va u balandroqdagi qatlamda joylashgan:
V) Tog’ etaklari polosasining markaziy qismining yuqori va o’rta oqimlaridagi bo’z tuproqlar eng tipik hisoblanadi.
Tipik bo’z tuproqlar profilining morfologik xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1) Gumus gorizonti yuzaroq joylashgan karbonatli gorizont va chuqur joylashgan gipsli gorizont etarli darajada aniq bilinib turadi:
2) gumusli oraliq gorizont bilan o’rindosh joylashgan va chuvalchang hamda qurtlarning aktiv faoliyati tufayli vujudga kelgan kavernoz (g’ovak) gorizont ham uchraydi.
Gumusli gorizont (A-gorizont). Qalinligi 12-16 sm. Odatda sur rangli bo’ladi va salgina qo’ng’ir tusli bo’lib tovlanadi. Ustki (4-5 sm qalinlikdagi) qismi tangasimon qatlamli (yoki mayda uvoqchali) srukturadagi tuproqlardan tashkil topgan. Efemerlarning mayda ildizchalari asosan shu qatlamda pastroqda (12-16 sm qalinlikdagi qavatda) salgina qo’ng’ir rangli bo’lib tovlanadigan och tusli bo’z tuproq joylashgan. Bu qatlam bir muncha zichlashganligi, unchalik mustahkam bo’lmagan uvoqchali strukturasining yaxshi bilinmasligi, ildizlarning kamligi va er kavlaydigan qurtlarning yullari bo’ladi.
Karbonatli uyumlar, mustahkam konkrestiyalar (qattiq holdagi yangi yaralmalar) va psevdomeistellar shaklida kalstiy karbonat vujudga keltirilgan yaralmalarning bo’lishi bilan xarakterlanadi. Karbonatli yaralmalarning soni va morfologik yaqqolligi pastga qarab, 90-110 sm-gacha tobora oshadi, keyin yana kamaya boshlaydi. Gorizontning ustki qismida (20-50 sm-li qavatda) kavernoz (g’ovak) qatlam qavat borligi aniq bilinib turadi. Chuvalchanglar yo’l yasab va qo’ng’izlar qattiq devorli uyalar qurib bu qavatni ilma-teshik qilib yuborgan va bu yo’llarga ohak to’lgan bo’ladi. Gorizontning ustki qismi qo’ng’ir-sarg’ish bo’z rangli, quyi qismi esa sarg’ish-rangli bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |