Qumli cho’l(sahro) tuproqlari.
Nurota tog’ oldi tekisliklarida och tusli bo’z tuproqlarning shimoliy qismida Qizilqum platosiga o’tish chegarasida qumli sahro tuproqlari joylashgan. Geomorfologik nuqtai nazardan bu tuproqlar tekisliklarning ayrim qismlarida kichik–kichik barxanlar hamda qum to’plamalari ko’rinishida joylashgan bo’ladi. Genetik nuqtai nazardan esa bu unchalik takomillashmagan, genetik qatlamlarga to’la ajralmagan, morfologik belgilari ham o’z evolyustiyasini to’la tamomlamagan bo’ladi. Biroq, shuni ta’kidlash kerakki, qumli cho’l(sahro) tuproqlarida mexanik tarkibning engilligi, atmosfera yog’in suvlarini o’zida to’plash qobiliyati hamda yaxshi issiqlik rejimiga egaligi tufayli erta bahorda har xil turdagi o’simlik qoplamlariga boy bo’ladi.
Takomillashgan qumli cho’l(sahro) tuproqlarida quyidagi genetik qatlamlarni va ularga hos morfologik belgilarni ajratish mumkin.
Ao–0–3 (4)sm. odatda bo’z–sarg’ish yoki biroz qo’ng’ir–sarg’ish mayda chang zarrachalardek, ayrim hollarda mayda toshchalar-shag’allardan iborat hech bir o’simliklari bo’lmagan qumlar to’plamidan iborat. Qalinligi 0–3 (4) sm. gacha bo’lgan sarg’ish–bo’z yoki sarg’ish–qo’ng’ir tovlanuvchi, qumli sochiluvchan, o’simlikning mayda tomirchalari ko’p, tuproq hasharotlari faoliyati sezilarli ifodalangan, devorlarda ayrim hollarda yoriqlar bo’lgan, qum zarrachalaridan yaltiroq tovlanuvchi qat–qat plastinkasimon agregatlardan iborat bo’lgan chimli qatlam mavjud. Uning qalinligi 3–7 sm.cha bo’lishi mumkin. Bu qatlam biroz zichlashgan to’qroq qo’ng’ir tovlanuvchi, qumloq, o’simlik ildizlari sezilarli darajada, tuproq hayvonot dunyosi yaxshi ifodalangan, vertikal yoriqlar mavjud, qalinligi 10–12 sm li chim osti yoki illyuvial qatlam bo’ladi. Bu qatlam ostida esa tuproq hosil bo’lish jarayoniga uchramagan, har xil kalinlikdagi qum yotqiziqlari yotadi. Bu yotqiziqlar tarkibida ba’zan toshchalar, karbonatli birikmalar ham uchrab turadi. Karbonatli birikmalar–bu erdagi tuproq hosil bo’lish jarayoni ta’sirida emas, balki, boshqa yo’llar, masalan, hasharotlar yordamida yoki o’simliklarning o’tmishdagi faoliyati ta’sirida yuzaga kelgan bo’lishi mumkin.
Lalmi–qo’riq, qo’riq–partov va qumli cho’l(sahro) tuproqlari ham mavjud. Bunda albatta 20–25 sm haydalma qatlam mavjud bo’lib, uning rangi sarg’ish-qo’ng’ir, qizg’ish kabi murakkab bo’lib, engil (qumli) mexanik tarkib bo’lanligi sababli ular shamol eroziyasiga juda osonlik bilan chalinadilar.
Qumli cho’l(sahro) tuproqlari maydonlarining umumiy ko’rinishi
Qumli cho’l(sahro) tuproqlarining partov-qo’riq holdagi ko’rinishi
Do'stlaringiz bilan baham: |