Yerning ichki tuzilishi, geosferalari ularning fizik va kimyoviy xossalari


Yer ichida tortish kuchining oshishi va bosimi (V.A.Magnitskiy bo’yicha, 1965)



Download 34,92 Kb.
bet3/3
Sana31.12.2021
Hajmi34,92 Kb.
#265555
1   2   3
Bog'liq
Yerning ichki tuzilishi, geosferalari ularning fizik va kimyoviy

Yer ichida tortish kuchining oshishi va bosimi (V.A.Magnitskiy bo’yicha, 1965)

Chuqurlik “h” (km xisobida)

Tortish kuchining ortib borishi “g” (sm\sek2)

Bosim “R” (din.sm3 hisobida)

0

982

-

33

985

0,009 10 12

400

997

0,136 10 12

800

999

0,300 10 12

1200

991

0,49 10 12

1800

985

0,78 10 12

2900

1037

1,37 10 12

4000

762

2,39 10 12

5000

452

3,12 10 12

6000

126

3,48 10 12

6370

0

3,51 10 12


Birinchi po'stni tashkil etgan asosiy minerallarning zichligi 2,5 g\sm3 dan biroz ortadi. Ozchilik minerallarning zichligi 3 g\sm3 atrofidadir. Tog' ustidagi jinslarning o'rtacha zichligi 2,68 g/sm3 dan oshmaydi.

Yer kurrasi ichki qismining zichligi va tarkibi to'grisidagi ma’lumotni Bixert (1897),so'ng Oldgym (1960) seysmik to'lqin yordamida aniqladi. Hozirgi vaqtda ichki qismining tuzilishi haqida Gutenberg (1941), Jefferis (XX asr boshlari), Golutsin (1915-1920), Savarenskiy (1947) va boshqalar olgan seysmik va gravimetrik ma’lumotlar quyidagi jadvalda o'z ifodasini topgan. Demak, Yerning o'rtacha zichligi 5,52 g\sm3 ga tent ekan.

Yer magnitizmi. Yer kurrasining eng muhim fizik xususiyatlaridan yana biri uning magnitligidir. Kishilar kompasni ixtiro qilganlaridan so'ng Yerning magnitli xususiyatini aniqroq tekshiradigan bo'ldilar. Kompas (bussol) Yevropada XII asrdan boshlab ishlatiladi. Geo-logiya kompasi esa XVII asrdan boshlab Yevropada ishlatila boshlandi.

Yer magnitizmini tekshirish asosan XVIII asrdan boshlandi. Yerning sun’iy yo’ldoshidan turib aniqlanganda Yerning magnitlik xossasi uning yuzasidan 90 km balandlikda 20 ming marta kamayib ketar ekan. Yer yuzasida 2 xil magnit maydoni bor. Birinchi magnit maydoni Yer mantiyasi bilan yadrosi chegarasidan chiquvchi asosiy maydon bo’lib, u yer yuzida magnitlanishni hosil qiladi. Ikkinchi magnit maydoni magnit bo'roni bo’lib, u Quyoshdan keluvchi elektromagnit to'lqinni o'zgartirgan maydondir. Yer magnitizmida quyidagi ikki xususiyat bor: magnit og'ishi va magnit enkayishi.

Magnit milining ma’lum joydagi geografik meridiandan chetga burilishiga magnit og’ishi deyiladi. Magnit meridiani geografik meridiandan bir oz farq qiladi, u yo sharq yoki g’apb tomonga ma’lum burchakda og'adi, bu burchak magnit og'ish burchagi deb ataladi. Magnit og'ish burchagi Yer kurrasining hamma joyida bir xil bo'lmaydi. Bir xildagi magnit og’ish burchaklarini birlashtirgan chiziqqa izogen deyiladi.

Magnit ekvatori bilan magnit qutbi oralig’idagi masofada magnit strelkasining enkayishi hosil qilgan burchakka magnit enkayishi deyiladi.

Magnit meridiani, magnit ekvatori va ularning qutbi geografik meridian, ekvator va qutblarga mos kelmaydi. Buning sababi hozirgacha to'la aniqlangan emas. Magnit qutbi geografik qutb bilan mos kelmasligining sababi Yer shari yuzasidan quruqlik va okeanlarning bir tekis joylashmaganligidir, deb aniqlangan. Yer magnetizmi Yer massasiga va xarakatiga, shuningdek Yer kurrasining boshqa osmon jismlari bilan bo’lgan munosabatiga (tortishi, o'z o'q'i va Quyosh atrofida aylanishiga) bog'liqdir. Yerning magnit qutbi va magnit maydoni Yer tarixida doim o'zgarib turgan, hatto xozirgi vaqtda xam o'z o'rnidan siljib turadi.

Magnit maydonining o'zgarib turishiga magnit bo'roni deyiladi. Magnit bo'roni Yer kurrasiga Qu'yoshdan keluvchi elektromagnit kuchlar ta’siridan paydo bo'ladi. Ko'pincha magnit bo'ronlari. Quyosh va boshqa osmon jismlaridan keluvchi elektromagnit to'lqinlari bilan uzviy boglangan bo'lib, bir yoki bir necha soniya davom etadi. Yer kurrasining harorati Yer po'stining ichikarisida bir xil bo'lgan joydan yerning markaziga tomon borganda 100S oshadigan o'rtacha chuqurlik yerning geotermik bosqichi deb ataladi. Yerning geotermik bosqichi uning turli kengliklarida va turli chuqurliklarida bir xil bo'lmaydi, 5 metrdan 150 metrgacha o'zgarib boradi. Yer geotermik bosqichining o'rtacha chuqurligi 33 metrga teng.

Yer ichida harorat bir xil bo'lgan joydan uning markazi tomon borilgan sari har 100 metrda oshib boradigan harorat miqdori geotermik gradiyent deb ataladi. Bu miqdor ham Yerning turli joyida va chuqurliklarida bir xilda bo’lmasligini shaxtada, burg'u quduqlarida, tonnellarda va artezian quduqlarida aniq ko’rish mumkin. Yer po'sti tarkibini o'rganish jamiyatimiz kimyo sanoatida amaliy ahamiyatga egadir. Yerning kimyoviy tarkibini bilish uchun hamma tog' jinslari kimyoviy tahlil qilinadi. Buning uchun yer po’stini tashkil etgan magmatik va cho'kindi, metamorfik jinslaridan olingan namunalar tekshiriladi. Hozirgi vaqtda Kola yarim orolida, dunyoda birinchi marta, chuqur (14,5 km) burg'ulanib, u yerdagi tog' jinsi arxey gruppasining kimyoviy tarkibi aniq tekshirildi.

Yer kurrasi yuza qismining kimyoviy tarkibi. Yer kurrasining ustki qismi havo va suv po'sti bilan o'ralgan bo'lib, og'irligi jihatdan bu ikkala po'st yer massasining 6,04 foizini, tosh po'stidagi magmatik jinslar, slanets qumtosh va oxaktoshlar esa 93.06 Foizni tashkil etadi.

Umuman yer po'stining kimyoviy tarkibini birinchi marta olimlardan F.U.Klark (1920-1930) va V.I.Vernadskiy (1949). A.Ye.Fersman (1932), V.M. Goldshmidt (1922) va boshqalar aniqlab berganlar. Ular ilmiy adabiyotlardan foydalanib va 5000—6000 ga yaqin turli tog' jinslarini tadqiq qilib, yer po'stining o’rtacha kimyoyiy tarkibini aniqlaganlar.

.

Tog' jinslarining kimyoviy tarkibi

(A.Ye.Fersman bo'yicha 1932)




Oksidlar

Magmatik tog' jinsi

Slanets foiz hisob

Qumtosh foiz hisob

Oxaktosh foiz hisob

SiO2

59,12

58,11

78,21

5,19

Al2O3

15,34

15,40

4,76

0,81

Ti2O3

1,05

0,65

0,25

0,06

Fe2O3

3,08

4,02

1,08

0,54
FeO

3,80

2,45

0,30

0,54

MgO

3,49

2,44

1,16

7,89

CaO

5,08

3,10

5,50

42,57

Na2O

3,84

3,30

0,45

0,05

K2O

3,13

3,24

1,32

0,33

H2O

1,15

4,49

1,63

0,77

CO2

0,10

2,63

5,04

41,54


Akademik O.Yu.Shmidt (1944) nazariyasiga ko'ra, Yer planetasi bepoyon samo bo'shlig'ida suzib yuruvchi meteoritlarning yig'indisidan hosil bo'lgan.

Bu fikr samodan tushgan meteoritlarning kimyoviy tarkibini o'rganish natijasida tasdiqlandi va ularning tarkibi Yerning kimyoviy tarkibiga ancha yaqinligi ma’lum bo'ldi.


Aim.uz


Download 34,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish