Yerning ichki tuzilishi, geosferalari ularning fizik va kimyoviy xossalari



Download 34,92 Kb.
bet2/3
Sana31.12.2021
Hajmi34,92 Kb.
#265555
1   2   3
Bog'liq
Yerning ichki tuzilishi, geosferalari ularning fizik va kimyoviy

I-JADVAL

Tog' jinslari

Bo'ylama km.sek

Ko'ndalang km.sek

Tog' jinslari

Bo'ylama km.sek

Ko'ndalang km.sek

Siyenit

6,0

3,4

Gabbro

7,0

3,8

Granit

6,1

3,6

Piroksenit

7,9

4,6

Diobaz

7,0

3,8

Dunit

8,0

4,5


Seysmik to'lqinlarning bu jinslardan o'tishiga qarab, Yer ichidagi granit qatlami quruqlikda 30-40 km, tog'larda 70-75 km ga teng ekanligi aniqlangan.

Yerdagi jinslardan seysmik to'lqinlarning har xil tezlikda o'tishiga qarab Yer asosan uch qismga bo'lingan (yuzasidan ichkariga qarab): Yer po'sti (Sial- silikat, alyuminiy), Yer mantiyasi — (Sima — silikat, magniy) va Yer mag'zi (yadrosi) — Ni, Fe (nikel, temir).Hozirgi vaqtda birinchi Yer po'sti Yer sirtidan ichkariga qarab uchta katta kenja po'stga bo'linadi. Ular cho'kindi metamorfik jinslardan tashkil topgan qoplam-qalinligi 10-15km teng, granit (gneys) jinsidan tashkil topgan Yer po'sti qalinligi 10-30 km va bazaltdan tashkil topgan. Yer po'stining qalinligi okean tubida 3-6 km, (quruqlik ostida 20 km. Bazalt po'sti ostida Moxorovichich bo'luvchi chizig'i (chegara) yotadi, Buning ostida Yerning “mantiya” deb ataluvchi qismi bo'lib, uning umumiy qalinligi 2830 km ga teng va u ikkiga bo’linadi: yuqori mantiya (800 km dan ko'proq) va quyi mantiya 2000 km. Undan keyin (2900 km dan 6378km gacha) esa, Yer mag'zi yadrosi joylashgan, u eng katta bosim (20000 atmosfera) va yuqori harorat (3000-6000°S) ta’sirida o'ta siqilgan zich (10-11 g/sm3) suyuqlik holatidadir. Keyingi tekshirishlar natijasida ana shu mag'iz ikkiga: tashqi va ichki mag'izga bo'linishi aniqlangan bo'lib, ularnig zichligi 8-9 dan 11-12 g/sm3 gacha. Avvalgi uch qatlamdan iborat yer po'stining qalinligi,olimlarning fikriga ko'ra, quruqlikda - 20-75 km bo'lsa, okeanlar tubida 5-8 km dan oshmaydi. Atlantika va Hind okeanlarini tubining ayrim joylarida granit qatlami bo'lib, uning ostida bazalt qatlami joylashgan. Tinch okeanida esa granit qatlami yo'qligi geofizik tekshirishlar yordamida va burg'ulash yo'li bilan aniqlangan.

O’rta Osiyoda yer po'stining qalinligi kontinentda, 35 km, tog'da 75-80 km tacha boradi. Bundan ma’lumki, Yerning mantiya qismiga yetish uchun eng yaqin joy okeanlar tubi hisoblanadi. Yerning sub kontinental turdagi po'sti, tuzilishi bo'yicha kontinentalga yaqin, lekin Konrad chegarasining noaniqligiga qarab ajratiladi. Bular asosan Kuril va Aleut yoyi hamda okean cheti materiklarida rivoj topgan bo'lib, unda birinchi qatlam sifatida vulkanogen-cho'kindi jinslar-qalinligi 0,5 dan 5 km gacha ikkinchi granit-metamorfik qatlam, qalinligi 5-10 km va oxirgi “bazalt” qatlami 8-15 km chuqurlikda yotib, seysmik to'lqinlarning ulardan o'tish tezligi 6,8 - 7,4 km\sek., yetadi.

1. Quruqlik xilidagi yer po'sti tuzilishida orogen mintaqa va platforma

bo'lib, bunda:

a) cho'kindi jins qalinligi 15 km gacha, granit — metamorfik jins 20 - 25 km; granulit ( bazalьtli) jinsi -25 - 35 km gacha hisoblanadi. Bu


yerda yer po'stining o'rtacha qalinligi 70—75 km dir.

b) quruqlik platformali yer po'sti xilining ichki tuzilish: chokindi


jins 0-10 km gacha; granit — metamorfik jins 15 — 20 km cha, bazalt 15 — 20
km gacha urtacha umumiy qalinlik 30 — 40 km gacha boradi.

v) quruqlikdan okeanga o'tkinchi oraliq yer po'sti tuzilishida (orollar


zanjirida) cho'kindi jinslar 0-1O km gacha, granit-metamorfik jinslar
8-10 km gacha; granulit bazaltli jinslar 10-15 km gacha, o'rtacha umumiy
qalinligi 20-30 km gacha boradi.

2. a) Okean xili yer po'sti tuzilishida suv 5 — 6 km gacha, cho'kindi


jinslar - 0,6 km gacha; cho'kkindi va bazalt aralash jinslar 1-3 km gacha va
bazaltli po'stining o'zi 3,5-5 km gacha qalinlikka ega.. Bu po'stning o’rtacha
qalinligi 5-9 km ga teng..

b) Okeandan quruqlikka o’tuvchi yer po'stida: suv - 3 - 4 km, cho'kindi jinslar - 4 - 11 km gacha, bazalt jinslar 5 - 10 km gacha; zich mantiya tarkibli jinslar yotadi. Bu po'stning o’rtacha qalinligi 10 - 20 km.

Yuqoridagi ma’lumotlardan yer po'stining quruqlik va okeanlarda bir xil emasligi ravshan bo'ldi. Yer po’stining eng qalin qattiq qismi quruqlik (qit’a) orogen mintaqaga – O'rta Osiyoga to'g'ri keladi. (qalinligi - 70 - 80 km).

Yer po'stining tuzilishini aniqlashda geofizik tekshirish usullari qo'llaniladi. Seysmometrik tekshirishlar natijasida cho'kindi jinslardan seysmik to'lqinlarning tezligi o'rtacha 3-5 km\cek, granit gneys jinsida 5,5-6,6 km\ sek, graiulit - bazit jinsida 6,6-6,7 km\sek. Seysmik tekshirish okean osti yer po'stida olib borilganda birinchi okean il ,gil, qumlaridan 3 km\sek ikkinchi qavat-bazalt kremniy, karbonit jinslaridan o'rtacha 4-4,5 km\cek., uchinchi qavat asosiy ultra jinslardan tuzilgan bo’lib, undan seysmik to'lqin 6,3-6,7 km\sek tezlikda o'tishi aniqlandi. Okean ostidagi jinslar burg'ular yordamida chuqur quduq kovlab olingan va seysmik tekshirish usullari bilan aniqlangan. Keyingi yillarda Kola yarim orolida chuqur burg’ilash natijasida (14,5 km kovlandi) olingan materiallarni tadqiq qilish natijalari ham yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi.



Yerning zichligi va gravitatsion xossasi. Gravitatsiya yoki og'irlik (tortish) kuchi Yer yuzasiga tik yo'nalgan bo’lib, tortilish markazidan (Yer markazidan) masofalarga teskari proporsionaldir. Okean tubida geoid ellipsoidi aylana sirtidan past, materikka yaqinlashganda ellipsoid sirtidan yuqoridadir. Yer yuzasidagi tortish kuchini salgina o'zgarishni sezadigan mayatnik yordamida aniqlash mumkin.

Dengizdagi geoid yuzasi Yer markaziga yaqin bo'lganligi tufayli tortish kuchi u yerda qirg'oqdagidan katta bo'ladi. Shu xususiyatga muvofiq geoidning yuzasi balandliklarda mayatnik harakati yana sekinroq bo'ladi.

Bavariya va Tirol Alplarida Ovrupada tortish kuchi aniq o'lchangan, bu joylardagi tortish kuchi juda kichik, tog' yon bag’ridagi tekisliklarda Janubiy

Germaniya platosida, Lombardiya past tekisligida katta. Yura tog’larida, Italiyada (Rim), O'rta Germaniya va Kavkazda, Hindistonda va boshqa joylarda o’tkazilgan tekshirishlar ham shunday natija bergan.

Bundan ma’lum bo'ladiki tortish kuchi tog'larda kichik, yer yuzasining botiq joylarida kattadir, dengiz cho'kmalarida esa ortiqchadir. Bu nisbat Yer po'stidagi tog' jinslari zichligining har xil bulishiga bog’liq Qit’alarning taxminan 80 km chuqurlikkacha zichligi — 2,57 g/sm3. ga teng bo'lgan juda yengil jinslardan tuzilgan, okean tubidan 6 km. chuqurliqda zichlik 2,9 — 3 g/sm3 ga teng (V.A.Magnitskiy, 1965). Yana chuqurroqda undan ham zich tog' jinslardan tashkil topgan (2— jadval). 2-jadval


Download 34,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish