Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning cheklanishi — ko‘chmas mulk ob’ektining mulkdori bo‘lmagan shaxslarning (ipotekaga oluvchilar, ijaraga oluvchilar, kreditorlar va boshqalarning) unga bo‘lgan mulkiy huquqlari;
Yordamchi-xo‘jalik imoratlari — ishlab chiqarish binolari va inshootlariga nisbatan yordamchi tavsifdagi imoratlar (omborxonalar, bostirmalar, yo‘laklar va shu kabilar), uy hayvonlari va parrandalarini boqish uchun mo‘ljallangan imoratlar, omborxona, garajlar, yozgi oshxonalar, tandirxonalar, yerto‘lalar, hammomlar, hovlidagi hojatxonalar, dushxonalar, issiqxonalar, hovuzlar, saunalar, qozonxonalar va odamlarning vaqtincha turishi bilan bog‘liq turli ish turlarini bajarish uchun mo‘ljallangan boshqa funksional imoratlar;
Huquq egasi — bitim asosida yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqqa ega yuridik va jismoniy shaxs;
Do'stlaringiz bilan baham: |