AMALIY MAShG‘ULOTLAR
5 - semestr
1 – Mavzu: O‘zbekiston respublikasida bino va
inshootlar davlat kadastrini yuritishning
huquqiy asoslari va tarkibi
Umumiy koidalar
Bino va inshootlar davlat kadastri Shaxarsozlik kodeksiga, "Davlat kadastrlari to‘g‘risida"gi Uzbekiston Respublikasi Qonuniga, Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 16 fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga, boshqa normativ-huquqiy xujjatlarga muvofik yuritiladi.
Bino va inshootlar davlat kadastri - bu bino va inshootlar ob’ektlari, ularning jug‘rofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iktisodiy bahosi to‘g‘risidagi yangilab boriladigan ishonchli axborotlar tizimidir.
Bino va inshootlar davlat kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi xisoblanadi va aholi punktlari hamda qishloqlar o‘rtasidagi hududlarni rivojlantirishni, hududlarni rivojlantirish to‘g‘risidagi shaxarsozlik xujjatlari talablariga rioya kilish asosida xayot faoliyatining qulay soxasini, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma tizimlari faoliyatini makbullashtirishni axborotlar bilan ta’minlash maqsadida yuritiladi.
Shaxarsozlik faoliyati amalga oshiriladigan aholi punktlari hududlari va hududlarining hamda qishloqlar o‘rtasidagi hududlarning qismlari Bino va inshootlar davlat kadastrining ob’ektlari xisoblanadi.
Shaxarsozlik faoliyati deyilganda davlat organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning hududlarni, aholi punktlarini rivojlantirishni shaxarsozlik jihatidan rejalashtirish soxasidagi faoliyati, yer uchaskala- ridan foydalanish turlarini belgilash, fukarolarning, jamoatchilik va davlat manfaatlarini, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan hududlar va aholi punktlarining milliy, tarixiy-madaniy, ekologik, tabiiy xususiyatlarini xisobga olgan xolda qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chikarish, binolar, inshootlar va boshqa ob’ektlarni loyixalash, kurish va rekonstruksiya qilish tushuniladi.
Uzbekiston Respublikasi Arxitektura va qurilish kumitasi (keyingi urinlarda "Davarxitektqurilish" kumitasi deb yuritiladi) Davlat shaxarsozlik kadastrini yuritish buyicha vakolatli organ xisoblanadi.
Bino va inshootlar davlat kadastri davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari- ni, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni Bino va inshootlar davlat kadastri ob’ektlari to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlash uchun muljallangan.
Qonunga binoan ko‘chmas mulkka yer uchaskasi, yer osti qazilma boyliklari uchaskalari, alohida joylashgan suv ob’ektlari hamda yer bilan mustahkam bogliq bo‘lgan barcha narsalar, ya’ni o‘zining bahosiga teng xarajatlarsiz ko‘chirish mumkin bo‘lmagan barcha ob’ektlar, shu jumladan o‘rmonlar, ko‘p yillik daraxtzorlar, binolar va inshoatlar kiradi.
Yer uchaskasi huquqiy nuqtaiy nazardan faqatgina yerning ustki hududiy chegaralari bilan chegaralnib qolmasdan, balki shu bilan birga uning ustidagi va ostidagi bor bo‘lgan barcha narsalarni o‘z ichiga oladi.
Yer uchaskasining mulkdori agarda yer osti boyliklari to‘g‘risida , havo kengligidan foydalanish to‘g‘risida qonunda boshqa vaziyatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, boshqa shaxslarning huquqlarini buzmagan holda o‘zining hoxishiga qarab uning barcha kengligidan foydalanishga haqlidir. Qonun bo‘yicha ko‘chmas mulkga boshqa mulklar ham kirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |