YER OSTI SUVLARI DINAMIKASI
Grunt suvlari tog’ jinslari orasida ikki xil-laminar va turbulent (girdob) ko’rinishida xarakat qilishi mumkin. Birinchi xolda suv parallel xolda uzluksiz oqimlar hosil qilib tinch xarakat qilsa, ikkinchi xoda katta tezlikda, girdobli aralashmalar, ayrim joylarda uzlikli oqimlar hosil qiladi. Suvning laminar xarakati bir tarkibli qum, lyoss, qumtosh jinslar ichida, turbulent xarakat yoriqlar bilan bo’linib ketgan tub, yarim tub va yirik zarrali shag’al, xarsangtosh jinslarida sodir bo’ladi. XIX asrning o’rtalarida fransuz gidravligi X. Darsi suvning tog’ jinslari orasidagi xarakat tezligini tsilindrga solingan qumdan singayotgan suv misolida aniqladi. Darsi qonuniga ko’ra, vaqt birligi ichida filtratsiya bo’layotgan suv miqdori oqimning ko’ndalang kesim yuzi, filtratsiya koeffitsenti va bosim gradiyentiga to’g’ri proportsionaldir. Q q Kf (( (H1((2) ( ( ( Kf ( ( ( ( bunda: Q - suvning vaqt birligida filtrlangan miqdori, m3G`sut Kf-qatlamning filtratsiya koeffitsiyenti, mG`sut; F -suv oqimining kundalang kesim yuzi, m2 ; J -bosim gradiyenti (H1((2) ( ( orkali hisoblanadi va gidravlik nishablikni bildiradi.
Tuproqlarning kimyoviy tarkibi va rangi.
Tuproq rangiga ta’sir etuvchi pedomorf elementlardan C, Fe, Mn, Ca, K lar bilan bir qatorda Si tuproqning asosiy massasini tashkil qilib, unga oqish rang beradi. Barcha dala kuzatishlari tuproqning ustki qatlami va genetik qatlamlarining rangiga tayanadi. S.I.Tyuremnov qora, qizil va oq ranglardan, ularning nisbatlaridan foydalanib 1927 yilda tuproq rangini xarakterlovchi maxsus gipotezani yaratdi. Orlov fikricha, tuproq va uni qatlamlariga rang beruvchi moddalarni tuproq pigmentlari deyish mumkin. Tuproqlarning asosiy pigmentlariga uglerod birikmalari, temir, marganest, kremniy va qisman oltingugurt kiradi. Tuproq pigmentlari ichida uglerod birikmalari qiziqarli bo‘lib ular tuproqqa ikki xil rang beradi. Birinchidan uglerodli mineral birikmalar, ayniqsa karbonatlar oq rangli bo‘lib, tuproqqa singigan yoki boshqa hollarda, oq donachalar, oq dog‘lar holida tuproqqa oqish rang beradi yoki tuproq rangining oqarishiga sabab bo‘ladi. Karbonatli bo‘z tuproqlar misolida buni kuzatish mumkin. Organik uglerod tuproqni sariq, sarg‘ish, qo‘ng‘ir, qora rangini tashkil qiladi. Bunga misol tariqasida qora tuproqni olishimiz mumkin. Unda organik uglerod 5% va undan ko‘p bo‘ladi, tuproqqa qora rang beradi. Gilli va orshteyn qatlamlarida bir tekisda tarqalmagan qora ranglarni esa pirolyuzit, ya’ni MnO2 belgilaydi.
Shuni alohida farq qilish kerakki qora yoki deyarli qora rangni tuproqda yoxud uning yangi yaralmalarida sulfidlar ham vujudga keltira oladi. Ular qaytaruvchi sharoitda ko‘p uchraydi. Eng ko‘p tarqalgan xilma-xil, sariq, qizil, qo‘ng‘ir, yashil, deyarli qora ranglarni temir va uning birikmalari ham belgilay oladi. Deyarli barcha tuproq hosil qiluvchi g‘ovak jinslar u yoki bu darajada temir birikmalari bilan bo‘yalgan. Bu asosiy rang tuproqda saqlanadi. Ammo temir, uning birikmalarini qayta taqsimlanishi hisobiga bir joyda to‘qroq boshqa bir joyda ochroq bo‘lishi mumkin. Odatda kapillyar chiziq qayma ustida temirli rang yaqqol ajralib turadi. Tuproq rangini aniqlashda qulay usullardan biri tuproqning nur qaytarish qobiliyati hisoblanadi. Tuproq rangini harakterlash uchun oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin bo‘lmagan elektromagnit to‘lqinlardan, ularning to‘lqin uzunliklari diapazoni 400 dan 750 nm oralig‘idan foydalaniladi. Tuproqqa tushgan nur u, ya’ni tuproq ideal tekis emasligi uchun hamma tomonga har xil qaytariladi, nurning bunday qaytarilishi ko‘zgudan qaytganiga nisbatan farqli bo‘lgani uchun diffuziya deyiladi. Buni qaytarish va yoritilganlik koeffitsentlari orqali aniqlash mumkin. Qaytarish (ya’ni nur qaytarish) koeffitsienti- r bo‘ladi.
ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |