Yer bozoriga davlat tomonidan ta’sir ko‘rsatishning asosiy turlar
Nazorat turlari
|
Asosiy maqsad
|
Mamlakatlar
|
Yer oldi-sotdi va ijarasini tartibga solish
|
Yerni faqatgina malakali
(tayyorgarlik darajasi va tajribasi, yashash joyi,
qishloq xo‘jaligi asosiy
daromad manbai va h.k.)
fermerlar tomonidan sotib olinishini ta’minlash
|
Daniya, Germaniya, YAponiya
|
Yerlarning o‘ta markazlashtirilishiga yo‘l
qo‘ymaslik
|
Daniya, Germaniya, YAngi
Zelandiya, SHveysariya, Ispaniya, Fransiya
|
Yerlarning o‘ta maydalashib
|
Daniya, Germaniya, Irlandiya,
|
|
ketishiga yo‘l qo‘ymaslik
|
Italiya, YAponiya, Portugaliya,
Ispaniya, SHveysariya,
Nidyerlandiya, Norvegiya
|
Malakali fermerlarni doimiy
|
|
|
yashash joylaridan ko‘chib
ketishiga yo‘l qo‘ymaslik
|
Norvegiya
|
Yer uchastkasining bitimdagi va bozor qiymati o‘rtasidagi tafovut yer bozorining shakllanishiga asosiy to‘siq bo‘lib kelmoqda. Ushbu bozorning rivojlanmasligi institutsional chegaraning, jumladan, ma’muriy chegarala-nish (to‘siq) va mahsulot ishlab chiqaruvchi mavjud yer uchastkasiga bo‘lgan talabning yo‘qligi. Ko‘p hollarda yer uchastkasiga bo‘lgan talabning yo‘qligi qishloq xo‘jaligi mahsulotiga bo‘lgan talab va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning daromadligiga bog‘liq bo‘lib qolgan.
Rossiyada ham boshqa davlatlar singari yer bozorining o‘ziga xosligi, mintaqaviy bir xilda emasligi ko‘zga tashlanadi. Turli hududlardagi yer bozorida tuzilgan bitimlarning soni, talab va taklifning darajasi, ishtirokchilar tarkibi, bitimlarni tartibga solish va mavjud yer uchastkasi aylanmasidagi chegaralanishlari bilan ajralib turadi.
Ushbu mamlakat yer bozorining xususiyati yer uchastkasining yashirin aylanmasi mavjudligi bilan izohlanadi. Ko‘pchilik yer bilan bog‘liq bitimlar rasmiy qayd qilinmasdan tuziladi. Ayniqsa, bu qishloq xo‘jaligi yerlarining ijarasiga tegishli barcha yer bilan bog‘liq bitimlar statistikasida qayd etilmaydi.
O‘zbekistonda yer bozorining tashkil etilish asosi bozor iqtisodiyotiga o‘tishda yer munosabatlari tizimining yangi shakllarini ishlab chiqishni talab qiladi. Lekin bu tizim munosabatlarining asosiy elementi ko‘chmas mulk bozori hamda yer bozori hisoblanadi. Ma’lumki yer egalari avval amalda yo‘q edi. Biroq ko‘plab tomorqa yer egalari bo‘lib, aslida yer uchastkasiga ko‘p yillardan buyon egalik qilsada, lekin egalik huquqi hujjatiga ega emas. 2006 yil 24 iyulda qabul qilingan “Yuridik shaxslar va fuqarolar-ning binolari hamda inshootlari bilan band bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi 3780-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni shunday imkoniyatni beradi. Ayni shu farmonning qabul qilinishi mamlakatimizda yer bozori tashkil etilishi va shakllanishining boshlang‘ich nuqtasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin, chunki endi yer tovar sifatida ishtirok etishi, ya’ni oldi-sotdi ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. Bu jarayonning muhim natijasi bu - yer uchastkalarining iqtisodiy aylanmaga jalb etilishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |