Yer: joylashishi va undan ko’p maqsadli foydalanish Reja: Iqtisodiyotda yerdan foydalanish va yer


YER BOZORINING MOHIYATI, VAZIFALARI VA SHAKLLANISH XUSUSIYATLARI



Download 277,72 Kb.
bet2/5
Sana14.02.2022
Hajmi277,72 Kb.
#448371
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yer iqtisodiyoti

YER BOZORINING MOHIYATI, VAZIFALARI VA SHAKLLANISH XUSUSIYATLARI
Bozor iqtisodiyoti sharoitida yer munosabatlarini isloh qilish asosidagi yerga bo‘lgan mulkchilik shakllarining o‘zgarishi va unga mos ravishda yer bozorini shakllantirish muhim vazifalardan hisoblanadi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi islohotlar yerga bo‘lgan mulkchilik, ya’ni ma’lum darajada yer bozorini shakllantirish va joriy etishga olib keldi. Lekin mamlakatimizda bu jarayon aniq tizimsiz va beqaror ravishda bo‘lib, iqtisodiy o‘sish sur’atlariga to‘liq javob bermayapti. Respublikamizning tabiiy-iqlim sharoitlari, xalqimizning etnik va milliy hamda an’anaviy urf-odatlari ham yerdan foydalanish munosabatlarida o‘z aksini topgan. Yer bozorini respublika va mintaqalar darajasida shakllantirish hamda tashkil etishning ilmiy-uslubiy jihatdan asoslanmaganligi va uning aholini iqtisodiy-ijtimoiy sharoitlariga ta’siri o‘rganilmagan-ligi ham muammoning o‘tkirligidan dalolat beradi.
Yer islohotining samarasi va rivojiga to‘siq bo‘lgan muammolardan biri yer uchastkasiga bo‘lgan mulkchilik shakllariga oid huquqlarning nomukammalligi hisoblanadi. Bu esa, yer bozori orqali byudjet daromadlarini ko‘paytirish, yer bozori sohasida davlat boshqaruvida yagona tartibni o‘rnatish, yerdan foydalanish bo‘yicha ijara haqini belgilashda oqilona uslublarni ishlab chiqish imkonini bermayapti. Yerni baholash ishlarini davlat organlari tomonidan bajarilishi asosan qishloq xo‘jaligi yer turlarida amalga oshirib kelinmoqda. Lekin noqishloq xo‘jalik turlarini baholashning, ayniqsa, ko‘chmas mulk ob’ektlari joylashgan yer uchastkalarining bahosi to‘g‘risida hozirgacha ma’lumotlar deyarli yo‘q.
Yerning bozor qiymatini aniqlashda yerdan foydalanish evaziga olinadigan qo‘shimcha qiymatni va uning taqsimoti masalalarining ilmiy asoslangan uslublarini ishlab chiqish ham hozirgi davrning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Yer bozorini mintaqaviy shakllantirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy yondashuv hamda amaliy echimlar, yer fondining tejamkor taqsimot uslublari, qulay yer solig‘i tizimini joriy etish, yerdan foydalanishdan olinadigan davlat byudjet daromadlari, yer ijarasi va xo‘jalik yuritishning zamonaviy shakllarini joriy etish mamlakatimiz yer resurslaridan yanada samarali foydalanish yo‘nalishlarini belgilab beradi.
Yer bozorini shakllantirishda davlat va yerdan foydalanuvchi sub’ektlar o‘rtasida adolatli iqtisodiy munosabatlarni o‘rnatish bo‘yicha eng qulay uslublarni qo‘llash har bir yerdan foydalanuvchi sub’ektga biriktirilgan yer uchastkasidan maqsadli, samarali va oqilona foydalanishga zamin yaratadi. Demak, mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti sharoitida amalga oshirilayotgan tub umumiqtisodiy va agrar islohotlarni hayotga tatbig‘i, iqtisodiyot tarmoqlarining istiqboldagi ravnaqi, yer tanqisligi muammolarining keskinligi yer uchastkalarini xususiylashtirish asosida yer bozorining ilmiy-metodologik asoslarini yaratish eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Jahon iqtisodiyoti tajribasida yer bozorini tartibga solish borasida boy tajriba, usul va ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash darajasiga yerishilgani ma’lum. Yer bozorini shakllantirishning ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish, yerni oldi-sotdi shakllari va uslublarini qo‘llash, yer uchastkasini xususiylashtirish, bu jarayonni investitsiyalash, ipoteka kreditlash, yerga egalik qilish va foydalanishga oid qimmatbaho qog‘ozlar bilan muomala qilishda keng qamrovli rag‘batlantirish zaruriyatlari ham muammoning dolzarbligini belgilaydi. Yer bozori boshqa bozorlardan farq qiladi. Yer bozorining asosiy xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. Jumladan, yer bozorida yer uchastkasi o‘ziga xos tovar hisoblanib, u noan’anaviy xususiyatlarga ega. Yer uchastkasi oldi-sotdi ob’ekti bo‘lib, uning shakliy tavsifi, joylashgan o‘rni, chegarasi va huquqiy holatlari bilan bir biridan keskin farq qiladi. Shu sababdan yer bozorida ikki aynan o‘xshash tovar, ya’ni bir xildagi yer uchastkasi mavjud emas. Shuningdek har bir yer uchastkasining oldi-sotdi jarayonini amalga oshirishda alohida talablarga amal qilinadi. Bunday talablarga mulk ob’ektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va boshqalar kiradi.
Yer bozori davlat boshqaruvining asosiy va hajmdor ob’ekti hisobla-nadi. Hamma davlatlarda yer uchastkalarining oldi-sotdisini amalga oshirishda turli xil cheklovlar mavjud. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi yerlari bilan bog‘liq bo‘lgan oldisotdilar jiddiy boshqaruvga uchraydi.
Yer bozorining boshqa bir tavsifi – oldi-sotdi jarayonining uzoqligi yoki davomiyligidir, ob’ektlarning nostandartligi, oldi-sotdini rasmiylashtirishning murakkabligi, sotuvchi va xaridorni qidirib topish va oldi-sotdini amalga oshirish ko‘p vaqtni talab qiladi. Yer – eng kam sotiladigan ob’ektlardandir. Yer bozori – ochiq (shaffof) bozor emas. Bu bozordagi ma’lumotni olish qiyin, u xususiy xarakterga egadir. Aniq bir oldi-sotdi bahosida har doim ham tovar haqidagi to‘liq ma’lumot aks ettirilmaydi. Odatda mavjud tovarning faqatgina oz qismigina bozor aylanmasida ishti-rok etadi. Amalda rivojlangan davlatlarda har yili mavjud yer uchastkala-ridan faqat 2-3% bilan oldi-sotdi amalga oshiriladi. Yer qonunchiligida umumiy o‘xshash jihatlari ko‘p bo‘lgan Italiya, Portugaliya va Ispaniyada yer uchastkalari maydonining me’yordan ortiq kichrayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun fermer xo‘jaligi o‘lchamining quyi chegarasini belgilashga asosiy e’tibor berilgan. Ularning qonunchiligida “minimal darajadagi faoliyat yurituvchi xo‘jalik” tushunchasi qayd etilgan va qonunchilik mazkur minimal o‘lcham buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yer savdosi yoki ijarasi bilan bog‘liq har qanday bitimni man qiladi.
Tabiiy va iqtisodiy sharoitlarning turlichaligi sababli yer fermer xo‘ja-liklari minimal o‘lchami xududiy darajasida belgilanadi.
Yer bozorining shakllanishi va rivojlanishi uning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda davlat tomonidan tartibga solib turilishini taqozo etadi. Rivojlangan davlatlar tajribasidan ham ushbu jarayonni kuzatish mumkin Yaponiyada yer qonunchiligi ikkinchi jahon urushidan keyingi agrar islohotlarga asoslanadi. Qishloq xo‘jaligi yerlari maydonlarining o‘ta cheklanganligi va shaharlarning yiriklashuvini hisobga olib, hukumat qishloq xo‘jalik yerlarini muhofaza qilish bo‘yicha qat’iy siyosat olib bormoqda.
Yerga mulkchilik va uning ijarasi bo‘yicha o‘zgarishlar hukumat roziligi bilan amalga oshiriladi va faqat quyidagi hollarda beriladi:

  1. yer egasi egalik qilayotgan yoki ijaraga olgan yerni o‘z kuchi bilan ishlov berganda;

  2. fermer yoki uning oila a’zolaridan biri mazkur fyermada doimiy tartibda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanganda;

v) ijaraga olingan umumiy yer maydoni 0,5 gektardan kam bo‘lmasligi (Hokkaydoda 2 gektar) yoki undan ko‘p bo‘lishi lozim, intensiv asosda ishlab chiqarishni tashkil etish hollari bundan mustasno
g) fermer butun maydonda samarali ishlab chiqarishni yuritish uchun
yetarli malaka, moliyaviy va boshqa imkoniyatlarga ega bo‘lishi hamda fyermada doimiy yashashi lozim.


Yerdan foydalanish bo‘yicha



Qishloq xo‘jaligi, uy-joy, bino va inshootlar, savdo shaxobchalari va
boshqalar



Huquqiy holati bo‘yicha



Mulk, ijara va garov huquqlari



Bozor ishtirokchilari tarkibi bo‘yicha



Sotuvchi sifatida davlat yoki mahalliy hokimiyat organlari va bozorda sotuvchi hamda haridor xususiy mulkdorlar
sifatida ishtirok etadi



Yer uchastkasidagi qurilish binolari mavjudligi bo‘yicha



Qurilishi tugallangan yoki tugallanmagan yer uchastkalari



Xududiy belgisi bo‘yicha



Davlat, zahira yerlari mintaqaviy, viloyat, ma’muriy tuman (shahar) hududlari

Oldi-sotdi jarayonida sotuvchilar orasida xususiy yer uchastkasi mulkdorlari soni kamchilikni tashkil qiladi. Xususiy mulkdorlar yillik yer uchastkasi oldi-sotdi aylanmasining 1%ni tashkil qiladi. Buning asosiy qismini uy-joy qurilishi uchun mo‘ljallangan tomorqa xo‘jaligi va bog‘dorchilik xo‘jaliklari yer bozorining asosiy ko‘rsatkichlarini tashkil etdi. Yuqorida qayd etilgan bozorning rivojlanishi, avvalambor, ushbu toifadagi yerlarga bo‘lgan barqaror talablardan kelib chiqqan holda shakllangan. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida esa shaxsiy manfaatlar uchun foydalaniladigan yer bozori shakllangan.



Download 277,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish