Korxona boshqaruv tizimini va yordamchi bo’lim ish faoliyati
"Struktura" - lotincha so’z bo’lib, narsalar tarkibiy qismlarining o’zaro bog’liq, ravishda,joylashishi,tuzilishini,bildiradi Boshqarish strukturasi deganda boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va funktsiyalarni bajaruvchi bir-biri bilan bog’langan turli boshqaruv organlari va bo’g’inlarining majmui tushuniladi. Boshqarishning u yoki bu vazifalarini hal qilish uchun muayyan organlar tuziladi. Boshqarish organlari tizimi, quyi organlarning yuqori organlarga bo’ysunishi va ular o’rtasidagi o’zaro aloqa boshqarish qayta ishlovchi — daval xomashyosini sanoat asosida qayta ishlashga qabul qiluvchi va qayta ishlashdan olingan mahsulotni kelgusida buyurtmachiga qaytarib beruvchi tashkilot;
daval xomashyosi — daval xomashyosini qayta ishlash to‘g‘risida tuzilgan shartnomaga muvofiq, buyurtmachiga qayta ishlashdan olingan mahsulotni qaytarib berish sharti bilan sanoat asosida qayta ishlash uchun boshqa shaxsga — qayta ishlovchiga berilgan va buyurtmachiga tegishli bo‘lgan xomashyo va materiallar.
2. Mazkur Nizom pudrat shartnomalarining alohida turlari (maishiy pudrat, qurilish pudrati, loyihalash yoki qidiruv ishlari pudrati, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrati) hamda birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun oddiy shirkat shartnomasi bilan bog‘liq operatsiyalarni hisobga olishga qo‘llanilmaydi.
3. Qishloq xo‘jaligi va boshqa tashkilotlarga, shuningdek jismoniy shaxslarga donni qayta ishlash yuzasidan ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha dastlabki hisob (hujjatlarni rasmiylashtirish) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-maydagi 95-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, ichki tashish, qayta ishlash va sotishning dastlabki hisobini yuritish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 22-son, 191-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
4. Buyurtmachida va qayta ishlovchida tuziladigan boshlang‘ich hujjatlarning majburiy rekvizitlari, ularni tuzish, qabul qilish, saqlash tartibi, shuningdek hujjatlar aylanuvini amalga oshirish tartibi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga va Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1297, 2004-yil 14-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 1-2-son, 24-modda) muvofiq tartibga solinadi.
Strukturasi tushunchasini tashkil qiladi. Bunday struktura odatda "boshqaruv apparati strukturasi" deb yuritiladi. U biron-bir boshqaruv organining (vazirlikning boshqaruv apparati, korxonaning boshqaruv apparati va h.k) bo’limlari tarkibini bildiradi.
Boshqarish strukturasi ishlab chiqarish strukturasi bilan ham ifodalanadi. Bunda boshqarishni tashkil etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish jarayoni bo’lib hisoblanadi. U o’zaro bog’langan asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi jarayonlardan iborat bo’lib, bu jarayonlar bo’limlar va xodimlar o’rtasida mehnat taqsimotini talab qiladi. Shu maqsadda ishlab chiqarish bo’limlari va ularga xos bo’lgan boshqaruv apparati tuziladi.
Bo’linmalar yig’indisi, ularning tarkibi va o’zaro aloqa shakllari korxonalarning ishlab chiqarish strukturasini tashkil etadi. Har bir korxona o’ziga xos ishlab chiqarish strukturasiga egadir.Shunday qilib, boshqarishning maqsadlari, funktsiyalari, vazifalari, ob'ektlari va organlari uning tashkiliy strukturasini belgilab beradi.
Boshqarish bo’g’ini - bu boshqarishning ayrim yoki qator funktsiyalarini bajaruvchi mustaqil strukturasi bo’limlaridir. Bu bo’limlar o’rtasidagi bog’lanish va aloqalar gorizontal harakterga ega: Vazirlik, birlashma, korxona, tsex, uchastka.
Boshqarish yuqori bo’g’inga izchillik bilan bo’ysinishini ko’rsatadi. Bu vertikal bo’yicha bo’linishdir.
•butun xalq xo’jaligini (tarmoklarni va mamlakat tumanlarini) boshqarish;
•har bir tarmoq va tuman tasarrufidagi korxonalarni boshqarish;
•korxonalar ichidagi bo’limlarni (tsexlar, uchastkalar va xokazolarni) boshqarish.
O’z navbatida, butun xalq xo’jaligini boshqarish ham uni "tarmoq", "birlashma" va "korxona" darajalaridagi ierarxik bosqichlar miqyosida amalga oshiriladi. Boshqarish strukturasi boshqarish apparatining operativ ishlashini ta'minlashi lozim. Bu faoliyat joriy vazifalarni o’z vaqtida va mohirlik bilan tez hal etishda namoyon bo’ladi. Bunga ishlab chiqarishning miqyosi, murakkabligi, boshqarish ob'ektlarining joylashuvi ham ta'sir ko’rsatadi. Shunday qilib, boshqarish strukturasi qanchalik mukammal bo’lsa, ishlab chiqarish jarayoniga ta'sir o’tkazish shunchalik samarali amalga oshiriladi.
Boshqarish strukturalarining tashkiliy turlari
Boshqarishning quyidagi asosiy tashkiliy strukturalari mavjud:
• Chiziqli struktura;
• Chiziqli-shtabli struktura;
• Funktsional struktura;
• Chiziqli-funktsional struktura;
• Dasturli-maqsadli struktura;
• Har bir strukturada rasmiy va norasmiy aloqalar mavjud. Rasmiy aloqalar, avvalo vertikal aloqalardir. Ular rahbarlik va bo’sunish turlariga ko’ra bir-biridan farq qiladi.
Agar rahbarlik to’laqonli bo’lib, quyi organ quyi faoliyatga doir barcha masalalarga daxldor bo’lsa, bunday aloqa chiziqli rasmiy aloqa deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |