Korxona haqida ma`lumotlar
Termiz shahridagi “ZIF TEXTILE” mas’uliyati cheklangan jamiyati tayyor tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Joriy yil iyun oyida faoliyat boshlagan korxona ni barpo etish uchun loyiha tashabbuskorlariga 2017 yilda qurilishi tugallanmagan to‘rt qavatli bino 16 milliard so‘m investitsiya majburiyatlari kiritish sharti bilan “nol” qiymatda berilgan edi. O‘tgan vaqt mobaynida bu yerda yirik hajmda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Germaniya, Italiya, Turkiyadan zamonaviy tikuv dastgohlari keltirib o‘rnatildi. Ishchilarning samarali faoliyati va dam olishi uchun zarur qulayliklar yaratildi.
Yirik loyihani ishga tushirish uchun 16,6 million dollar sarflandi. Uning 10 million dollari “Mikrokreditbank” ATB kredit mablag‘idir.
Loyiha amalga oshgach, 1000 ta ish o‘rni yaratildi. Korxona joriy yilda 29,4 million dollarlik bolalar va kattalar kiyimlari, jinsi shim kabi tayyor tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarib, 8,8 million dollarlik raqobatbardosh mahsulotni xorijga eksport qilishni rejalashtirgan. Kelasi yili esa 38,2 million dollarlik mahsulot tayyorlanib, uning qariyb yarmini eksportga yo‘naltirish mo‘ljallangan.
Termizdagi tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasiga 1,5 ming nafar xotin-qizlar ishga olinadi
Termiz tumani “Ayritom” mahallasi hududida "Indenim Textile" MCHJ tomonidan qiymati 126 mlrd. 200 mln. so‘m bo‘lgan yiliga 10 ming tonna tayyor kiyimlar ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan tikuv-trikotaj maxsulotlari ishlab chiqarish korxonasi ishga tushdi. Korxonada ishlab chiqariladigan mahsulotlarning 40 foizi ichki bozorga sotiladi hamda 60 foizi (yiliga 1,0 mln dollar) eksport qilinadi.
Mazkur tekstil korxonasida uch smenada ish tashkil etilishi hisobiga Termiz shahri, Termiz va Jarqo‘rg‘on tumanlaridagi 1500 nafar xotin-qizlar doimiy ish o‘rniga qabul qilinadi.
Korxonada tashkil etilgan seminarda viloyat hokimi To‘ra Bobolov, viloyat prokurori Sadriddin Turdiyev, viloyat Xalq qabulxonasi mudiri A.Eshmurodov, viloyat hokimi o‘rinbosari F.Toirov, mazkur tumanlar va shahar hokimlari, hokim yordamchilari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda korxona mas’ullari ishtirok etdi.
Viloyat rahbari korxona faoliyati hamda ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shundan so‘ng seminar ishtirokchilariga, mahallalarda ishsiz xotin-qizlarni mazkur korxonaga ishga joylashtirish jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Shu bilan birgalikda, hududlar qiyofasini tubdan o‘zgartirish, aholiga qulayliklar yaratish, ularning daromadlarini oshirish bo‘yicha aniq misollar bilan yo‘nalish ko‘rsatilib, mas’ullarga vazifalar yuklatildi.
- Korxonamizga ishga qabul qilingan xotin-qizlar, dastlab bir oy davomida mutaxassislar tomonidan o‘qitiladi, - deydi, korxonaning xodimlar bilan ishlash bo‘limi rahbari Malika Shaymardonova. - Ushbu jarayonda ularga 825 ming so‘m miqdorida oylik to‘lanadi. Ishga qabul qilinganlarga 1,5 mln. so‘mdan 2,0 mln. so‘mgacha ish haqi to‘lanadi. Ishchi-xodimlar uchun avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilib, ikki mahal bepul ovqat va o‘z vaqtida ishga kelganlarga har oy ustama puli beriladi.
Termiz davlat universiteti yurtimizda yetakchi tekstil korxonasi hisoblangan “ZIF Textile” korxonasi bilan hamkorlik shartnomasini imzolash arafasida turibdi. Hamkorlik asosida talaba-yoshlarning aynan shu yerda amaliyot o’tashi, shuningdek, korxona tomonidan taklif qilingan xorijlik yetakchi mutaxassislar universitet talabalariga dars mashg’ulotlarini korxonaning o’zida tashkil qilish ko’zda tutilgan.
Talabalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida korxonada talaba-yoshlar uchun qo’shimcha 1000 ta yangi ish o’rinlari yaratiladi. Kelgusida “Zif textile” ushbu ishchi o’rinlariga universitetning talabalarini ishga olishi haqida kelishib olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |