Yengil sanoat


Havo almashuvini aniqlash



Download 3,72 Mb.
bet62/156
Sana31.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#160857
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   156
Bog'liq
Мажмуа ТЖБ

Havo almashuvini aniqlash. SHamollatishni loyihalash xonalarda yoki ish joylarida havo almashuvini aniqlashdan boshlanadi. Bunda klimatik zona, yilning fasli, havo muhitidagi ortiqcha issiqlik, namlik, gazlar, changlar va boshqalar hisobga olinadi.

Agar xonadan bir vaqtda bir necha zararli moddalar ajralib bir yo’nalishga yo’nalayotgan bulsa umumalmashinuv shamollatish hisobi har bir moddani xavfsiz kontsentratsiyagacha tushirish uchun zarur havo hajmlarini umumlashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi.

Agar bir vaqtda xonadan har tomonga yo’nalgan bir necha zararli moddalar ajralayotgan bulsa, havo almashinuvi ularni har biri uchun alohida hisoblanadi va so’ng shamollatishni hisoblashda yuqorida bajarilgan hisoblarni eng katta qiymati qabul qilinadi.



Normal mikroiqlimli xonalar va zararli moddalar bulmagan yoki zararli moddalarni havodagi miqdori ruxsat etilgan normada bulgan xonalarda, havo almashinuvi ishlovchilar sonini pi bir ishchiga norma buyicha to’g’ri keladigan havo miqdoriga Wm ko’paytirish yo’li bilan aniqlanadi.

Ya’ni

W=niWm m3 /soat (9.1.)



Xonadan gaz va chang ko’rinishidagi zararliliklarni chiqarish uchun havo almashinuvi Wgch
Wgch=Vgch/(Vxx-Vxk) (9.2.)
bu yerda Vgch-xonadan ajralayotgan zararli moddani miqdori, mg/soat;

Vxx -xona havosidagi zararli moddalarni ruxsat etilgan miqdori, mg/m3; Vxk-xonaga kirayotgan havo tarkibidagi zararli moddaning miqdori, mg/m3.

Bo’yoq ishlarida ajralayotgan zararli bug’ va erituvchilarning Vb.er miqdori( g/soat)

Bb.er=0,01Smer qc , (9.3.)
bu yerda S-buyumning bo’yaladigan yuzasi maydoni, m2; mer -bo’yoqdagi uchuvchi eritmalarning hissasi, % ; qc-1 m2 bo’yaladigan yuzaga lak, bo’yoq materiallarini sarfi (purkashda qc =60 - 90 g/m2 yoki shyotka bilan bo’yashda qc =100 - 180 g/m2),

Ichki yonuv dvigatellari ishlaganda havoga ajralib chiqadigan zararli moddalarning Vdv (uglerod oqsidi, azot va alьdegid oqsidlari) miqdori ( kg/soat).
Vdv =(A1+B1Vdv) qx t/6000, (9.4.)
bu yerda A1 va B1 teng koeffitsientlar: karbyuratorli dvigatellar uchun A1=9, B1=12; dizel dvigatellar uchun A1=160, B1=13,5; Vdv-dvigatel tsilindrlarining ishchi hajmi, l; qx-ishlangan gazlardagi zararli moddalarni hajmiy hissasi (karbyuratorli dvigatellar uchun-uglerod oqsidi – 4…6 %, dizel dvigatellari uchun uglerod oqsidi 0,05…0,07 %, azot oqsidi 0,007…0,009 %, aldegid oqsidi 0,035…0,050 % qabul qilinadi); t-dvigatelning ish vaqti.

Ayrim qishloq xo’jalik ishlab chiqarish xonalarida, masalan temirchilik xonasida, oziqa tsexlarida, issiqxonalarda va shunga o’xshashlarda ortiqcha issiqlik ajralishi ko’zatiladi.

Ortiqcha issiqlikni chiqarish uchun havo almashinuvi Wi (m3/soat)
Wi =3,6Qopt/C rBH(tBB-tBH), (9.5.)
bu yerda Qort-xonadagi manbalardan ajralgan ortiqcha issiqlikning umumiy miqdori, Vt; S-quruq havoning issiqlik sig’imi (taxminan 1 j/kg kalloriyaga teng); rvn-xonaga kiradigan havo zichligi kg/m3, tvv-davlat standartiga mos holda xona harorati, °S; tvn-tashqi havoning hisobiy harorati,°S.



Tabiiy shamollatish. Sanitar normalarga mos holda barcha xonalar tabiiy shamollatish mo’ljallangan bulishi kerak. Xonada havoning tabiiy harakatlanishi havodagi zichliklarning farqiga ko’ra va tashqi havo bilan ichki havo bosimi farqlari hisobiga yuz beradi (9.3.-rasm).

Tabiiy shamollatish xonalarning chiqarish kanallari, shaxtalari va darchalari orqali amalga oshiriladi. Bular o’z navbatida, xonadan kata hajmdagi havoni chiqarish va unga kiritishni mexanik shamollatkichlarsiz amalga oshiradi va bunday tashqari u mexanik shamollatish sistemasidan arzondir. Tabiiy shamollatish issiq tsexlardan ortiqcha issiqlikni chiqarishning eng yaxshi vositasi hisoblanadi.

Bu shamollatishning kamchiligi haroratiga, shamolning kuchi va yo’nalishiga, tabiiy havo almashinishi qurilmalarini ishlash xarakteriga ko’ra tashkillashtirilgan va tashkillashtirilmagan turlarga bo’linadi. Agar shamollatish qurilmalarida havo oqimi yo’nalishini miqdorini rostlovchi moslamalar o’rnatilgan bulsa, bunday shamollatish sistemasi tashkillashtirilgan deb ataladi.

3.-rasm. Havo zichligi har xilligi hisobiga amalga oshadigan havo almashish sxemasi.





4.-расм. Шамол ён томондан бўлганда бино аэрацияси.


Havoning tortish kuchini oshirish maqsadida deflektorlardan foydalaniladi. U shamollatish kanallarining yuqori qismiga o’rnatiladi. Havo oqimi deflektor orqali o’tishi natijasida havo kanallarida siyraklanish hosil buladi va buning ta’sirida kanalda havoning tezligi oshadi.

Deflektorning diametri quyidagicha aniqlanadi:
D=0,0188 ,

bu yerda Wd-deflektorning ish unumdorligi, m3/s; -havoning deflektordagi tezligi, m/s. Hisob ishlarida =(0,2-0,4) x qabul qilinishi mumkin. Bu yerda x -havoning tezligi, m/s.

Tabiiy havo almashinish qurilmalarining ishlashi samaradorligi ulardan qanchalik to’g’ri foydalanish darajasiga bog’liq. SHuning uchun tabiiy havo almashinish qurilmalarining elementlari o’rnatilib bulingach, ular sinovdan o’tkazilishi lozim. Buning uchun havo almashinishi ko’zda tutilgan kanallar va tuynuklar ochib qo’yiladi hamda ularning yuzasi aniqlanadi. Havo o’tish yo’lining o’rtasiga anemometr o’rnatilib, havoning tezligi o’lchanadi. SHamollatish qurilmasining ish unumdorligi olingan natijalar asosida quyidagicha topiladi:
WT=3600 an.x SXT ,
bu yerda an.x-anemometr ko’rsatishi buyicha havoning tezligi, m/s; SXT –havo o’tish tuynuklarining umumiy yuzasi, m2.

Sinashning umumiy davomiyligi tsexdagi turg’un texnologik jarayonida 1,5…2,0 soatni tashkil etishi kerak.

Havoning namligi tuynukda o’rnatilgan psixrometrlar yordamida aniqlanadi. Xonaga har xil tuynukdan kirayotgan havoning namligi bir xil bulganligi sababli u bitta psixrometr bilan o’lchanadi, xonadan chiqayotgan havoning namligi esa bir nechta psixrometr bilan o’lchanadi.

Xonaga kirayotgan va chiqayotgan havoning massasi Gx (kg/soat) tekshirishlar natijasi asosida quyidagiga aniqlanadi:

Gx=W1 ,

bu yerda rx-xonaga kiritilayotgan yoki chiqarilayotgan havoning zichligi.




5.- расм. Эжектор:

1-найчи қувури. 2-ҳавони енгиллашти-риш камераси. 3-ҳавони аралаштирувчи камераси.



6.-расм. Циклон.




Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish