Mexanik shamollatish uskunalari. Mexanik shamollatish sistemalarida havoning bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi markazdan qochma va o’qli shamollatkichlar yoki ejektorlar yordamida amalga oshiriladi (5.-rasm). Markazdan qochma shamollatkichda kurakli ishchi g’ildirak chig’anoqsimon kojuxda, o’qli shamollatkich esa tsilindrik kojuxda joylashgan buladi. Markazdan qochma shamollatkichlar past bosimli (1000 Pa gacha),
o’rta (1000 dan 3000 Pa gacha) va yuqori bosimli (3000 dan 15000 Pa gacha)
buladi.
Xonaga kiradigan havo kalorifer yordamida isitiladi. Havoni sovutish uchun esa ikki tipdagi havoni yengillashtirish sovutuvchilardan foydalaniladi: sirtqi va kontaktli. Sirtqi sovutuvchilar tuzilishi buyicha kaloriferlarga o’xshash buladi va ularda sovuqlik tashuvchilar sifatida sovuq suv, ammiak yoki freonlar xizmat qiladi, havoni kontaktli sovutish sug’orish kamerasining yomg’irli bushlig’idan havoni o’tishi orqali amalga oshiriladi.
7- расм. Механик шамоллатиш
SHamollatish sistemasida havoni tozalash qurilmasi muhim ahamiyatga ega. Buning uchun havo maxsus chang ushlagich va filьtrdan o’tkaziladi. CHang ushlagichni keng tarqalgani tsiklon hisoblanadi (6.-rasm). Sanoat matodan, qog’ozdan, moyli elektrik va ulьtratovushli filьtrlar ishlab chiqariladi. Moyli filьtrni filьtrlovchi elementi moyga botirilgan metall to’r hisoblanadi.SHamollatkichlar ishchilar ishlayotgan zonalarda havoning barcha parametrlarini birdan ta’minlay olmaydi. Bu vazifalarni faqat konditsionerlar bajara olishi mumkin. Ular haroratni, namlikni, havoni ko’zg’aluvchanligi va tozaligi uning azonlashganligi va ionlashganligini avtomatik rostlashi mumkin. To’liqsiz konditsionirlashda sanalgan jarayonlarni bir qismi, to’liq konditsionlarlashda esa hammasi bajariladi.
Konditsionirlash sistemasi markaziy (bir necha xonalarga xizmat ko’rsatuvchi) va mahalliy (bir xonada mikroiqlimni ta’minlovchi) turlarga bulinadi.
Odamlar uchun normal mikroiqlimni ta’minlovchi konditsionerlardan tashqari, texnologik jarayonlarni turg’unligini va tozaligini taminlashda har xil qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash muddatini oshirishda va boshqa maqsadda ishlatiladigan konditsionerlar ham mavjud.
Uy sharoitida va ma’muriy xonalarda mikroiqlimni taminlash uchun turli markadagi maishiy konditsionerlar ishlab chiqariladi (7.-rasm).
Ular har xil maydonga ega bulgan xonalarga mo’ljallangan. Bu konditsionerlar quyidagi funktsiyalarni bajaradi: havoni sovutadi va changdan tozalaydi, havo haroratini avtomatik ushlab turadi, havo namligini kamaytiradi, havo oqimi yo’nalishini va harakati tezligini o’zgartiradi va bundan tashqari shamollatish rejimida ishlab tashqi muhit bilan havo almashtirishi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |