2. SHovqin va titrashga qarshi kurash usullari.
SHovqin va titrashga qarshi kurash mashina, jihoz, uskuna va texnologik jarayonlarning loyihalashning dastlabki bosqichlarida boshlanishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Korxonalarning bosh rejalarini tuzish jarayonida, albatta shovqinga qashi kurash chora – tadbirlar ko`rib qo`yilishi shartdir.
Bunda asosan, sershovqin tsexlarni bar joyga, iloji borcha, ularni ishlab chiqarish hududining chekka tomonlariga joylashtirish, sershovqin tsexlarni boshqasidan tovush o`tkazmaydigan to`siqlar bilan to`sish, sershov-qin binolarning eshik va derazalarini maxsus tovush o`tkazmaydigan maxsus materiallardan tayyorlangan bulishi zarur.
SHovqinga qarshi kurash chora-tadbirlari uni keltirib chiqaruvchi manbaning o`zidayoq kamaytirishga harakat qilishdan boshlanishi kerak. Mashina, jihoz, uskunalarning sifatli o`rnatish, o`z vaqtida ta`mirlash va uning dinamik kuchlarini muvofiqlashtirish, yaxshi natija beradi.
Ba`zi qurilmalar tovush to`lqinlari quvvatini tarqatib yuborish xususiyatiga ega.
SHovqin to`lqinlari g’ovaksimon shovqin yutuvchi materiallar yuzasiga tushgach, shovqin quvvatini ko`pgina qismi tor g’ovakdagi havoni tebranma harakatga keltirish uchun sarflanadi. G’ovaklardagi havo qisilib isiydi va natijada shovqin quvvati issiqlik quvvatiga aylanishi natijasida tashqi muhitga tarqalib shovqin yo`qoladi.
SHovqinga qarshi kurashning yana bir usuli, texnologik jarayonlarni to`g’ri tanlash, mashina, jihoz, uskunalarning va texnologik jarayonlarni quyi kuchlanishda ishlashini ta`minlash, ularni sifatli yig’ish hamda o`z vaqtida ta`mirlash ishlarini bajarish ham katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
Titrashga qarshi kurash tadbirlari quyidagilardan iborat:
uIsh joylari, asbob – uskunalari va qurilish konstuktsiyalarini mashina jihozlar hosil qilgan tebranish ta`siridan saqlanishning mukammal usullaridan biri titrashni to`sish usuli hisoblanadi.
Bu usulda tebranuvchi mexanizm bilan uning asosi o`rtasiga elastik mato o`ralib, mato tebranishning bir qismini yutishi hisobiga asosga o`tishi birmuncha kamaygan holda, tebranish miqdori sezilarli susayadi.
Titrash to`siqlari yoki amortizatorlar po`lat prujina, rezina va boshqa elastik materiallardan tayyorlanadi.
Mashina, jihoz, uskunalarning foydalanish tartib-qoidalariga rioya qilmaslik, yo`riqnomalarni qo`pol ravishda buzilishi natijasida, shovqinsiz ishlovchi uskunalarning sershovqin ishlashiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |