Oyoq suyaklari ikki qismdan: ya'ni chanoq kamari va oyoq-ning erkin suyaklaridan iborat.
1.9-rasm. Chanoq suyaklari
1 — binkuvchi tog'aylar, 2 — umurtqa pog'onasirung dumg'aza qismi, 3 —
o'tirg'ich suyagi, 4 — qov suyagi, 5 — taroqsimon o'tirg'ich suyagi
Chanoq (1.9- rasm) ikki tomondan tos suyaklaridan, orqa tomondan dumg'aza va dum umurtqa suyaklaridan tashkil topgan. Har bir tos suyagi yoshlikda uchta suyaklardan: taroqsimon yon suyagi, o'tirg'ich suyagi va qov suyaklaridan iborat bo'lib, bu suyaklar 16-17 yoshlarga borib bitta umumiy suyakka aylanadi. Bu suyaklarning qo'shilgan joyidan tashqi tomonida chuqurlash-gan joy bo'lib, uni quymich kosasi deb ataladi.
1.10-rasm. Oyoq suyaklari: 1 — chanoq suyagi; 2 — son suyagi; 3— chanoq-son bo'g'imi; 4 — tizza qopqog'i; 5— katta boldir suyagi; 6 — kichik boldir suyagi^-2—-tovon suyagi; 9-panja suyaklari
Ayollarning chanoq suyagi erkaklarnikiga qaraganda shakli va o'lchamlari bilan farq qiladi: ayollarniki pastroq va kengroq, suyaklari silliq va in-gichkaroq; erkaklarning tos suyaklari esa torroq va yuqoriroq bo'ladi. Yonbosh suyagining qanotlari ayollarda tashqariga yotiqroq turadi, erkaklarda esa birmuncha tik holatda bo'ladi.
Oyoqlarning erkin suyaklariga (1.10- rasm) son, boldir va oyoq panjasining suyaklari kiradi.
Son suyagi — odam skeletidagi eng yirik va baquwat naysimon suyak bo'lib, uning bo'yin qismi sonning bo'ylama o'qiga nisbatan o'tmas (erkaklarnikida) yoki to'g'ri burchakka yaqinroq (ayollar-nikida) joylashadi. Shu burchakning qiy-mati boshqa omillar bilan bir qatorda oyoq-ning shakliga va odamning qadam tashlashi-ga bog'liq bo'ladi. Son suyagining yumaloq boshchasi chanoq suyagining chuqurchasiga kirib, chanoq-son bo'g'imini hosil qiladi. Shar shaklida boigan bu bo'g'im tananing erkin o'girilishiga, egilishiga, turli xil hara-katlarni bajarishiga imkon beradi. Lekin bu bo'g'imdagi harakatlar yelka bo'g'imiga nisbatan ancha chegaralangan.
Boldir suyaklari katta va kichik ikkita naysimon suyaklardan iborat.
Tizza bo'g'imi - boldir suyaklari bilan son suyagining birikkan joyi bo'lib, eng katta va eng murakkab bo'g'im hisoblanadi. Bu bo'g'im boldirni egish va to'g'rilash, tizza bukilgan holda boldir suyagini kichik aylanma harakatga keltirishiga imkon beradi.
Son suyagi bilan boldir suyaklarining birikish joyida tizza qopqog'i mavjud bo'lib, u to'rt boshli son mushaklarining, pay-larining suyakka aylanishidan hosil bo'ladi.
Oyoq panjalarining suyaklari har xil kattalikdagi suyaklardan iborat bo'lib, ular uch guruhga bo'linadi: yettita tovon suyaklari, beshta naysimon oyoq-kaft suyaklari va barmoq suyaklari. Oyoq barmoqlari suyaklarining soni qo'l barmoqlari suyaklarining soni bilan bir xilda boiadi. Ularning uzunligi qo'l barmoqlari suyaklari uzunligidan kaltaroqdir.
Odam oyog'ining pastki qismi alohida shaklga ega, u yassi emas, balki gumbazsimon shakldadir. Bu esa zarba va mexanik ta'sirlardan saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |