Bosh mushaklari. Bosh mushaklaridan biri mimika mushak-laridir. Ular yuzda joylashgan (1.15-a rasm) boiib, bosh suyakla-riga va yuz terisiga birikkan. Bu mushaklar qisqarishi bilan yuz terisi siljiydi va turli mimikalar hosil bo'ladi.
Mimika mushaklari yuzdagi tabiiy teshiklar (og'iz, burun, ko'z, quloq) atrofida joylashgani uchun ularni kengaytiradi yoki toraytiradi.
Bo'yin mushaklari.Bo'yinning eng katta mushagi to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon mushak boiib, u bo'yinning yon yuzala-rida joylashgan (1.15-6 rasm). Bu mushak pastdan o'mrov suyagi bilan to'sh suyagining yuqorigi qirrasiga birikadi, yuqoridan esa boshning chakka suyagiga birikadi. Bular yordamida boshni yon tomonga burish va bukish mumkin; bo'yinning ikkala tomoni-dagi to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon mushaklar birga qisqarganda bosh pastga (oldinga) bukiladi.
Ko'krak mushaklari.Ko'krakning katta mushagi ko'krak qa-fasining yuqorigi qismida joylashgan kuchli yelpig'ichsimon mushak hisoblanadi. Bu mushak bir uchi bilan o'mrov suyagiga, to'sh suyagiga va ikkinchi-yettinchi qovurg'alarning tog'aylariga, boshqa uchi bilan esa yelka suyagiga birikadi (1.16- rasm). Katta ko'krak mushagi qoini ko'tarib-tushirish uchun xizmat qiladi. Agar qoi fiksatsiyalangan boisa, bu mushak qovurg'alarni ko'tarib nafas olishga yordam beradi. Katta ko'krak mushagi qoitiq osti chuqurchasining oldingi devorini hosil qiladi.
Oldingi tishsimon mushaklar ko'krak qafasining yon devorida joylashgan boiib, ular sakkizinchi-to'qqizinchi juft qovurg'alar-dan tishlar bilan boshlanadi, orqaga yo'naladi va kurakning ichki qirrasi hamda yuqorigi burchagiga birikadi. Shu yo’l bilan bu mushak kurakni fiksatsiyalaydi va oldinga tortadi. Harakatsiz yelka kamarida bu mushak nafas aktida qatnashadi. U qoitiq osti chuqurchasining ichki devorini hosil qiladi.
1.14-rasm. Gavda mushaklari:
a) old tomondan ko 'rinishi: 1 - peshona mushagi; 2 - chakka mushagi; 3 - og'iz va ko'zning doiraviy mushagi; 4- to'sh-o'mrov so'rg'ichsimon mushak; 5- deltasimon mushak; 6- ko'krakning katta mushagi; 7- yelkaning ikki boshli mushagi; 8- tirsakning qo'l panjasini yozuvchi mushagi; 9- bilakning qo'l panjasini yozuvchi mushagi; 10-qonnning tashqi qiya mushagi; 11 – qorinning to'g'ri mushagi; 12- tikuvchilar mushagi; 13- sonning to'rt boshli mushagi; 14- boldirning yuza ikki boshli mushagi;
b)orttomondanko 'rinishi: 1- ensa mushagi; 2- trapetsiyasimon mushak; 3- deltasimon mushak; 4- yelkaning uch boshli mushagi; 5- orqaning keng mushagi; 6- barmoqlarni yozuvchi mushak; 7- dumbaning katta mushagi; 8- sonning ikki boshli mushagi; 9-yarim pay mushak; 10- boldirning yuza ikki boshli mushagi; 11 - boldirning uch boshli mushakli payi (Akilov payi).
1.15- rasm.Bosh va bo'yin mushaklari:
yuz mushaklari:1-og'iz mushaklari; 2-ko'z mushaklari; 3-mimika mushaklari; 4-bosh mushaklari;
bosh va bo'yin mushaklari: 1-miya mushaklari; 2- yuz mushaklari; 3- ko'z va og'iz mushaklari; 4- mimika mushaklari; 5- to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon mushak; 6 - trapetsiyasimon mushak.