Marafon yugurish, sport yurishi musobaqalariga gigiyenik talablar.
Marafon yugurish, sport yurishi musobaqalari tekis so‘qmoq yo‘llar, velosiped yo‘llari bo‘ylab o‘tkaziladi.
Bu yo‘llarda tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari tashkil etiladi. Bundan tashqari sportchilarning orqasidan “Tibbiy yordam avtomashina”si kuzatib boradi.
Marafon yugurishi va sport yurishi bo‘yicha musobaqa masofasi 50 km bo‘lsa, start berilgan joydan 10 km o‘tib, undan keyin har 5 km.da ovqatlanish punktlari tashkil etiladi. Ovqatlanish punktlari o‘rtasida (har 2,5 km.da) suv ichish va badanni suv bilan artish uchun gubka beriladigan punktlar tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |