Yem-xashak yetishtirish agronomiya asoslari


Geobotanikaga  kirish  (fitotsenoz,  agrofitotsenoz)



Download 6,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/183
Sana26.09.2021
Hajmi6,59 Mb.
#185671
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   183
Bog'liq
Botanika yem-xashak yetishtirish agronomiya asoslari (H.Atabayeva va b.)

Geobotanikaga  kirish  (fitotsenoz,  agrofitotsenoz)
G e o b o ta n ik a   fan i  d a s tla b   p ro fe sso r  B .A .B ik ov   to m o n id an  
ta ’riflangan.  Geobotanika  o'sim liklar jamoasi  to'g'risidagi  fan  bo'lib, 
o'sim liklarning  tashqi  m uhit  bilan  o 'z a ro   m u n o sabatini,  aloqasini, 
tarkibiy qismiga kirgan o'simlik turlarini, o'simliklar jamoasini o'rganadi. 
D astlab  geobotanik  tushunchalar,  o'rm on,  o'tloq,  botqoq  o'simliklari, 
dasht  o'simliklari,  cho'l,  sahro,  yaylov  o'sim liklari  shaklida  bo'lgan. 
Geobotanika fan sifatida XIX asrda shakllangan. Bu atam a birinchi marta
www.ziyouz.com kutubxonasi


rus botanigi F.I.Ruprext (1866) va nemis botanigi A.Grizebox tomonidan 
taklif yetilgan.
0 ‘simliklar geografiyasining yer yuzidagi o‘simliklami, ularning tashqi 
muhit sharoitiga qarab taqsimlanishini o'rganadigan bo'limi geobotanika 
deb  ataladi.  G eobotanikaning  o ‘rganadigan  obyekti  ayrim  o'simliklar 
bo'lmay,  balki  muayyan  tuproq  grunt  sharoitida  o'sadigan  o'simliklar 
guruhi yoki fitosenozni tashkil etadigan guruhdir. O'simliklar guruhi atrof- 
muhit bilan bog'liq holda unga ham ta ’sir  ko'rsatadi. O'simliklar yerdan 
oziq  m oddalar  oladi.  Tuproqdagi  namlikni  sarflaydi.  Ularning  qurib 
qolgan  qoldiqlari  tuproqda chirib,  uni organik moddalarga  boyitadi.
O 'sim lik lar  jam o alari  kelib  chiqishiga  k o 'ra ,  tabiiy  va  insonlar 
tomonidan  yaratilgan  bo'ladi.  Tabiiy  o'simlik jam oalari  m a’lum  tabiiy 
tarixiy  rivojlanish  asosida  hosil  bo'ladi.  Uning  tarkibi  asosan  yovvoyi 
o'simlik turlaridan iborat bo'ladi. Insonlar tomonidan yaratilgan  o'simlik 
jamoalarida  asosan  madaniy  o'simliklar  bo'lib,  yovvoyi  o'simliklar  ham 
birga o'sadi. Bunday o'simliklar jamoasiga agrosenoz deyiladi. Ba’zi olimlar 
(V.N.Sukachev.Y.Aroshenko) fitosenozga bug'doy, arpa, g'o'za ekinlarini 
ham  kiritadi,  ularni  agrosenoz  deb  ataydi.  Fitosenoz  kamdan-kam  holda 
bir  turdan  tashkil  topadi,  ko 'p   hollarda  bir  necha  turdan  tashkil  topgan 
bo'ladi va ular yer balandligiga qarab har xil yaruslami hosil qiladi.  O'rta 
Osiyo  to g 'larid ag i  archazo rlar  o'sim liklarning  ana  shunday  yarusli 
guruhlariga  misol  bo'la  oladi.  Tog'lam ing  yuqori  yarusuni  archazorlar, 
undan pastki  yarusni o 't o'simliklar tashkil etadi.  O'zbekiston  cho'llarida 
buta  o 't  o'simliklar  orasida  yuqori  yarusni,  oq  saksovul  yoki juzg'un  -  
o'rta yarusni, shuvoq ba’zi bir astragallar, pastki yarusni efemerlar ishg'ol 
etadi.  O'simliklarning bir necha  turdan tashkil topgan guruhida individlar 
sonining ko'pligiga qarab bir tur o'simliklar ustun holati edifikatorlar deb 
ataladi.  Individlar  sonining  kam  boiganlari  esa  yo'ldosh  o'simliklar  deb 
ataladi.  Masalan,  Mirzacho'l  tekisligidagi  efimer o'simliklar  orasida  rang 
va  qo 'ng'irbosh  edifikator  tu r  bo'lsa,  mayda  butgullilar  boychechak, 
yaltirboshlar va boshqalar yo'ldosh turlardir. Turlar tarkibi o'rganilganda 
har  bir  turning  va  hukm ron  (dom inant)  turning  yer  yuzini  qoplash 
darajasiga alohida e’tibor beriladi.  Bunda m a’lum kattalikdagi (1,  10 yoki 
100m2)  m aydonda  uchraydigan  o'sim liklar  o 'rg an ilg an d a  ular  soni 
aniqlanadi va  ro'yxatga  olinadi.  M a’lum maydondagi  har bir  tur  soni  va 
barcha  turga  mansub  o'sim liklarning  biomassasi  aniqlanadi.  Eng  ko'p 
biomassaga ega  bo'lgan tur dom inant (edifikator), qolgan tur subdominat
www.ziyouz.com kutubxonasi


tur  hisoblanadi.  O'simliklarning  bir  xil  dominatlarga  ega  va  yo'ldosh 
turlaming  tarkibi  bir-biriga  yaqin  bo'lgan  o'xshash  guruhlari  o'simliklar 
assosiatsiyasiga  birlashadi.  Assosiatsiya  yer  yuzasidagi  o'sim liklarni 
geobotanik jihatdan  keng bayon  qilishning  asosiy  birligi  hisoblanadi.
Shuvoq  barra  o 't  o 'rta  cho'l  o'sim liklar  formatsiyasida  edifikator, 
shuvoq  bo'lsa  q o 'ng'irbosh  va  yaltirboshlar  subedifikatorlar  sifatida 
ko'rinadi. Bir xil dominantga ega bo'lgan subedifikatorlar ham bir-biriga 
yaqin  o'xshash  o'simliklar jamoasi  assosiatsiyaga  birlashadi.  Masalan, 
shuvoq barra o'tli cho'llarda shuvoq qo'ng'irbosh yoki shuvoq qorabosh 
asso siatsiy a larn i  u ch ratish   m um kin.  A ssosiatsiya  bu  o 's im lik la r 
fitosenozining  asosiy  taksonomik  birligi  hisoblanadi.
O'simliklarning  ustun  turuvchi  bir  xil  lekin,  yo'ldosh  tur  o'simliklar 
tarkibi jihatidan  farq qiladigan  hamda  turli tuproq  sharoitida  o'sadigan 
assosiatsiyasi  ikkinchi  geobotanik  birlikka  o'sim liklar  formatsiyasiga 
birlashadi. Bir-biriga o'xshash assosiatsiyalar yig'indisi formatsiyani hosil 
qiladi.  M asalan,  O 'zbekistonning  to g '  etaklarida  sh ag 'al  tosh,  soz 
tuproqli  yerlarida  ko'pincha  shuvoqli  assosiatsiyalar  uchrab,  u  yerda 
shuvoq edifikator,  har xil efimeroidlar esa yo'ldosh tur hisoblanadi.  Shu 
belgisiga  qarab,  bu  yerdagi  o'sim liklar  guruhini  shuvoq  qo'ng'irbosh, 
shuvoq rang va hokazo assosiatsiyalarga ajratish mumkin. Biroq bulaming 
hammasini  bitta  shuvoq  efimerlar  formatsiyasiga  birlashtirish  mumkin. 
Muayyan  hududda  yashaydigan  o'sim liklar  guruhining  hammasi  shu 
hududning  o'simliklari  deb  ataladi.  «O'zbekiston  o'simliklari»,  «O 'rta 
Osiyo  o'simliklari»  «Qumli  cho'llar  o'simliklari»  va  shunga  o'xshash 
nomlar  qo'llaniladi.  O'simlik  degan  tushinchadan  tashqari  flora  degan 
atam a  ham  bor.  U lar  bu  nom  bilan  atalganda  m uayyan  hududdagi 
m avjud  o 'sim lik la r  turinin g   ham m asi  tush in iladi.  S huning  uchun 
«O'zbekiston  florasi»  «O 'rta  Osiyo  florasi»  deb  ataladi  va  bunda  shu 
mamlakatlarda  o'sadigan  o'simlik  turlarining  hammasi  tushiniladi.
NAZORAT SAVOLLARI
1.  Geobotanikaga  umumiy  tushuncha  bering.
2.  Fitosenoz  va  agrofitosenozni  tavsiflang.
3.  Yaruslilikni  qanday  tuchunasiz?
4.  T urlar  tarkibini  o'rganishdagi  taksonom ik  birliklar  haqida
gapirib  bering.
5.  Flora  tushunchasini  qanday  tushunasiz?
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 6,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish