Boshqa birovning oyoq kiyimlarini kiyish ham kasallikning og’irlashishiga olib keladi. Ko’p kiyilgan poyabzal oyoqqa tushadigan yukni noto’g’ri taqsimlaydi. Shuning uchun kichkina bo’lib qolgan deya, urinib qolgan poyabzallarni boshqalarga berganda, biz bilmagan holda ziyon yetkazishimiz mumkin ekan. Bolalar poyabzallari kichikroq poshnali, orqasi qattiq va ressor supinator — oyoqlar ostida o’ziga xos «toshlar» va «bo’rtmalar» bilan bo’lishi kerak. Kattalarda, ko’pincha, oyoqlarga ortiqcha yuk tushishi bilan bog’liq bo’lgan statik yassi oyoqlik bo’ladi. Buning asosiy sababi, eng avvalo, ortiqcha vazndir. Kasb-hunarlari uzoq vaqt oyoqda turishni talab qiladigan odamlar — sartaroshlar, sotuvchilar, stanok operatorlari ham bu kasallikka chalinishadi. Bu odamlar yassi oyoqlik orttirib olish xavfi yuqori bo’lgan guruhga kiradi, xuddi soatlab operatsiya stoli oldida turadigan jarroh kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |