Yassi oyoqlik — oyoq panjasi shaklining o’zgarishi bo’lib, uning bo’ylama va ko’ndalang yoyining pasayishi bilan ifodalanadi. Ko’ndalang va bo’ylama yassiq oyoqlik ajratiladi, bu ikkala shaklning birgalikda kuzatilishi ehtimoli ham mavjud. Oyoq panjasining boshqa deformatsiyalari bilan birgalikda ko’ndalang yassi oyoqlik 55,23%, bo’ylama yassi oyoqlik — 29,3% hollarni tashkil etadi. 1. Yassi oyoqlik alomatlari va belgilari - Oyoq, tizza, son va beldagi og’riq;
- Notabiiy yurish va qomat;
- Cho’kkalab o’tirishdan ko’ra egilish osonroq; o’tirgan holatda muvozanatni saqlash qiyinligi.
- «Og’ir» yurish.
- Yurish paytida maymoqlik.
- Oyoq panjalarining deformatsiyalanishi (yassi oyoq, oyoq barmoqlarining nomutanosib uzunligi, qiyshiqligi, bosh barmoqdagi «suyak» yoki podagra (hallux valgus), oyoq panjasining o’ta kengligi), tizza bo’g’imlarining deformatsiyasi, oyoq mushaklarining nomutanosib rivojlanishi.
- Yassi oyoqlik tirnoqlarning ichkariga o’sishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |