Ijodiy rivojlanish
|
Qo’shiqdagi past va baland musiqani farqlash, musiqa asboblarining ovozini farqlash, tasavvurdagi shakllarni chizish, predmetlarga shakl berish, mustaqil ravishda ijodiy ishlash malakalarini rivojlantirish.
|
Rivojlanish markazlari
|
Ta’lim-tarbiyaviy faoliyat
|
Dushanba
|
Seshanba
|
Chorshanba
|
Payshanba
|
Juma
|
Resurslar, ilovalar
|
Erkin faoliyat
|
Qurish-yasash va matematika
|
Qog’ozdan archa
|
Yangi yil archasi uchun o’yinchoq
hayvonchalar
|
Namuna, oq va rangli
qog’ozlar.
|
Syujetli-rolli o’yinlar va drammalashtirish
|
Yangi yil bayrami. Yalg’omiz kampirning qilmishlari
|
Niqob, archa va
o’yinchoqlar.
|
Nutq va til
|
Hayotiy xikoya qilish; «Men archa bayramini qanday
o’tkazdim?»
|
Syujetli rasmlar.
|
Fan va tabiat
|
Tuproq bilan amaliy tajriba
|
Lupa, tuproq, patnis,
suv purkagich suvi
bilan.
|
San’at markazi
|
Rasm: Qorqiz
mehmonga keldi
|
Loy ishi: Yangi yil bayramida
hayvonlar tashrifi
|
Kantselyariya
jihozlari.
|
Umumiy guruh bo’lib ishlash
|
|
|
|
|
|
TO’RTINChI HAFTA
«YaNGI YIL NIMA?»
Qurish-yasash va matematika markazi
«Qog’ozdan archa»
Maqsad: bolalar oromgoxi usulida ikki qavatli uchburchak yasaydilar, uchta turli o’lchamdagi uchburchaklarni tartib bo’yicha joylashtirib archa yasashni biladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: har bir bola uchun uchta yashil rangdagi uchburchaklar (5x5 hajmli, 7x7 hajmli, 9x9 hajmli), namuna, qorbobo o’yinchog’i, origami usulida yaratilgan archa, sun’iy archa.
Faoliyatning borishi:
1. Namunani ko’rib chiqish.
2. Topishmoq va she’r yodlash.
3. Kerakli anjomlarni hozirlash.
4. Ijodiy ish jarayoni.
5. Bolalar ishlari tahlili va namoyishi.
Qo’shimcha: sayrda
archani kuzatish, archani boshqa daraxtlar bilan taqqoslash.
E’tiborga molik jihati: orastalikka e’tibor berish, badiiy didni rivojlantirish.
Qurish-yasash va matematika markazi
Yangi yil archasi uchun qog’ozdan o’yinchoq
hayvonchalar yasash
Maqsad: bolalar qog’ozdan hayvonchalar yasashni biladilar; qog’ozdan «shar», «aylana» yasaydilar, har xil shablonlar chizib konturlar orqali qirqadilar.
Kerakli jihoz va materiallar: namuna, kubik, lego, rangli qog’ozlar.
Faoliyatning borishi:
1. Namunani ko’rib chiqish.
2. Bajariladigan ishni sxema asosida
rejalashtirish.
3. Zarur ashyolarni tayyorlab olish.
4. Ijodiy ish jarayoni.
5. Archa tagiga tayyor o’yinchoqlarni
o’tkazish.
Qo’shimcha: qish to’g’risida she’r va ashulalar
aytishga o’rgatish.
E’tiborga molik jihati: karta-sxema asosida ish yuritishni rivojlantirish, orastalik,
aniqlikni tarbiyalash, boshlagan ishni oxiriga
yetkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: