Ijodiy rivojlanish
|
Qurilish haqida ayrim tushunchalarga ega bo’lish; predmetlarga shakl berib tafsilotlarni tasvirlash.
|
Rivojlanish markazlari
|
Ta’lim-tarbiyaviy faoliyat
|
Dushanba
|
Seshanba
|
Chorshanba
|
Payshanba
|
Juma
|
Resurslar, ilovalar
|
Erkin faoliyat
|
Qurish-yasash va matematika
|
Matematika:
Predmetni belgisi va
o’lchami bo’yicha top
|
Yasash: Futbol uchun darvoza
|
Kubik, lego, katta-
kichik predmetlar.
|
Syujetli-rolli o’yinlar va drammalashtirish
|
Shifoxona
|
Oq xalat, shifokor
va hamshira uchun
bosh kiyim,tibbiyot
kartochkasi.
|
Nutq va til
|
Hikoya tuzish: Qishki
kiyimlar
|
Hikoya tuzish: «Qor yoqqanda»
|
Qo’g’irchoq va uning
kiyimlari; rasmlar.
|
Fan va tabiat
|
Akvariumdagi baliqlarni kuzatish
|
Akvariumdagi baliq;
rasmlari.
|
San’at markazi
|
Rasm chizish:
O’rmondagi qishki
daraxt
|
Loy ishi: «Bolalar koptok
o’ynamoqda»
|
Rangli qalam,oq va
rangli qog’oz, turli
o’lchamli rangli
koptok, pufak,
plastilinlar.
|
Umumiy guruh bo’lib ishlash
|
|
|
|
|
|
DEKABR
OY MAVZUSI: «QISh ZIYNATI»
Qurish-yasash va matematika markazi
Predmetni belgisi va o’lchami bo’yicha top
Maqsad: bolalar predmetlarning belgisi
na o’lchamiga ko’ra farqlashni o’rganadilar.
Predmetlarni bir-biriga nisbatai tartib bilan joylashtirishni biladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: turli xil
o’lchamdagi va shaklli taxtacha, mashina, uchburchak, aylana, to’g’ri to’rtburchak, karton qog’ozdan shakllar.
Faoliyatning borishi:
1. Har xil o’lchamdagi geometrik shakllarni
ko’rib chiqish.
2. Geometrik shakllarnish rangiga qarab
saralash.
3. Turli o’lchamdagi uchburchak, to’g’ri
to’rtburchak va aylana shakllarini tarqatish. (Har bir shakl 9 tadan). Shakllarni bir-birining ustiga qo’yish orqali bir xil o’lchamdagi shakllarni topish.
4. Amalga oshirilgan ishni muhokama
qilish, xulosalash.
Qo’shimcha: mustahkamlash yuzasidan savol, qanday qilib bir xil uzunlikdagi shakllarni farqlash mumkin?
E’tiborga molik jihati: tanish o’lchamdagi
predmetlarni topish va farqlash.
Qurish-yasash va matematika markazi
«Futbol uchun darvoza»
Maqsad: sportning futbol turi bilan tanishadilar, darvozaning bajaradigan
vazifasini biladilar, mustaqil ravishda darvoza qura oladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: namuna,
lego, qurilish materiallari to’plami, futbol
darvozasi rasmi.
Faoliyatning borishi:
1. Mavzu asosida suhbat.
2. Namunani tomosha qlish.
3. Futbol darvozasini qurish.
4. Bolalar tomonidan bajarilgan ishlar
tahlili.
Qo’shimcha: futbol o’ynash.
E’tiborga molik jihati: mustaqil faoliyatlari uchun bolalarni rag’batlantirish.
Syujetli-rolli o’yinlar va
sahnalashtirish markazi
«Shifoxona»
Maqsad: bolalar syujetli o’yinlarga ijodiy
yondashadilar, o’yin faoliyatini amalga oshirish uchun lozim bo’lgan sharoit, predmetlar yoki ularning o’rnini bosuvchi predmetlarni
topadilar, o’yinda rollarni almashib o’ynay
oladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: tibbiyot
jihozlari, oq xalat, shifokor va hamshira uchun qalpoqlar, tibbiyot kartasi.
Faoliyatning borishi:
1. Bog’chadagi tibbiyot xonasiga sayohat.
2. Shifokor va hamshira kasbi haqida suhbat
o’tkazish.
3. Rollarni taqsimlash.
4. Syujetlirolli o’yin ijrosi.
5. Yakun. Rag’batlantirish.
Qo’shimcha: «Bu yerda nima ortiqcha?» ta’limiy
o’yin.
Do'stlaringiz bilan baham: