Ijodiy rivojlanish
|
Predmetlarga xos xususiyatlarni to’g’ri inobatga olgan holda asar qahramonlari, personajlarni tasvirlab syujetli suratlar chizish, ularni bo’yash.
|
Rivojlanish markazlari
|
Ta’lim-tarbiyaviy faoliyat
|
Dushanba
|
Seshanba
|
Chorshanba
|
Payshanba
|
Juma
|
Resurslar, ilovalar
|
Erkin faoliyat
|
Qurish-yasash va matematika
|
Qurish-yasash
|
Ikki qavatli bino
|
Kubik, lego, qog’oz quti,
o’yinchoq, namunalar.
|
Syujetli-rolli o’yinlar va drammalashtirish
|
Do’kon
|
Rasta, turli tovarlar
bilan jihozlangan peshtaxta, konfet, non, meva, sabzavot, o’yinchoq, kitob, o’yinchoq pul va oq
xalatlar.
|
Nutq va til
|
«Haydovchilik kasbi»
mavzusida suhbat
|
Ta’limiy o’yin: Pochta
|
Syujetli rasmlar.
|
Fan va tabiat
|
Qushlarni kuzatish
|
AKT, qushlar
tasvirlangan rasmlar.
|
San’at markazi
|
Rasm: Koftani
bezaymiz
|
Applikatsiya
Biz quruv-
chilarmiz
|
Loy ishi:
Istagan meva va
sabzavotlarni
yasash
|
Tayyor kofta shakllari,
manjet, rezina
buyumlar, rangli
qog’ozdan qirqib yasalgan kvadrat, aylana, to’g’ri burchak, uchburchak, oq karton varaqlari, kley,
qaychi, mo’yqalam,
salfetkalar.
|
Umumiy guruh bo’lib ishlash
|
|
|
|
|
|
NOYABR. TO’RTINChI HAFTA
«BARChA KASBLAR MUHIM»
Qurish-yasash va matematika markazi
Yasash
Maqsad: bolalar yuza bo’ylab mo’ljal (orientir) olishini o’rganadilar, nima qurishni oldindan rejalashtira oladilar, qurilayotgan ob’ekti uchun material tanlay oladilar, yasash jarayonida ketma-ketlikka e’tibor
qaratadilar, mustaqil
yasash, ixtiro qilish ishtiyoqiii oshiradilar.
Kerakli jihoz va materiallar: kubik, lego,
qog’oz qutilar, turli hil kurilmalar namunasi, AKT.
Faoliyatiing borishi:
1. Namunalarni tomosha qilish.
2. Bajariladigan ishni rejalashtirish.
3. Kerakli jihozlarni tanlash.
4. Ijodiy ish.
5. Bolalar ishlari tahlili.
Qo’shimcha: videoyozuvlar namoyishi, badiiy
adabiyotlar o’qish.
E’tiborga molik jihati: tasavvurlarni boyitish va diqqatini jamlashga ahamiyat berish.
Qurish-yasash va matematika markazi
«Ikki qavatli bino»
Maqsad: bolalar baland inshootlar quradilar, qurilishning mustahkamligiga ahamiyat beradilar, qurilish uchun zarur detallarni saralab oladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: namuna, mavzu asosida rasmlar, kubiklar, legolar, o’yinchoqlar.
Faoliyatiing borishi:
1. Namuna va rasmlarni tomosha qilish.
2. Ishni rejalashtirish.
3. Kerakli jihozlarni tanlash.
4. Ijodiy ish.
5. Qurilish o’yini.
Qo’shimcha: poydevor
tushunchasi bilan
tanishtirish. Bir qavatli, ikki qavatli, ko’p
qavatli binolar so’zlari bilan bolalar lug’atini boyitish.
E’tiborga molik jihati: bolalarning obrazli tafakkuri.
Syujetli-rolli o’yinlar va
sahnalashtirish markazi
«Do’kon»
Maqsad: bolalar sotuvchilik kasbi haqida ko’proq ma’lumotlarga ega bo’ladilar, sotuvchi, xaridor rollarini ijro etadilar.
Kerakli jihoz va materiallar: konfet, non, meva va sabzavot, o’yinchoq, kitob kabi turli mollar bilan to’ldirilgan peshtaxta.
Faoliyatiing borishi:
1. Sotuvchi, kassir kasblari haqida
suhbat.
2. «Kimga nima kerak?» ta’limiy o’yin.
3. Rollarni taqsimlash.
4. O’yin faoliyati.
Qo’shimcha: «Do’kon» ta’limiy o’yini. O’yin uchun o’yinchoqlar tayyorlash. Do’konga sayohat.
Do'stlaringiz bilan baham: