«yangiyul poligraph service»



Download 5,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/72
Sana27.07.2021
Hajmi5,39 Mb.
#130137
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   72
Bog'liq
oqish 4 uzb

PAHLAVON VA SHOIR
Hamidjon Hamidov
Mahmudning  Dehliga  safari  hind  xalqining  milliy 
bayramiga  to‘g‘ri  kelibdi.  Odatda,  bunday  ayyomlarda 
xalq  sayillari,  har  xil  tomoshalar,  musobaqalar  uyushti-
rilar  ekan.
Mahmudning  shahar  chetidagi  saroylardan  biriga 
tushganini  eshitgan  sulton  uni  ertangi  kurashda  ishti-
rok  etishi  va  yosh  saroy  pahlavoni  bilan  bellashishini 
so‘rab,  odam  yuboribdi.
http://eduportal.uz


91
Mahmud  yosh  bahodirning  izzat-nafsiga  shikast  yet-
kazishni  o‘ziga  ep  ko‘rmay,  bu  iltifotni  rad  etibdi.  O‘z 
marhamati  qabul  qilinmaganini  eshitgan  sulton  g‘azab 
otiga  minibdi.
Mulozimlar  bu  xabarni  Mahmudga  yetkazib,  kurash-
da  ishtirok  etishini  o‘tinib  so‘rabdilar.  U  rozilik  bildiribdi.
Odatda,  bunday  musobaqalardan  oldin  Mahmud 
ulug‘larning  qadamjolarini  ziyorat  qilar  ekan.  O‘sha  ke-
cha  ham  shahardagi  qabristonni  ziyorat  qilib  yursa,  bir 
ayol  erining  qabrini  quchoqlab:  «Ey  xudo,  ikki  bolam 
va  erimni  olding,  ertangi  kun  maydonda  yolg‘iz  o‘g‘lim-
ning  qo‘lini  baland  qilgin»,  —  deb  nola  chekayotgan 
ekan.  Mahmud  bu  xotin  sulton  saroyidagi  pahlavonning 
onasi  ekanligini  sezibdi.
Ertasi  kuni  kurash  maydonida  Mahmud  o‘zini 
juda  zaif  va  lapashang  qilib  ko‘rsatibdi.  Yosh  baho-
dir  ikki-uch  davradan  keyinoq  Mahmudni  chirpirak  qilib 
ko‘tarib  uribdi.  Sulton  bu  g‘alaba  sharafiga  katta  ziyofat 
beribdi.  Tantanalardan  so‘ng  hokim  boshchiligida  arko-
ni  davlat:  barcha  xizmatkorlar,  mehmonlar  fillarga  minib 
o‘rmon -ga  —  ovga  jo‘nashibdi.
Changalzorlar  orasidan  ketayotganda  bexosdan  sul-
ton  taxtiravoni  o‘rnatilgan  fil  botqoqqa  botib  qolibdi. 
Ko‘p  urinishibdi,  filni  loydan  chiqaza  olishmabdi.  Shun-
da  Mahmud  xizmatkorlarga  filning  oldingi  oyoqlari  ora-
sini  kovlab  bo‘shatishni  buyuribdi.  Shunday  qilishibdi.
Bo‘shliqqa  katta  bir  kundani  tashlabdilar.  Mahmud 
ana  shu  kunda  ustiga  tushib,  fil  oyoqlari  orasiga  yel-
kasini  qo‘yib,  bir  zo‘r  bilan  ikki  oyog‘ini  botqoqdan 
bo‘shatibdi,  fil  o‘zini  o‘nglab,  halokatdan  qutulibdi.
http://eduportal.uz


92
Hamma  mehmonning  qudratiga  ofarinlar  aytibdi.  Ov-
dan  so‘ng  yana  ziyofat  boshlanibdi.  Gap  orasida  sulton 
Mahmuddan:
—  Kecha  maydondagi  zaifli gingiz  bilan  bugungi  ja-
soratingizni  qanday  tushunsa  bo‘ladi?  —  deb  so‘rabdi.
—  Ey,  oliyhimmat  sulton!  Bu  yigit  —  bir  bevaning 
yagona  farzandi,  istiqboli  porloq  pahla von,  lekin  hali 
tajribasiz.  Men  u  bilan  olishib,  mayib  qilib,  umriga  zo-
min  bo‘lishni  istamadim.  Ammo  siz  g‘azablanganingizdan 
so‘ng  kurash  tushishga  rozilik  bergandim,  —  debdi  u.
—  Tilang  tilagingizni,  nima  istasangiz,  muhayyo  qila-
man,  —  debdi  sulton.
—  Menga  hech  narsa  kerak  emas.  Sizning 
zindoning izda  200  dan  ortiq  yurtdoshim  asir  ekan, 
o‘shalarni  ozod  qilsangiz,  Vatanimga  birga  olib  ketsam, 
bas,  —  debdi  Mahmud.
Sulton  bahodirga  ot-ulov,  sarpolar  beribdi  va  asirlar-
ni  hibsdan  bo‘shatibdi.  Mahmud  vatandoshlari  bilan  Xo-
razmga  qarab  yo‘l  olibdi.
1. Pahlavon  Mahmud  nima  uchun  yosh  bahodir  bilan  ku-
rash  tushishni  xohlamaydi?
2. Pahlavon  Mahmudning  kurashda  yosh  bahodirdan 
yengilishi  sababi  nimada  deb  o‘ylaysiz?

Download 5,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish