SULTON MAHMUD VA BERUNIY
Nizomi Aruzi Samarqandiy
Bir kuni Sulton Mahmud G‘aznada Ming chi-
nor bog‘idagi qasrining boloxonasida vazirlar, olimlar,
shoirlar bilan o‘tirib, birdan Abu Rayhon Beruniyga
nazari tushib di va uni imtihon qilmoqchi bo‘libdi.
— Qani ayt-chi, munajjim, — debdi u Abu Ray-
honga murojaat qilib, — men shu boloxona to‘rt
eshigining qaysi biri orqali tashqariga chiqishim mum-
kin? Fikringni qog‘ozga yoz va shu yerdagilardan bi-
rontasiga, hatto o‘zimga ham ko‘rsatmay, men o‘tir-
gan ko‘rpachaning qatiga qistirib qo‘y!
Abu Rayhon usturlobni qo‘liga oldi, bo‘r va tax-
tacha keltirishla rini buyurdi. So‘ng oftobning baland-
ligini o‘lchadi, jadval tuzdi, biroz o‘ylanib turib bir
http://eduportal.uz
86
parcha qog‘ozga allanimalarni yozdi va uni to‘rt buk-
lab, sulton aytgan joyga yashirdi.
— Topdingmi? — deb so‘radi sulton.
— Topdim, — dedi Abu Rayhon qo‘l qovushtirib.
Sulton qog‘ozga tegmadi, ustalarni chaqirtirib, bolo-
xonaning kunchiqar tarafidagi devordan eshik ochish-
larini buyurdi. So‘ng o‘sha eshikdan tashqariga chiq-
di, hayal o‘tmay qaytib kirdi. O‘rniga o‘tirgandan
keyin ko‘rpacha qatidagi qog‘ozni olib o‘qidi. Unda:
«To‘rt eshikning birontasidan ham tashqariga chiq-
maydilar, balki kunchiqar tarafdagi devordan yangi
eshik ochtirib, o‘shandan chiqadilar», — deb yozilgan
ekan. Sulton xunibiyron bo‘lib, g‘ulomini chaqirtirdi-da:
«Abu Rayhonni qasr tomiga olib chiqib, yerga uloq-
tiringlar!» — deb amr qildi. Buyruq bajo etildi. Lekin
u shu voqeadan sal ilgari sultonning ko‘rsatmasi bi-
lan tortib qo‘yilgan soyabon ustiga tushdi.
Shuning uchun ham biron yeri lat yemadi. Sulton-
ning amri bilan uni yana boloxonaga olib chiqdilar.
Sulton unga mug‘ambirona boqib dedi:
— Ey, Abu Rayhon! Buni ham oldindan bilganmi-
ding?
— Ha, bilgan edim, sultonim, — deb javob qildi
Abu Rayhon.
— Buni nima bilan isbotlaysan? — sulton unga
o‘qday tikildi.
Abu Rayhon g‘ulomini chaqirtirdi. U xojasining daf-
tarini keltirib berdi. Olim uning orasidan bir varaq-
ni yirtib olib, sultonga tutdi. Sulton qog‘ozni o‘qib
ko‘rib, hayron bo‘ldi, boshini quyi solib, sukutga ket-
di. O‘sha varaqda:
http://eduportal.uz
87
«Meni falon kuni, falon joyda balandlikdan yerga
uloqtirib yuboradilar. Lekin biron yerim lat yemay,
sog‘-u salomat qolaman», degan gaplar yozilgan
ekan.
1. Sulton Mahmud Abu Rayhonning bilimdonligini qanday qi-
lib sinab ko‘rdi?
2. Matndan Beruniyning o‘z taqdirini bashorat qilgan o‘rin-
larni qayta o‘qing. U bunday donolikka qanday qilib
erishgan, deb o‘ylaysiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |