«yangiyul poligraph service»


BUYUK ALLOMALARGA MUNOSIB



Download 5,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/72
Sana27.07.2021
Hajmi5,39 Mb.
#130137
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   72
Bog'liq
oqish 4 uzb

83
BUYUK ALLOMALARGA MUNOSIB  
VORISLARMIZ
NAJMIDDIN KUBRO
Yo‘q  emaskan,  bor  ekan,  och  emaskan,  to‘q  ekan. 
Qadim  zamonda,  Amudaryo  tomonda  gul-u  bo‘ston  bir 
yurt  bo‘lgan  ekan.  Tabiati  g‘oyat  so‘lim,  eli  halim  ekan.
Tuprog‘i  shu  qadar  hosildor  ekanki,  yolg‘ondan 
cho‘p  qadasangiz,  chindan  daraxt  bo‘lib  o‘sarkan.  Bu 
o‘lkaning  donolari  ham  ko‘p  ekan.  Shayx  Najmiddin 
Kubro  donolar  donosi  sanalarkan.  Xalq  biror  ishga  qo‘l 
urmoqchi  bo‘lsa,  avvalo,  u  kishining  maslahatini  olar-
kan.  Shuning  uchun  bu  o‘lka  urush-janjalga  begona 
ekan.  Yurtning  nomi    Xorazm  ekan.
Xullas,  bir  kuni  mo‘g‘ul  degan  bosqinchi  Xorazm-
ga  yurish  boshlabdi.  Yo‘lida  uchragan  bog‘-u  rog‘larni 
vayron  qilibdi.  Uylarga  o‘t  qo‘yib,  qo‘y-qo‘zilarni  haydab 
ketib,  shaharni  o‘rab  olibdi.  Bosqinchilarning  niyati  bu 
go‘zal  yurtga  o‘zlari  hukmron  bo‘lib,  uning  xalqini  qul 
qilib  sotish  ekan.
Ahli  Xorazm  qayg‘uga  tushibdi.  Botirlari  jangga 
hozirlik  ko‘ra  boshlabdi.  Shahar  atrofida  izg‘ib  yurgan 
dushman  esa  qal’ani  yorib  kirish  yo‘llarini  izlarkan. 
Ayg‘oqchilardan  biri  mo‘g‘ullar  sardoriga:
—  Onhazrat,  bir  qoshiq  qonimdan  kechsangiz,  fik-
rimni  ayturman,  —  deb  ta’zim  qilibdi.
—  So‘yla!
—  Shohim,  bu  yurtning  donolari  ko‘pdir.  Donolar 
donosi  shayx  Najmiddin  Kubro  erur.  Bu  qonli  jangda 
http://eduportal.uz


84
ul  hazratning  ko‘ngillari  ozor  topsa,  zinhor  g‘alabayi 
munavvarga  yetmasmiz.  Farmon  bering,  shayx  biz  ta-
rafga  o‘tsinlar.  Ondin  so‘ng  biz  yeng  shimarib  jang 
boshlaylik.
Shoh  ko‘p  o‘ylabdi.  Nihoyat,  taklifni  qabul  aylabdi.
—  Maktub  tayyorlang!  Chopar  yuboring!  Shayx  haz-
ratlari  biz  tomonga  o‘tsinlar! 
Chopar  maktubni  olib,  qal’a  darvozalaridan  ichkari  kirib-
di.  Najmiddin  Kubroga  xatni  tutqazibdi.  Bir  qancha  muridla-
ri  bilan  o‘tirgan  shayx  maktubni  ovoz  chiqarib  o‘qibdilar:
«Shayx  hazratlari,  sizga  bo‘lgan  kamoli  ehtiromi-
miz  haqqi,  oilangiz  va  yana  o‘n  kishi  birla  biz  tarafga 
o‘ting!  Farog‘atda  osuda  umr  ko‘rursiz!»
—  Boring,  yetkazing!  Mening  yaqinlarim  o‘n  kishidan 
ko‘pdur. 
Ertasi  kuni  chopar  yana  xat  keltiribdi:  «Hazrat,  may-
li,  yuz  kishi  birla  o‘ting!»  Shayx  debdilar:
—  Yetkazingkim,  ular  yuz  kishidan  ham  ko‘pdur. 
Uchinchi  kuni  chopar  yana  maktub  keltiribdi:  «May-
li,  ming  kishi  birla  o‘ting»,  —  deyilibdi  xatda.  Hazrat 
shunday  debdilar:
—  Mening  yaqinlarim  ming  kishidan  ham  ko‘p  erur. 
Butun  xalq  mening  yaqinlarimdur. 
To‘rtinchi  kunning  tongi  otmabdi.  El-u  yurtning  oro-
mi  yo‘q,  yotmabdi.  Quyosh  hali  boshin  ko‘tarmay  tu-
rib,  dushman  qal’a  ichiga  ot  surib  kiribdi.  Kimning 
qo‘lida  tayoq,  kimning  qo‘lida  o‘roq,  dushmanga  ham-
la  qilishibdi.  Shayx  Najmiddin  Kubro  ham  qonli  jangga 
kiribdilar.  Dastlab  bayroqqa  tashlanibdilar.  Zero,  bayroq-
ning  egilgani  —  raqibning  yengilgani.
http://eduportal.uz


85
Ana  shunda  shayx  Kubro  dushman  bayrog‘ini  past-
ga  tortib  turganlarida,  bir  bosqinchi  shayxning  o‘ng 
qo‘liga  qilich  solibdi.  Qora  qonga  bo‘yalgan  shayx  ot 
ustidan  qulab  tushibdilar.  Yov  bayrog‘ida  qolib  ketgan 
o‘ng  qo‘llari  esa  hamon  bayroqni  changallab,  past-
ga  tortar  ekan.  Harchand  urinmasin,  yov  shayxning 
qo‘llarida  g‘ijimlanib  turgan  bayroqni  sug‘urib  ololmabdi. 
Dushman  yengilibdi.
Shayx  Najmiddin  Kubro  esa  Vatan  uchun  bo‘lgan 
jangda  shahid  bo‘libdilar.
1. Bosqinchilar  Xorazmga  nima  maqsadda  yurish  qildilar?
2. Dushman  shayx  Najmiddin  Kubroga  qanday  maktub 
yo‘llaydi?
3. Shayx  dushman  taklifini  nima  uchun  rad  etadi?

Download 5,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish