«yangiyul poligraph service»



Download 5,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/72
Sana27.07.2021
Hajmi5,39 Mb.
#130137
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   72
Bog'liq
oqish 4 uzb

IBN SINO BILAN TABIB
Abu  Ali  ibn  Sino  ko‘p  o‘qigan,  bilag‘on  tabib  ekan. 
Kishining  rangi-ro‘yiga  qarab,  qanday  kasali  borligini 
aytib  bera  olar  ekan.  Ammo  bu  podsholarga  yoqmas 
ekan.  Shuning  uchun  umri  quvg‘inlikda,  sarson-sargar-
donlikda  o‘tibdi.  Quvg‘inlikda  yurgan  paytlaridan  birida 
yo‘li  yana  Buxoroga  tushibdi.  Ko‘cha,  rastalarni  aylanib 
yurgan  ekan.  Bir  tabibning  tabiblik  qilib  o‘tirganiga  ko‘zi 
tushib  qolibdi.  Tabib  kasallarni  birma-bir  ko‘rib,  yo‘l-
yo‘riq  ko‘rsatib,  maslahatlar  berayotgan  emish.
Abu  Ali  ibn  Sino  tabibga  tikilib,  qilayotgan  ishlari-
ni  diqqat  bilan  kuzatibdi.  Tabib  pardaning  orqasidagi 
kasalning  qo‘lini  so‘rabdi.  Ayol  qo‘lini  uzatibdi.  O‘sha 
paytlarda  shunday  odat  bor  ekan-da.  Ayol  erkakka 
ko‘rinmas  ekan.  Shunday  qilib  deng,  pardaning  orqa-
sida  o‘tirgan  kasal  ayol  qo‘lini  uzatibdi.  Tabib  ayolning 
tomirini  ushlab  ko‘rishi  bilanoq: 
—  Qatiq  ichibsiz-a?  —  debdi.
Kasal: 
—  Ha,  qatiq  ichdim,  —  deb  javob  beribdi.
http://eduportal.uz


88
Abu  Ali  ibn  Sino  tabibning  kasal  ayol  tomirini  ushla-
boq  qatiq  ichganini  aytib  berganiga  qoyil  qolib,  yoqa-
sini  ushlabdi.  Tabib  ayolning  tomirini  biroz  ushlab  tur-
gach:
—  Kecha  kechqurun  xo‘roz  go‘shti  yebsiz-a?  — 
deb  so‘rabdi.
Kasal  xotin:
—  To‘g‘ri,  xo‘roz  go‘shti  yegan  edim,  —  debdi.
Abu  Ali  ibn  Sino  tabibning  bu  topqirligiga  ham  qo-
yil  qolib,  yanada  hayron  bo‘libdi.  Tabib  kasal  xotinning 
qo‘l  tomirini  biroz  ushlab  turgach:
—  Eshiginglar  kunchiqar  tomonga  qarab  qurilganmi? 
—  debdi.
Kasal  xotin:
—  Ha,  eshigimiz  kunchiqar  tomonga  qarab  qurilgan, 
—  debdi.
Shundan  keyin  tabib  xotinning  qo‘lini  qo‘yib  yuborib, 
unga  dori  beribdi.  Yana  yo‘l-yo‘riqlar  ko‘rsatib,  masla-
hatlar  berib,  jo‘natib  yuboribdi.  Keyin  boshqa  kasallarni 
ko‘rishga  o‘tibdi. 
Abu  Ali  ibn  Sino  o‘ylagandan  o‘ylayveribdi:  «Tabib  ka-
sal  tomirini  ushlab  qatiq  ichganini,  xo‘roz  go‘shti  yega-
nini  bilishi  mumkindir,  bu  tajribada  ko‘rilgan.  Lekin  kasal 
uyining  eshigi  kunchiqar  tomonga  qarab  qurilganini  tomir 
urishidan  aniqlashiga  hech  aqlim  bovar  qilmaydi.  Bu  hol 
hech  bir  tajribadan  o‘tmagan  edi.  Bu  yerda  bir  sir  bor, 
buni,  albatta,  bilishim  shart.  Men  bu  sirning  tagiga  yet-
magunimcha  bu  yerdan  ketmayman,  tabibni  o‘z  holiga 
qo‘ymayman».  Shu  payt  tabib  Abu  Ali  ibn  Sinoga  qarab:
—  Sizning  kasalingiz?  Qayeringiz  og‘rib,  tinchlik 
bermaydi?  —  deb  so‘rabdi. 
http://eduportal.uz


89
Abu  Ali  ibn  Sino:
—  Ha,  tabibi  jahon,  mening  kasalim  ancha-muncha 
murakkab,  sir-asrorli,  avval  boshqa  bemorlarni  ko‘rib 
bo‘ling.  Men  javoningizda  «Qonun»  kitobiga  ko‘zim 
tushdi,  shuni  o‘qib  tursam  maylimi?  Oxirida  meni 
ko‘rarsiz,  —  debdi. 
Tabib  huzuriga  kelgan  bemorlarni  birin-ketin  ko‘rib, 
dori-darmon  beribdi-da,  kechga  yaqin  bo‘shabdi. 
—  Qadamingizga  hasanot,  ustoz,  —  debdi  Abu  Ali 
ibn  Sinoga  tabib.
—  Boshqalarni  qo‘ying-u,  ichkaridan  ayolning  tomi-
rini  ushlab  qatiq  ichgani  bilan  xo‘roz  go‘shti  yeganini, 
boz  ustiga,  uyining  eshigi  kunchiqar  tomonga  qarab 
qurilganini  aytganingizda  rostdan  ham  taajjubga  tush-
dim,  ulug‘  hakim!
—  Bemor  ayolga  qatiq  ichganmidingiz  deganda, 
uning  chodiriga  tomgan  bir  tomchi  qatiqqa  ko‘zim  tush-
gani  sabab  bo‘ldi.  Darrov  fahm  qildim,  ayol  bu  yerga 
kelishdan  oldin  chodirini  yopingan,  keyin  ozroq  qa-
tiq  ichgan.  Shunda  bir  tomchi  qatiq  chodiriga  tomgan. 
U  bemorning  mening  savolimga:  «Ha,  qatiq  ichgan 
edim»,  —  deganidan  bildimki,  yahudiy  ayol.  Shundan 
so‘ng  uning  kiyimiga  nazar  tashladim.  Yaxshi  kiyingan, 
shundan  bildimki,  u  boy  yahudiyning  zaifasi.  Menga 
kelgan  kun  yakshanba  kuni  edi.  Odatda  shanba  kun-
lari  badavlat  yahudiylar,  albatta,  xo‘roz  palov  yeydilar. 
Tomir  urishiga  diqqat  qilib,  uyining  eshigi  kunchiqar  to-
monga  qarab  qurilganini  aytishimga  kelsak,  yahudiy 
mahallasidagi  juda  ko‘pchilik  uylar  balandlikdagi  ko‘cha-
ning  bir  tomoniga  joylashgan.  O‘sha  tomondagi  uylar-
ning  eshiklari  sharqqa  qarab  qurilgan  bo‘ladi.
http://eduportal.uz


90
Shunda  Abu  Ali  ibn  Sino: 
—  Bularni-ku,  tushundim,  lekin,  qani  ayting-chi,  me-
ning  Abu  Ali  ibn  Sino  ekanligimni  qayoqdan  bildingiz? 
—  deb  so‘rabdi.
Tabib: 
—  Men  bu  «Qonun»  kitobini  bundan  bir  necha  yil 
oldin  Bog‘doddan  sotib  olgan  edim.  Lekin  uning  «Qo-
nun»  ekanligini  bilolmay  yurdim.  Qanchalik  o‘qigan 
bo‘lsak-da,  na  men  va  mening  do‘stlarim,  shogirdla-
rim  qanday  kitob  ekanligini  bilmadik.  Varaqlarining  bir 
chetiga  ko‘zi  tushgan  zahoti  kitobning  «Qonun»  ekan-
ligini  bilgan  kishi,  albatta,  Abu  Ali  ibn  Sino  bo‘ladi-da, 
bo‘lmasa  kim  bo‘lardi?  —  deb  javob  beribdi  tabib. 
Abu  Ali  ibn  Sino  tabibning  bu  topqirligiga  qoyil  qo-
lib,  ofarinlar  aytibdi.
1. Tabib  notanish  kishining  Abu  Ali  ibn  Sino  ekanligini  qan-
day  qilib  bildi?
2. Abu  Ali  ibn  Sino  tabibga  nima  uchun  ofarin  aytadi?

Download 5,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish