Янгиликлар


Ma'lumotlarni zichlashning samarasizligi



Download 1,58 Mb.
bet15/23
Sana06.06.2022
Hajmi1,58 Mb.
#641139
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
Respublikadan tashilayotgan eksport yuklar monitoringi dasturiy

Ma'lumotlarni zichlashning samarasizligi - O’tkazish qobiliyatining, ma'lumotlar guruhli oqimini marshrutlash va aloqa bog'lamalaridagi turli abonentlar ma'lumotlarini ajratish uchun zarur bo’lgan xizmatga oid axborot bilan to’ldirishga bog'liq holda yo’qolishi.
Ma'lumotlarni keng polosali uzatish - Bitta muhit (sim) bir polosa bir necha kanallarga xizmat ko’rsata oladigan ma'lumotlarni uzatish turi. Keng polosali uzatish, misol uchun, kabel teleko’rsatuvlari xizmati tomonidan foydalaniladi.
Ma'lumotlarni muhofazalash samaradorligining me'yorlari - Me'yoriy hujjatlar tomonidan belgilangan axborotni muhofazalash samaradorligi ko’rsatkichlarining qiymati.
Relyasion MBBT - Ma'lumotlar jadvallar shaklida berilgan MBBT turi. Jadval yozuvlar bog'lanishlarini aks ettiradi. MBBTlar soddaligi, muxtasarligi va aniqligi bilan ajralib turadi. Ularning har biri bir vaqtning o’zida bir necha jadvallarda joylashgan ma'lumotlar bilan ishlaydi. Shu sababli relyasion ma'lumotlar bazalari ma'lumotlardan tezkor foydalanishni ta'minlaydi.
So’rov - Ma'lumotlarni uzatishda bosh kompyuter tomonidan bo’ysunuvchi kompyuterdan uning holatini (ish rejimini) aniqlash va oydinlashtirish maqsadida so’rov qilish jarayoni.


2.2. Respublikadan tashilayotgan eksport yuklar monitoringini axborot kommunikatsion tizimlari yordamida rivojlantirish tamoyillari
Avtomatlashtirilgan xizmat tizimi avtotransport tizimida xizmatni taklif etuvchi tashkilot o`rtasidagi savdo-sotiq munosabatlarini amalga oshirishga, moddiy texnik ta`minotga va xizmatni tashkil etish masalasini yechishga qaratilgan.
Ushbu jarayonlarni mahsulot etkazib beruvchi va xoridor o`rtasidagi munosabatlarga taqqoslaydigan bo`lsak quyidagi holatni kuzatamiz. Mahsulotning harakat jarayoni besh turga bo`linadi: egalik qiluvchi sub`ekt, ya`ni mahsulot etkazib beruvchi – distributor –diler-chakana yoki ulgurji sotuvchi-xoridor. Bu zanjirda faqat birinchi va oxirgi sub`ekt ishtirok etadi xolos. Zanjirda o`zaro bog`langan juftliklarda avtomatlashtirilgan xizmatni tashkil etishning o`ziga xos xususiyatlari mavjud. Bu jarayonda birinchi navbatda ko`p vaqt oluvchi murakkab qo`l mehnatlarini avtomatlashtirish, buyurtma qabul qilish, talablarni kelishib olish, tijoratga bog`liq boshqa ma`lumotlar bo`yicha fikr almashinish. Avtomatlashtirilgan xizmat samaradorligini oshirish uchun maxsulot etkazib beruvchi ishlab chiqarish va maxsulot etkazib beruvchi tashkilot orasida axborot almashinuvi mavjud bo`lib, doimiy ravishda kelishilgan bo`lishi zarur.
Keng tarqalgan xizmat ko`rsatish turlari quyidagilardan iborat:

  1. Xizmat turi va sohasini aniqlash va qidiruvni tashkil etish;

  2. Xizmat uchun buyurtma beruvchini kuzatib borish tizimi to`liq bosqichi;

  3. Buyurtmani bajaruvchining boshqaruv tizimi;

  4. Mijozni kuzatib borish tizimining to`liq bosqichlari;

  5. Soxalar (yo`nalishlar) bo`yicha (tarmoqlangan) elektron buyurtmalar maydonlari;

  6. Elektron bozorlar yoki ko`p soxali savdo-sotiq maydonlaridan mahsulotni sifatli va kafolatlangan holda manzilga etkazib berish.

Bularni o`zaro bog`lash uchun xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlarni infra tizim orqali o`zaro bog`langanligini ta`minlash zarur.
Bunday tizim moddiy-texnika vositalariga buyurtma berish, avtotransport tizimida xizmat ko`rsatish, maxsulotni manzilga etkazib beruvchilarni izlash va ularni tijorat xaqida taklif va tavsiyalar olish, buyurtmalarni tender yoki auksion maydonlariga tarqatish, doimiy xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlar o`rtasida raqobatni yuzaga keltirish orqali xizmat sifatini oshirishga erishish. Bunday tizimdan foydalanish xizmat uchun sarf xarajatlarni 5% dan 50% gacha kamaytiradi.
Avtotransport tizimida xizmat ko`rsatish va boshqarish tizimining asosiy elementlari:
- Avtotransport tizimida xizmat ko`rsatish va maxsulotni manzilga etkazib beruvchilarning qayd etilgan ro`yxati ma`lumotlar bazasi;
Elektron raqamli imzo algoritmidan foydalanuvchi, xujjat almashinuv tizimi;
Avtotransport transport tashkilotlarining -xamkorlikda xizmat ko`rsatish tizimi (bir qancha buyurtmachilarni birlashtirib xizmat ko`rsatish, xizmat haqini kamaytirish maqsadida);
Haq to`lash tizimi;
Kelishuvga kredit ajratish va uni sug`urta qilish tizimi;
Mantiqiy (logistika) boshqaruv tizimi;
Xizmat taklif qiluvchi va buyurtma beruvchi o`rtasidagi turli xisob kitob tizimlarini birlashtirish moduli (buxgalter, omborxona);
Ma`lumotlar xavfsizligini ta`minlash tizimi.
Xududiy tarqalgan avtotransport transport korxonalarida markazlashgan buyurtmani qabul qilishni tashkil etish eng samarali usul xisoblanadi va korporativ buyurtma berish tizimi deb yuritiladi. Bu tizimda buyurtma berish va xizmat ko`rsatishga nisbatan nazorat kuchayadi, buyurtma uchun sarf bo`ladigan vaqt qisqaradi, xujjat almashinuviga ketgan xarajatlar miqdori kamayadi. Bu avtotransport tizimida xizmat ko`rsatish uchun buyurtma berish tizimini amalda tatbiq etishdan olingan foyda tenderli avtomatlashtirilgan tanlovdan xizmat narxini kamaytirish va xizmatni osonlashtirish orqali ifodalanadi.
Bu tizim avtotransport transport kompaniya raxbarlari va xodimlariga quyidagi amallarni avtomatlashtirilgan rejimda bajarish imkonini beradi:

  • Kelib tushayotgan buyurtmalarni taxlil qilish, o`zgartirishlar kiritish, qo`llab quvvatlash va rad etish;

  • Tender asosida avtotransport avtotransport tizimida xizmat ko`rsatuvchining natijalariga qarab tanlangan xaq to`lash sanksiya berish;

Avtomatlashtirilgan holda to`lovlarni elektron tarzda naqd pullarsiz ixtiyoriy nuqtadan amalga oshirilishi iqtisodiy samara berish bilan birga mijozning qimmatli vaqtini tejashga zamin yaratadi. Albatta bu jarayonda xam mijoz, xam bank katta miqdorda iqtisodiy samara ko`radi.



Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish