Mustaqillik yillarida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish tamoyillari va asosiy yo'nalishlari



Download 69,71 Kb.
bet1/7
Sana26.03.2022
Hajmi69,71 Kb.
#511531
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqillik yillarida maktabgacha ta


Mustaqillik yillarida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish tamoyillari va asosiy yo'nalishlari
Reja:
I.Kirish
II.Asosy qism
1.1.O'zbekistonda maktabgacha taiim muassasalarining zamonaviy tizimi:
1.2. Maktabgacha ta'limni rejalashtirish, moliyaviy ta'minlash, boshqarish tamoyillari
1.3.Yozgi sogiomlashtirish tadbirlarini o'tkazish uchun sarf qilinadigan xarajatlar
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti rahbarligida davlat va jamiyat hayotini, jumladan, ta'lim tizimini tubdan yangilash va isloh etish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Istiqlolning dastlabki yillaridayoq Prezidentimiz kadrlar tayyorlashning zamonaviy yagona tizimini yaratish g'oyasini ilgari surib: «Ta’lim berishning ma’naviy, axloqiy va kasb malakasi bo'yicha tarbiyalashning mutlaqo yangi tizimi ishlab chiqilishi zarur. Sifat jihatidan butunlay yangi o'quv dasturlari yaratilishi darkor», deya ta’kidlagan edi. Davlatimiz rahbarining ushbu fikrlari keyinchalik ta’lim-tarbiya sohasiga oid ko'plab qonunlarning, tegishli me’yoriy hujjatlarning, eng muhimi, butun dunyo jamoatchiligi tomonidan tan olingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining yaratilishiga metodologik asos sifatida xizmat qildi. Ushbu dasturda maktabgacha va maktab, o'rta maxsus va kasb-hunar hamda oliy ta’limni uch bosqichda isloh qilishni, besh bosqichli ta'lim tizimini yaratish ko'zda tutilgan edi.
Bu boradagi milliy dastur konsepsiyasi O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti tomonidan 1997-yil Oliy Majlisning IX sessiyasida «Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori» nomli ma’ruzasida asoslab berildi. Unga binoan, mamlakatimizda noyob, dunyoda o'xshashi yo'q uzluksiz ta’lim tizimi yaratildi.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta'lim tizimining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi - bola shaxsining har jihatdan rivojlanishini ta'minlash, qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish, o'qishga, doimiy ta’lim olish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni shakllantirish va maktabda muvaffaqiyatli o'qish uchun tayyorlashdan iborat. Maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarning bilimi va amaliy ko'nikmalarini shakllantirish
bilan birga, ularni vatanparvarlik, mustaqillik g'oyalariga sadoqat, tariximiz va boy ma'naviy-ma'rifiy merosimiz va qadriyatlarimizga yuksak hurmat ruhida tarbiyalashda muhim o'rin tutadi.
Maktabgacha taiim muassasalari faoliyatining qonu­niy asoslari «Taiim to‘g'risida»gi Qonun (1992-y.), Kadr lar tayyorlash milliy dasturi (1997-y.), «Maktabgacha taiim to‘g‘risida»gi Konsepsiya (2008, 2011), Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-son qaroriga "Davlat maktabgacha taiim muassasasi to'g‘risida’'gi NIZOM (2017), "Nodavlat maktabgacha taiim muassasasi to'g'risida NIZOM", «Ilk qadam» o'quv dasturi (2018) va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilab berilgan.
Masalan, 2008-yilda ishlab chiqilgan «Maktabgacha taiim to'g'risida»gi Konsepsiyada maktabgacha taiim muassasalari taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlari, taiim- tarbiya ishlarini takomillashtirish usul va uslublari belgilab berilgan boiib, bu borada ilgari surilgan davlat talablari har bir bolaning yoshini e’tiborga olgan holda rivojlanish darajasini aniqlash, pedagog va tarbiyachilar ish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 19-iyuldagi 528-sonli qaroriga binoan «Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boigan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taiim muassasasi to‘g'risida»gi qaroriga asosan mazkur nizom jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boigan maktabgacha yoshdagi bolalarni sogiomlashtirishga yo'naltirilgan ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taiim muassasalarining (keyingi o'rin- larda ixtisoslashtirilgan maktabgacha taiim muassasasi deb ataladi) maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va ixtisoslashtirilgan maktabgacha taiim muassasasini boshqarish tartibini belgilaydi. Ixtisoslash­tirilgan maktabgacha taiim muassasasi ta'lim-tarbiya berish, korreksion-pedagogikva davolash-sogiomlashtirish faoliyatni olib boruvchi muassasa hisoblanadi.
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni ularning bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalash, nuqsonlarni korreksiyalash, imkoniyatiga muvofiq maktab ta'limiga tayyorlash, jamiyatga moslashuviga ko'maklashish maqsadida tashkil etiladi.
Quyidagilar ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasining vazifalari hisoblanadi:
maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablari hamda ular asosida ishlab chiqilgan ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya va sog'lomlashtirish ishlariga qo'yiladigan talablarga muvofiq bolalarning ta'lim- tarbiya olishlarini va korreksion pedagogik ishni ta'minlash;

  • korreksion ta’lim-tarbiya jarayonini shaxsga yo'naltirilgan, individual tarzda tashkil etish;

  • bolaning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi, hayotiy qobiliyatlari shakllanishi uchun zarur korreksion-rivojlantiruvchi ta'lim- tarbiya muhitini yaratish;

  • bolaning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsonlarni bartaraf etish uchun zaruriy korreksion pedagogik ishni tashkillashtirish;

  • bolalarni ijtimoiy hayotga va maktab ta’limiga sifatli tayyorlash.

O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g‘risida»gi qonunga muvofiq, ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi akkreditatsiyasi attestatsiya asosida vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
"Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining sog'lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish to'g'risida NIZOM”da maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuv­chilarining sog'lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom talablari mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, barcha turdagi maktabgacha ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Tarbiyalanuvchilarning sog'lom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish maktabgacha taiim muassasalarining oshxonalarida (keyingi o'rinlarda oshxona deb yuritiladi) sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratilgan holda amalga oshiriladi.
Respublikadagi barcha maktabgacha taiim muassasalarida bolalarning hayoti va sog'lig'ini muhofaza etish masalalariga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Jumladan, Maktabgacha taiim va Sogiiqni saqlash vazirliklari tomonidan ishlab chiqilgan «Maktabgacha taiim muassasalarida bola hayoti va sog'lig'ini muhofaza etish tartibi to'g'risida»gi Nizomda bolalar hayoti va sog'lig'ini muhofaza etishni tashkil qilish tartibi, bolalarning muassasaga kelib-ketish qoidalari, binoda sogiiqni muhofaza etishga, yong'in xavfsizligiga doir talablar bayon etilgan.

Download 69,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish