2.3 Karyerlarda sputniklar ishlatish usullari
Karyerlarda sputniklar. Apparatlardagi iliq shovqin o‘lchash natijasida olingan ma’lumotlarda shovqin hosil qiladi. Antennani kuchaytirish koeffitsienti bo‘yicha, sputniklarning signallarini quvvati va priyomnikni harorat bo‘yicha shovqin tavsifi va uni atrof muhiti inobatga olinib, priyomnikdagi shovqin nazariy jihatdan hisoblanishi mumkin. Ma’lumotdagi shovqin sputnikka qaratilgan topomarkaz yo‘nalishini balandligiga bog‘liq, bundan antennani kuchaytirish koeffitsienti o‘zgaradi va Yer atmosferasida signal zaiflashishi, hamda priyomnikda vaqt o‘rtalanishidan signal kuchini yo‘qotadi. Bitta antennadan ishlayotgan ikkita priyomnik bilan o‘lchash natijasidagi faza yoki uzoqliklarni solishtirish orqali ma’lumotlardagi shovqinni aniqlash tajriba usullaridan biri hisoblanadi. O‘tkazilgan bunday testlarni ko‘rsatishiga L1 va L2 chastotalarda o‘lchashda fazaviy shovqin darajasi 1dan 5mm gachani tashkil etadi, ayrim hollarda sistematik (takroriy) tashkil etuvchilari mavjud bo‘ladi. Bu o‘ziga xos xatolik geodezik o‘lchashlarga ta’sir etmaydi, sababi qo‘sh farqlarda chiqarib tashlanadi, lekin ionosferadagi kechikishni o‘lchashda batafsil tadqiqot qilinishi va hisobga olinishi kerak. Shovqin darajasini kamaytirish uchun priyomniklar, boshqaruvchi monitoring termotestir kameraga joylashtiriladi, dalada o‘lchash ishlarini olib borganda quyosh nurlari tushib isib ketishdan saqlashga harakat qilishi kerak.
Vaqt xatosini ta’siri. Priyomnik va sputnik soatlarining xatolarini asosiy qismi qo‘sh farqlarni shakllantirishda yoki tasodifiy qonuniyatlar bo‘yicha o‘zgaruvchi soatlarga tuzatmani baholashda chiqarib tashlanadi. Shu bilan bir vaqtda koordinatalarni aniqlashda geodezik masalani nochiziqiyligidan, geodezik o‘lchash bajarilgan vaqt bilan xaqiqiy vaqtga bog‘liq. GPS signallarining vaqtini kvantlanishni noto‘g‘ri muvofiqlanishuvi bilan bog‘liq bo‘lgan xatoning kattaligi dopler signallarini siljishi bo‘yicha hisoblanishi mumkin va odatda vaqtni 1 mks xatoligiga 1mmni tashkil etadi.Sputnik priyomnigi vaqtni aniqlashni bunday talabini oson bajaradi va bunday bo‘lmagan hollar ham uchraydi. Bu holatlar, faza farqlari kombinatsiyasidan olingan, ionosferadagi kechikish kattaligida toyish yo‘qligida, qo‘sh farqlardagi yakka sakrashlardek aniqlanadi. S/A-kodlari bo‘yicha psevdouzoqliklar millisekunddagi bir qiymatli emasligini, priyomnik noto‘g‘ri bartaraf etishdagi holatdan tashqari hollarda bu tipdagi xatolarni umumiy ta’siri kam, bunda o‘lchash qaerda bajarilganini aniqlashni imkoniyati yo‘q desa bo‘ladi. Bunday holat bo‘lganda ma’lumotlar deyarli brakka chiqariladi. Priyomnikda xato signalga birinchi ishlov berishda, dalada o‘lchash ishini takrorlash imkoniyati bo‘lganda bartaraf etilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |