6-rasm. Trimble 5800 priyomniki
Bu priyomnikni ishlab chiqarishda Trimble GPS ishlab chiqarishi industriyasini ko‘p yillik tajriba natijalaridan foydalangan, unga 24-kanalli, ikki chastotali GPS/WAAS/EGNOS priyomniki o‘rnatilgan, bu priyomnik 4 chipli Maxwell texnologisida yaratilgan, 2.5 Wdan kam quvvat sarflangan holda noqulay sharoitda kuzatishni ishonchli ta’minlaydi. To‘rt qutbli ta’minot tizimi bilan ikki chastotali antenna faza markazini submillimetrli (millimetr atrofida) stabilligini ta’minlaydi.
“Baza-rover” aloqasi uchun 450 yoki 900mGs chastotali radio ishlatiladi. Qurshovini kengaytirish va har tomonlama nazoratlash uchun, 5800-priyomnigi bir kanalda signal yuborayotgan ko‘p bazaviy stansiyalardan ishlaydi. Bundanda qurshovni oshirish va eng yuqori aniqlikni ta’minlashda 5800-priyomnik Trimble VRSni vertual stansiya to‘rlari bilan ishlaydi. Unga o‘rnatilgan Bluetooth aloqa vositasi simsiz aloqani to‘liq ta’minlaydi. WAAS va EGNOS differensial tuzatmalar signallarni qabul qilish imkoniyati bo‘ladi.
Geodezik to‘rlarni barpo etishda, qurilish ishlarida, mulkni boshqarishda 5800 tizimi juda ham qulay bo‘lib, keng qo‘llanish imkoniyatiga ega (http://www.trimble.com).
Leica Geosystems – 1920yildan boshlab optik-geodezik asboblar ishlab chiqarayotgan WILD kompaniyasining yangi nomi bo‘lib,
kompaniyaning shtab-kvartirasi Shveysariyani Heerbrugg shahrida joylashgan.
Leica/Wild kompaniyasi 1980 yilning ohiridan boshlab GPS apparatlarini ishlab chiqara boshlagan. Shu vaqtlarda Magnavox Corporation korporatsiyasi bilan birgalikda Wild WM101 priyomnigi ishlab chiqildi (WM102-shu priyomnikni ikki chastotali versiyasi). Dasturiy ta’minoti PoPS nomi bilan hammaga tanish.
1990yillarni boshida Leica kompaniyasi Magnavox kompaniyasini fuqarolarga mo‘ljallangan GPS aktivini sotib olgan va yuqori sifatli geodezik asboblarni ishlab chiqarishni faol davom ettirmoqda. Leicani birinchi priyomniklari System 200, System 300. 1998 yildan boshlab System 500 priyomnikini ishlab chiqara boshladi. Ma’lumotlarni qayta ishlash dasturi SKI nomi bilan ma’lum bo‘lib, uni oxirgi versiyasi SKI-Pro deb ataladi.
System 500 “oilasiga” mansub bo‘lgan turli priyomniklar mavjud: bir chastotali SR510, ikki chastotali geodezik model SR520, real vaqt rejimida ishlaydigan ikki chastotali model SR530.
1990 yilda GIS s’yomkalarini olib borish uchun GS50 modeli optimizatsiyalashtirilib, ma’lumotlar atributlarini kiritish imkoniyati yaratilgan. Uni TR500ga o‘xshash nazorat qismi bo‘lib, ma’lumotlar bilan ishlash uchun GPS/GIS dasturi bilan ta’minlangan.
Mashina va mexanizmlarni nazorat qilish va boshqarish uchun aniq navigatsiyani ta’minlaydigan MS500 va MS1000 (MS-mashina nazorati) priyomniklarini chiqardi. MS1000 priyomnikni yangi variantlaridan biri CRS1000 («continuous reference station»-uzliksiz ishlovchi tayanch stansiya) ishlab chiqildi. MS1000 priyomnik nazorat qilish va yodda tutish qobiliyatini oshiradigan maxsus dastur bilan ta’minlanishi, uzliksiz ishlovchi tayanch stansiyani geodezik aniq o‘lchashlarda va navigatsiyada ishlatish imkoniyatini yaratadi. Bu priyomnik choke ring tipidagi antenna bilan ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |