2.2 Sputnikaviy geodezik apparatlar.
GPS priyomniklarini ishlab chiqaradigan yetmishga yaqin firmalaridan o‘nga yaqini geodezik apparatlarni ishlab chiqaradi, bular:
Allen Osborn Associates,
World, 2003a; GPS World, 2004]. Bu albatta to‘liq ro‘yxat emas, bu ro‘yxatga Rossiya va Xitoy firmalari kiritilmagan, boshqa tomondan GPS industriyasini dinamik xayotida
ayrim firmalar yopilmoqda, ayrimlari o‘zaro birlashib, yiriklashmoqda va h.k. Biz bu yerda nisbatan ko‘p tarqalgan apparatlarning qisqacha tavsifini beramiz.
Ayrim zamonaviy sputnikaviy geodezik fazaviy apparatlarning
tavsiflari.
Navigation Ltd. kompaniyasi. Kompaniyaga 1978-yili Charli Trimbl tomonidan asos solingan. Kompaniya birinchi bo‘lib, GPS kodida ishlaydigan,fuqorolar ishlatishiga mo‘ljallangan bir chastotali Tuimble- 4000A priyomnigini bozorga chiqargan. Trimble priyomniklari doim “sariq yashik” konfiguratsiyasiga ega. Oxirgi vaqtlarda “yaщik”dan boshqa shakldagi modellari ham ishlab chiqarilmoqda.
Trimble kompaniyasi topografik s’yomka, yuqori aniqlikdagi geodezik to‘r barpo etish, dengiz va quriqlikda
navigatsiya olib boruvchi, mashina va mexanizmlarni boshqarishni nazorat qiluvchi, aniq vaqtni uzatish va saqlash va boshqa turli vazifalarni bajaruvchi sputnikaviy apparatlarni ishlab chiqaradi. Bu apparatlar qishloq xo‘jaligida ,transportda, qurilishda, GIS yaratishda v ilmiy tadqiqot ishlarda qo‘llaniladi va x.k. Oxirgi o‘n yillar davomida bir chastotali 4600LS va ikki chastotali 5700 priyomniklari geodezik ishlarda juda ham ommabop (3-rasm).
3-rasm. (4600LS) bir chastotali va (5700) ikki chastotali Trimble Navigation Ltd. (AQSh) priyomniklari
Apparaturalarni aniqligini oshib borishi navigatsiya, topografik va mutloq geodezik apparatlar orasidagi farqlarni yo‘qotib bormoqda. Geodezik apparatlar fazoviy kodli-korrelyatsiyalangan (oddiy qilib aytganda “fazviy” apparatlar) va kodsiz fazaviy bo‘lishi mumkin, ular radiointerferometr (“makrometr” tipida) prinsipida ishlaydi.
Fazaviy priyomniklar kanallar soni bilan farqlanadi, ular bir va ikki chastotali bo‘lishi mumkikn, bir yoki ikki sputnikaviy radio navigatsiya sistemasida ishlaydi. Ikki chastotali priyomniklar bir necha ming kilometr masofada eng aniq o‘lchash natijalarini beradi. Ikki chastota bo‘lishi o‘lchash natijalariga ionosfera ta’sirini aniq hisobga olishni ta’minlaydi.
Ikki chastotali fazaviy va kodli Trimble priyomniklarining oxirgi avlodlari
birinchi chiqarilgan Trimble 4000Ssi priyomniklarining texnologiyasiga asoslangan. Xuddi shu konfiguratsiya, mashinalarni boshqarish va mexanizmlarni nazorat qilishga mo‘ljallangan
Trimble MS750da ishlatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: