Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

Martin  Iden

335

koloniyada  tropik  bezgak  bilan  og'rib  qolganini 

eslayotgan edi.

- U yerga qanday borib qolgan edingiz? -  deb 

so'radi  Ruf.  Martinning  o'ziga  nisbatan  о taket- 

gan beparvoligi Rufga jinoyatdek tuyulgan edi.

- Tasodifan,  -   deb javob  qildi  Martin,  -   men 

hech  qanday  moxovlar  haqida  o'ylaganim  ham 

yo‘q edi.

Bir  kun  kemadan  qochdim-u,  sohilga  suzib 

chiqib,  o'zimga  xatarsiz  bir  boshpana  axtarib, 

orolning  ichkarisiga  yol  oldim.  Men  uch  kun- 

gacha guava mevasi,  yowoyi  olma,  ban an,  xul- 

las,  junglida  nimaiki  o‘ssa,  shuni  yeb  yurdim. 

To'rtinchi kuni bir so'qmoqqa chiqib qoldim. Tog' 

tomonga qarab ketgan yol ustida yangi bosilgan 

odam izi bor  edi.  Bir yerda  so‘qmoq pichoqning 

damidek  o'tkir  tog‘  qirrasidan  o'tardi.  U  yerda 

so'qmoqning kengligi uch futdan oshmasdi,  ikki 

tomonida  esa  chuqurligi  bir  necha  yuz  fut  ke- 

ladigan jar.  Yaxshi  qurollangan  bitta  odam  bu 

yerda  yuz  ming  kishilik  qo‘shinning  hujumini 

qaytarishi mumkin edi.  Orol ichkarisiga boradi- 

gan birdan-bir yol shu edi. Uch soatlardan keyin 

men uyulib-uyulib yotgan sovuq vulqon lavalari 

orasidagi  kichik  bir  vodiyga  tushdim.  U  yerda 

meva  daraxtlari  va yetti-sakkizta  qamish  kulba 

bor edi.  Bu yerning aholisiga ko'zim tushishi bi­

lan, qayerga kelib qolganimni payqadim.  Bir qa- 

rashning o‘zi kifoya edi.

Misoli Dezdemonadek dahshatga kelgan, lekin 

sehrlangandek hang-mang bolib  qolgan  Ruf bu 

gaplarni eshitib so'radi:

-  Siz nima qildingiz?




336

Jek  London

-  


Qolimdan  nima  ham  kelardi?  Ularning 

boshlig'i  boshdan-oyoq  moxov  kemirib  tashla- 

gan  bir  oqko‘ngil  chol  ekan:  u  haqiqiy  qiroldek 

hukmronlik  qilarkan.  Bu  vodiyni  topgan  ham, 

bu yerda koloniya tashkil qilgan ham shu ekan; 

lekin,  o‘z-o‘zidan malumki, bu g'ayriqonuniy ish 

edi. Ularning miltiqlari va o‘qlari bor edi; aytgan- 

dek, kanakilar nihoyatda usta mergan boladilar. 

Ular to‘ng‘iz va yowoyi mushuklami  ov qilishga 

odatlangan  ekanlar.  Demoqchimanki,  qochishni 

xayolga ham keltirish mumkin emas edi.  Oqibat, 

Martin Idenga o‘sha yerda uch oy qolib ketishiga 

to‘g‘ri keldi.

-  Lekin qanday qilib qochib qutuldingiz?

-  Agar yarim  xitoy,  chorak  oq  tan  va  chorak 

gavayilik  bir  qiz  bolmaganda,  hali  ham  o‘sha 

yerda yotgan bolardim. U  sho'rlik juda go‘zal va 

buning  ustiga yana  savodli  edi.  Onasining  Go- 

nululuda  kamida  bir  millionlik  davlati  bor  edi. 

Ana  shu qiz  axir bir kun  meni balodan  qutqar- 

di.  Bilasizmi,  uning  onasi  koloniyani  pul  bilan 

ta’minlab  turardi,  shuning  uchun  ham  jazoga 

tortishlaridan qo'rqmasdi. Lekin qiz bu makonni 

hech kimga ochmaslik haqida menga ont ichirdi. 

Men  ham  ontimga  sodiq qoldim.  Hozir  men  bu 

haqda birinchi marta gapiryapman.  O'sha payt­

da  bechora  qizda  moxov  kasalining  eng  birin­

chi  nishonalan  endi paydo  bola boshlagan  edi. 

0 ‘ng  qolining  barmoqlari  irib  tushib  ketgan  va 

tirsagidan yuqoriroqda kichkinagina dog‘ paydo 

bolgan edi. Hozir olgan bolsa kerak.

 



Qanday  qilib  qo‘rqmadingiz?  Yaxshiyamki, 

bu dahshatli kasalni o'zingizga yuqtirmabsiz!




Martin  Iden

337

-   Awaliga  juda  qiynaldim,  -   deb  e’

Martin.  -   Lekin  keyinchalik  ko'nikib  qoldim. 

Buning  ustiga  o'sha  baxtiqaro  qizga juda  rah- 

mim  keldi,  natijada  o‘zimni  ehtiyot  qilishim  ke- 

rakligini  ham  unutib  qoldim.  U  ham  ruhan, 

ham  jisman  shunday  go'zal  qiz,  kasallik  unga 

endigina o‘tgan  edi.  Qizning o‘zi ham  endi hech 

qachon inson yuzini ko‘rmaslikka va ibtidoiy yov- 

voyi  odamlarga  o'xshab  hayot  kechirib,  tadrijiy 

ravishda tiriklayin  chirishga mahkum etilganini 

bilardi.  Bu  moxov  kasalining  naqadar  dahshat 

ekanligini siz hatto tasawur ham qila olmaysiz.

-   Bechora  qiz!  -   deb  ingradi  Ruf.  -   Shunday 

bolsa ham sizni qo“yib yuborgani taajjubli hoi.

-  Nega? -  deb so'radi Martin tushunmay.

-  Chunki u qiz sizni sevgan bolsa kerak, -  deb 

gapida  davom  etdi  Ruf  hamon  past  ovozda.  -  

Qani, ochiglni aytavering: sevarmidi?

Martinning oftobda qoraygan yuzlari kirxona- 

da ishlaganidan va tarki dunyo qilib yashagani- 

dan,  keyingi  paytlarda  esa,  ochlik  va  xastalik- 

dan  oqarib  ketgan  edi;  endi,  ana  shu  rangpar 

chehrasiga xiyolgina qizillik yugura  boshladi.  U 

javob bergani endi og‘iz juftlagan edi,  Ruf uning 

oldini oldi.

-  O, o'tinaman, javob bermang! Javobga hojat 

yo‘q! -  dedi qiz kulib.

Lekin  Rufning  kulgisida  allaqanday  qat’iylik 

ohangi sezilganday,  ko'zlari sovuq yaraqlab ket- 

ganday boldi.  Shunda, bir vaqtlar Tinch okeani- 

ning shimoliy qismida bo'ronga duch kelgani esi- 

ga tushdi.  Uning ko‘z oldida bir ongagina sovuq 

oy  shu Iasi  bilan  yoritilgan  dahshatli  tolqinlar

tirof  etdi



338

J e k ‘  London

manzarasi namoyon boldi. Buning ketidan ko'zi- 

ga moxovlar koloniyasidagi qiz ko'rindi va Martin, 

u qiz aynan meni sevganligi uchun qochishimga 

imkon tug‘dirgan, deb oyiadi.  Lekin:

-  


U  oliyjanob qiz edi, -  dedi soddagina qilib, - 

shuning uchun meni olimdan qutqarib qoldi.

Shu  bilan  masala  ravshan  boldi  hisob  edi, 

lekin  Martin  birdan  piq-piq yig‘i  ovozini  eshitib 

qoldi-yu,  Ruf yuzini teskari o‘girib,  derazaga qa- 

rab  turganini ko‘rdi.  Qiz yana  Martinga o'girilib 

qaraganida,  uning  chehrasida  dengiz  bo'ronini 

eslatuvchi hech qanday alomat qolmagan edi.

-  

Judayam tentakman-da,  -  dedi  Ruf o‘zidan 



yozglrib,  -   lekin  o‘zimni  tuta  olmayman.  Sizni 

judayam  yaxshi  ko'raman,  Martin,  judayam. 

Ehtimol,  bora-bora ko‘nikib qolarman,  lekin ho­

zir  sizni  beixtiyor  olmishdagi  har  bir  sharpaga 

rashk qilaman.  Sizning o‘tmishingizda esa shar- 

palar ko‘p bolgan!.. Rost, rost, bolmay iloji ham 

yo‘q  edi.  -   U  Martinning  e’tiroz  bildirishiga  im­

kon bermay, tez-tez gapira boshladi. -  Ana, Artur 

ham meni imlab chaqiryapti. Kutish bechoraning 

joniga tegdi. Xayr, azizim.  Chekishni tashlashga 

yordam beradigan qandaydir bir dori bor, — dedi 

Ruf eshik  oldiga borganida,  -   sizga berib yubo- 

raman.

Ruf xonadan chiqib, eshikni yopdi, keyin yana 



qiya ochib:

— 

Sevaman,  sevaman,  -   deb  pichirladi-da, 



shundan keyingina uydan chiqib ketdi.

Mariya Rufni faytonga izzat-ehtirom bilan ku- 

zatib qoVarkan, yol-yolakay, uning kiyimini ba- 

tafsil  ko‘zdan  kechirib  chiqdi.  (Mariya  hech  qa-




Martin Iden>\->

339

chon bunaqa bichimdagi kiyimni ко' 

shuning  uchun  kiyim  nihoyatda  bejirim  bolib 

tuyuldi unga.  Fayton muyulishda ko'zdan g'oyib 

bolguncha  bir  gala bola hafsalasi  pir bolib  qa­

rab  turdi.  Undan  keyingi  daqiqada  hammaning 

diqqati Mariyaga qaratildi; u birdan butun kvar- 

talda eng e’tiborli kimsa bolib qolgan edi.  Biroq 

uning o‘z churvaqalaridan qaysiyam biri,  asilzo- 

da  mehmonlarning  onasi  oldiga  emas,  uylarida 

turadigan  kishining  oldiga  kelganini  aytib,  ish­

ni  pachava  qilib  qo“ydi.  Shundan  keyin  Mariya 

yana hech e’tibori yo'q odam ahvoliga tushib qol­

di,  lekin  Martin  qo'ni-qo'shnilaming  o'ziga  zo'r 

ehtirom  ko'rsata boshlaganini  his  qildi.  Mariya- 

ning oldida uning obro'si juda oshdi, lekin boyagi 

ajoyib faytonni baqqol ham ko'rganda,  Martinga 

yana uch dollaru  sakson besh sentlik mol nasi- 

yaga berishi shubhasiz edi.


Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish