taklif qilamiz».
".
ь
Martin Iden
325
U ko‘z og‘rig‘ini ham unutib qo^ib, jon
bilan o‘qiy boshladi. «Oq sichqon» jumali uning
eng dastlabki «dahshatli» hikoyalaridan «Gir-
dob»ga qirq dollar tavsiya qilayotgan edi. Martin
xatni bir necha marta o‘qib chiqdi. Muharrir hi-
koyaning g'oyasi unchalik aniq emasligi, ammo
aynan shu g‘oya o'zining originalligi bilan yoqib
qolgani va hikoyani bosishga rozi ekanliklari
haqida ochiqdan-ochiq yozgan edi. Yana, agar
u «Girdob»ning uchdan birini qisqartirishga rozi
bolsa, darhol unga qirq dollarga chek yuborilishi
ham aytilgan edi.
Martin qoliga qalam olib, muharrirga, «hi-
koyamni to'rtdan uchini qisqartirishingizga ham
roziman, menga chekni mumkin qadar tezroq
yuborsangiz bolgani» degan ma’noda xat yozib
yubordi.
Tereza xatni pochta qutisiga tashlagani yu-
gurib ketdi, Martin esa yostiqqa suyanganicha
oyga toldi. Demak, har holda yolg'on emas ekan-
da. «Oq sichqon» jurnali qolyozmani qabul etgan
zahoti pul tolamoqchi.
«Girdob» hikoyasida uch ming so‘z bor edi.
Uchdan biri qisqartirilsa ikki ming qoladi. De
mak, har bir so‘z naq ikki syentdan tusharkan.
Qolyozma qabul qilinishi bilan tolanarkan,
bir so'zga ikki sentdan tolasharkan, gazetalar-
da to‘g‘ri aytilgan ekan! U bolsa «Oq sichqomni
uchinchi darajali jurnal deb hisoblab yuribdi-ya.
Aftidan, u jumallar haqida hech qanday tasav-
vurga ega bolmagan. U «Transkontinental oylik
jurnali»ni birinchi darajali jumal deb hisoblar-
di, ammo u o‘n so'zga bir sentdan tolayapti! U
326
Jek London
«Oq sichqomni mensimagan edi, ammo bu jumal
yigirma barobar qimmatroq haq tolayapti, yana
asaming bosilib chiqishini kutmasdan!
Unga bir narsa ravshan edi: tuzalib ketsa, ish
qidirib yurishga ehtiyoj qolmaydi. Miyasida «Gir-
dob»dan qolishmaydigan yuzlab hikoyalaming
mazmunlari qalashib yotibdi, agar har donasiga
qirq dollardan tushiradigan bolsa, har qanday
xizmatda topgan pulidan yuz chandon ko‘proq
pul topadi. U, jangda maglubiyatga uchradim,
deb turgan paytida g‘olib chiqdi. U yozuvchilikni
tanlab yanglishmagan ekan. Uning yoli ochiq.
«Oq sichqon» hikoyasini bosib chiqqandan keyin,
uning asarlarini bosishga tayyor jumallar ro'yxa-
ti tobora ko'payaveradi. Endi «tirikchilik» uchun
yozadigan ikir-chikir asarlarga barham bersa
ham boladi. Baribir, ulardan bir dollar ham naf
yo‘q. U ish bilan, haqiqiy ijod bilan shug4illanadi,
ijodida o'zida bolgan jamiki qimmatli malumot-
lardan foydalanadi. Martin, hozir Rufning shu
yerda bolib, quvonchiga sherik bolishini istar-
di. Birdan u to'shagi ustida sochilib yotgan xat-
lar orasida Rufdan kelgan bitta xatni ham ко‘rib
qoldi. Ruf uning to'satdan g'oyib bolib, bir necha
kun dan buyon dom-daraksiz ketganidan mulo-
yimlik bilan ginaxonlik qilardi. Martin maktub-
ni zo‘r hayajon bilan qayta-qayta o‘qidi, yozuvni
tomosha qildi, har bir harfga havas bilan tikildi,
imzosini mehr bilan o‘pdi.
Unga yuborgan javobida, bitta-yu bitta kost-
yumini garovga qo^ygani uchun borolmaganini
ochiq yozdi. U о zining kasalligi haqida ham aytib
o'tib, hozir deyarli tuzalib qolganini, yana ikki