Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

332

Jek  London

Azizim Martin,  buning  dahshat  ekanligini o‘zin- 

giz ham bilasiz-ku!

Ruf  mehr  va  muhabbat  tola  nigohlari  bilan 

boqdi, Martin uning tiniq moviy ko‘zlariga, mayin 

chehrasiga  boqarkan,  yana  bir  vaqtlardagidek, 

o‘zining qizga munosib emasligini his qildi.

-   Men  chekishni  tashlashingizni  istayman,  - 

deb pichirladi qiz, -  meni deb tashlang shuni!

-  Yaxshi,  -   dedi  Martin,  -   chekishni  tashlay- 

man!  Sizni  deb,  jamiki  istagan  narsalaringizga 

amal qilaman, azizim, jonim!

Ruf  vasvasaga  tushib  qoldi.  Martinning  ne- 

choglik osonlik va itoatkorlik bilan yon berishini 

ко‘rib,  hozir  agar yozuvchilikni  ham  tark etasiz 

deb  talab  qilsa,  yo‘q  demasligi  haqida  o'yladi. 

Lekin  gapi  og‘zida  qoldi.  Ruf bu  gapni  ayta  ol- 

madi. Yuragi dov bermadi. Bunday qilish o‘miga 

engashdi-da, boshini Martinning kolcsiga qo'yib, 

pichirladi:

— Martin,  azizim,  buni  men  o'zimning  emas, 

sizning foydangizni o^lab aytdim.  Sizga chekish 

zarar bolsa kerak, undan so‘ng, qul bolish, hat- 

toki odatga qul bolish ham yaxshi emas.

 Men sizning qulingiz bolaman, -  deb jilmay- 



di Martin.

 Unday bolsa, farmon beraveraman.



Ruf о‘zining dilidagi xohishini unga ayta olma- 

ganidan ich-ichidan achinib, Martinga ayyorona 

boqdi.

— Hazrati oliyalarinmg farmonlariga muntazirman.



—  Maqbul.  Sizga  mening  birinchi  buyruglm 

mana shu:  kunda soqol olishni unutmang. Yuz- 

larimni timdalab olganingizni ко‘ring.



Martin Iden

333

Shunday  qilib,  suhbatga  erkalashlar, 

kulgilar  bilan  xotima  yasaldi.  Lekin  har  holda, 

Ruf ba’zi  bir  muvaffaqiyatlarga  erishdi,  birinchi 

gaining o‘zida bundan ortigl ortiqlik qilardi.  Ruf 

Martinni chekishni tashlashga majbur etganidan 

ayollarga xos  g\irurga berildi.  Kelgusi  safar uni 

ishga kirishga ko'ndiradi: axir u Rufning hamma 

istaklariga amal qilishga so‘z berdi-ku.

Ruf  o‘rnidan  turib,  xonani  ko‘zdan  kechira 

boshladi.  U  kir  iladigan  arqonga  osilgan yozuv- 

larga e’tibor berdi, velosipedni antiqa tarzda osib 

qoyilganiga diqqat qildi, stol ostida uyulib yotgan 

qolyozmalami  ко‘rib  afsuslandi:  qanchadan- 

qancha vaqt bekor ketgan-a? Kerosinkani ко‘rib, 

xursand  boldi-yu,  lekin  oziq-ovqat  turadigan 

tokchalar bo‘m-bo‘sh ekanligiga ko'zi tushdi.

-   Yeydigan  hech  nimangiz  yo‘q-ku!  Voy, 

sho'rlik, -  deb yubordi qiz achinib, -  siz hali och 

yotgan bolsangiz kerak?!

-   Oziq-ovqatlarim  Mariyanikida  turadi,  -   deb 

yolg'on  gapirdi  Martin,  -   o'sha  yer  qulayroq. 

Qo‘rqmang, men och emas man. Mana, bir ко‘ring!

Ruf  yaqinlashib,  Martinning  tirsagini  buk- 

kanini va ko^lagi tagida metindek qattiq musha- 

gi turtib chiqqanini ko‘rdi.  Bu narsa uning naf- 

ratini qo‘zg‘adi.  Martin uning hissiyotini tahqir- 

lagan edi.  Lekin qizning qalbi,  qaynoq qoni, vu- 

judidagi  har  bir  tomiri  qudratli  muskullar  sari 

talpinardi va Ruf o‘ziga tanish bolgan mavhum 

kuchga  itoat  etib,  Martindan  o‘zini  chetga  olib 

qochish  o'rniga,  uning  ustiga  engashdi.  So‘ng 

Martin  uni  bag'riga  bosib,  mahkam  quchoq- 

laganida,  hayotning  faqat  zohiriy  hodisalari-

sho'x



334

Jek  London

dangina  xabardor  bolgan  idroki  norozi  bolib, 

g'alayon  ko'tardi,  lekin  qalbi,  hayot  shabadasi 

tegib  o‘tgan  ayol  qalbi  tantana  qilardi.  Bunday 

damlarda Ruf Martinga bolgan muhabbatining 

butun  kuch-qudratini  anglay  boshlar,  zero,  yi­

gitning  baquwat  qollari  uning  belini  chirmab 

olib,  g‘oyat  zo‘r  ehtiyot  bilan  mahkam  siqqan- 

da,  baxtiyorlikdan  Rufning boshi  aylanib,  ko'zi 

tinib  ketardi.  Bunday paytlarda  Ruf urf-odatni 

buzganini  ham,  yuksak  orzularga  xiyonat  qil- 

ganini  ham,  hattoki,  indamay  ota  bilan  onaga 

itoat  etmayotganini  ham  oqlar  edi.  Ota-onasi 

uning bu odamga turmushga chiqishini istash- 

mas  edi.  Rufning  Martinga  oshiq  bolishi  go“yo 

isnoddek  tuyulardi  ularga.  Ruf  Martindan  yi- 

roqlashib, yana ehtirossiz va sermulohaza Ruf- 

ga  aylangan  paytlarda,  oralaridagi  muhabbat 

qizning o'ziga ham xuddi isnoddek bolib  tuyu­

lardi. Lekin Martin yonida bolganida uni sevar- 

di;  to‘g‘ri,  ba’zi  paytlarda  bu  sevgi  dilsiyohlik- 

ka  sabab  bolar,  ammo  baribir,  bu  amirona va 

g'olib muhabbat edi.

-  Tumov yengil kasal, -  dedi Martin. -  Rost, bir 

oz  boshim  og‘rib,  etim  uvushyapti,  lekin  tropik 

bezgak oldida ip esholmaydi.

— Siz tropik bezgak bilan og'riganmisiz? — deb 

so‘radi  Ruf  parishonxotirlik  bilan;  bu  bilan  u 

Martinning  quchog'ida  his  qilayotgan  saodatli 

sarhushlik hissini yana cho'zishni istardi.

Qiz Martinning javobiga deyarli quloq solmas- 

di,  ammo  shu  choq  bir  jumla  to‘satdan  uning 

diqqatini  o‘ziga tortdi.  Martin Gavay  orollaridan 

biridagi  moxovlar  istiqomat  qiladigan  maxfiy





Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish