birdan devorni porloq shu la yoritib yubordi; oltin
sochlarini boshiga chambarak qilib olgan uning
oppoq chehrasi Martinning ko‘z oldida namoyon
bolib, barcha qiyofalar va lavhalarni xiralashtirib
yubordi va hech erishib bolmaydigan olis yulduz
yanglig' porlay boshladi.
U kursida yotgan Suinbem bilan Brauning ki-
toblarini olib o‘pdi. Har holda, meni uyiga taklif
qildi-ku, deb o“yladi yigit. Keyin yana ko'zguga
qarab, o‘z aksini tomosha qildi-da, baland ovoz
bilan mag‘rurlanib dedi:
-
Martin Iden, ertaga ertalab turib birin-
chi qiladigan ishing - tekin qiroatxonaga borib,
yaxshi xulq-atvor qoidalari haqida biron narsa
olib o'qiysan. Tushundingmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |