Янги Ўзбекистонни қуриш ва ривожланишида ёшларнинг фаоллиги
127
belgilanadi.‖ Ba’zi‖ davlatlarda‖ esa‖ narxlarning‖ belgilanishi‖ viloyat,‖ tuman‖ va‖ mahalliy‖
hukumat tomonidan nazorat qilinadi.
Va yana bir eng ogʻriqli savollardan biri bu – har bir oʻquvchi uchun alohida
kitob beriladimi? Ogʻriqli deganimning sababi bor, albatta. 2015-yil UNESCOning
Xalqaro Ta’lim Monitoringi Hisoboti e’lon qildi. Unda shunday deyilgan: ‚Ushbu yilda
Jahon banki tadqiqotlari shuni koʻrsatadiki, kam daromadli davlatlardagi ta’lim
iqtisodchilari mablagʻ tejash maqsadida talabalarga yetkazib beriladigan darsliklar
sonini 1:2 nisbatdan 1:3 nisbatga kamaytirishi natijasida ta’lim sifatiga jiddiy putur
yetkazilgan‛.
Oʻquvchilarni yetarli darajada darslik bilan ta’minlash uchun sarflanadigan
arzimagan iqtisodiy zarar haqida gapirilyapti-yu, lekin necha minglab oʻquvchilarning
darsliklardan yetarlicha foydalana olmasligi natijasida kelib chiqadigan ta’limiy zarar
haqida gapirilmayapti. Tasavvur qiling, agar darsliklar 2 yoki 3 kishi birgalikda
foydalanishi uchun yetadigan miqdorda boʻlsa, unda bitta oʻquvchiga kitob oʻqish
navbati uch kunda bir keladi. Bu esa oʻsha oʻquvchining 2 kun kitobsiz qolishini
bildiradi. Menimcha, bunday zararni hech qanday iqtisodiy zarar bilan taqqoslab
boʻlmaydi.
Fillipinda oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, agar darslik maktab mulki
boʻlib, u uyga olib ketilmasa, u kitobni bitta oʻquvchi ishlatadimi yoki ikkita oʻquvchi
ishlatadimi, ular oralaridagi tafovut uncha katta zararni tashkil qilmaydi. Ba’zi
ekspertlar hatto bunday sharoitda bir kitobni uch kishi ishlatishlarini ham qoniqarli
holat deya baholashadi. Lekin agar bu holatni ham tahlil qiladigan boʻlsak,
darsliklarning uyga olib ketilmasdan, faqat ta’lim muassasalaridagina foydalanish
uchun sharoit boʻlganining oʻzi ham ta’lim sifati uchun yaxshi natija emas. Chunki,
bilamizki, oʻquvchilarning maktabdan keyin, uyda darsliklar bilan mustaqil ishlashi
ham oʻsha fanni yaxshi oʻzlashtirishlarida muhim oʻrin egallaydi. Maqola soʻnggida
shunday xulosa qilingan: ‚Darslik qancha koʻp boʻlsa, ta’lim tizimi uchun shuncha
yaxshi‛.
Dunyo‖ mamlakatlari‖ ta’lim‖ tizimini‖ oʻrganar ekanmiz, faqat kamchiliklarni
sanayvermay, ba’zi davlatlardan bu sohadagi ustun jihatlarimiz ham borligini aytib
oʻtishimiz darkor. Ta’lim muassasalarimizning moddiy-texnik bazasi kundan kunga
yaxshilanib borayotgani, buning natijasida Oʻzbekistonda har bir ta’lim oluvchiga
yetarli miqdorda darslik yetkazib bera oladigan kuchli iqtisodga ega ta’lim tizimi
yaratilayotganini faxr bilan ta’kidlab oʻtish maqsadga muvofiq. Oliy va oʻrta maxsus
ta’lim vazirligida bunday muammolar hali ham uchrab tursa-da, maktablarimizning bu
masala boʻyicha kerakli yechimlarga erishgani biz uchun quvonarli holdir. Tez orada
Oʻzbekistondagi barcha ta’lim muassasalarida adabiyotlar yetishmovchiligi masalasi
oʻzining ijobiy yechimini topishiga ishonamiz. Buning uchun Oʻzbekistonning hech bir
davlatdan qolishmaydigan iqtisodiy imkoniyatlarga ega ekanligi kafolotdir. Chunki,
oʻz mablagʻlarimizni jondan aziz farzandlarimizning kelajagi uchun sarflashdan ortiq
yana qanday zaruriy ehtiyojimiz boʻlishi mumkin?!
Darsliklardan‖ta’limda‖foydalanish‖quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: |