Yangi yil bayrami ssenariysi



Download 20,04 Kb.
Sana13.01.2022
Hajmi20,04 Kb.
#354297
Bog'liq
Yangi yil tadbiri


YANGI YIL BAYRAMI SSENARIYSI

Sahnada “Yangi yil” qo’shig’i yangraydi.

Qorbobo: Assalomu alaykum, hurmatli bolajonlar, aziz ustozlar va qadrli mehmonlar! Mana bugun azim va ko’hna Samarqandning go’zal bilim maskanlaridan biri – 56-maktabda Yangi yil bayrami nishonlanmoqda. Men sizlarni tabriklash uchun olis-olis o’lkalardan yetib keldim, mehribon, bilimli bolajonlarim!

Qorqiz: Bobojon, bobojon!Bugungi bayramga yil davomida eng yaxshi o’qigan, tarbiyali bolajonlarimiz jam bo’lishgan. Shundaymi, aziz bolajonlar?

Yalmog’iz kampir: Ha-ha-ha! Mensiz qanaqa bayramni nishonlamoqchisizlar? Men tashrif buyurmasam, bayram ham bo’lmaydi. Bayram degani yalmog’iz bilan qiziq-da!

Qorbobo: (hassasini taqillatib) Ho’-o’-o’, yalmog’iz, bu yerga bilimli bolajonlar yig’ilishgan, ular ko’p she’rlar bilishadi, sen nimani bilasan? She’r bilmaysan, qo’shiq bilmaysan, tarbiyang ham yaxshi emas. Bayramni sensiz o’tkazmoqchimiz.

Yalmog’iz: Ey boboy, mening husnimga bir qara, hammaning og’zini ochib qo’yadigan qaddi-qomatim bor (davrani gir aylanadi). She’rga kelsak, menam bilaman:

Qorbobo, qorbobo,

Boshlariyey kal bobo.

Agar sovg’a bermasang,

Keraging yo’q chol bobo.

(She’rni aytib qattiq kuladi)

Shu payt sahnaga uchta qaroqchi chiqib keladi.

Qaroqchilar boshlig’i: Ey bolajonlar, bu yerda nima bo’lyapti? (Bolalar javob beradi) Yalmog’iz xolajon, qani bizga sovg’a? Sovg’a bermasanglar, archani yoqib yuboramiz. Qani, archani egallaylik. (archa atrofini o’rab olishadi)

Boshlovchi-1: Shoshmanglar, shoshmanglar. Bu yerda nima bo’lyapti? Nega bolajonlarni qo’rqityapsizlar? Axir bugun bayram bo’lsa.

Boshlovchi-2: Assalomu alaykum, bobojon, aziz bolajonlar. Bayramimizga xush kelibsizlar. Qoqrizoy, bu yerda nima bo’lyapti?

Qorqiz: Yalmog’iz bilan qaroqchilar archani egallab olib, bayram o’tkazishimizga yo’l qo’ymoqchi emaslar.

Boshlovchilar birgalikda: Voy o’lmasak, bu holda nima qilishimiz kerak? Archasiz ham yangi yil bayrami bo’ladimi? (Sahnani aylanib, bolalardan yordam so’raydi. Ularga yordam berish uchun bolalar ichidan Bilimdon chiqib keladi)

Bilimdon: Ha, nima bo’lyapti? Qaroqchilar, sizlarni ham bayramga chaqirishimiz mumkin, faqat bir shartimiz bor.

Qaroqchi-2: Qanaqa shart? Biz ham endi shart bajaramizmi?

Qaroqchi-3: Biz faqat buzg’unchilikni bilamiz. Birovning narsasini zo’rlik bilan egallab olishni bilamiz. Shart-partingni yig’ishtir.

Boshlovchi-1: Bunaqasi ketmaydi. Yo Bilimdonning shartiga rozi bo’lasizlar, yoki bu yerdan sizlarni qorbobo yordami bilan haydab yuboramiz.

Yalmog’iz: Chaqir o’sha qorbobongni, soqolidan ushlab, ortidan bir tepaman, kelgan joyiga qaytib ketganini bilmay qoladi. (supurgisiga minib, bolalarni qo’rqitadi)

Qaroqchilar boshlig’i: Mayli, shartingni ayt, eshitamiz. Faqat bizga ham Bilmasvoy yordam beradi.

Bilmasvoy:

Men Bilmasvoy, Bilmasvoy,

G’amim yo’qdir hoynahoy.

Faqat ovqat bo’lsa bas,

Meni derlar To’ymasvoy.

Bilimdon: Shartimiz shuki, biz bilan birga bayramdagi bellashuvlarda qatnashasizlar, savollarimizga javob berasizlar.

Qaroqchilar, yalmog’iz, Bilmasvoy birgalikda: Rozimiz, rozimiz. Biz g’alaba qilsak, mana shu qorqizni ham olib ketamiz. Qani boshlanglar.

Boshlovchi-2: Unaqada ketdik, qani birinchi bo’lib biz bilan bir raqsga tushinglar-chi!

Qo’shiq aytiladi, hamma raqsga tushadi.

Boshlovchi-1: Juda yaxshi, maza qilib raqsga tushdik. Endi shartlarimizga o’tsak ham bo’ladi. savollarimizga javob berishga tayyormisizlar?

Qaroqchilar, yalmog’iz, Bilmasvoy birgalikda: Tayyormiz!

Boshlovchi-2: Bo’lmasa, bizni mehmonlarimizni kutib olaylik. Ular uzoq o’rmondan bayram uchun kelishmoqda. (Hayvonlar birma-bir chiqib keladi)

Ayiq polvon:

Asal bilan yuraman,

Doim o’ynab-kulaman.

Sira g’amni bilmayman,

Ayiq polvon bo’laman.

Tulkioy:

Meni derlar Tulkioy,

Turishlarim misli oy.

Osmondagi oymasman,

Yerda men ham ayyoroy.

Quyon:


Quyonchaman, quyoncha,

O’rmondagi oyimcha.

Har kuni yuraman quvnab,

Turishlarim misli xurmacha.

She’r:

Men hayvonlar shohiman,



Oilaning boshiman.

Kim chiqsa gar qarshi,

O’shaning tarbiyachisiman.

Bilimdon: Qani bobojon, bizga ruxsat bering, qaroqchilarni, yalmog’izni bir sinovdan o’tkazaylik. Ularga birdamlik qanday kuchga ega ekanligini ko’rsatib qo’yaylik.

Qorbobo: Ruxsat, aziz bolajonlarim. Men sizlarga ishonaman. Yil davomida olgan bilimlaringiz bilan bularning tazirini berib qo’yasizlar, albatta.

Boshlovchi-1: Birinchi shartimiz shundan iborat: kim yangi yilga atab eng chiroyli she’r aytadi.

Bilmasvoy: Bunga rozimasman, bizga aqlni ishlatadigan, shartlar kerakmas. Kelinglar, kim eng ko’p ovqat yeydi degan shart bajaramiz.

Ayiq polvon: Bunaqasi ketmaydi, axir yangi yil bayrami ochofatlarning emas, bilimlilarning bayrami sanaladi.

Yalmog’iz: (ayiqni bir tepadi) Boshni qotirma bilim-bilim deb. Bilimni pishirib bo’ladimi? Yo’q! she’r bo’lsa, she’rda. Qani chaqir she’r aytadiganlaringni.

Bolalar ichidan she’r aytish uchun o’quvchilar hayvonlar tomonidan ajratib olinadi. Ular tomonidan yangi yilga atab she’rlar aytiladi.

Qaroqchilar boshlig’i: Qani Bilmasvoy, bir hunaringni ko’rsat bularga.

Bilmasvoy: (Bilmasvoy she’r aytmaydi, baqirib DJning oldiga boradi, unga musiqa qo’yib berishni aytadi) Menga musiqa qo’y raqsbop, bir raqsga tushib berayin. Musiqaga raqsga tushadi.

Bilimdon: Bunaqasi ketmaydi, she’r bilmas ekanlaringda, u holda bayramni tark etinglar.

Qaroqchilar boshlig’i: Nima deyapsan? Bayram bizniki, uni xohlaganimizcha nishonlaymiz. Bu shartda biz yutdik. Yig’ishtir she’r – peringni. (ikkita qaroqchi qorqizni ushlab olib ketmoqchi bo’ladi)

Boshlovchi-2: Shoshmanglar, qaroqchilar, hali shartlarimiz tugamadi. Endigi shartimiz “Kim chaqqon” deb nomlanadi. Ko’ramiz, bu shartda qanaqa g’irromlik qilar ekansizlar?

Yalmog’iz: (boshlovchining oldiga yugurib keladi) Kim g’irrom, sizlar g’irromsizlar. Atayin she’r aytishni shart qildilaring. Biz she’rni yomon ko’ramiz-ku! Bu shartda albatta biz g’alaba qozonamiz.

Qo’shiq qo’yiladi. Sahnaga 9 ta stul qo’yiladi. 10ta ishtirokchi qo’shiq tugagandan so’ng, stulchalarga o’tiradi. O’tirolmagani shartni tark etaveradi. Shart shu asosda davom etadi, oxirida she’r stulga o’tirganda, ostidan qaroqchi tortib olib o’zi o’tirib oladi va g’olib bo’ldik deb baqiradi.

Qorqiz: G’irrom-ku bu! Nega unaqa qilasizlar? Yutqazishni ham bilish kerak-da!

Bilimdon: kayfiyatni tushurmanglar, azizlar. Kelinglar, bir sho’x taronaga raqsga tushib, kayfiyatni ko’tarib olamiz.

Qo’shiq qo’yiladi, hamma ishtirokchilar raqsga tushadi. Qaroqvchilar, Bilmasvoy, yalmog’iz har xil qiliqlar qilib, raqsga tushadiganlarga xalal berishga harakat qiladilar.

Boshlovchi-1: Kelinglar, kim kuchliligini aniqlaymiz. Arqon tortishamiz, kim yutqazsa, bayramni tark etadi.

Qaroqchilar, yalmog’iz, Bilmasvoy birgalikda: bo’pti, qani mardlaring bo’lsa chiqsin maydonga.

Arqon tortishishadi, shartda qaroqchilar yutqazishadi. Lekin mag’lub bo’lganini tan olmaydilar.

Yalmog’iz: Shu ham shartmi? Yosh bolalarning sharti-ku! Undan ko’ra narsa o’g’irlash, yolg’on gapirish kabi shartlarni bajarsalaring bo’lmaydimi?

Qaroqchilar: endi bo’ldi, archa bizniki, qorqiz bizniki, bayram ham bizniki bo’ldi. Qani endi, ketinglar bu yerdan. Ketlaring!

Hammani quvishga tushadi. Shu payt qorbobo o’rnidan turib keladi.

Qorbobo: (Hassasini qattiq-qattiq yerga urgan holda) Bas qillaring, jim qarab tursam, mag’lub bo’lganlaringni ham tan olgilaring kelmaydi. Yutqazgandan keyin mard bo’lish ham kerak-da! Agar jim bo’lib sahnani tark etmasalring, hammangni muzlatib qo’yaman.

Qaroqchilar, yalmog’iz, Bilmasvoy birgalikda: Uzr, bobojon, bizni kechiring, biz xato qildik. Mana archani beramiz, Qorqizni ham qo’yib yuboramiz. Faqat bayramdan haydamang. Biz ham qatnashaylik.

Qorbobo: Sizlarning qolish-qolmasligingizni bilimli, jajji bolajonlarimiz hal qiladilar. Aziz bolajonlar, bular bayramda qolishsinmi?

Bolalar: yo’q-yo’q-yo’q.

Yalmog’iz: Xo’p denglar, rozi bo’lsalaring, bundan keyin yomonlik qilmayman, men ham kitob o’qiyman. Bobojon, sizga so’z beraman, qaytib yomonlik qilmaymiz, hammamizni kechiringlar!

Qaroqchilar va Bilmasvoy: kechiringlar, qaytib bunday ish qilmaymiz, biz ham she’r yodlaymiz, kitob o’qiymiz, yaxshilik qilamiz.

Qorbobo: Aziz bolajonlar, kelinglar shularga ham bir imkon beraylik, shularni kechiraylik, shular ham bayramimizda qatnashishsin.

Bolajonlar: mayli, mayli.



Qorbobo: Barakalla, bolajonlarim. Meni xursand qildingizlar. Sizlarga atab sovg’alar olib kelganman. Qani Qorqiz, menga yordam beringlar, sovg’alarni bolajonlarga tarqataylik. (Sovg’alarni tarqatadilar)

Shu bilan bayram tadbiri yakunlanadi.
Download 20,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish