Yangi va eng yangi davr falsafasi


O‘rta Osiyo ma'rifatchilik falsafasi



Download 44,26 Kb.
bet8/10
Sana30.12.2021
Hajmi44,26 Kb.
#90165
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
falsafa 3

O‘rta Osiyo ma'rifatchilik falsafasi. Ma'lumki, O‘rta Osiyo 1853 yildan 1882

yilgacha bo‘lgan davrda Chor Rossiyasi tomonidan bosib olindi. Albatta, mustamlakachilik siyosati xalqimiz boshiga son-sanoqsiz kulfatlar olib kelganini hyech kim inkor eta olmaydi. Oq podsho hukumati o‘lkamizda dunyoviy fanlarni o‘qitadigan maktablar ochib, xalqimizni dunyoviy madaniyat bilan tanishtirishga shoshilmas edilar. Ular o‘lkada o‘rta asrga xos ijtimoiy munosabatlar saqlanib qolishidan ko‘proq manfaatdor bo‘lganlar. Axir, xalqni ma'rifatli qilish bilan bir paytda mustamlakachilik siyosatini davom ettirib bo‘lmasligini aniq bilardilar.XIX asrning 80-yillarida Ismoil Gaspirali (Gasprin-skiy) tomonidan jadidlar harakatiga asos solindi.

U Rossiya imperiyasidagi musulmon turkiy xalqlar eski uslubda o‘qitiladigan maktab-madrasa tizimidan voz kechib, yangi (jadid) uslubda (Ovro‘pocha) o‘qitish sistemasiga o‘tish orqali dunyoviy ma'rifatga erishishi mumkin, deb chikdi.Aslida bu g‘oya o‘rta asr sharqida keng tarqalgan bo‘lib unda asosan mamlakat hukmdorlarini ma'rifatli qilish orqali yurtda osoyishtalik, adolatli jamiyatni o‘rnatish mumkin deb hisoblaganlar. Masalan, Alisher Navoiy ma'rifatli shoh

Iskandar obrazini yaratib, temuriy shahzodalarni shu ruhda tarbiyalab adolatli jamiyatni qurishni orzu qilgan edi.XVIII asr fransuz ma'rifatparvarlari esa adolatli za-monga barcha fuqarolarni dunyoviy ilmlar bilan ma'rifatli qilish orqali erishish mumkin deb chiqdilar. Ular ma'rifatli shaxs deganda, birinchi navbatda dunyoviy ilmlar bilan qurollangan tafakkurga ega bo‘lish kerakligini e'tiborga olganlar. Ikkinchidan, unday shaxsning o‘z davri ijtimoiy muhiti talablari asosida shakllangan axloq normalariga to‘la rioya qilishini nazarda tutganlar. Uchinchidan esa, ma'rifatli kishi albatta gumanizm ruhida (ya'ni ezgulik ruhida) tarbiya topgan bo‘lishi kerak deb tushunganlar.Bunday qarashlar XVIII asr oxirlari – XIX asrning birinchi yarmida Rossiyada ham keng tarqaldi. Ismoil G‘aspirali hukmdorlarning Rossiya musulmon-turkiy qavmlarni maxsus asoratda saqlash orqali mustamlakachilik siyosatini uzoq davom ettirishga urinayotganligini payqar edi. Bu mustamlakachilik asoratidan qutulib chiqishning yagona yo‘lini jadidchilar xalqni ovro‘pocha jadid uslubida o‘qitib, ma'rifatli qilishda deb hisoblar edi.Ismoil G‘aspirali jadidlar harakatidan ikki maqsadni ko‘zlar edi. Birinchidan, musulmon-turkiy qavmlarni ma'rifatli qilish yo‘li bilan mustamlaka asoratidan qutulishni orzu qilsa, ikkinchidan, Rossiya saltanatidagi barcha turkiy qavmlarni yagona tarixiy birlik (millat) sifatida birlashtirmoqchi bo‘lgan edi. Ana shu maqsadda 1886 yildan boshlab chop etila boshlagan «Tarjumon» gazetasi musulmon-turk qavmlari orasida juda katta e'tibor topgan edi. Gazeta orada katta-katta tanaffuslar bilan bo‘lsada, to 1914 yilgacha nashr etilib turgan edi.Jadidlar harakatidan oldin O‘rta Osiyoda ham ilmma'rifatni targ‘ib qiluvchi shoirlar, ziyolilar mavjud edi. (Masalan, Muqimiy, Axmad Donish, Feruz kabilar.) Lekin ularning intilishlari butun xalqni ma'rifatli qilish uchun ommaviy tus olgan harakatning hukmron mafkurasiga aylanmagan edi.Jadidlar mafkurasi Turkistonda Dukchi

Eshon qo‘zg‘oloni ayovsiz tarzda bostirilgandan so‘ng tez tarqala boshladi. Ayniqsa, 1905-1907 yillarda inqilobiy vaziyatning ta'siri ostida bu harakat Toshkent, Samarqand, Farg‘ona vodiysida keng ommalasha boshladi.


Download 44,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish