Boborahim Mashrab (1653-1711) o‘zining badiiy merosida o‘sha vaqtda Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida tarqalgan tasavvufning qalandarlik oqimiga e'tiqod qiladi. U jamiyatdagi adolatsizliklarni qoralaydi, kishilarni halol, pok, mehr-shafqatli, sabr-qanoatli bo‘lishga chaqiradi. Iymon, e'tiqodning yuksak ma'naviy qadriyat ekanligini asoslashga urinadi. Xususan, she'rlaridan birida Alloh visoliga intilib yashashni kapalakning shamga intilishiga qiyos qilib, ilohiy haqiqatni anglashning qanchalik muhim ekanligini tushuntiradi.
So‘fi Olloyor (XVIII asrning oxirlarida Samarqandda tug‘ilgan deb taxmin qilinadi, vafot etgan yili ham aniq emas). Fors va o‘zbek tillarida she'rlar yozgan. Asarlari islom dini, tasavvuf falsafasining g‘oyalarini tushuntirishga, izohlashga bag‘ishlangan. Xususan, ularda bu dunyoning azob-uqubatlarga to‘la ekanligi, ularga ko‘nikish, sabr-toqatli bo‘lish kerakligi to‘g‘risida fikrlar aks etgan.Shoirning “Maslak ul-mutaqii“ (“Taqvolilar maslagi”) asari diniy amallarni bajarish qoidalariga bag‘ishlangan. Unda Allohning fazilatlari, avliyolarning karomatlari, namoz o‘qish, ro‘za tutish, tug‘ilish va o‘lim bilan bog‘liq marosimlarni o‘tkazish va boshqa amallar to‘g‘risida chuqur fikr-mulohazalar bildirilgan.3 So‘fi Olloyor asarlaridan o‘z davrida madrasalarda ta'lim jarayonida keng foydalanilgan.Xiva shahrida Abulg‘ozi Bahodirxon tomonidan asos solingan tarixchilik maktabi (XVII asr) XIX asr boshlarida Munis Xorazmiy, keyinchalik Ogahiy, Komil Xorazmiy va Bayoniylar davom ettirgan Xiva adabiy -tarixiy muhiti davrida biroz jonlandi.Shu o‘rinda aytish kerakki, Xorazm (Xiva)da shakllangan adabiy-tarixiy muhitning o‘zbek tili, o‘zbek adabiyoti va umuman turkiy tilning mustaqil adabiy til sifatida shakllanishidagi ahamiyati adabiyotimizda ham o‘zining munosib bahosini topa olgan emas.
Buxoroda yaratilgan tarixiy asarlar (masalan, Tanish Buxoriyning “Abdullanoma” asari yoki Qo‘qonda "Tarixi Farg‘ona" va boshqa asarlar) asosan fors tilida ijod qilingan. Qukon adabiy muhitida turkiy va forsiy til teng darajada ardoqlangan bo‘lsa, Buxorodagi adabiy muhitda deyarli forsiy tilda ijod qilinardi.Xorazm (Xiva)da shakllangan adabiy-tarixiy muhit faqat turkiy
(o‘zbek) tilidaga ijod natijasi bo‘lib, u o‘zbek tilining hukmronlik mavqyeini yaratgan edi. Undan tashqari, Xiva tarixiy-adabiy muhitida Munis, Ogahiy, Feruz, Komil, Bayoniy, Chokar va boshqa ko‘pgina iqtidorli shoirlar, tarixchilar Xorazm tarixining uzoq o‘tmishidan to o‘z davrlarigacha bo‘lgan voqea va hodisalarini aks ettirgan ko‘p tomlik asarlarini turkiy (o‘zbek) tilda yozdilar. Ular bu bilan cheklanmasdan, Mirxondning “Ravzat us-Safo”, Firdavsiyning “Shohnoma”, Sa'diyning "Guliston" kabi sharqda juda mashxur bo‘lgan yuzlab asarlarini arab va
fors tilidan o‘zbek tiliga o‘girganlar. Xiva tarixiy-adabiy muhitida XIX asrning yetmishinchi yillarida Erondan uskunalar sotib olib kelinib, Xiva shahrida O‘rta Osiyoda birinchi kitob nashriyotiga asos solindi. Unda ilk nashrdan chiqqan kitob Alisher Navoiyning "Hamsa" asaridir.Xullas, XVI-XIX asrlarda Turkistonda ijtimoiy-axloqiy, diniy, ilmiy, badiiy va falsafiy fikrlar o‘z davri hukmron mafkurasi ta'sirining o‘ta kuchli bo‘lganligi bilan tarixiy rivojlanishning boshqa davrlaridan keskin farq qilib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |