Mahmudxo‘ja Behbudiy Turkiston jadidlarining yorqin namoyandasi edi. U (1879- 1919)ning faoliyati ayniqsa ikki narsaga: o‘rta asrchilikka va Turkistonni boshqarayotgan mustamlakachi hokimiyatga qarshi qaratilgan edi. Behbudiy 1913 yilda «Samarqand» nomli gazetani va shu yili «Oyina» jurnalini ta'sis ettirdi. U 1905 yildan boshlab faoliyat olib borayotgan «Musulmonlar ittifoqi» partiyasi nomidan siyosiy talablar bilan Markaziy hokimiyatga chiqa boshladi. 1914 yilda Davlat Dumasidagi Musulmonlar fraksiyasining majlisida Turkiston o‘lkasi bo‘yicha o‘z mulohazalarini gapirib berish uchun Peterburgga chaqirildi. O‘lkani boshqarishning islohoti bo‘yicha Behbudiy ilgari surgan loyiha asosan tubandagilarni nazarda tutap edi:
-o‘lkani boshqarishning markazi qilib Toshkent belgilansin;
-viloyatlarda mahalliy vakillardan tashkil topgan yacheykalar bo‘lishi ko‘zda tutilsin;
-har bir viloyat yacheykalarida oliy yoki o‘rta malumotga ega bo‘lganlardan to‘rtta vakil saylansin;
-bo‘lim (yacheyka) raisi dunyoviy ta'lim olgan bo‘lishi shart va h.k.
Behbudiy o‘z maqolalarida xalqni dunyoviy bilim olishga chaqirar edi. U endilikda dunyoning taqdirini diniy emas, balki dunyoviy ilmlar hal qilishini bilar edi.Behbudiy qarashlaridan uning islomiy qadriyatlar bilan dunyoviy ilmlarni egallagan mahalliy millat vakillarini shakl-lantirishni orzu qilganligi ko‘rinadi. U ma'rifatsiz na taraqqiyot va na adolat bo‘lishi mumkin emasligini o‘z xalqiga qaytaqayta uqtirar edi.Jadidlar qismati qanchalik ayanchli bo‘lmasin, ularning millat ongining shakllanishidagi buyuk xizmatlarini e'tirof etmog‘imiz kerak. Jadidlar mafkurasi milliy tafakkurning shakllanishidagi ahamiyati shunchalik ulug‘vor bo‘lganki, ularning ta'sirini XX asrning yigirmanchi-o‘ttizinchi yillarida yetishgan har bir ziyoli timsolida ko‘rishimiz mumkin edi.
XULOSA
Ushbu davr falsafa rivojida keskin o’zgarishlarga boy bo’lgan. Yangi va Eng yangi davr faylasuflari falsafa olamiga yangi falsafiy ta’limotlarini taklif etishgan. Neotomizm va diniy modernism ana shu tamoyillardandir. Neotomizm Foma Akvinskiy ta'limotiga asoslanadigan zamonaviy katolik falsafasining asosiy oqimlaridan biri bo‘lib hisoblinadi. 1879 yilda u Vatikanning rasmiy doktrinasi maqomiga ega bo‘lgan. II Vatikan sobori (1862-1865) katolik “yangilanishi” ga sanksiya berganidan keyin, neotomizm antropotsentrik mazmun kasb etdi.
Neotomizmning bosh prinsipi kashf etilish teologiyasi, ratsional ilohiyatchilik va metafizikaning ajralmas bog‘liqligidan iborat. Neotomizmda asosiy e'tibor Xudo va olamning o‘zaro munosabatiga qaratiladi.Diniy modernizmda ijtimoiy taraqqiyot sohasida “kapitalistik individualizm” va “marksistik kollektivizm” oralig‘idagi “uchinchi yo‘l” bo‘ylab harakat qilish zarurligi ta'kidlab o‘tiladi. Cherkov va jamiyat muloqotiga oliy diniy-axloqiy qadriyatlarni hozirgi zamon madaniyatiga olib kirish vositasi deb qaraladi, dunyoviy tarix va unda immanent g‘oyalarning mavjudligi fundamental qadriyatlar sifatida tan olinadi. Bu oqimning taniqli vakillari Eten Jilson (1884-1978) , Jak Mariten (1882-1973) lardir. Teyyar de Sharden (1881- 1995) xristian evolyusionizmi asoschisi bo‘lib, bu ta'limot diniy modernizmning bir ko‘rinishi hisoblanadi. Unda ilmiy va diniy dunyoqarashni sintez qilishga urinish bor. Insoniyat taraqqiyotida har bir davr an'anaviy falsafiy muammolarni ilgari surgan va ularni o‘z davri dunyoqarashi ta'sirida hal qilishga harakat qilgan. Falsafa tarixini yangi shoxchalari paydo bo‘ladigan daraxtga qiyoslash mumkin, har bir shox o‘z shakliga va yaproqlarining rangiga ega bo‘lib, ular boshqalarini takrorlamaydi. Biroq daraxt shoxlari kabi falsafiy yo‘nalishlar qancha ko‘p bo‘lmasin, ularni umumiy ildiz- inson va olamning o‘zaro aloqadorligi, inson va jamiyat hayotining uzviyligi birlashtiradi. Ushbu umumiy ildiz inson madaniyatining dunyoqarashli asosi sifatida falsafaning ahamiyatini chuqurroq tushunishga imkon beradi.XX asr turli davrlardagi falsafiy yo‘nalishlarni o‘zida birlashtirdi va o‘tmish tajribasiga tayangan holda, olam va odam masalasiga juda murakkab ijtimoiy siyosiy vaziyatda ziddiyatli, yangi falsafiy qarashlar shakllandi.Hozirgi zamon falsafasining o‘ziga xos xususiyati uning dunyoqarashli va metodologik jihatdan turli tumanligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |