2-suxandon: Ha, do‘stlar,mustaqillik ana shunday og‘ir kunlar hisobiga qo‘lga kiritilgan. Biz buni unutmasligimiz lozim.
1-suxandon: Endi bayram bilan tabriklash uchun so‘z navbatini ta’lim vakiliga vakiliga bersak. Marhamat.
Ta`limi vakili:
O‘zbekiston o‘z mustaqil taraqqiyotining ilk kunidan boshlab inson, uning huquq va manfaatlarini oily qadriyat sifatida ulug‘lab kelmoqda.Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan inson manfaatlarini ta`minlash va qadrini musrahkamlash barcha o‘zgarish va islohotlarimizning bosh maqsadiga aylandi.Buni birgina ta`lim sohasidagi o‘zgarishlar misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin.
Mamlakatimizning bu borada erishayotgan natijalari xalqaro hamjamiyatlar tomonidan ham yuksak e`tirof etilmoqda.Bu aniq ilmiy-amaliy tadqiqotlar, xalqaro tahliliy hujjatlarda ham o‘z aksini topmoqda.
O‘zbekistonni ta`lim sohasida jahon tan olmoqda. Kelajak avlodlarimiz bizdan-da kuchli,bizdan-da qudratli bo‘lishini chin dildan istab qolaman.
2-suxandon: Hozir sizlarning e`tiborlaringizga havola etilayotgan Dilshod Rajab so‘zi bilan “Bulbulcha” dastasi ijrosida aytiladigan “Istiqlol bolalari”ashulasini bayram tuhfasi sifatida qabul qilingizlar.
Istiqloldan bahra olgan,
Yurt mehrini dilga solgan,
Shodlik kuyin baland chalgan,
Biz bolalar,biz bolalar-
Quvnoq o‘g‘il-qiz bolalar.
Chaqin chaqar ko‘zimizda,
Olov bor-da ko‘ksimizda,
Yolg‘on yo‘qdir so‘zimizda,
Biz bolalar,biz bolalar-
Quvnoq o‘g‘il-qiz bolalar.
Vatan ozod — Vatan obod,
Kelajakka boramiz shod,
Shodon avlod-sog‘lom avlod,
Biz bolalar,biz bolalar-
Quvnoq o‘g‘il-qiz bolalar.
A`lo o‘qish — chin ontimiz,
O‘zbek elin quvonchimiz,
Ulug‘ Vatan ishonchimiz,
Biz bolalar,biz bolalar-
Quvnoq o‘g‘il-qiz bolalar!
1-suxandon:Endigi tabrik so‘zini mahalla oqsoqolidan eshitsak. (U kishi maktab, mahalla, jamoatchilik hamkorligini rivojlantirish haqida gapirib o‘tadi).
2-suxandon:
Yangi davr keldi,o‘zgardi zamon.
Zamon zayli bilan o‘zgardi inson.
O‘zgardi jamiyat,o‘zgardi hayot,
O‘zgardi qo‘shig‘-u o‘zgardi bayot.
(Ekranda mustaqillik tufayli O‘zbekistonda yuz berayotgan hayot lavhalari namoyish etiladi).
1-suxandon: Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi buyukdir. Mustaqillikni mustahkamlash biz, yoshlarning zimmamizdadir.Biz ona yurtimizni, xalqimizni, madaniy merosimizni avaylab-asrashga har birimiz burchlimiz.
2-suxandon: Jannatmakon O‘zbekistonimiz mustaqillik yillarida tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketdi.Ko‘hna va hamisha navqiron Samarqandning 2750.Namanganning 2000 yilligi va Toshkentning 2200 yillik to‘ylari nishonlandi.Toshkent shahri Islom madaniyatining poytaxti deb e`lon qilindi.O‘zbekiston 1992-yil 2-martda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a`zo bo‘ldi.Hozirgi kunda yurtimizda xorijiy davlatlar bilan birgalikda ko‘plab qo‘shma korxonalar ishga tushdi.
1-suxandon: Bugungi kunda 130dan ortiq millat vakillari Vatanimizda tinch-totuv,ahil yashab kelmoqda.Yurtimiz tinchligi ham Prezidentimizning dono rahbarligi tufaylidir.
(“Do‘stlik” raqsi ijro etiladi).
Maydon uzra davra qurar o‘zbek kurashda,
To‘nlarni yelka-la surar o‘zbek kurashda.
O‘zbekning kurashi o‘zidek halol
Dast ko‘tarib yerga urar o‘zbek kurashsa!
Polvonlar yurt maydonida qo‘llasin sizni,
Alpomishlar ruhi doim qo‘llasin sizni!
Do'stlaringiz bilan baham: |