1-suxandon: Ha,aziz do‘stlar, biz bilan siz ana shinday jannatmakon,barcha havas qilgulik,bayramlari chiroyli go‘zal yurtda yashayapmiz.Bugun biz tantanalar bilan nishonlayotgan Mustaqillik kuni bayramlar ichida eng aziz,eng ulug‘,eng suyukli bayramdir.
2-suxandon:Aziz yurtdoshlar! Jannatmakon O‘zbekistonimiz tarixiga 1991-yil 31-avgust”Asrga tatigulik kun”sifatida zarhal harflar bilan bitildi.Ushbu kunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi bayonoti,O‘zbekiston Respublikasining “Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
1-suxandon:Har yili 1- sentyabrni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi bayrami sifatida tantanali tarzda nishonlaymiz. Mustaqilligimizning 30 yilligiga atab tayyorlangan bayram tadbirimizni ochiq deb e`lon qilaman. Barchalaringizga vatan ravnaqi yo‘lidagi sharafli va mashaqqatli ishlaringizda omad yor bo‘lsin!
2-suxandon:
Yurtimizda bayramlar ko‘p,to‘ylar ko‘p,
Orzu-havas, intilishlar, o‘ylar ko‘p.
O‘zbekiston madhi yangrab taralar,
Dildan kuylab, jo‘r bo‘laylik, jo‘ralar!
(Ozodbek Nazarbekov ijrosidagi ,,Shunday bayram dunyoda yo‘q!” ashulasi magnit lentasi orqali eshittiriladi, raqsida raqs to‘garagi qizlari).
Do‘qqa, do‘qqa, do‘q,
Olamda yoq.
Shunday go‘zal
Dunyoda yoq, voy doda.
Do‘qqa,do‘qqa,do‘q
Olamda yo‘q
Shunday bayram
Dunyoda yo‘q,voy doda.
Navoiyning yo‘llari soz,
Yo‘llarida o‘ynaydi g‘oz,voy doda.
Sho‘x qizlari, qo‘qon gilos
Yigitlari ishqiboza, voy doda.
(“Omonyor” ashulasi va raqsi ijro etiladi).
1-suxandon:
(Dastlab tadbirga taklif etilgan mehmonlarni tanishtiradi). Dastlabki tabrik so‘zini ta’lim muassasasi rahbaridan eshitamiz.Marhamat.
Rahbar:
Aziz mehmonlar, qadrli ustozlar, ota-onalar va hurmatli tarbiyalanuvchilar!
O‘zbekiston Respublikasi 1991-yil 1-sentabrdan beri mustaqillik kunini doimo tantanali tarzda nishonlab kelmoqda.Istiqlol bayramingiz muborak bo‘lsin!
Mustaqillik –xalqimiz uchun asriy armon bo‘lib kelayotgan edi. Uni qo‘lga kiritish oson kechmadi.Mustaqillik uchun minglab dono va oqil kishilarimizdan judo bo‘ldik.Xalqimizning ko‘pgina suyukli farzandlari qatag‘onlik qurbonlariga aylandi.
O‘zbekistonning mustaqillikka erishishining tarixiy ahamiyati juda katta. O‘zbekiston mustaqillik tufayli qaramlikdan butunlay qutuldi.Erkin,ozod mamlakatga aylandi.O‘zining yer osti va yer usti boyliklariga o‘zi egalik qilish huquqini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq o‘z oldiga huquqiy demokratik davlat tuzish masalasini ko‘ndalang qilib qo‘ydi.
Davlatimiz mustaqillik tufayli 30 yil davomida iqtisodiy,ijtimoiy,siyosiy sohalarda katta yutuqlarga erishdi. Milliy an`analar,qadriyatlar,tarixiy yodgorliklarimiz qayta tiklandi.
Ta`lim sohasida ham ko‘p o‘zgarishlar yuz berdi.
XXI asr, albatta, o‘zbeklar asri bo‘ladi deb ishonaman. Barchalaringizga ishlaringizda,o‘qishlaringizda muvaffaqiyat tilab qolaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |