Vertual olam
O'zbekiston jannatmakon o'lka. Shu so'zni eshitgan har qanday insonda
nega aynan jannatmakon? Bu yurtning boshqa o'lkalardan farqi
nimada? Nega jannatga qiyoslashadi degan savol tug'ilishi tabiiy.
Menda ham shunday bo'lgan. Balki O'zbekistonning yam yashil dalalari,
erta bahorda qizil gilam toshalgandek qib-qizil lolalarga burkanadigan
tog'lari, bir-biridan go'zal bog'-u rog'lari, o'sha bog'larda g'am-
tashvishsiz yoqimli ovozda honush qiluvchi bulbullari, mehmondo'z
insonlari, ularning ochiqko'ngilligi va shirinso'zligi, Ollohning berga har
kuni qaysidir xonadonida to'y bo'lishi-yu, ko'chalarida bolaliklik
beg'ubor damlaridan lazzat olib o'yin kulgu qilayotgan bolalari, har kuni
ro'zg'or tebrataman deb ertalabdan kechgacha mehnat qiluvchi
soddalikda tengsiz insonlari-yu, ko'chalarida bir-biri bilan
quvlashmachoq o'ynaydigan itlari va mushuklari sababdir... Balki aynan
shu narsalar bu o'lkani Jannatga qiyoslashlariga sabab bo'lar... Har
kimning fikri har xil... Ammo qalbimizdagi muhabbat bir xil... Bu
muhabbat bizning ona diyorimiz tug'ilib o'sgan joyimiz, jannatmakon
o'lkamiz O'zbekistonga bo'lgan muhabbatdir. Yurtimiz poytaxti
Toshkent ham o'zgacha jozibali bir maskan bo'lib, hozirgi kunda bu
yerda qad rostlayotgan zamonaviy binolar xalqimizning ko'pchiligini ish
bilan ta'minlashda o'z hissasini qo'shmoqda. Bundan tashqari
yurtimizda yosh tadbirkorlar va o'z biznes rejasiga ega insonlar uchun
yaratib berilayotgan shart-sharoitlar havas qilsa arzigulik darajaga
yetgan... Mana shunday biznes olami vakillaridan bo'lmish Baxodir
Turg'unbayevich, Abduхalik Ismatillayevich, Abdufattohxo'ja
Mannofxo'jayevich, Johongir Begmatovich va Sharofiddin
Akbaraliyevichlar hozirgi kunda biznes olamimizning eng taniqli vakillari
hisoblanishadi. Bu besh biznesmenlar yaqin do'stlar bo'lib ularning
qizlari Nargiza Baxodirovna, Feruza Abduхalikovna, Iroda
Abdufattohxo'jayevna, Shohista Jahongirovna va Rayhonoy Sharofiddin
qizi ham payti kelsa opa-singil, payti kelsa yaqin dugonalar bo'lib
shahardagi ko'pchilik insonlar bu oilalarga havas xatto hasad ko'zlari
bilan ham boqishadi. Ota-onalarining biznes olamidagi o'rni, shuningdek
bu go'zal besh qizning oydandan go'zal husni tillarda doston bo'lishga
ulgurgan bo'lib, shaharda bu besh malakka oshiq bo'lmagan yigitning
o'zi bo'lmasa kerak... Hozir men sizlarga aytib bermoqchi bo'lgan hikoya
ham aynan mana shu besh go'zal parilar haqida bo'lib, bu hikoya
ularning sinovlarga boy, havfli hayot yo'llari haqida bo'ladi...
*******
Doimgidek kunlarning birida qizlarning ota-onalari katta olmoslar
ko'rgazmasiga boradigan bo'lishdi va qizlar uyda yolg'iz qolishni istamay
Razikovlar xonadonida ya'ni Feruzaning uyida yig'iladigan bo'lishdi.
— Alo Nargiza opa qayerdasiz kelyapsizlarmi? - dedi Feruza ular bilan
ko'rishishga shoshilib
— Ha Feruza men Rayhon bilan borayapman. Shohista va Iroda ham
yo'lda ekan biroz sabr qil
— Ho'p kutyaman. Haya yangilikni aytishni unutibmanku... Bugun yangi
o'yin topdim. Tezroq kelsangiz mazza qilib o'ynardik - dedi Feruza
quvonib
— Shu yosh bolaliging qolmadida Feruz! Oshiqlaring ham
shunaqaligingni bilisharmikin aa - deya Nargiza Feruzani ustidan kuldi
— Boringee xafa bo'ldim. Doim ustimdan kulasizlar! - dedi Feruza
arazlab
— O'zing ham jaaa ta'sirchansanda Fezam - shunday deya Nargiza yana
kuldi
— Ajab bo'pti. Tezroq keling kechlik qilmay kutyapman
— Feruzaxon chalg'itavermasangiz boramizda. O'zi rulda bo'lsam,
mundoq ehtiyot bo'ling opajon. Rulda ketayotib telefonda gaplashmang
deyish o'rniga shoshiltirganing shoshiltirgan.
— Voy uzur opajon "Rulda ketayotib telefonda gaplashmas ekansiz"
Nargiza opam aytdi. - deya Feruza ham handon otib kuldi
— Bo'pti 1:1 hisob teng. 5 daqiqada yetib boramiz telefonni
o'chiryapman
— Axa kutaman
Shu bilan ularning telefondagi qisqa suhbatlariga yakun yasaldi. Oradan
5-6 daqiqa o'tgach Nargiza va Rayhonoy ulardan keyin Iroda va Shohista
Razikovlar xonadoniga kirib kelishdi. Qizlar bir-birlari bilan quchoqlashib
ko'rishgach avvaliga kechlik qilishni ma'qul ko'rishdi
— Qizlarrr - dedi Nargiza nimadir xursand bo'lib
— Ho'sh nima gap opajon? - qizlar baravariga uning bu darajadagi
quvonchidan hayron bo'lib savol berishdi
— Hullas...
— Nargiza opa ataylabdan unaqa cho'zib gapirmang! Bunga toqat qila
olmayman bilasizku - dedi Shohista uning gapni cho'zayotganiga
asabiylashib
— Shohistamga qo'shilaman menga ham gapni dangalini aytadiganlar
yoqadi. Tezroq gapiring opajon - dedi Iroda Shohistani gapini ma'qullab
— Vayeyy bu qizlarni! Biroz ichingizni yoqmoqchi edim. Shungayam
shuncha asab - dedi Nargiza kulib, - Hullas mening gazeta uchun
tayyorlagan maqolam hammaga manzur kelibdi, endi unga mos
intervyu ham olishim kerakligini aytishdi - dedi Nargiza quvonchini
qizlar bilan bo'lishib
— Oxxo qanday ajoyib omad sizga - dedi Shohista
— Ishlaringizda omad opajon - dedi Iroda ham soddagina qilib
— Siz uchun xursadman bundanda katta yutuqlarga erishishingizga
ishonaman - dedi kelganidan buyon tuzuk quruq gapirmagan Rayhon
— Opajonim sizga ishongandim. Siz albatta katta cho'qqilarga chiqishga
erishasiz - dedi Feruza mayin jilmayib opasining qo'lidan tutarkan.
— Hammangizga raxmat qizlar
Nargiza ham shunday deya yana bir bor bunday singillari borligidan
sevindi. Darhaqiqat qizlar doim har qanday mavzudi bir-birlari bilan
maslahat qilishar hayotlaridagi har qanday o'zgarishlarni birga baham
ko'rishardi. Ajoyib suhbatlarga boy kechlikdan keyin ular Feruza aytgan
yangi o'yinni o'ynash uchun mahsus kampyuter xonasiga o'tishdi.
Ko'zlariga mahsus qurulmani kiyib endi o'yinga kirish tugmasini
bosishganida birdaniga kuchli tok urgandek hammalari hushlaridan
ketishdi va besh malak zulmatli olamga g'arq bo'lishdi....
Zulmat... Juda yoqimsiz narsa... Hech narsani ko'rmaslik, qayerda
ekaningni anglay olmaslik va o'lik sukunat... Bular doim inson vujudida
zarracha bo'lsin qo'rquv hissi uyg'onishiga sabab bo'lgan... Shu kabi
sukut va zulmatdan bezor bo'lgan Shohista sekinlik bilan ko'zlarini
ocharkan, xonadagi yorug'lik sabab qayta ko'zlarini qo'llari bilan
berkitdi. Sekinlik bilan bu yorug'likka o'rganar ekan, boshidagi og'riq
sabab o'rnidan turushga biroz qiynaldi. Xonaning butkul oq rangdan
tashkil topgani-yu, dorilarning yoqimsiz hididan kasalxonada ekanini
anglagan Shohista hayolida so'nggi voqealarni tahlil qilib, qolgan
yaqinlarini topish uchun tashqariga chiqdi va keyingi palatani tekshirish
uchun endigina eshik tutqichini ushlagan ham ediki, eshik tashqariga
ochilib Shohistaning boshiga tegdi. Shundoq ham boshidagi og'riqdan
asablari tarang bo'lgan Shohista eshikni ochgan kimsaga endi dakki
bermoqchi bo'lib qaragan edi, qarshisida o'zining quyoshchasi Irodani
ko'rdi. Uni ko'rgach biroz ko'ngli joyga tushgan bo'ldi-yu, uning sog'-
salomatligiga ishonch hosil qilib, u bilan birgalikda qolganlarni qidirishga
kirishdi va bundan ikki palata narida Nargiza va Rayhonni Feruzaning
behush tanasi tepasidan topishdi. Ming bir qo'rquv ila ularning oldiga
borgach Feruzaning terlab ketgan peshonasiga shu yerdagi tibbiy
yordam qutichasidan bint olib qalinroq qilib taxlashdi va namlab
Feruzaning peshonasiga bosishdi. Shundan keyin Feruza biroz
tinchlangandek bo'ldi-yu, lekin hamon ko'zlarini ochmagan holda "Oyi...
dada... yo'q... bunday bo'lishi mumkin emas... meni tashlab ketmang...
meni yolg'iz qoldirmang..." deya takrorlar, ko'zlaridan sekinlik bilan
yoshlar oqib chiqardi. Qizlar esa unga qarab turar, nima bo'layotgani va
nima qilishni bilmay halak edi.
*********
Kasalxona karidori bo'ylab bir qiz poshnasini taqillatgancha yurib borar,
qo'lidagi qog'ozlarga g'amgin boqar va nimagadir oldinga kayfiyatsiz
qadam bosar edi.
— Orzu - to'satdan ismini eshitgan qiz hayollar olamidan chiqib sekinlik
bilan orqaga qaradi
— Eshitaman aka. Nima deysiz? - dedi u qosh ko'zlari tim qora chiroyli
yigitga qararkan
— Nima qilmoqchisan? - dedi Begzod uning nima qilmoqchi ekanligini
bilsa ham
— Nima qilmoqchiligimni yaxshi bilib turibsiz! Ataylab so'ramang.
Shundog'am kayfiyatim rasvo! - dedi qiz asabiy
— Orzu balki kerakmasdir - dedi Begzod parishon
— Buni men xohlamadim. O'zlari xohladi! Bu ishda mening hech qanday
aybim yo'q. Men vazifamni bajarmoqchiman halos.
— Lekin Orzu ular buni qanday qabul qilisharkin? Bunga tayyor deb
o'ylaysanmi ularni?
— Akaa? Men ham tayyor emasdim... - dedi qiz og'ir yutinib, so'ng
gapini davom ettirdi agar malol kelmasa yonimda turing. Har xolda bu
‐
gapni ularga aytish og'ir... Ularning qabul qilishi esa bundanda og'ir...
Men buni juda yaxshi bilaman
— Ho'p singiljon... Faqat sen hafa bo'lmagin. Unut shularni... - dedi yigit
ham homush tortib
— Unut? Nimani nazarda tutyapsiz? Siz oddiygina unut deyotgan narsa
oddiy buyum yoki voqea emas! Ular tirik jon... Men uchun eng qadrli
insonlar... Ularni qanday unutaman? Qanday?
— Haligi men bunday demoqchi emasdim... Shunchaki hafa
bo'lmasliging uchun... Kechir... Yarangni yangilamoqchi emasdim...
— ..... U yarani siz yangilamaganingiz bilan, o'zim yangilayman... Bu yara
hech qachon bitmaydi... Bunga yo'l qo'ymayman...
— Lekin ko'nikishga majbursan... Ular uchun ham baxtli bo'lishing
kerak...
— Akaa xuddi ular endi yo'qdek gapirmang... Men ularni topaman. Xoh
bu dunyodan bo'lsin, xoh u dunyodan... Ungacha menga baxt, kulgu
harom...
— O'zingni bu qadar qiynashing shart emas Orzu!
— U holda boshqalarni qiynashimga to'g'ri keladi...
— Lekin...
— Aka qo'ying. Yaxshisi qizlarni oldiga boraylik... Hali ularga ham
bo'lgan voqealarni tushuntirishimiz kerak...
— Ho'p
Singlisining boshqa gaplashishni istamaganini anglab yetgan Begzod
shunchaki rozi bo'lib qo'ya qoldi. Aka-singil kasalxona karidorlari bo'ylab
yoqimsiz sukut ila tepa qavatga ko'tarila boshladi...
**** *****
Ular tepaga ko'tarilar ekan qizlar yotgan palatalarni birma-bir ko'zdan
kechira bishlashdi va oxiri ularni hammasini Feruzani palatasidan
topishdi. Feruza bu paytdi endigi qo'rqinchli tushdan cho'chib
uyg'ongan, ko'zlarida yosh mavjlangan, issig'i borligi yuzidan ayon edi.
Ularning bu ahvolini ko'rgan Begzod Orzuning hozirgi aytadiganlari
o'ylab o'zini yomon his qilar, Orzuning aytmasligini butun vujudi bilan
xohlardi. Chunki hozirgi gaplar har qanday qiz bola uchun og'irligini
Begzod o'zining singlisidek bo'lib qolgan Orzu misolida yaxshi bilardi.
Qizlar yonlariga kirib kelgan bu juftlikka hayron boqar ko'zlaridan "Kim
siz?", "Nega keldingiz?" deyotganlari ma'lum edi.
— Mening ismim Orzu. Sizlarniki Feruza, Shohista, Iroda, Rayhon va
Nargiza shunday edi a adashmasam? - dedi jim turishdan foyda
yo'qligini sezgan Orzu.
— Kim siz? Biz bu yerga qanday kelib qoldik? - dedi Nargiza singillarining
ahvoli yaxshi emasligi uchun o'zi savol berib
— Aytganimdek men Orzuman. Bu esa akam Begzod. Sizlar bu yerga
kelib qolganingizni boisi, kecha kechqurun ota-onangiz ko'rgazmaga
ketgan payt sizlar qandaydir o'yin o'ynamoqchi bo'lgansiz va
ko'zlaringizga maxsus moslamalarni taqqan paytingizda xushingizdan
ketgansiz. Yaxshilab eslasangiz o'zingiz ham hozir aytganlarimni eslaysiz
— Tog'ri - dedi qizlar sekin
— Ammo nega bunday bo'ldi? - qizlarning qiziquvchaligi ustun kelib
savol berishdi
— Hullas o'sha payt mamlakatimizga yangilar kelishgan va ular o'z
kuchlari yordamida elektr tizimida nosozlik keltirib chiqarishgan. Buning
asosiy sababi ham sizlarni vaqtinchalik haraksizlantirish bo'lgan. Keyin..
— Shoshmangchi, yangilar deganingiz kimlar? Qanaqa kuch? Nega bizni
harakatsizlantirishgan? Bundan maqsadlari nima? - dedi Shohista
doimiy shoshqoloqligiga borib
— Sen Shohistasan to'g'rimi? - dedi Orzu unga jiddiy nigohlar ila
qararkan
— Ha, ho'sh shunga nima? - dedi Shohista ham uning osmondan
tushgandek paydo bo'lib, tushunarsiz gapirishlariga sabri chidamay
— Shohista o'zingni bos - dedi Nargiza Orzuga hayron ammo jiddiy
boqarkan
— Uni o'zi aljirayapti opa qarang - dedi Shohista biroz tinchlangandek
bo'lib
— Shohistam eshitaylik biroz sabr qil - dedi Iroda o'zini sokin tutishga
urunib
— Ho'p quyoshcham jimman - dedi Shohista Iroda jilmayib boqarkan
— Demak tinchlanib olgan bo'lsangiz davom etsam. Yangilar bu yangi
voyaga yetgan sehrgarlar jamoasi. Ularning sizlarni
harakatsizlantirishlarining sababi esa sehr sehrni chorlaydi. Ya'ni ular
sizlarni hushsizlantirmasdan turib o'zlarining ishlarini bajara olmasdi
— Qanaqa sehr? Nimalar deyapsiz? Jinnixonadan qochmaganmisiz
mobodo? - dedi qizlar baravar
— Hali sehr nimaligini ham bilmasmidingiz - dedi Orzu atrofida oq rangli
nurlar paydo qilarkan
— Bu qanaqasi? Siz qanday... - qizlar endi savol berishmoqchi edi, Orzu
sehr yordamida atrofidagi manzarani o'zgartirdi va yana gap boshladi
— Hullas sizlarning ota-onangiz eng aslzoda sehrgarlardan bo'lishgan.
Lekin sizlar dunyoga kelganingizdan keyin ular bu kuchlaridan
ayrilishgan. Sababi bizda faqatgina eng yuqori tabaqalilar uchungina
ya'ni eng kuchli sehrgarlar uchungina farzand ko'rish mumkin deyilgan.
Sizlarning ota-onangiz esa ikkinchi darajalilardan bo'lishgan. Shu sabab
ham sizlar dunyoga kelganingizdan keyin ular o'z sehr kuchlaridan
mahrum bo'lishgan, lekin bu kuch sizlarga yanayam ko'proq bo'lib
o'tgan. Bu tabiat qonuni. Ikki kuchki sehrgar farzandi yanada kuchliroq
bo'ladi.
— Ammo bizda hech qanaqa sehr kuchi yo'q - dedi Rayhon Orzuning
gaplarini rad etib
— Qizaloq bu kuch sizlarda tug'ilganingizdan buyon mavjud bo'lgan,
shunchaki siz ulardan foydalanishni bilmaysiz - dedi Orzu jilmayib
— Ota-onalarimiz qayerda? - dedi Feruza Orzuning gaplarini hazm
qilishga urunarkan
— Ular.... - Orzu biroz jimib qoldi va Begzodning "Uddalaysan"
deyotgandek boqayotgan nigohlariga bir zum qarab olib, gapini davom
etdi - Ular sizlar hushsiz paytingizda yangilar tomonidan yo'q qilindi.
Sizlarni asrab qolishga bazo'r ulgurdik. Taziyamni qabul qiling - dedi
Orzu ularga achinib qararkan.
— Nima? Nimalar deyapsiz? - qizlar baravariga baqarib yuborishdi
— ...
— Yo'q qilindi? Bu bilan nima demoqchisiz? - dedi Shohista asabiy
— Ular o'lgan endi yo'q demoqchimisiz - dedi Iroda Shohistaning
gaplariga qo'shilib
— Taziyamni qabul qiling deganingiz nimasi? - dedi Rayhon Orzuga
jiddiy nigohlar ila boqarkan
— Tushuntiribroq gapir! Sehr deding, yangilar deding indamadik. Yo'q
qilishdi deganing nimasi? - dedi Nargiza huddi hammasiga Orzu
aybdordek unga nafrat ila boqarkan
— Yolg'on! Hamma hammasi yolg'on! Ishonmayman. Ishonmaymiz!
Eshityapsanmi senga ishonmaymiz! Mumkin emas ular... Ular yo'q
bo'lishi mumkin emas! - dedi Feruza g'azab bilan ko'zlarida mavjlangan
yoshlarni berkitishga urunib
— Sizlarga aytishim kerak bo'lganlarini aytdim. Qanday qabul qilish
o'zingizga havola! Vaziyatni to'liq anglab yetguningizga qadar bu yerdan
hech biringiz chiqib keta olmaysiz. Shunday ekan tezroq o'zingizni qo'lga
olasiz degan umiddaman! - deya Orzu Begzodni olab xonadan chiqib
ketdi va qizlarning ustidan qulflab qo'ydi. Keyin esa o'zining eski
xotiralarni eslab yig'lab yubordi...
Kimdandir judo bo'lish qanchalik og'ir? Yana u siz uchun eng qadrli, eng
aziz inson bo'lsa? Hayotingni mazmuni ular bo'lib, ularsiz hayoting
kislorodsiz yashashdek bo'lib qolsa qanchalar og'ir? Yetmaganiga
birdaniga ikkita yaqiningdan ayrilsang qanchalik og'ir? Bilasizmi? Agar
bilmasangiz siz uchun xursandman. Chunki bu og'ir juda-juda og'ir...
Ota-ona inson hayotida misli ikki buyuk tog'dek orqalarida savlat to'kib
turadi, shamol, to'fondan asraydi, mobodo yiqilgudek bo'lsang tutib
qoladi, qayta turishinga ko'mak bo'ladi... Lekin ular bo'lmasachi? Yolg'iz
qolsangchi? Seni bo'ron-u, to'fonlardan saqlovchi tog'laring yemirilib
yer bilan yakson bo'lsachi? Bunday paytda sen o'zing har qanday
bo'ron-u, to'fonga chidashinga to'g'ri keladi. Achinarlisi bunga hali sen
tayyor bo'lmaysan. Lekin bu hayot... Unga sening qanchalik kuchli yoki
zaifliging muhim emas... U baribir o'z bilgan yo'lidan yurib bizni turli
sinovlar ila sinaydi... Bu yo'ldan faqat kuchlilargina, sabrli,
bardoshlilargina tirik chiqadi. Ha aynan ular... Qizlar ham hozir aynan
shunday vaziyatda edilar... Ular tayyor emasdi... Ota-onalarisiz mustaqil
hayot kechirishga... Hayotning achchiq sinovlarini yolg'iz o'zlari yengib
o'tishga tayyor emasdilar... Lekin na chora bu taqdir... Uni o'zgartirib
bo'lmaydi... O'zgartirishga urunganimiz sayin vaziyatni battar
chigallashtirganimiz qoladi halos... Nargiza ham hozir juda og'ir ahvolda,
ovoz chiqarib dod solay desa singillariga dalda bo'lishi kerak, ularga
tirgak bo'lishi yupatishi kerakligini his qilar ich-ichidan qiynalib
ko'zlaridan unsiz yoshlar oqardi. Qizlar avvaliga bu voqeani sohta deb
hisoblashdi, keyin "Nega? Nega bunday bo'ldi?" deya to'palon
ko'tarishdi, dod solib yig'lashdi. Bir haftada tuppa-tuzuk jinniga
aylanishdi. Nargiza qizlarning bu ahvolidan battar qiynalar, yupatay
desa nima deyishni bilmas, o'zi ham kimningdir daldasiga muhtoj edi.
Vaqt... Vaqt har narsaga ko'nikishga majbur qilarkan... Oradan 2 hafta
o'tgach qizlar butkul jimib qolishdi. Endi ularda na yig'lashga, na janjal
ko'tarishga mador yo'q, holsiz edilar... Nihoyat 2 hafta deganda Orzu
yana ularning oldiga tashrif buyurdi
— Ho'o'o'sh qizlar? Ancha tinchlanib olibsiz! Endi gaplashib olarmiz a
balki? Yoki shu yerda abadiy qamoqda yashamoqchimisiz? - dedi Orzu
jilmayib
— Bizdan nima istaysan? - dedi Nargiza g'amgin ovozda
— Nihoyat men kutgan onlar... Demak gap bunday! Yangilar sizlarni
doimiy taqib qilishmoqda. Ular hozircha bu yerda ekaningizni
bilishmaydi. Lekin bilishgan onlari sizlarni yo'q qilishga harakat ya'ni
katta jang boshlanadi. Ma'lumotlarga ko'ra ular ham sizlar kabi beshlik.
Besh yigit. Ular kelishga va kuchli. Har holda tashqi taraflama shunday
deb eshitdim. Hullas yigitlar bilan muloqot qilishda ehtiyot bo'lishingiz
kerak. Bu eng asosiy qoida. Ular juda ayyor yana sohta muomalasiga
uchib yo'ldan adashib qolmang
— Bizni sehr kuchimiz qanaqa? Uni qanday yuzaga chiqaramiz? - dedi
Rayhon qiziqib
— Buni ertangi mashg'ulotlarda bilib olamiz. Buguncha yaxshilab dam
oling. Ertadan og'ir kunlar boshlanadi
— Sen nega bizga yordam beryapsan? - dedi Shohista o'zi uchun qiziq
bo'lgan savolni berib
— Umuman olganda bu meni vazifam. Ya'ni yangilarni himoya qilish.
Sizlarga hujm qilganlarda ham men kabi boshliq bor va yangilar uning
aytganlari orqali sizlarga hujm qiladi. Umuman olganda ikki yangi
bashlik qobilyatlaridan foydalanib kurashadi. G'olib eng yuqora
darajalilar safiga kiritiladi. Mag'lub esa avvaliga maxsus jazolar
yordamida qiynaladi, keyin qandaydir sinovli topshiriq bajaradi shunga
ko'ra uning darajasi aniqlanadi. Ammo ular hech qachon birinchi
darajalilardan bo'la olmaydi.
— Kurashishni istamaganlarga nima bo'ladi? - dedi Nargiza singillarga
bundayin havfni ravo ko'rmay
— Aytganimdek kurashmaganlar raqiblari tomonidan o'ldiriladi. Lekin
keyin ularga birinchi darajalilar tomonidan sehr yordamida qayta jon
berilib jahannam azoblaridan o'tadi - dedi Orzu mayin kulgusini
jiddiylikka alishtirar ekan
— Demak kurashish majburiy... - dedi Iroda o'ychan
— Umuman olganda bu hayot uchun kurashdek gap. Jon kerakmi?
Kurashasan. Kerak emasmi? Baribir kurashasan. - dedi Orzu o'z gapidan
o'zi miriqib kularkan
— Biz nima qilishimiz kerak? - Nargiza yana boyagi savolini takrorladi
— Dam oling, ertadan sehr kuchingizni o'rganishni boshlaymiz - deya
Orzu ularga chiroyli tabassum hadya qilgan holda chiqib ketdi.
********
— Orzu endi nima qilmoqchisan? - dedi Begzod singlisining haddan
ortiq sohtalashib ketayotgan yuz ifodasiga achinib qararkan
— O'yin boshlayman! Meni o'yin qilgan, azoblagan har kimni qilgan
ishlariga pushaymon qilaman! Shunday qilamanki o'z olamlari
boshlariga ag'dariladi! Barcha-barchasi mendanda ko'proq azoblanadi...
Bu mening Orzulik so'zim.... - dedi Orzu yovuzona jilmayarkan
********
— Dovud qizlar hech qayerda yo'q endi nima qilamiz? - dedi Asadbek
asabiy
— Asad sardor ularni qayerdaligini biladi. Shunchaki ular kuchlarini
boshqarishni o'rganishini kutyapti. O'zi qayoqdagi bir shallaqi qizlar
bo'lsa, aslida ular kurashishimizga ham arzimaydi. Ularning ota-onalari
sabab yetim qolganimizga ishongim kelmaydi - dedi Dovud o'ychan
— Seningcha sardor bizni aldamayaptimi? - dedi Feruz qiziqib
— Bunday bo'lishi mumkin emas! U biz uchun ancha mehnat qilgan,
omon qolishimiz uchun bor kuchini sarflagan, men unga to'liq
ishonaman va sizlardan ham shuni talab qilaman - dedi Dovud keskin va
qat'iyatli ohangda
— Sen bizga buyruq bera olmaysan! - dedi Javohir unga olaqarash qilib
— Ammo eng kattamiz va sardor bilan yaxshi aloqa qiladigan yagona
inson u bo'lgani uchun sardordan keyin unga bo'ysinishga majburmiz -
dedi Jamshid o'ychan
— Sardor bilan aloqasi "Yaxshi" - dedi Javohir istehzoli kulib
— Bas qiling, biz mashq qilishimiz kerak hozir - dedi Asad hozir aniq
janjal chiqishini fahmlab
— Nimasiga mashq qilamiz? O'sha qizchalar hali oddiy odamlar ishini
eplab bajara olmasa kerak! - dedi Feruz qizlarni mazahlagan ko'yi kulib
— Dushmanga past baho berish mag'lubiyatning birinchi belgisi - dedi
qayerdandir paydo bo'lgan kimsa jiddiy ovozda
— Sardor! Hush kelibsiz
— Hech hush kelmadim Dovud! Men sizlarga mashq qiling degandim.
Gap soting demagandim! - dedi kimsa g'azab bilan
— Ular bizga shundog'am zarar bera olmaydi - dedi Feruz kulib
— MEN SIZLARGA MASHQ QILASIZLAR DEDIM! - deya kimsa atrofida
qora nurlar tarqatib sehr kuchi yordamida Feruzni bo'g'ib tashladi
— Ho'p sardor. Feruzni nomidan uzur so'rayman uni qo'yib yubor. -
dedi Dovud ko'z qorachiqlari yumilib, tobora holsizlashib borayotgan
Feruzga achinib qararkan
— Uzur so'rash erkak kishiga emas! Joningiz kerak bo'lsa hech bo'lmasa
o'zingizni himoya qilishni o'rganing, menga aql o'rgatmay! - dedi haligi
kimsa jahl bilan Feruzni yerga uloqtirib
— Ho'p
**** *****
— Ho'sh qizlar tayyormisiz? - dedi Orzu qizlar yoniga ertalabdan kirib
kelarkan jilmayib
— Yo'q desak nimadir o'zgaradimi? - dedi Shohista ensasini qotirib
— O'zgarmaydi jonginam. Qani hamma men bilan - Orzu shunday deya
ularni olib qandaydir katta, keng va hech vaqosi yo'q zalga olib bordi
— Bu yerda nima qilamiz - dedi Feruza va Nargiza qiziqib
— Mashq qilamiz shakarlarim, mashq - dedi Orzu Shohistaning
qovog'idan qor yog'ayotganiga qarab jilmayarkan
— Piching qilmay gapirishni iloji yo'qmi? - dedi Iroda Orzuning ataylab
"Jonginam", "Shakarlarim" dehishidan asabiylashib
— Umuman olganda bor - dedi Orzu biroz jiddiylashib
— Tezroq maqsadga o'tsak bo'lmaydimi? - dedi Rayhon ularning
suhbatini hafsalasiz kuzatarkan
— Albatta. Demak hozir hammangiz ko'zlaringizni yumasiz, tinchlanib
olib, hayolan nimanidir o'ylaysiz. Masalan kapalak yoki gullar paydo
qilishni. dedi Orzu o'zining ilk sehrini esga olib. Shundan keyin barcha
‐
qizlar birin ketin ko'zlarini yumib, tinchlanishga uruna boshlashdi...
Tinchlanish... Miyyamizni butkul tozalab, barcha xotiralardan biroz
bo'lsin halos bo'lish, ichki hotirjamlikka erishish ba'zan juda mushkul
kechadi. Ota-onasidan yaqindagina juda bo'lib, kamiga sehrgar ekanini
eshitgan besh malakda ham bu jarayon uzoq vaqt davom etdi. Nihoyat
ancha urinishlardan so'ng eng avvalo Nargiza butkul tinchlanib hayolan
atrofida kapalaklar paydo bo'lishini chin qalbdan istab, katta-kon yam-
yashil dalada, qirmizi gullar bilan burkankan ajoyib maskanda o'zini
tasavvur qilib, o'sha manzarada kapalaklar bo'lishini ham juda istadi va
uning urinishlari ajoyib natija ko'rsatib Nargizaning atrofida avvaliga
olmosrang nurlar keyin esa huddi shu rangdagi qanotlari tovlanib
insonni o'ziga maftun qiluvchi kapalaklar ham paydo bo'ldi. Orzu uning
bu sehridan uning qobilyati qandayligini aniqlab oldi va mamnun
jilmaydi. Qolgan qizlar hali hanuz ko'zlarini yumib turar faqat Shohista
qo'llarini chalishtirib olgancha qizlarga hafsalasiz qarab turardi. Uning
fikricha Nargizaning atrofidagi kapalaklarni ham Orzu yaratgandi go'yo...
Nargizadan keyin Rayhonning atrofida binafsha ranglar tovlanib, huddi
shu rangdagi bir-biridan go'zal kapalaklar paydo bo'lishdi. Undan keyin
Irodaning atrofida moviy nurlar taralishni boshladi va ko'p o'tmay uning
sehridan moviy kapalakchalar paydo bo'ldi. Boshqalaridan farqli tomoni
kapalaklar Irodaning atrofida aylanib uni ko'rsatmay qo'yishdi. Shohista
va Orzu unga hayron boqib turar ekan, kapalaklar kamayib Irodaning
ustidagi oddiy libosi ajoyib moviy rangdagi, kalalaklar bilan bezatilgan
bejirim libosga aylandi. Orzu bu holatni ko'rib, Irodaning shunchaki
kapalaklarni emas, huddi Zolushkaniki kabi kapalaklar orqali ertaknamo
libos paydo qilishni istaganini anglab mamnun jilmaydi. Darhaqiqat
qizlarning har biri boshqa-boshqa olamda yashaydigandek edi. Iroda esa
doim ulardan ajralib turgan. To'g'ri u biroz kamgap bo'lishi mumkin,
lekin juda o'zgacha va mehribon qiz. Bunga yana bir bor amin bo'lgan
Orzu ko'zlarini yumgancha tinchlanishga urinayotgan, har qancha
urunmasin hayoliga so'nggi voqealar ota-onasidan judo bo'lgani, ularni
so'nggi bor bag'riga bosib, iforlariga to'ya olmagani yodiga tushayotgan
Feruzaning ko'zlaridan marjon yoshlar sizib chiqdi. Orzu uning tinchlana
olmayotgani, so'nggi yo'qotishlar, judoliklar sabab o'ziga kela
olmayotganini sezib o'z sehr kuchi yordamida unga baxtli xotiralar
yubordi. Orzuning qo'llaridan taralgan oppoq nur uchib borib
Feruzaning boshiga singgib ketgach u yig'lashdan to'xtab mayin
jilmaydi. Chunki endi uning hayollarida ota-onasi bilan o'tgan damlari
qayta jonlangandi...
"Qachonlardir... Feruzaning bolaligi...
Ajoyib gullar hidi ufurib turgan bog'da bir qizcha butalar orqasiga
o'tgancha kimdandir bekinib u yoq, bu yoqqa olazarak boqar, lekin
orqasidan kelgan ikki insonni umuman sezmasdi. U biroz vaqt atrofni
ko'zdan kechirib, hech kim yo'qligiga ishonch hosil qilgach, quvnoq
kayfiyatda orqasiga o'girilar ekan, yoniga to'satgan kelib qolgan ikki
insonni ko'rib baqirib yubordi
— Aaaaaaaaaaaaa
— AAAAAAAAAAAAAA - haligi ikki inson ham Feruza kabi baqirar ekan,
ikkisi birdaniga Feruzani bag'riga bosdi. Bu holatdan ularning barchasi
miriqib kular jajjigina Feruza ham ularning yosh boladek baqirganlari
uchun o'zini kulgudan tiya olmasdi
— Oyi, dada nega baqirasizlar? - dedi ularning bag'ridan chiqqan Feruza
o'zini kulgudan bazor tiyarkan
— Sen nega baqirsang biz ham shunga baqirdik - dedi dadasi kulib
— Ammo men hali jijina bo'lsam, shizlay kattashizku - dedi Feruza
doimiy bolalikni yoqib.
— Shunga nima qilibdi - dedi oyisi qizining huddi endi tili chiqqan
bolalardek gapirishidan miriqib kularkan
— Men qo'yqamankoooo - dedi Feruza erkalanib
— Bizdanmi - dedi dadasi ham qizining bu qilig'idan kulib
— Ha.. Ee yo'qqq. Boyingee shizlar meni adashtiyyapshiz - dedi Feruza
sohta arazni yoqib
— Ho'p. Yaxshisi bu yerda bizni jijina malikamiz nima qilyotganini ayt -
dedi dadasi biroz jiddiylashib
— Shizlaydan hapamam... Men bilan o'ynamayshiz... Doyimm ish ish
deyshiz - dedi Feruza hamon erkalanib gapirarkan
— Iyyy malikamiz bizdan hafa bo'libdi - dedi dadasi kulib
— Essiz biz unga sovg'a olib kelgandik - dedi oyisi ham sirli jilmayib
— Vayy urreee sovg'aaa - dedi Feruza xursandligidan sakrab
— Jinnivoy deya uni kuzatib turgan ota-onasi maktabga chiqqan
‐
bo'lishiga qaramay bolaligi qolmagan qizchasini bag'rilariga bosarkan..."
Feruza hayolida jonlangan ajib xotiralar sabab tinchlanishga muvaffaq
bo'ldi va ich-ichidan nimalarnidir o'yladi. Ko'p o'tmay uning atrofida qizil
nurlar paydo bo'ldi so'ngra esa qirmizi atirgullar butun zalni to'ldirib
yubordi.
— Ko'zlaringizni ochishingiz mumkin - dedi Orzu ularning ilk sehrlari
qoniqarli chiqqanidan mamnun bo'lib. Qizlar birin- ketin ko'zlarini
ocharkan o'zlarining atrofiga hayrat ila boqar, o'zlaridan taralyotgan
nurlar sabab ularda qandaydir hayojon paydo bo'lardi.
— Balki sen ham urunib ko'rarasan - dedi Orzu hamon qo'lini
chalishtirgancha ularga hafsalasiz boqib turgan Shohistaga qarab
— Shohistam men uchun iltimos - dedi Iroda ham Orzuga qo'shilib
— Ho'p - Irodaning iltimosi uchun istamaygina rozi bo'lgan Shohista
sekinlik bilan ko'zlarini yumdi. Qanchadir vaqt hayollarini yig'ishtirib
olishga urunib, nimalarnidir o'ylay ketdi. Ko'p o'tmay uning atrofida
ham izumrud yashil rangli nurlar paydo bo'ldi va kapalak, libos yoki gul
o'rniga qandaydir ajoyib izumrud toshlar paydo bo'ldi. Ularning har biri
o'zgacha jilolanar, jilolari esa har qanday insonni o'ziga jalb qilishga
qodir edi...
Qizlarning barchasidan ko'ngli to'lgach Orzu ularga ko'zlarini ochishga
ruxsat berdi va qizlar ko'zlarini ochib atrofdagi manzaradan, qirmizi
atirgullar, olmosrang va binafsha rang kapalaklar, Irodaning ustidagi
moviy Zolushkanikidek libos va no odatiy izumrud yashil rangdagi
o'zgacha jiloli toshlar, shuning o'zlaridan hali hanuz taralayotgan har xil
ranglar qizlarni hayratga soldi
— Demak, endi qobilyatlar haqida gaplashamiz tayyormisiz? - dedi Orzu
jilmaygancha
— Ya'ni bu ranglar, nurlar haqidami? - so'radi qizlar hayratlarini
yashirmay
— Deyarli ha. Hullas boshladim. Nargiza menimcha siz mendan 1
yoshga kattasiz. Shuning uchun opa deb atayman, umid qilamanki
qarshiligingiz yo'q. Hullas sizda olmosrang, bunday nur taratuvchilar
o'qko'ngil va haqiqatgo'y bo'lishadi, ularning boshqa sehrgarlardan farqi
shundaki ularni aldash juda mushkul. Faqat birgina holatda ularni
aldash mumkin bo'ladi bu ham bo'lsa ular sevib qolganda. Negaki sevgi
ko'zlarni bog'laydi, hislarga erk berishga sababchi bo'ladi. Aynan
shunday vaziyatlarda sizdagi sehr kuchi kamayadi va oddiy afsun
yordamida sizni aldash mumkin bo'lib qoladi. Bu haqida keyinroq
bafurja aytib beraman - dedi Orzu Nargizaga jilmayib boqarkan
— Albatta, nega bo'lmasin. Menga ham o'zimdan kichkinalar sensirab
gapirishi yoqmaydi. Ma'lumotlar uchun esa tashakkur - dedi Nargiza
ham Orzuga javoban jilmayib
— Arzimaydi. Ho'sh navbat Rayhonga. Sendan taralayotgan binafsha
rang nurlardan ayonki sen hammani osongina alday olasan. Ya'ni
sendagi qobilyat Nargiza opamning qobilayatlarining aksi. - dedi Orzu
o'ychan holda
— Tushunarli desam ham bo'ladi... - dedi Rayhon ham o'ychan
— Iroda... Sendagi qobilyat shuki sen xatiralarni ko'ra olasan va soxta
xotira yarata olasan - dedi Orzu Irodaga o'zgacha bir qandaydir mehr ila
tikilarkan
— Amalda bir necha bor tajriba qilib ko'rsak tushunib, o'rganib olsam
kerak - dedi Iroda o'ychan
— Ho'p. Demak Feruza. Sendagi qobilyat shuki sen kelajakni ko'ra
olasan. Tushunarliroq qilib aytadigan bo'lsam bashoratchidek gap.
Senga maslahatim ko'p ham ta'sirchan bo'lma. Chunki kelajak doim ham
porloq bo'lavermaydi. - dedi Orzu uning oddiy sehr ishlatishi ham qiyin
kechganini esga olib
— Harakat qilaman... - dedi Feruza biroz g'amgin va qo'rquv aralash
ohangda
— Ihmmm demak Shohista - dedi Orzu unga ataylab jilmayib boqarkan
— Nima? Nima deysan yana?
— Qobilyat... Sendagi qobilyat shuki...
— Hammaga salom salom. Orzu menga bir daqiqaga qarab yubor - Orzu
endi Shohistaning qobilyati haqida so'z ochmoqchi bo'lganida Begzod
kelib qoldi.
— Ketyapman Begzod nima gap? - dedi Orzu unga savol nazari bilan
boqarkan
— Holi gaplashib olsak degandim - dedi Begzod biror yomon xabar
aytadigandek
— Hih, o'rgildim bor ketaver - dedi Shohista Begzodning "holi gaplashib
olsak" deganidan ensasi qotib
— Shohistam shu asallaring boshqasiga saqlab qo'y ho'p, hali ko'ppp
asqotadi - dedi Orzu ham kesatib
— Bir kami sening aytganingni qilishim qolgandi o'zi - dedi Shohista
ko'zlarini uchirib qo'yib. Orzu esa unga javob bermasdan shunchaki
chiqib ketishni ma'qul ko'rdi.
— Ho'sh Begzod nima gap? - dedi Orzu tashqariga chiqarkan
— Opam Zulfiya... Ovqat yemayapti... - dedi Begzod o'ychan
— Yanami? - dedi Orzu ham bu gal qandaydir achinish bilan
— Ha... Balki o'zing borib ko'rarsan degandim... Har holda mendan ko'ra
ko'proq sen ularga yaqinsan... - dedi Begzod o'ychan
— Ho'p... - Orzu ham ho'rsinib javob berarkan Zulfiya opasi bilan
tanishgan onini va o'sha ayanchli voqeani esladi...
O'shanda Orzu hali kuchini to'liq anglab yetmagan yolg'izlik, e'tiborsizlik
sabab yomg'ir quyib turgan bir paytda kimsasiz yo'lning qoq markaziga
yotib olib, yuziga tinimsiz tomchilayotgan yomg'irlardan zavq olar va
ayni damda shu yomg'irlar sabab hech kim uning yig'layotganini
sezmayotganidan bahtiyor edi. Kutilmaganda yoniga kelib huddi u kabi
katta yo'lga yotib olgan inson sabab cho'chib ko'zlarini ochdi va yonida
ko'zlarini yumgancha yuzini yomg'irga tutib yotgan chiroyda tengsiz
qizni ko'rdi
— Salom... - dedi Orzu sekingina
— ....
— Siz bilan tanishmizmi? Kim siz? - dedi Orzu yana qiziqib
— Ismim Zulfiya tanish emasmiz... - dedi haligi qiz ko'zlarini ochmagan
ko'yi
— Nega bu yerda yotibsiz? - dedi Orzu hamon unga hayrat ila boqarkan
— Bilasanmi, meni tanishlarim Yag'mur deb chaqirishadi. Sababi men
yomg'irni yaxshi ko'raman va aynan yomg'ir ila dunyoga kelganman...
Orzu shu kundan keyin shu qiz bilan opa-singildek bo'lishni istadi va
bo'ldi ham. Lekin Orzu Zulfiyada hech qanaqa sehr kuchi borligini
ko'rmagach unga sehr haqida so'z ochmadi. Shunchaki uni masofadan
turib himoya qilishga uruna boshladi....
— Orzu bu sen so'ragan ma'lumotlar. - Begzodning ovozi Orzuni
hayollar olamidan chiqishga majbur qildi
— Qani bir ko'raychi, demak...
" Tursinboyeva Nargiza Baxodirovna. 21 yoshda. Yo'nalishi filologiya.
Yozuvchi bo'lmoqchi, jurnalistikaga ham qiziqishi bor.
Ismatillayeva Feruza Abduхalikovna. 20 yoshda. Pianino chalishga,
musiqaga qiziqadi. Mahoratli pianistka bo'lmoqchi.
Mannofxo'jayeva Iroda Abdufattohxo'jayevna. 20 yoshda. Tarix faniga
qiziqadi va shu fan bo'yicha o'qituvchi bo'lmoqchi.
Akbaraliyeva Rayhon Sharofiddin qizi. 19 yoshda. Xorij tillariga qiziqadi.
Ingliz, turk, nemis tillarini to'liq biladi. Hozir yana fransuz va koreys
tillarini o'rganyapti. Maqsadi tarjimon bo'lish.
Begmatova Shohista Jahongirovna. Tarix faniga qiziqadi. Arxeolog
bo'lmoqchi." - Begzod bergan qog'ozda shu kabi ya'na boshqa
ma'lumotlar ham bor edi. Orzu shulardan o'ziga keraklilarini o'qib, keyin
qizlarga "Ishim chiqib qoldi" deya Zulfiya opasining oldiga ketdi.
********
Tartibli, toza va did bilan bezatilgan xona derazasi oldida bir qiz
tashqaridagi odamalar oqimiga qarab o'tirarkan, yana o'tmish, yana
o'sha mudhish kun ko'z oldida jonlandi...
"O'tmish... Bir oy avval...
Zulfiya bugungi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rarkan, butkul o'zgacha
bo'lishni xohlar, hayotidagi bu kun ajoyib va unutilmas bo'lib o'tishini
chin dildan istardi. To'g'ri balki bu kun unutilmas bo'lib qolgandir, lekin
aslo ajoyib bo'lmadi. Zulfiya Orzuning gaplari-yu ma'lumotlarga e'tibor
bermay "U" bilan gaplashishda davom etdi. Nihoyat "U" bugun Zulfiya
"Senga aytadigan, muhim gaplarim bor. Soat 20:00 da *** shu joyga
kel" deya xabar jo'natdi. Zulfiya uning bu gapidan turmush qurishni
taklif qilsa kerak deb o'yladi, chunki "U" avval ham bir necha bor shu
taklifni bergandi. Shu sabab ham Zulfiya bu safar rozilik bermoqchi
bo'ldi va ajoyib tarzda tayyorlanib aytilgan vaqtda aytilgan joyga bordi.
U joy shahar chekkasidagi qandaydir yog'ochdan yasalgan ajib bir uycha
bo'lib, uy ichkarisi ajoyib tarzda bezatilgan, xonaning bir burchagida ikki
kishi uchun maxsus tayyorlangan stol qondek qizil vino va atirgul
barglari bilan bezatilgandi. Zulfiya ichkariga sekingina qadam bosarkan
"U" Zulfiyani qarshi oldi. Ular avvaliga birga biroz tanavvul qilishdi, keyin
esa birga raqs tushishdi. Hammasi ajoyib va ko'ngildagidek bir maromda
ketar faqat "U" ning qarashlari, nigohlar o'zga, ko'zlaridagi oldingi mehr
muhabbat umuman yo'q edi. Bir payt u qadahdagi vinoni ko'tarib
— Biz uchun - deya Zulfiyani ham ichishga undadi
— .... - Zulfiya umrida ichib ko'rmagan bo'lishiga qaramay, "U"ning "Biz
uchun" deganini eshitib ichishga majbur bo'ldi. Bir ammalab qadahidagi
vinoni ichib bo'larkan, xuddi kimdir ichida o't yoqayotgandek tanasi
qiziy boshladi
— Bilasanmi Zulfiya menga nima deganding? - savol berdi "U"
— .... Zulfiya unga tushunmayroq savol nazari bilan qaradi
‐
— Sen ijtimoiy tarmoqdan qandaydir asarmi, hikoyami hullas balo
battar o'qirdingku.... Nomi nima ediyaaa? "Mahbubim" midi? A yo'q
topdim "Iblis mahbubim" ha aynan shunaqa edi - dedi "U" g'alati
jilmaygancha
— ... - Zulfiya shunchaki jim "U"nga davom eting degandek qararkan
tanasi tobora qizib borar, biror harakat qilishga esa umuman madori
yo'q edi
— Bir kuni uchrashganimizda sen menga e'tibor bermay o'sha narsani
o'qib juda jahling chiqqandi. Nima bo'ldi deb so'raganimda esa "Iblis
Zulfiya ismli qizning nomusini toptab, majburan uylanganini keyin
Zulfiya uning iblisligidan xabar topganini, yetmaganidek shu iblisdan
farzandli ham bo'lib, o'sha iblisning haqiqiy xotini borligini payqaganini,
iblis esa Zulfiyani shunchaki farzandli bo'lish istagida o'z nikohiga olib,
farzandli bo'lgach o'z suyuklisi bilan birgalikda Zulfiyani zaharlab shol
qilib qo'yib, qonunan farzandini o'z tarbiyasiga olganini aytganding...
O'shanda o'zingni o'sha Zulfiya o'rniga takror takror qo'yib ko'rib, agar
menda ham shunday bo'lsa nima qilardim deya ko'p o'ylading. Zulfiya
sen chiroyli qizsan ammo mening orzuyimdagi emas. Men sen bilan
shunchaki garov uchun gaplashganman. Senga uylangan taqdirimda
ham, sendan shunchaki foydalanib, seni senga havasi ketgan
do'stlarimga topshirardim. Ammo menda birdan ajoyib fikr paydo
bo'ldi. Men xoh sohta bo'lsin, xoh chin munosabatlarimiz haqqi
hikoyadagi o'y hayollaring tugashini istadim. - dedi "U" ayyorona
jilmayarkan
— ... - Zulfiya shundagini qo'l oyoqlari haraklanmayotganini, o'ziga
bo'ysunmayotganini sezdi va o'z sevgilining gaplari og'ir botib ko'zlarida
yosh mavjlandi
— Mana senga ajoyib imkoniyat. Endi bemalol o'sha hikoyangdagi
Zulfiya nimalarni his qilganini tasavvur qilishing, to'g'rirog'i aniq
bilishing mumkin. Chunki endi sening ham ahvoling huddi o'sha
Zulfiyanikidek. Ammo bitta farq men iblis emasman... - dedi "U" aqldan
ozdirar darajada jilmayarkan
— "To'g'ri sen iblis emassan, undan ham battarsan!" - Zulfiya shu
so'zlarni hayolidan o'tkazdi-yu, lekin ovoz chiqarib aytmadi. "U" esa
Zulfiyani tashlab, unga havodan bo'sa yo'llagancha jilmayib uyni tark
etdi..."
Zulfiya shularni o'ylab o'tirar ekan derazaga yomg'irning zaif tomchilari
kelib urilayotganini ko'rib yuziga siniq tabassum yugurdi. Orzu kelgach
uning tashqaridagi yomg'ir tomchilarining hech bir tashvishsiz quvnoq
kayfiyatda o'ynoqlab derazaga urilayotganidan zavq olayotganini sezib,
sekingina yoniga borib derazalarni ochdi. Shu on xonaga behorning
o'zgaruvchan mayin havosi yomg'ir sabab namlanishga ulgurgan
yerning ajib hidi bilan birgalikda kirib keldi. Boyadan buyon ichkariga
kira olmayotgan o'ynoqi yomg'ir tomchilari ham huddi shuni kutib
turgandek, derazadan ichkariga kirib Zulfiyaning qo'llari va yuzlariga
tomchilay boshladi. Zulfiya esa bundan zavq olib ko'zlarini yumdi va
Orzu bilan tanishgan kunini esladi. O'sha kuni ham huddi bugungidek
yomg'ir yog'ib turgandi...
"— Nega bu yerda yotibsiz? - dedi Orzu hamon unga hayrat ila
boqarkan
— Bilasanmi, meni tanishlarim Yag'mur deb chaqirishadi. Sababi men
yomg'irni yaxshi ko'raman va aynan yomg'ir ila dunyoga kelganman
‐
dedi Zulfiya o'ziga hayron boqib turgan ko'zlarga qarab jilmayarkan. —
Aslida o'zing nima qilyapsan yomg'ir mahali katta yo'lni o'rtasida - dedi
Zulfiya qoshlarini chimirib
— Bilasizmi, men charchadim... Bardoshim yetmayapti... Ortiq
kurashishga madorim qolmadi... - dedi Orzu ko'z yoshlarini berkitish
uchun atay qilayotgandek yuziga tinimsiz kelib tushayotgan yomg'ir
tomchilaridan zavqlanib.
— Nimadir bo'ldimi? Menga aytib bera olasanmi? - dedi Zulfiya yomg'ir
tagida yig'lab yotganiga qaramay telbalardek kulayotgan qizga qarab.
— Bir kun albatta aytib beraman... Agar ungacha yonimda bo'lsangiz... -
dedi Orzu unga "Siz ham meni tashlab ketmang" deyotgandek iltijo ila
qarab. Hayot juda qiziqda, ba'zan yaqinlarimizdan ko'rmsgan mehrni
o'zgalardan izlashga majbur bo'lamiz. Orzu ham hozir huddi shu kabi
Zulfiyadan mehr kutar, hech bo'lmasa u yonida qolishini istardi..
— Albatta, xohishing - dedi Zulfiya ham uning ichidagilarni bilgandek
yupatishga urunib - Yomg'irni nega yoqtiraman bilasanmi? - dedi u yana
Orzuni tushkunlikdan olib chiqish maqsadida jilmayib
— Bilmasam, men nimanidir yaxshi ko'rishim uchun hech qanday sabab
kerak emas. Shu jumladan yomg'irni yoqtirishimni ham aytarli sababi
yo'q. Siz nimaga yoqtirasiz - dedi Orzu ham tushkun holidan chiqib,
mayin jilmaygancha
— Otmishda urushlardan keyin, qizil qonga burkangan yerlarni tozalash
uchun kelgandek, qonning yoqimsiz hidi va qo'rqinchli ko'rinishini yo'q
qilib yomg'ir yog'gan... Hozirgi kunda esa unday urushlar yo'q. Lekin
yomg'ir bor... Yomg'ir huddi tozalash hususiyatiga egadek tuyuladi
mening nazdimda. Chunki u avval yerlarni tozalagan bo'lsa, hozir
o'zining mayin va o'ynoqi tomchilari ila insonlar qalbidagi nafrat-u
alamlarni, jamiki salbiy hislatlarni yuvib yuborgandek bo'ladi...
Qalbimizni ezgulik va baxtga to'ldiradi. Bu huddi qishning ayovsiz
qahratonidan ezilib ketgan urug'larning, bahorning yomg'irlari ila qayta
ildiz otib, unib chiqishidek gap... Shunchaki yomg'irdan zavq olishni
bilsak bas... - dedi Zulfiya yomg'ir og'ushida jilmayib
— Fikrlashingizga tan bersa arzidi ekan - dedi Orzu kulib - Men bunday
fikr yuritishga ham erinib shunchaki yaxshi ko'rishni afzal bilaman - dedi
u to'xtovsiz kularkan
— Umuman olganda fikrlashim unchalik ham yaxshi deya olmayman -
dedi Zulfiya o'ziga yarasha kamtarlik bilan. - Ammo sening uslubing ham
yaxshi. Hayotni shunchaki sevib, uning har onidan zavqlanish har
kimning ham qo'lidan kelmaydi - dedi u mayin jilmayib
— Haaa, men tanxomanda - dedi Orzu yana kulib
— Ko'rinib turibdi - dedi Zulfiya ham biroz oldin ko'z yosh qilib, hozir
huddi hech narsa bo'lmagandek kulib hazil qilayotgan qizga hayron
boqib...."
— Nimalarni o'ylayapsiz? - dedi Orzu hayollar og'ushida kezib yurgan
opasiga
— Tanishuvimizni... - dedi Zulfiya hayollar olamidan chiqarkan jilmayib
— Unutilmas onlar... - dedi Orzu ham shivirlab
— Ha to'g'ri... Sening o'zingni tinimsiz maqtab "reklama" qilganingni
unutib bo'larkanmi? - dedi Zulfiya mazza qilib kularkan.
— Shuni ayting - dedi Orzu soxta arazni yoqib, lekin ko'p o'tmay o'zi
ham kulib yubordi. Keyin Orzu bir amallab Zulfiyani ovqatlanishga
ko'ndirdi. Zulfiya o'sha voqeadan buyon kamgap bo'lib qolgan,
gaplashsa ham faqat Orzu bilan gaplashar, uning ko'ngliga ozor
bermaslik uchun barcha injiqliklariga, shartlariga ko'nardi.
*****
Qizlar Orzu ketgach o'zlari mustaqil sehr qilishni o'rganishni xohlab,
mashq zalida qolishdi. Ko'p vaqt o'tmay zal chiroqlari biror xavfdan
darak berayotgandek qo'rqinchli o'chib yona boshladi. Shu on qizlarning
boshida kuchli og'riq turdi va hushlaridan ketishdi. Oradan qancha vaqt
o'tgani noma'lum, qizlar ko'zlarini ochganlarida o'zlari yolg'iz har biri
har xil begona joyda yolg'iz turishardi. Ular atrofga bejo qarab opa-
singillarini hech bo'lmasa Orzuni izlab qararkan qayerdandan mayin va
yoqimli ovoz eshitildi:
"Vertual olamga xush kelibsiz"
Orzu zalga qaytgach qizlar yo'qligini ko'rib, Begzod ishini yakunlaganini
sezib jilmayib qo'ydi va kamyuterini olib nimalarnidir ko'zdan kechirib,
nimalargadir ulandi va ekranda Orzuning chehrasi paydo bo'ldi.
*****
Qizlar hali hanuz qayerga borishini bilmay najot kutayotgandek atrofga
qarar, ovoz qayerdan kelganini aniqlashga urunar ekan birdan
qarshilarida Orzuning chehrasi paydo bo'ldi va u gapira ketdi
" Tadammmm. Najot kutyotganmidingiz? Orzu yordam xizmati
qarshingizda. Hahahaha... Hullas sizlar Vertual olamdasiz. Shohista buni
bilishingizni men ham bilaman ensangni qotirma... Hullas sizlar u yerda
tajriba orttirasiz. Sizlarga beriladigan topshiriq oddiy. Bir-biringizni topib
chiqish moslamasiga bir tomchidan qonlaringizni tomizasiz va yana
mening yonimdasiz hammasi juda oddiy. Shunchaki ungacha atiga tirik
qolishingiz kerak. U joyda hayollaringizga erk berishni maslahat
bermasdim. Chunki hayolingizdagi narsa shu ondayoq qarshingizda
paydo bo'ladi. Umuman olganda hayol qilmang shunisi foydaliroq,
chunki shundog'am u yerda mahluqlar yetarlicha. Qo'rqizmoqchi
emasman-u lekin u yerdagi odamlar oddiy inson emas, shu sabab ham
hech kimga ishonmang. Keyin yana bir gap joningizni asrashga uruning
chunki ular sanoqli. Huddi "Jumanji" kinosidek, hahaha. Ko'rganmidingiz
o'zi? Qo'llaringizdagi chiziqchalar joningiz ularni asrang. Haya yana bir
gap, o'zingizga uy emas mustahkamroq qasr tasavvur qiling, chunki
boshpanasiz yarim soatga bormay o'lib ketasiz. Oddiy uyingizni esa eng
zaif mahluqlarim ham bir oyoqda ezg'ilab tashlashga qodir. Ha mayli
vaqt tugadi hayr. Darvoqe Shohistam orqamdan qarg'ama hafalashib
qolamiz aaa" - Orzu so'zini yakunlab mazza qilib kularkan yoniga Begzod
keldi
— Seningcha ular tirik chiqa olishadimi?
— Jon kerak bo'lsa ha bo'lmasa yo'q - dedi Orzu beparvolarcha
— Tobora hissizlashib ketyapsan sezyapsanmi? - dedi Begzod unga
achinib qararkan
— Menga unaqa qarama. Bu hayot kuchlilarniki. Yo o'ldirasan, yo
o'lasan. Menga birinchisi ma'qul yoqmasa sen ham ketishing mumkin
ularni yoniga. Vertual olamda joy ko'p - dedi u Begzoddan jahli chiqib
— Bu bilan ket demoqchimisan? Senga shunchalik axamyatsiz
ekanmanda? - dedi Begzod uning gapidan hafa bo'lib
— Begzod men senga kel deb yonimga chaqirib olmaganman, ket ham
demayapman. Men hech kimga bunday demaganman, o'zlari kelishadi,
o'zlari ketishadi - dedi Orzu beparvolarcha
— Bir kun yana oldingi Orzuga aylanasan degan umiddaman - dedi
Begzod chuqur xo'rsinib
— Unday niyatim yo'q...
********
"Shohista orqamdan qarg'ama hafalashib qolamiz" emish hih o'grildim
sendaqa sohta mehribondan - deya Shohista oldidagi toshni tepib
yubordi va u nimagadir borib tegdi — O'zimni balolar uyasi deb
o'ylardim aslida sen ekansan asl balo. Hayotimizga kirib kelganingdan
buyon tinch o'tgan kunimni eslolmayman - dedi Shohista
beparvolarcha. Lekin shu payt orqasidan kelayotgan sovuq va kuchli
nafasdan tanasini sovuq ter bosib ketdi. Ming bir qo'rquv ila orqasiga
qaragandi bahaybat ko'zlari qib-qizil panterraga o'xshash ammo
undanda qo'rqinchliroq mashluqni ko'rib yuragi tovoniga tushib ketdi.
Shu on o'sha toshni tepganiga la'natlar aytdi. Bir on qo'rquvdan qaltirab
turar ekan ko'zlarini yumgancha Orzuning gaplarini esga oldi va butun
vujudi bilan qadimiy mustahkam qasr paydo bo'lishini istadi. Sekin
ko'zlarini ochib qarar ekan o'zidan biroz narida tog'lar bag'rida qadimiy
qasr paydo bo'lganiga guvoh bo'ldi, shu on orqasidan qo'rqinchi ovoz
eshitib bor kuchi bilan o'sha qasr tomon yugura ketdi. Qasrga endi
yetay deb tuganida mahluq unga tashlandi va oyog'ini tishlab oldi.
Shohista uni bor kuchi bilan tepib qasr ichkarisiga kirdi va eshikni
qulflab tashlab chuqur-chuqur nafas oldi.
**********
Nargiza Orzuning gaplarini tahlil qilar ekan Shohistaga aytgan
gaplaridan tinimsiz kular qayerga yurishini bilmay boshi qotgandi. Keyin
nima bo'lsa bo'lar deya to'g'riga qarab keta boshladi. Hayolan Orzu
aytgandek o'zi uchun qasr tasavvur qilar ekan ko'p yurmasdan bulutlar
orasiga berkingandek uzoqda bir qasrga ko'zi tushdi. Qasr atrofida
Nargiza o'ylaganidek oq kabutarlar uchib yurar va bu qasrga o'zgacha
ko'rk bag'ishlardi. Nargiza uni ko'rgach hech bir ikkilanishsiz qasr tomon
yura boshladi. Qasrga kelgach esa qasr darvozasini qulflab qasrni
o'rganishga kirishib ketdi.
***********
Iroda Orzuning gaplarini tahlil qilib bo'lgach eng avvalo Shohista bir
ishkalni boshlamasinda deya o'ylab qo'yib, keyin hech qanday o'y
hayollarsiz o'z orzuyidagi qasrini tasavvur qilishga kirishib ketdi va u
ham ko'p yurmasdan turib, tog'lardan oqib tushayotgan suv oqib
o'tuvchi ko'ldan olib o'tuvchi ko'prikdan sal nariroqdagi ajoyib qadimiy
qasrga ko'zi tushdi. Qasr atrofida oppoq yakkashoxlar o'tlab yurar va bu
qasrga o'zgacha husn baxsh etardi. Iroda ham hech ikkilanishsiz qasrga
borib joylashdi.
***********
Rayhon ham Orzuning gaplarini o'ylar, uning maqsadi nimaligi haqida
turli tahminlar qilar ekan orqasidan kuzatib kelayotgan kimsani
payqamasdi. Kuzatuvchining ehtiyotsizligi sabab singan shoxning
tovushidan hayollarini jamlab olgan Rayhon qandaydir odamsifat
mahluq o'ziga o'ljasiga tashlanmoqchi bo'lgan bo'ridek qarab turganini
ko'rdi-yu, nima qilishni bilmay qoldi. Uning toshdek qotib qolganidan
foydalangan mahluq yoniga kelib endi uning qonini ichmoqchi bo'lgan
paytida Rayhonning miyyasiga Orzuning qobilyat haqida aytgan gaplari
tushib, ishonchsiz ammo qo'l kelishi mumkin bo'lgan ishni qildi va o'sha
mahluqqa qarab sirli jilmayib
— Meni qo'yib yubor, yordamingga muhtojman... Qornim ochdi menga
ovqat topib kel - deya ayyorona jilmayar ekan uning atrofida binafsha
nurlar tarala boshladi va mahluq hech bir so'zsiz bosh chayqab ko'zdan
g'oyib bo'ldi. Rayhon uning ketganiga amin bo'lgach chuqur ux to'rtib
qo'ydi va tezda qasr tasavvur qilishga kirishdi. Ko'p o'tmay uning
oldidan ertaknamo bir qasr chiqdi. Qasrga eltuvchi yo'l bo'ylab ko'l oqib
o'tgan va unda tanho oqqush juftidan ayrilganiga aza tutgandek g'amgin
suzib yurar, qasr tepasida esa kamalak paydo bo'lgan bo'lib bu ham
qasr ko'rkiga ko'rk qo'shib turardi.
***********
Feruza Orzuning gaplaridan keyin uzoq vaqt bir joyda haykaldek qotib
qoldi. Chunki u yolg'izlikdan juda qo'rqar doimo yaqinlari yonida
bo'lishga o'rganib qolgandi. Hademay kech kira boshlaganini payqagan
Feruza ko'z yoshlarini artib, qasr topishi kerakligini o'ylab joyidan siljidi
va o'z qasrini tasavvur qilib, bir butanining orqasiga o'tgandi, bulutlar
ustida qad ko'targan bejirim qasrga guvoh bo'ldi. Qasr atrofidan
sharshara oqib tushar, hammayoqni oppoq bulutlar qoplagan va aynan
o'sha bulutlar orasida yolg'iz kema dengizda adashib qolgan insondek
suzib borardi...
****
"Yosh umr zanjiri uzildi-ketdi,
Yo'l tugab, yotoqqa borar vaqt yetdi.
U shunday bir yerki, yo'qdir istiqbol,
Na unda mangulik, o'tmish va kamol,
Na unda ehtiros, intizorlik bor,
Na shuhrat, na yig'i va nomus-u or.
Bir yerki, xotira, uyquda abad,
Yurak ham tor va zax tobutda behad, –
Qurtlar kemirishin sira sezmaydi.
Bo'ldi. Bu tashvishlar jonimga tegdi.
Nahotki, ko'ngilsiz suronli ishrat,
Nahotki, o'ylarda behuda zulmat,
Nahot, aqli oshib bo'lgan u nodon,
O'ziga binosi baland olomon,
Nahotki, qizlarning soxta sevgisi,
O'lim oldidan ham maftun qilg'usi?
Nahotki, men yana yashash istasam
Qalbimga to'lsin deb ilgarigi g'am
Va shunda muhabbat? Ey Parvardigor,
Bilarding, bardoshim yetmaydi zinhor!
Mayli, meni quchsin butun jahannam,
Xursandman, xursandman, azob cheksam ham,
Qiynalsam ham mayli, ikki bor ko'proq,
Faqat odamlardan bo'layin yiroq...."
Orzu butunlay kitobga berilib, haqiqiy hayotdan hayolot olamiga o'tib
qolarkan Begzodning ovozi uni yana haqiqiy olamga qaytardi...
— Qanday she'r o'qiyapsan?
— O'lim...
— Nomi shunaqami? - dedi Begzod hayron bo'lib
— Ha - dedi Orzu hali hanuz kitobdan bosh ko'tarmay va yana sekin
shivirladi "Faqat odamlardan bo'layin yiroq..."
— Biz oddiy odam emasmiz... - dedi Begzod o'ychan
— Ammo bu qancha qiyinchilik, azob, dard, sitam bo'lsa hammasiga
chidaydi degani emas... Sehrgar ekanligimiz bizdagi aqldan bo'lak
narsani oshirmaydi...
— Lekin...
— Zulfiya opamda nima gaplar - Begzod hali gapirishga ulgurmasidan
Orzu mavzuni o'zgartirdi
— Sen ketgach yana o'sha holiga qaydi... Lekin ahvoli yaxshi... Doktorlar
yurib ketishiga umid bor, lekin o'zi buni xohlamayapti deyishdi... - dedi
Begzod kuyunchaklik bilan
— Ular sendan cho'chiganlari uchun ham aldashgan. Doktorlar
opamning kasali davosiz ekanini tan olib bo'lishgan... Buni bir hafta
avval opamni yoniga borganimda ularning xotirasidan ko'rib bildim... -
dedi o'ychan pichirlab
— Qizlarda nima gap? - dedi bu safar Begzod mavzuni o'zgartirishga
harakat qilib
— Hozircha tinch... Shunchaki mening "asalcham" sho'xlik qilyapti - dedi
Orzu Shohistaning mahluqdan qochganini eslab jilmayarkan
— Shohistani aytyapsanmi? - dedi Begzod hayron
— Huddi o'zi - dedi Orzu hamon kularkan
— Boshqalar-chi?
— Boshqalarda tinchlik. Haya Rayhoncha aqlli chiqib qoldi... - dedi Orzu
Rayhonning qobilyatidan foydalanib vampirni alday olganini eslab
kularkan
— Nega bunday deyapsan? - dedi Begzod hech kimni maqtamaydigan
Orzu Rayhonni aqlli deganidan hayratlanib
— Shunchaki, ilk kundanoq vampirni alday oldi... Ya'ni qobilyati
yordamida - dedi Orzu jilmayib, Begzod ham uning gapiga javoban
jilmayib qo'ydi...
**********
Feruza ertaknamo qasrini ko'zdan kechirarkan, hayolan o'zi uchun
ajoyib va ertaknamo xona tasavvur qildi va u tomon harakatlandi. O'z
tasavvur olamidagi bejirim xonasiga kelarkan biroz kuy chalgisi keldi va
xonada o'zi uchun mahsus pianino paydo qilib uni chalishga kirishdi.
Feruzaning barmoqlari pianino klavishlar ustidan mayin harakatlanar
ekan butun qasr bo'ylab takrorlanmas musiqa sadolari yangradi...
*********
Nargiza o'z qasrini o'rganib chiqarkan qizlarni qanday topishi
mumkinligi-yu bu yerdan qanday xavfli mavjudodlar borligi ularni
qanday yengish mumkinligi haqida to'liq bilib olish maqsadida
kutobxona ishlashga kirishdi. Qasr zinalari bo'ylab tepaga ko'tarilar ekan
yo'lak oxiridagi xona negadir uni o'ziga jalb qildi va sekinlik bilan u
tomon yura boshladi. Ko'ngli sezganidek bu xona eski va qadimiy
kutubxona bo'lib chiqdi. Nargiza esa o'ylab o'tirmay kitoblarni saralab
mutoala qilishga kirishib ketdi...
*******
Iroda o'z qasrini kezib yurarkan negadir biroz chalg'igisi, bu olamdan
hayotidagi so'nggi voqealardan biroz bo'lsin uzoqlashgisi, shu tobda
bahorning mayin yomg'irlari ostida huddi oldingidek qo'llari yozib
turishni butun vujudi bilan istadi. Shu payt tashqaridan qandaydir
narsaning bir maromda tomchilashi eshitila boshladi va Irodaning
miyyasiga yana Orzuning hayollar haqidagi gapi esiga tushib, yuziga
mayin tabassum yugurdi va tezda tashqariga otilib chiqdi. Kutganidek
tashqarida yomg'ir bir maromda huddi o'simliklar, daraxt va gul
barglarini erkalagandek yog'ardi. Iroda ham qasrning keng maydonining
o'rtasiga turib olgancha qo'llarini keng yozib, ko'zlarini yumgancha
yomg'irdan zavq olar, o'zini butalar orasidan kuzatib turgan bir juft qizil
ko'zlarni hatto sezmasdi ham...
*******
Rayhon qasriga yetib kelgach boyagi odamsifat mahluq, aniqrog'i u
doim kinolarda ko'radigan vampirdan qutulganiga xursand bo'lib, biroz
uxlash maqsadida yotishga joy qidirib qasr zinalaridan ko'tarilar ekan bir
zumda osmondan tushgandek paydo bo'lib qolgan boyagi vampir
qarshisida ekanini ko'rib, qo'rqib orqaga bir qadam tashlagan edi hamki
zinalardan qulab ketishiga sal qoldi, ammo qulashga ulgurmasidan avval
belidan tutgan baquvvat qo'llar tufayli qo'rqibgina ko'zlarini ochdi.
Qarshisida yana o'sha vampirni ko'rgach unga nafrat ila qarab, o'zini
o'nglab oldida, uni itarib yubordi...
***********
Shohista qasriga kirarkan, "Beozor" mahluq sabab yaralangan oyog'iga
malham qo'yish uchun biror dori qidirishga kirishib ketdi. Bir amallab
o'yog'idan chiqqan qonlarni yuvib, bog'lab olgach, doimiy orzusi
bo'lmish arxeologiyasi yodiga tushub ketdi. O'zi aslida qasrining haroba
ko'rinishini ham shuning uchun istagan Shohista yaranlangan oyog'i
sabab cho'loqlanga holda biror bir tarixiy narsa izlashga kirishib ketdi.
Qasrga bo'ylab yurarkan e'tiborini bir ajoyib va naqshinkor vaza tortdi.
Endi o'sha vaza yoniga borib, ushlab ko'rmoqchi edi hamki, vaza ichidan
kattakon qop-qora ilon vishillab bosh chiqardi. Shohista uni ko'rib yuragi
tovoniga tushgan bo'lishiga qaramay, asta boshiga urub "Ilon ilonni
yemaydi, to'g'rimi?" deya shivirlab qo'ydi...
Shohista ilonga qaragancha hamon harakatsiz turarkan, ilon
vishillagancha vazadan chiqib, uzun va qo'rqinchli tilini chiqarib u
tomon kela boshladi. Shohista oyog'idagi yara va yana qandaydir ichki
ovoz tufayli bu safar hech qayerga qochmadi shunchaki joyidan jilmay
turaverdi. Ilon uning yonginasiga kelarkan qo'rqovdan ko'zlarini yumib
oldi, u o'zini-o'zi ruhan hozirgi ilonning chaqishi, achish va shu on o'lib,
Orzu aytandek qayta tirilishga tayyorlar ekan qayerdandir huddi ilonniki
kabi vishillash eshitildi va ilonning sudralib-sudralib o'zidan
uzoqlashgani eshitildi. Shohista sekin ko'zlarini ochib qararkan boyagina
o'zini chaqishga tayyor turgan bahybat qora ilon qosh-ko'zlari tim qora,
kipriklari uzun va qayrilma, sochlari ham qosh-u ko'zlariga monand tim
qora chap tarafiga qayrilib, bir tekis taralgan, umuman olganda hozirgi
kunning eng kelishgan modellaridanda kelishganroq yigit ilon tilida
nimalardir deb haligi ilonni erkalatar, ilon ham go'yo bundan zavq
olardi.
— Ixm... Ixm... - negadir qasrida begonalarni ko'rishni tahmin qilmagan
Shohista sekin tomoq qirib qo'ydi.
— Yolg'ondan tomoq qirmasang ham shu yerdaligingni bilamiz - dedi
haligi yigit hamon ilonni erkalab silarkan Shohistaga qiyo boqmay...
*********
Nargiza kitob mutoala qilishdan biroz toliqib, qandaydir no odatiy biror
kitob izlashga kirisharkan, kutubxona markazidagi o'zidan yorqin nurlar
taratayotgan, barcha kitoblardan ajralib turgan kitob uning e'tiborini
tortdi. U kitobga yaqinlasharkan "Nega kelgan paytim ko'rmadim" deya
hayol qildi. Endi kitob qarshisiga kelib unga qo'l cho'zmoqchi bo'lgan edi
hamki orqasidan notanish ammo yoqimli ovoz yangradi
— Unga tegishni maslahat bermayman... - Nargiza ovoz chiqqan
tomonga sekin qarar ekan, ming bir hayolga bordi. Qo'rquv ila orqasiga
o'girilgan edi hamki qarshisida "U" ni ko'rib ko'zlariga ishonmadi...
*********
Iroda yomg'ir tagida shalabbo bo'lgach, kiyimini almashtirishga qaror
qildi va o'zi uchun kiyim qidirib qasrni ko'zdan kechira boshladi. Nihoyat
bir xonadan o'ziga mos liboslar topib, endi kiymoqchi bo'lgan bir paytda
qasr tashqarisidan judayam baland va qo'rqinchli ovoz eshitildi. Iroda
bu ovozni eshitgach og'ir yutunib qo'yib, xona derazasidan tashqariga
qarar ekan o'ziga termulib turgan kattakon bir juft qizil ko'zlarni ko'rib
daxshatga tushdi. Ko'zlar qadimiy ajdarlarga o'xshab ketadigan
mahluqqa tegishli bo'lib, uning olgan har nafasi derazadaga yoqimsiz
tovush chiqarib urilar, go'yo u hozir ichkariga kirib Irodani yeb
qo'yadigandek qo'rqinchli nafas olar, Irodaga o'ljasiga tashlanishga
tayyor vaxshiy mahluqdek boqardi...
************
Feruza pianinosini chalib bo'lgach biroz dam olish uchun yotoqqa yotib,
shiftga termulgancha opa-singillaridek bo'lib qolgan qizlarga nima
bo'lganini o'ylab uzoq vaqt uxlay olmay yotdi. Qachon, qanday uyquga
ketgani noma'lumku lekin ko'zlarini yuziga urilayotgan sovuq nafas
tufayli ochdi va ming bir qo'rquv ila atrofga qararkan o'zining mutlaqo
boshqa bir joyda ekanligining guvohi bo'ldi.
— Malikamiz uyg'onibdida - notanish kimsa Feruzaning yonida
yotgancha sochlaridan silarkan aqldan olar darajada sirli jilmaydi
— Siz... Siz kimsiz? Men qanday bu yerga kelib qoldim? Qayerdamiz? -
Feruza umuman notanish bir yigit yonida yotgani uchun ming bir
qo'rquv va turli o'ylar ila unga yosh mavjlangan ko'zlari bilan qaradi
— Yig'lama malikam sen o'z qasringdasan, shahzodangni yonida -
notanish yigit yoqimsiz jilmayib, o'rnidan turib, unga yaqinlasha
boshldi...
**********
— Sen bu yerda nima qilyapsan? - dedi Rayhon bugungi kunini rasvo
qilgan tahminiy vampiriga nafrat ila qararkan
— Ovqat - dedi haligi yigit o'ziga nafrat ila qarab turgan Rayhonga
qo'lidagi yeguliklarni ko'rsatib. Rayhon uning gaplarini eshitib boya o'zi
aytgan gapiga pushaymon bo'ldi.
— Raxmat ketishing mumkin - dedi Rayhon jerkib
— Meni shunchaki hayday olmaysan qizaloq - dedi u Rayhonning
bilagidan tutib
— Qo'yyib yubor meni - dedi Rayhon asabiylashib
— Avval menga kimligingni aytasan! - dedi haligi yigit uni stulga
bog'lash bahonasida
— Aslida sen kimsan? - dedi Rayhon ham unga bo'sh kelgisi kelmay
— Bu yerda ilgari qasr yo'q edi... Qoning ham negadir g'alati... - dedi u
Rayhonning gaplarini eshitmagandek beparvolarcha hayol surib, — Kim
san? Bir savolni ikki bor takrorlashni yomon ko'raman! - dedi u
Rayhonni stulga bog'lab bo'lgach uning ko'zlariga tikilgancha
— Ammo takrorlading! - dedi Rayhon unga jilmayib boqarkan sehr
kuchi yordamida arqonni yechishga urunib
— Kutyapman! - dedi u asabiy
— Shunday qilishimnimi? - deya Rayhon sehr kuchi yordamida uni sal
nariroqqa uchirib yubordi, lekin hali sehridan to'liq foydalana olmasligi
sabab haligi yigitga hech narsa bo'lmadi...
**********
"....Xursandman, Xursandman, azob cheksam ham....
..... Faqat odamlardan bo'layin yiroq..." - Orzu sekin shivirlab o'zining
sevimli she'rini aytib o'tirarkan yoniga doimgidek Begzod keldi
— Qizlarni kuzatyapsanmi? - dedi Begzod biror yangilik bormikin deya
qiziqib
— Yo'q, tinch yurishgandir... Ularning har qadamini kuzatib
o'tirolmayman - dedi Orzu o'ychan
— To'g'riii - dedi Begzod huddi biror narsa so'rashga
botinolmayotgandek atrofga bejo qarab
— Nimadir demoqchimisiz? - dedi yoqimsiz sukutdan asabi buzilayotgan
Orzu akasiga zimdan qararkan
— Ha, to'g'rirog'i so'ramoqchiman - dedi u o'ychan
— Ho'sh?
— Yangilar... Ular vertual olamda bo'lishi mumkinmi? - dedi Begzod
qiziqishini yashirib o'tirmay
— U olamni men yaratganman, ular kirishi mumkin emas. Umuman bu
olam haqida siz va mendan bo'lak hech Kim bilmaydi - dedi Orzu unga
tushuntirishga urunib
— Tushunarli - dedi Begzod savoliga javob olgach quruqqina... – Ammo
kirishi mumkinmi? - dedi Begzod yana savolini takrorlab
— Yo'q! Agar shunday bo'lgan taqdirdada eng avvalo men xabar topgan
bo'lardim. Ustiga-ustak vertual olamga kirish eshigi bitta va u ham
maxsus kodlar va sehr yordamida himoyalangan - dedi Orzu bu safar
to'liqroq izoh berib...
**********
— Tushunmadim mening qasrimda menga behurmatlik qilishga nima
haqqing bor? Kim san o'zi? Menga qara senga gapiryapman! - dedi
Shohista jahldan tutaqib
— Kimligimni aytsam tanisanmi zaxaroy? - dedi haligi yigit Shohista
tomon o'grilarkan jilmayarkan
— Taniman deganim esimda yo'q - dedi Shohista ensasini qotirgancha -
Men kim san dedim, nima karmisan? - dedi u qasridagi begona yigitning
hurmatsizligidan hamon asabiylasharkan
— Yaxshisi kelishgan yoqimtoy yigit ekansan tanishmoqchiman deb
qo'ya qol zaxaroy, uyalishing sharmas to'g'rimi Snake - dedi u boyagina
Shohistani chaqishga shay turgan ilonni erkalab
— Snake? Nima aqldan ozganmisan? Kelishgan emish, boqotlik
qirolidan farqing yo'qku! - dedi Shohista unga so'z jangidayoq
yengilishni istamay
— Shunaqa bir rus multfilmi bor edi. Botqoqlik qiroli va bir kampir
haqida. Sen bu gaping bilan o'zingni kampirga chiqaryapsanmi? Zaxaroy
jaaa unaqa qari ko'rinmaysan, nari borsa 52 yosh - dedi u hoholab
kulgancha
— Endi bunisi ortiqcha!
Shohista shunday deya unga zumrad yashil rangli nurlarini zarb bilan
jo'natdi va haligi yigit ancha nariga uchib ketdi. Uning yiqilganini ko'rgan
bahaybat iloni bo'lmish Snake egasi sodiq holda uni himoyalashga
kirishib Shohista tomon vishillagancha tezlik bilan sudralib kela
boshladi. Shohista ilonga ham sehr yo'llay boshladi, lekin sehri doim
huddi ilon yo'qdek tanasiga singib ketar, ammo shuning o'zi ham
ilonning jahlini chiqarishga yetib ortardi. Boshining devorga qattiq
urilgani bois ko'zlari bir necha daqiqada ochgan haligi yigit vafodor
iloning notanish qizga yaqinlashayotgani, qizning esa yana haykaldek
qotib qolganini ko'rib tezda ilon tilida bir nimalar deb shivirlay boshladi,
lekin bu paytdan ilonning jahli eng yuqori darajaga yetgan, boz ustiga
Shohistaning oldiga ham borib bo'lgandi...
*******
— Sennn! Sen... axir... qanday? Bu yerga qanday kelib qolding? - dedi
Nargiza "U" nga hayrat ila boqarkan
— Seni kuzatib keldim jonginam... Bilasanmi seni juda sog'indim. Balki
sen ham meni sog'ingandirsan aa? - dedi "U" Nargizaning sochlarini
ohista silarkan
— Qo'lingni tort! Yaqinlashma menga, yo'qsa... - Nargiza "Sehrdan
foydalanishga majbur bo'laman" demoqchi bo'ldi-yu, lekin negadir ayta
olmadi
— Yo'qsa nima? Derazadan sakraysanmi? Tova bilan boshimga
urasanmi? Haya bu yer oshxona emasku aa? Balkim kitob bilan urarsan?
2987 qavatda ajoyib qalin kitoblar bor, o'shalar bilan bir tushursang
hushimdan ketishim aniq, lekim bir muammo bor. Ularni ko'tara
olasanmi? - "U" shunday deya Nargizani mazah qilgancha kula boshladi
— Men senga bu yerda nima qilyapsan dedim! - dedi Nargiza ustidan
kulishida ortiq bardoshi yetmay
— Sen unaqa demading. Sen " Sennn! Sen... axir... qanday... Bu yerga
qanday kelib qolding?... " deding - dedi "U" Nargizaga taqlid qilgancha
tinimsiz kelarkan. – Haliyam o'sha damlarni unuta olmayotgan
ko'rinasan aa? Istasang seni o'sha onlarga qaytarishim mumkin! Qara
kattakon qasr, sen va men - dedi "U" takror Nargizaga yaqinlashar ekan
— YETAR! - o'tmish xotiralari qayta hayolida jonlangan Nargiza
ko'zlarida mavjlangan yoshlar bilan ovozi boricha baqirib yubordi,
natijada undan kuchli olmosrangli nurlar taralib kutubxonadagi barcha
kitoblar ag'darilib tushdi. "U" esa sehr kuchi sabab kitob javonlaring
singan taxtalari orasiga uchib ketdi. Nargiza esa ko'zlarini yumgancha
unsiz yig'lab yubordi...
**********
Iroda hamon o'ziga qarab turgan qandayligi noma'lum ajdarsimon
mahluqqa boqarkan qalbida qandaydir qo'rquv hissi uyg'ondi, lekin
negadir oyoqlari ongiga bo'ysunmay, deraza tamom harakatlana
boshladi. Uning harakatlaridan hayratlangan mahluq ham endi biroz
sekin nafas olar, go'yo o'z ovqatini sokinlik ila tamaddi qilishni
istayotgandek jimib qolgandi. Iroda deraza yoniga sekin va mayin
qadamlar ila borar ekan, uni ohistalik bilan ochdi va qo'rquvdan
qaltirayotgan qo'llarini mahluq tamom uzatdi. U hozir nima qilayotgani
o'zi ham bilmas, tanasida go'yo boshqa bir ruh bordek ongiga
bo'ysunmas edi...
**********
— K.ii.m..s.ii..z? - dedi Feruza o'ziga yaqinlashayotgan yigitga qo'rquv ila
boqarkan
— Aytyapmanku shahzodangman deb! - U shunday degancha
Feruzaning ko'z yoshlarini arta boshladi
— Ism... Ismingiz kim? - dedi Feruza hamon qo'rquv sabab yig'larkan
— Miledy nahot bo'lajak umr yo'ldoshingiz, shahzodangizni ismini
bilmasangiz? - dedi u Feruzaga qoshlarini chimirgancha boqar ekan
— Qanaqa miledy? Qanaqa malika? Qanaqa shahzoda? - dedi Feruza bu
safar jahl bilan
— Feyza! Nahotki meni tanimayotgan bo'lsang! Senga nima bo'ldi? -
dedi u Feruzaning yelkalaridan tutib siltagancha
— Yana qanaqa Feyza? Men Feruzaman! Fe-ru-za! - dedi Feruza uning
tushunarsiz gaplaridan asabiylashib
— Bilaman, Feruza ekanligingni! Axir o'zing ismingni Feyzaga
o'zgartirishimizni so'raganding-ku? - dedi haligi yigit Feruzaning
gaplaridan hayratlanib, keyin yana davom etdi - Baloniyam
unutmagansan! Feyzam o'zimning ta'sirchan, mehribon malikam
boshqa meni bunaqa qo'rqitma ho'p - dedi u Feruzani bag'riga bosarkan
— Men rost aytyapman! Kim siz? Men bu yerga qanday kelib qoldim?
Nega menga bunaqa muomala qilyapsiz? Nari turing mendan! - deya
Feruza u yigitni o'zidan nariga itarib yubordi
— Feyza axir bu men! Sen sevgan, suyukli insoning, sevgiling ALI - dedi
Ali ismini baqirgancha aytib...
**********
— Demak sehrgarman degin! - dedi u o'zini o'nglab olgach Rayhonga
yaqinlasharkan
— Men demadim! Sen aytding! - dedi Rayhon ensasi qotib
— Meni kimligimni bilasanmi? - dedi u Rayhonning qarshisida turgancha
uni boshdan oyoq ko'zdan kechirar ekan
— Vaysaqi kampir! - dedi Rayhon beparvolarcha
— NIMA DEDING? - Rayhonning gapi uning jahlini chiqarib, u Rayhonni
bo'g'ib oldi. Uning peshonasi, bo'yni va qo'llari bo'ylab bo'rtib
chiqayotgan qop-qora tomirlar va gapirganida aniq ko'rinib turuvchi
so'yloq tishlariga qarab, nafas yetishmayotganligi Rayhon siniq jilmaydi
va
— Kutganimdek vampirsan! Aqlimga balli! - Rayhon shunday deya uning
ko'zlariga tik qaragancha jilmaydi
— SENNN! Hali shuni bilish uchun meni "Vahsaqi kampir" dedingmi?
Shuning uchunmi? GAPIR, SHUNING UCHUNMI? - u oxirgi so'zlarini
judayam baland ovozda aytgancha Rayhonni siltab tashladi. Yerga
muvozanatsiz qulagan Rayhon tezda o'rnidan turgancha, kiyimlarini u
yoq bu yoqdan qoqib qo'ygandek bo'ldi-yu, keyin jilmaygancha uning
ko'zlariga tikilib
— Ha shuning uchun! - deya beparvolarcha jilmayib javob berdi
— Jahlim bilan o'ynashma qizaloq! Oxiri attang deb qolma yana! Nega
bunday qilding? - dedi u asablarini tinchlantirishga urunarkan
— Nima qilish qilmaslikni senday so'ramayman! Nega unday qilganimga
kelsak, senga izoh berishga majbur emasman vampirzoda! - dedi
Rayhon ko'zlaridagi nafratni yashirmagan holda...
*********
O'ylama, rahmimga sazovor deb, yo'q,
Garchi qayg'ulidir so'zlarim biroz,
Tortgan azoblarim bo'lsa-da qattiq,
Ular cho'ng kulfatdan bir elchi, xolos.
Yoshman dilda jo'shqin kuylarim bordir,
Bo'yronday bo'lmoqni istayman har dam,
U bilan qalbim bir, azoblarim bir, –
Koshki bir bo'lsaydi qismatimiz ham!..
Izlayman unday erk va unutlikni,
U kabi bolacha ishq ichra kuydim.
Sevdim tog' shafag'i, ko'pirgan suvni,
Yer-ko'kda uvlagan bo'ronni suydim.
Halovat izlayman u kabi faqat,
Bir fikr dastidan osuda on yo'q.
Orqaga qarayman – o'tganlar daxshat ;
Oldinga qarayman – bir aziz jon yo'q!
— Yana boshladingmi? - dedi Begzod yolg'iz qoldi deguncha she'r
o'qiyotgan Orzuga hafsalasiz qarab
— Nimani? - dedi Orzu beparvolarcha
— She'rlarni aytyapman! Qachon kitob o'qishga bu darajada qiziqib
qolding? - dedi Begzod unga kesatib gapirarkan
— Men oldindan qiziqardim. Shunchaki siz sezmagansiz! Bunda mening
aybim yo'q... - dedi Orzu o'ychan
— Kimning she'rlarini o'qiyapsan bu safar? - Begzod uning kayfiyati
joyida emasligi sezib chalg'itishga urundi
— Lermontov... - sodda va aniq javob berib qo'ya qoldi Orzu
— Nimani o'ylayapsan? - dedi Begzod jimlikdan zerikib
— She'rdagi sartlar va uning hayotga bog'liqligini...
— Qanday ekan? - so'radi Begzod tushunmay
— "Orqaga qarayman – o'tganlar daxshat
Oldinga qarayman – bir aziz jon yo'q.." – deya Orzu she'rning so'nggi
misralarini takror o'qida va – Xulosa o'zingizdan ya'ni qanday tushunish
va hayotga aloqasi bormi, yo'qmi, bu sizga fikrlaringizga bog'liq - deya
javob berdi
— Tushunarli.... Qizlarda nima gap? "Asalchang" nima qilyapti? - dedi
Begzod uning kayfiyatini ko'tarishga urunib
— Qizlarda natija men kutgandan ko'ra ancha yaxshi, sehr qilishni ham
deyarli o'rganib olishdi, ammo jahl sabab foydalanishyotgani biroz
salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin... - dedi Orzu o'ychan
— Nega jahl qilishyapti? Qanday ta'sir? - dedi Begzod umuman
tushunmay
— Hullas, ularning har biri uchun maxsus yigitlar jo'natganman, ular
sabab qizlar jahlda. Jahl sabab sehrdan foydalanish esa yaxshilikka olib
kelmaydi!
— Ho'ppppp... Yangilar nima bo'ldi? - doimgidek savol berdi Begzod
— Bilmadim... Hozircha ko'rinish berishmadi...
— Tushunarli. Balki Zulfiya opamdan xabar olarsan.
— Nega? Tinchlikmi? - dedi Orzu opasining ismini eshitgach biroz
jonlanib
— Shunchaki biroz chalg'ib kelarmiding... - dedi Begzod o'ychan
— Istamayman! Hozir borsam aniq tergov, keyin sud undan keyin Oliy
sudga borishimga to'g'ri keladi - dedi Orzu kulimsirab
— Jinni - dedi Begzod ham uning gapidan miriqib kularkan....
*******,**
— Dovud sardor bilan aloqa bormi? - dedi Feruz doim bir joyda o'tirib
mashq qilishdan zerikkach
— To'g'ri qizlar qayerga yo'qolibdi? Nimadir demadimi? - dedi Javohir
ham Feruzning gapiga qo'shilib
— Aloqa bor. Qizlarga kelsak yaqin orada ularning sehr kuchini
sezmabdi. Kutishimizni aytdi. - dedi Dovud qisqa va aniq javob berib
— Shunday o'tiraveramizmi? Men bir joyda o'tirishdan zerikdim! - dedi
Feruz norozi ohangda
— Biz ham - Jamshid va Asad unga qo'shildi
— To'g'risi men ham ko'ngilxushlikka yo'q demasdim - dedi Javohir
jilmayib
— Ho'shshsh boshliq nima deysiz? - dedi Feruz Dovudga ayyorona
jilmayib boqarkan
— Sardordan boshimiz baloga qoladi - dedi Dovud o'ychan
— Qo'ysangchi shu sardoringni! O'ldirganida shu kungacha o'ldirgan
bo'lardi. Nima hayotimizni saqlab qoldi, bizga ko'p yaxshilik qildi deb bir
umr uning chizgan chiziqlaridan chiqmay yashaymizmi? - dedi Feruz bu
safar jahl bilan
— Feruzning gapida jon bor, bir aylanib kelsak zarar qilmaydi - dedi
Asadbek, Javohir va Jamshid ham ularning gapiga qo'shilishdi
— Demak bir ovozdan hamma rozi, faqat sen qolding boshliq - dedi
Feruz Dovudga
— Soat nechchi? - dedi Dovud umuman kutilmaganda
— 21:49 - javob berdi Javohir
— Ho'p aylansak aylanibmizda! - dedi Dovud kulib
— Qayerga boramiz? - so'radi Jamshid
— Barga - dedi yigitlar bir ovozdan, keyin o'zlarining gapidan o'zlari
kulib yuborishdi
— Ha boshliq, og'zing qulog'ingda? Hozirgina sardordan boshimiz
baloga qoladi deyotganding-ku? - dedi Feruz mazza qilib kulayotgan
Dovudga yuzlanib
— Ha nima? Bir chiroyli, qomatlari kelishgan hurliqo bo'lsa yo'q
demasdim - dedi Dovud kulib
— Boshliqni gapini qarangga.... U shunday deb tursa biz qayerga ham
borardik - dedi Jamshid kulib, uning gapiga hammalari baravar kulishdi.
Keyin esa barchasi hozirlik ko'rib, shaxardagi eng gavjum bar tomon yo'l
olishdi...
Yigitlar klubga yetib kelishar ekan to'g'ri barmenni oldiga borishdi va
eng o'tkir ichimliklardan buyurtma berib icha boshlashdi. Endigina 2
stakanlarini qo'llariga olgan paytlarida qayerdandir klub kapalaklari
uchib kelishdi va ularning oldilarida qo'nishdi. Ular kabi kelishgan,
kiyinishidan ham anchagina boyligi ma'lum bo'lgan bu besh yigit
shunday mashhur klubda juftsiz qolishi ham g'alati aslida... Hullas qizlar
kelgach ular klub tepasidagi maxsus stollardan biriga o'tirib
ko'ngilxushlik qila boshlashdi. Kapalakchalar ham ha deganda
ketaqolmay ularga ichimlik quyib berib ha deb sukalishar, yigitlar ham
anchadan buyon tashqariga chiqib bir yayrab dam olmagani uchun ham
tashvishsiz ular bilan birga dam olar, ora-sirada o'zaro jirkanch yoqimsiz
hazillar qilib miriqib kulishar, zerikdik deguncha pastdagi o'smirinlar
bilan to'lgan davraga qo'shilib, huddi ular kabi qiyshayib o'zlaricha raqs (
agar buni raqs deb bo'lsa ) tushishardi. Nihoyat ular raqsdan ham
charchab stollariga qayta o'tirgan bir payt kapalakchalarga til kirib qoldi
— Jovohhhh akooooooooo? Bugun men bilan qolasizmi - dedi
Jovohirning yonidagi qiz unga suykalgancha
— Javoh akooosi qolasmi yonida - dedi Jamshid Javohirning yonidagi
qizga taqlid qilib
— Qolaqol, haramingdagi bir go'zalga bir kechangni sovg'a qilaqol
Javohir sulton - dedi Feruz ham Jamshidning gapidan miriqib kularkan
hazil qilib
— Sizchi? Siz qolmaysizmi? Meni bu yerda yolg'iz tashlab ketasizmi? -
dedi Feruzni yonidagi qiz ham suykalgancha
— Ooo Feruz sen ham qol - dedi Jamshid ularning ustidan miriqib
kularkan
— Asadbek Dovuddddddd sizlar ham qoling, Jamshid ham qoladi
to'g'rimi - dedi Dovudni yonidagi qiz "Dovud" ismini ataylab cho'zib
talaffuz qilarkan, Jamshidga kelganda unga bir ko'zini qisib qo'yib
— Men yo'q demadim - dedi Jamshid uning gapidan kulgacha yonidagi
qizning sochlaridan silarkan
— Biz ham - dedi Feruz, Javohir va Asad unchalik ham mast
bo'lishmasada yoqimsiz iljayib
— Jonnnnnnnnnn siz qoldingiz - dedi Dovudni yonidagi qiz unga
erkalanib
— Go'zalim seni tashlab ketishga ko'zim yetarmi? -dedi Dovud uning
sochlarini silagancha
— Ya'ni qolasizmi? - dedi u yana erkalanib, suykalarkan
— Albatta.... Yo'q! Ishlarimiz bor bugun lekin keyingi safar albatta
qolaman... Ee yo'q qolasan! Uyimga chaqirsam kelasanmi? - dedi Dovud
ham ayyorona jilmayib
— Siz chaqirasiz u men bormaymanmi jonnn? - dedi u nozlanib
— Kelishdik. Lekin bugun ketishimiz kerak xafa bo'lish yo'q-a - dedi
Dovud uning to'q mallarang sochlaridan silab
— Ho'p lekin yana ko'rishamiz-a? Va'da berdingiz?! - dedi u hadeganda
ketaqolmay
— Albatta go'zalim, albatta.
Dovud shunday deya ichimliklar va kapalakchalar uchun hisob-kitob
qilib yigitlarning qarshiligiga qaramay ularni klubdan sudragudek bo'lib
olib chiqdi va
— Aqldan ozganmisiz? Hamma narsaning ham chegarasi borda! Bir
kecha qolarmish?! Yana nima qilasizlar? Shundog'am bu ishlarimiz
sardorga yetib borsa bormi....
— Yana boshlandi... - dedi Feruz asabiy sim tortilgan tosh ustinni
mushtlab
— Balki biroz ko'ngilxushlik qilarmiz? - dedi Asad klubdan chiqishganiga
qaramay
— Ya'ni - dedi Javohir tushunmay
— Bu safar nima qilamiz? Shunday qizlardanda ortiqroq ko'ngilxushlik
bo'ladimi? - dedi Jamshid Dovudning asabiga tegish barobarida jilmayib
— Shu qizlardan yana so'z ochsangiz tilingizni uzib olaman! Pul uchun
nimalar qilishmaydi-ya bular! - dedi Dovud asabiy
— Sizlarga kim qizlar dedi? Aslida bundanda ajoyib narsalar bor! - dedi
Asad ayyorona jilmayib
— Ezmalanmay gapir! - dedi Feruz jahl bilan
— Trassaga boramiz! Ana senga ko'ngilxushlik-u ana senga adrenalin! -
dedi Asad quvonchdan ko'zlari chaqnab
— Umuman olganda menga yoqdi bu taklif - dedi Feruz mayin jilmayib
— Bizga nima bo'lsa ham rozimiz faqat o'sha la'nat tekkan joyga yana
bir muddat qaytmasak bo'ldi - dedi Javohir ensasini qotirib
— Qo'shililaman - dedi Jamshid uning gaplarini tasdiqlab
— Doimgidek sen qolding boshliq - dedi Feruz Dovudga "Rozimisan"
degandek qarab
— Men...
Dovud gapini yakunlamasdan yonlaridan kimdir sharpadek katta tezlik
bilan o'tib ketdi.
— Siz ham sezdingizmi? - dedi Asad atrofga olazarak boqib
— Jimmm - Dovud sekin shivirlab hammaga jim bo'lishga ishora qildi.
Lekin hech narsa sodir bo'lmagach ular e'tibor bermagandek yo'llarida
davom etib trassaga yo'l olishdi. Ular trassaga yetib kelisharkan o'zlari
uchun alohida mashinalar tanlashdi va poyga chizig'iga turib start
berilishi bilan katta tezlikda mashinalarini haydab ketishdi. Shartga ko'ra
trassani uch bora aylanishi kerak bo'lgan yigitlar, ikkinchi aylanada
o'zlariga qo'shilgan butunlay qora rangli mashinalar sabab birin ketin
poygadan chiqib qolishdi. Feruz va Jamshid eng oldinda ketarkan,
orqada qo'lga tushgan Asad, Dovud va Javohirni ko'rib ularning do'st
emasligini anglashdi, anglashdi-yu ammo endi kech bo'lgandi. Chunki,
ularni ham oldindan, ham orqadan qurshovga olgan qora
mashinalardan notanish kimsalar tushib, hali o'zlarini himoyalashga
ulgurmasidan Feruz va Jamshidni ham xushsizlantirishdi va mashina
bagajlariga joylab qayerlargadir haydab ketishdi. Yigitlar ortilgan
mashinalar o'rmon tomon katta tezlikda harakat qilib borar ekan
kutilmaganda o'zlari ham qurshovga uchrab qosh ko'zlari tim qora
kelishgan yigit boshchiligidagi jamoa tomonidan o'ldirildi va bu besh
yigit yana boshqa mashinalarga "yuklatilib" qayta shahar tomon yo'l
olishdi. Shaharga yetib kelgach mashinalar qandaydir ko'zdan pana
joydagi ombor yoniga borib to'xtadi va mashinadagi odamlar tushib
besh yigitni qoramol go'shti shundayligicha osilib turgan uzun
temirlarga qo'llaridan osig'liq qilib bog'lashdi. Kutilmaganda omborga
yana bir kimsa kelib haligi yigitga ularni uyg'otishni buyurdi va o'sha
yigitning odamlari so'zsiz besh yigitning ustidan bir chelak muzdek suv
sepib yuborishdi. Katta kuch bilan sepilgan suvlar yigitlarning burni va
qulog'idan kirib ular yo'tala-yo'tala ko'zlarini bir amallab ochishdi va
qarshilaridagi kimsani ko'rib ko'zlari ham hayrat ham qo'rquvdan
kattalashib ketdi...
— Sa.sardor - dedi Dovud og'ir yutinib
— Ooo unutmabsizda janobi oliylari - dedi kimsa jahl bilan qo'pol tarzda
— Bu nima deganingiz sizni unutib bo'larkanmi? - dedi Asad yolg'ondan
muloyim gapirib
— Ha shu unutib bo'larkanmi har qadamda taqib qilib yurasiz-ku - dedi
Feruz ming'irlab
— Eshtaman Feruz?! - dedi kimsa Feruzning ming'irlashidan
asabiylashib
— Hech nima - dedi Feruz keskin unga bosh ko'tarib qarar ekan.
— Sizlarni nima kutayotganini bilsangiz kerak a yigitlar bu ishingizdan
keyin? - dedi haligi kimsa ayyorona jilmayib
— ....
— Demak bilasiz - dedi u yigitlarning jimligini ko'rgach, ularning o'ziga
bo'lgan qo'rquvini his etib o'zidan mag'rurlangancha jilmayib, – Avvaliga
bir akvariumga solib ko'ring, kislorodsiz qancha vaqt tura olisharkin,
keyin elektr stulga o'tkazing necha volt kuchiga bardoshlari yetarkin,
keyin yaxshilab savalang, oyoqlarining tagini ham shunday savalangki
qaytib yura olishmasin, yo'q yura olishsin faqat hozircha yurmaganlari
ma'qul. Hullas o'lib qolishmasa bo'ldi nima qilsangiz qiling - dedi u
yigitlardan ko'zini uzmagan holda
— Bizga kim hujum qilganini aytasizmi? - dedi Javohir o'ylanib
— Kimdandir aqlli fikr chiqarkanmi? Qoyil... - dedi haligi kimsa baralla
qarsak chalib, – Sizlarga hujum qilganlar bizning olam shahzodasi. Uni
"Legatus mortis" - lotincha, "Ajal elchisi" deb atashadi. Uning turi noyob
va hozirda faqat undagina bu kabi kuch bor. Uning sehr kuchi "Oq va
Qora". Uning bir o'zining kuchi butun olamni siz-u biz kabi mayda
sehrgarlari bilan birgalikda yo'q qilishga ham bemalol yetdi. Faqat "Oq"
rangli sehr kuchiga ega sehrgarlar "Angelus" ya'ni "Farishta", faqat qora
rangli sehr kuchiga ega sehrgarlar esa "Diaboli" ya'ni "Iblis" deb ataladi.
Nomi jihatdan biri yaxshi, biri yomon ko'rinsada har ikkala rangdagi sehr
kuchiga egalarning barchasi havfli sanaladi. Oq rangli kuchga ega
sehrgarlar "Farishta" ekan deb aldanib qolmang, bu kabi kuchga ega
sehrgarlar tulkidek ayyor va bo'ridek vahshiy hisoblanadi. Hullas
hozircha shular. Savollar bo'lmasa jazoyingizni o'tasangiz janoblar - u
shunday deya suhbatga to'g'rirog'i o'z gaplariga yakun yasab
markazdagi stulga o'tirdi. Bu jazoning boshlanishi kerakligi haqidagi
belgi bo'lib, u stulga o'tirishi bilan uning odamlari yigitlarni qo'llari
bog'liqligicha kattakon odam bo'yidan baland keluvchi sehr ta'sir
etmaydigan akvariumga solib, akvarium ustini kislorod kirmasligi uchun
berkitishdi. Haligi kimsa esa stulga o'tirgan holda, hech bir hissiz
qahvasidan ho'plagancha daqiqa sanay boshladi.
*******
Bir yigit ilonlar tilida nimalardir deb shivirlashiga qaramay, g'azab otiga
mingan Snake uni chaqishga ulgurgandi. Shohista oyog'iga kirgan
tishlar, qattiq achishish sabab bir muddat tik turdiga, keyin holsiz yerga
quladi, u tanasi bo'ylab kuchli zahar tarqalayoqganini sezib turarkan,
behol ko'zlarini yumdi. Haligi yigit uning yerga qulaganini ko'rgach
qanday qilib uning yoniga kelib qolganini bilmay ham qoldi. U shu qadar
tez yugurdiki hatto ko'z bilan ilg'ashga ham ulgurmaydi odam. U
Shohistaning oldiga borib, uning boshini qo'llariga olarkan, Shohistaning
butun tanasi bo'ylab allaqachon kuchli zahar tarqalishga ulgurgan va u
endilikda nafas olishdan butkul to'xtagandi. Haligi yigit uning jonsiz
tanasini, endi quchmoqchi bo'lgan edi hamki, Shohistaning tanasi qum
zarralaridek parchalanib ko'klarga uchib ketdi...
*******,*,
O'tmish...
" — Oyi men hali turmushga chiq-may-man! - dedi Nargiza qaysarlik
qilib
— Qizim dadang so'z bergan, ustiga-ustak yaxshi oilaning farzandi
— Lekin bu uning ham yaxshi ekanligini anglatmaydi! - dedi Nargiza bir
necha kun oldin o'zi guvoh bo'lgan voqeani esga olib.
Bundan bir necha kun avval Nargiza dadasining gapiga binoan bir yigit
bilan uchrashgandi. Avvaliga "U" kelishgan xushmuomala yigit bo'lgani
uchun ham Nargizaga yoqdi, lekin oradan bir necha kun o'tgach Nargiza
eng yaqin kursdoshlaridan biridan aynan "U" bilan gaplashayotgani
shuningdek, munosabatlari ancha jiddiy sabab o'rtalarida farzand borligi
haqida eshitib quloqlariga ishonmadi. Lekin tekshirib, aniqlashtirib
ko'rgach bularning barchasi rost gapligiga amin bo'ldi, keyin "U" nga
hammasini bilishi, boshqa o'zini bezota qilmasligini, ota-onasiga ham
Nargizaga uylanmasligini aytishini tayinlab yuziga tarsaki tushurgancha
uyiga yugurib ketdi. U avvaliga kechagina ko'rgan insoniga ishonib,
ko'nglini ochganiga pushaymon bo'lib unsiz yig'ladi, lekin ota-onasiga
bu haqida ayta olmadi, bunga yuzi chidamadi. "U" esa jimgina
Nargizaning aytganlarini qilish o'rniga Nargizani oqishdan o'g'irlab
qandaydir haroba joylarga olib borib nomusini toptamoqchi, shu orqali
unga uylanib, tilini tiyib qo'ymoqchi bo'ldi, garchand hali Nargiza "U"
haqida hech kimga aytmagan bo'lsada. Nargiza bir amallab undan
qochishga muvaffaq bo'ldi-yu lekin bu voqealarni xotirasidan o'chirib
tashlay olmadi. Hozir ham oyisiga bularni aytishni xohlamas, lekin unga
turmushga ham chiqishni umuman istamasdi..." Nargiza shularni
o'ylarkan yana o'sha ablahga duch kelganidan g'azablanar, imkon bo'lsa
uni o'ldirib yuborishni istardi.
*********
Iroda mahluqga qo'l uzatar ekan, unga qo'li tegishi bilan mahluq go'yo
tinchlangandek sekin-sekin nafas ola boshladi va ko'zlarini yumgancha
bir zum Irodaning endi nima qilishini kuta boshladi. Iroda uning jimib
qolganini ko'rib ohistalik bilan peshonasining uning katta boshida tiradi
va ko'zlarini yumdi, lekin shu on deraza g'ishtlari yemirilib Iroda katta
tezlikda yerga quladi. U ko'zlarini yumgancha hozir his qiladigan
og'riqlariga tayyorlanar ekan uni yerga tushmasidan nimadir tutib qoldi.
Iroda nima bo'lganiga qiziqib ko'zlarini ochib qarar ekan, haligi mahluq
deya qo'rqqani o'zini tutib qolganiga guvoh bo'ldi. Mahluq Irodani
ustiga chiqarib, qattiq ovozda baqirgach Iroda ming bir qo'rquv ila uni
quchib oldi. Mahluq ham huddi shuni kutgandek tezda qanot yozib
belayon osmonga ko'tarildi. Yomg'irdan keyingi salqin shabada, yulduzli
osmonda qandaydir o'zi bilmagan mahluqning ustida uchib ketayotgan
Iroda hech bir tashvishsiz yuziga urilayotgan ajib bir shamoldan zavq
olib, qo'llarini keng yozgancha baqira boshladi. Mahluq ham bu unga
yoqayotganini sezgandek yanada o'ynoqlab ucha boshladi...
***********
MEN FEYZA EMASMAN! SIZNI HAM TANIMAYMAN! MENING HECH
QANAQA SEVGILIM BO'LMAGAN, BO'LMAYDI HAM! - dedi Feruza Aliga
o'zi kabi baqirgacha javob qaytarib
— Feruza, mening yagonam, o'zimning Feyzam tushun men axir sening
sevgiling, bo'lajak umr yo'ldoshing Aliman! Nega tanimayapsan? Nima
bo'ldi senga! - dedi Ali endi ancha sokin va muloyim ohangda
— YANA SEVGILINGMAN DEYDIYA! YANA YAGONAM DEYDI! UMR
YO'LDOSHINGMAN EMISH! KET! YO'QOL! KO'RISHNI ISTAMAYMAN!
ISTAMAYMAN! ESHITDINGMI? IS-TA-MAY-MAN - Feruza shunday deya
qo'liga ilingan narsani unga ota boshladi. Ali ham hozir u bilan gaplashib
bo'lmasligini tushundi chog'i jimgina xonadan chiqib ketdi...
********
— Xo'p tushundim sen bilan odamga o'xshab gaplasha olmaymiz..
— Chunki na sen odamsan na men - dedi Rayhon u gapini tugatmasidan
o'z fikrini bildirib
— Chalasavod bo'lsang ham oz bo'lsada aqling bor ekan - dedi u
Rayhonning ustidan kulib
— Aqlsizdan odam e yog'ee Vampirzoda aqlimga baho beradi deb hech
o'ylamagandim, zotan o'sha Vampirzodaning o'zida aql so'zidagi "A"
harfi ham yo'q - dedi Rayhon ham jilmayib
— Bu bilan nima demoqchisan qizaloq? Sen maktabda o'rgangan tarixni
men qurganman! - dedi u asabiylikdan tishlarini g'ijirlatib
— Ooo aynan shu gapni kutgandim! Bilasanmi nima? Aynan mana shu
uzoq umringni maqtanishingni o'zi katta aqlsizlik! Negaki aqli raso odam
hech bir zamon o'z qilgan ishini, yashagan umrini maqtanmaydi! -
Rayhon shunday deya ortiq u bilan baxslashishni istamay xonasi tomon
yo'l oldi
— Ismim Rashid aql oy - dedi u xonasi tomon ketib borayotgan
Rayhonga, uning bu yoshada bunaqa fikrlashi va zehniga tan berib,
chunki rostan ham maqtanish bu aqlsizlik, Rashid esa doim shunaqa
maqtanchoq bo'lgan va buni o'zi ham yaxshi bilar, lekin hech
maqtanishdan vos kecha olmasdi. Rayhon uning gapini eshitgan
bo'lsada jim ketishni afzal bildi va xonasi tomon yo'lida davom etdi.
Vampirzoda bilan bo'lgan "ajoyib" suhbat Rayhonning asablarini
yaxshigina egovlagani uchun u biroz chalg'ish maqsadida shu yerdagi
kitoblardan birini o'qishga qaror qildi va endi Robert Rojdestvenskiy
nomli shoirning kitobini olib stulga o'tirgandi hamki, yoniga Rashid kirib
keldi
— Aql oy qanday kitob o'qiyapsan? - dedi Rashid bu safar asabiylik va
ayyorlik bilan emas, quvnoqlik bilan samimiy tabassum qilgancha
— O'qiyapman emas, o'qimoqchiman! Aniqrog'i o'qimoqchi edim. -
dedi Rayhon kitobdan bosh ko'tarmay
— Nega "eding" ? Nima endi o'qimaysanmi? - dedi Rashid
— Ha chunki sen halaqit beryapsan o'qishimga! Nafaqat o'qishim balki
yashashim va vazifalarimni bajarishimga ham! - dedi Rayhon kitobni
asabiy yopib unga jiddiy nigohlar ila boqarkan
— Qanday vazifa? - dedi Rashid uning gaplariga to'liq e'tibor bermay
— Senga dahli yo'q! - dedi Rayhon
— Ho'pppp kimning kitobini o'qimoqchisan e yog'ee o'qimoqchi eding -
dedi Rashid Rayhonga taqlid qilib
— Robert Rojdestvenskiy
— Kel birga o'qimiz men boshlayman sen davom etasan, bu yerdagi
kitoblarning hammasini yod bilaman - dedi Rashid yana "Mqtanchoqlik"
rejimini ishga solib
— Senga bir gap aytaymi Vampirzoda? Bu dunyoda faqat sen
o'qimagansan! - dedi Rayhon uning maqtanchoqligidan asabiylashib
— Rashid! Mening ismim Rashid! - dedi u asabiy tishlarini g'ijirlatib
— "Maqtanchoqlik" rejimingni butkul o'chirgan kuning seni shunday
atashim mumkin Vampirzoda! Agar u kunlar kelsa! - dedi Rayhon
ensasini qotirib
— Keladi, keladi, hali ko'rasan.
— ....
— Ha meyli, demak mendan boshqalar ham o'qigan ekan, unda buni
isbotla! - dedi Rashid Rayhonga ayyorona jilmayib
— Bemalol. Nima qilishim kerak? - dedi Rayhon hech ikkilanishsiz
— Shu R. Robertning bir she'rini aytaman davom etasan, agar davom
etolmasang meni boshqa Vampirzoda deb atamaysan! - dedi u hanuz
jilmayarkan
— Pfff o'grildim. Bemalol! Qani boshla! - dedi Rayhon ham uni
mensimay - Lekin aytib qo'yay agar men davom eta olsam boshqa
qorangni ko'rsatmaysan! - dedi Rayhon ham ayyorona jilmayib
— Bunga kafolot bera olmayman! Qani boshladik Aql oy - Rashid
shunday deya biroz o'ylab turdida, so'ng bir qarorga keldi shekilli yana
so'z boshladi — Kel yaxshisi sen boshla, R.Robertning "Sevgim" she'ri.
Boshlay olmasang yutqazgan bo'lasan! - dedi Rashid. Rayhon esa unga
ensasini qotirgancha qarab qo'ydi-yu u aytgan she'rni ayta boshladi
Rayhon: Sevgim baxsh etaymi?
Rashid: Baxsh ayla tezroq...
Rayhon: Ammo u chang-u loy!
Rashid: Men uchun oppoq
Rayhon: Sal o'ylab qarasam...
Rashid: O'yla, o'ylay qol
Rayhon: Bir narsa so'rasam...
Rashid: So'ra, so'ray qol.
Rayhon: Borsam eshik qoqib...
Rashid: Ochiq eshigim.
Rayhon: Yur, desam...
Rashid: Qiyinmas birga ketishim.
Rayhon: Bu yo'l xatarga boy...
Rashid: Chidayman, netay!
Rayhon: Aldasam, hoynahoy...
Rashid: Chidayman, netay!
Rayhon: Kuyla, deb buyursam...
Rashid: Kuylayman xushhol.
Rayhon: Do'stingni quvdirsam...
Rashid: Quvlayman darhol
Rayhon: Qotil bo'l, desam-chi?
Rashid: Tayyorman har on
Rayhon: O'zing o'l, desam-chi?
Rashid: Tayyorman har on
Rayhon: Gar men o'lib ketsam...
Rashid: Qutqarib qolgum
Rayhon: Joningni og'ritsam...
Rashid: Xuddi shu orzum.
Rayhon: Tog'lar yo'l to'ssa gar...
Rashid: Buzib o'taman
Rayhon: Qismat bo'lsa chigal...
Rashid: Kesib o'taman
Rayhon: Gar tig' otmasa-chi?
Rashid: Yechilar tugun!
Rayhon: Sevgim baxsh etaymi?
Rashid: "Sevdim" desang bas
Rayhon: Aslo niyatingga yetmassan!
Rashid: Nechun?
Rayhon: Menga chin yor kerak, qorol kerakmas....
— Bravo, bilasan deb o'ylamagandim! - dedi Rashid jilmayib
— Ataylab shu she'rni tanlading-a? – dedi Rayhon asabiy
— Yo'q ataylab emas, behosdan bo'ldi bu! - dedi Rashid ataylab
Rayhonning asabini buzishda davom etarkan - Rayhoncham seni
rostdan yaxshi ko'rib qoldim, o'sha ilk bor o'rmonda ko'rganimdayoq,
menga yegulik kelitirib ber deya sehringdan foydalanib mendan qochib
qolgan kuningdayoq seni sevib qolganman! Rayhoncham menga
sevgingni baxsh eta olasanmi? - Rashid shunday deya Rayhonga iltijoli
qaradi, undan bunday taklifni kutmagan Rayhon avvaliga esankirab
qoldi, ammo keyin Rashidning ayyorona kulib turganini ko'rgach
yonidagi gul vazasini uning boshiga otdi
— Nima shunday deyishimni kutganmiding? - dedi Rashid miriqib
kulgancha Rayhonni yerga urib
— Kutgandim? Kutish, kuttirish menga hos emas! - Rayhon shunday
deya Rashid o'ylab qolganidan foydalanib unga uncha kuchli emas,
ammo bir ikki kun xushsizlantirishga qodir bo'lgan zahar surtilgan
xanjarni unga uloqtirdi. Rayhondan buni kutmagan Rashid qorin
qismida turgan kuchli og'riq sabab bukchayib qoldi va xanjar dastasidan
ushlagancha ko'zlarini katta-katta ochib hayrat ila Rayhonga termuldi.
Rayhon esa mamnun jilmaygancha uning oldiga kelib,
— Men doim kutilmagam ishlar ila hayotlarga to'fondek bostirib
kiraman va boshqalardan ham aynan shu narsani kutaman. Afsuski bu
ishni o'zimdan bo'lak bir insongina 100% uddalagan va u sen emassan! -
deya uning xanjar tutgan qo'llari ustigan mahkam ushlab, xanjarni
sug'rib olib qornining boshqa sohasiga qayta joyladi...
*********
U endi Shohistani boshqa ko'ra olmasligini o'ylab ichidan nimadir
uzulgandek bo'ldi va ko'zlarida issiq suyuqlik mavjlandi, lekin
kutilmaganda orqasidan kelgan tanish ovoz sabab tezda o'zini o'nglab
oldi
— Ilonzoda tanimagan bir insoni uchun azadami? Yoki u shu qadar
mehribonmi? Ko'zlarimga yosh kelib ketdiyeyy... - Shohista shunday
deya yolg'ondan ko'zlarini artib qo'ydi
— Zaharoy qaytibsanmi? Yomonga o'lim yo'q deb bejiz aytishmas
ekanda! Men endi bu gap yolg'on ekanda deya o'ylay boshlagandim! -
dedi u ham kesatib
— Oo qanday ajoyib, bu gaplarni 52 yoshni qarshilagan bobojon
aytyaptimi - dedi Shohista uning ustidan kulishda davom etib, so'ng
birdan jiddiylashib qo'llariga tikilgancha qotib qoldi
— Tinchlikmi? Nimadir bo'ldimi zaharoy? Yaxshimisan? - dedi u
Shohistaning jiddiy tortib qolganidan havotirga tushib
— Qolim... Bu yerga kelganimda bu chiziqlar ikkita edi. Bitta qolibdi... -
dedi Shohista miyyasida Orzuning aytgan gaplarini eslagancha
— Bular qanday chiziqlar? - dedi u hech narsaga tushunmay
— Mendagi jonlar soni... Ikkita edi... Bir g'alcha ilonzoda sabab bitta
qoldi. Endi o'lsam uyga qayta olmayman! Ehtiyot bo'lishim kerak! - dedi
Shohista unga nafrat ila qarab
— Modomiki jon kerak ekan meni ilonzoda deyishni bas qil! Mening
ismim Shahzod! - dedi u ham qo'rslik bilan
— Tanishganimdan naqadar xursand ekanligimni tasavvur ham
qilolmaysan janob Ilonzoda Shahzod! - dedi Shohista kesatishdan
to'xtamay
— Aslida seni shunday atash kerak! Shu tilingdagi zahar har qanday
ilonnikidan kuchli-yaa... - dedi Shahzod ham uni so'z bilan chaqib olib
— Alam qilsin! - Shohista shunday deya jonini asrash va opalarini topib
bu yerlardan ketishga yordam bera oladigan biror bir narsa yoki buyum
izlash maqsadida u yerni tark etdi
*********
Nargiza ancha vaqt bir joyda o'ychan o'tirgani sabab vaqtning o'tganini
ham sezmay qoldi. Biroz vaqtdan keyin "U" ning turishga urinayotgani
va tinimsiz yo'talayotganini eshitib hayollarini jamlab oldi. O'zidagi
g'azabni tashqariga chiqarib boshiga balo orttirmaslik maqsadida
ohistalik bilan uning oldiga bordi va
— Sen bilan yana ko'rishib turganimdan umuman xursand emasman
Nurbek! Agar iloji bo'lsa, yo'q iloji bo'lmasa ham qarshimdan boshqa
chiqma! O'zimga javob bera olmayman! - deya u yerni tark etdi va
tashqaridagi chaqmoq sadolarini eshitib tashqari tomon yo'l oldi.
Uning tashqariga yo'nalganini ko'rgan Nurbek bugun o'sha lanatli
"Qirmizi oy" to'lgan kun ekanligini esga olib, yuragi jiz etdi va tezda
o'rnidan turib Nargizaning orqasidan bor kuchi bilan yugurdi, lekin u
borguncha Nargiza allaqachon yomg'ir tagiga chiqib bo'lganini ko'rib
bor ovozda baqirib yubordi. Asabiylik bilan tashqariga chiqqan Nargiza
yomg'ir tomchilari ostida biroz dardlarimni, alamlarim-u tashvishlarimni
unutamanmi deya o'ylab katta xatoga yo'l qo'ydi va terisiga tushgan har
bir yomg'ir tomchisi kuchli zaxardek uning tanasini kuydirib, sekin
astalik bilan uni holsizlantirib bordi. Butun tanasi bo'ylab tinimsiz qon
oqayotgan Nargiza oxiri og'riqlarga chidolmay yerga xushsiz yiqildi va
qum zarralaridek har tomonga tarqab ketdi. Bo'lib o'tgan voqealarni
jimgina bir chetta kuzatib turgan Nurbek, Nargizani endi ko'ra
olmasligini, uni hatto himoya qila olmagani, unga "Qirmizi oy" to'lgan
kun yog'gan yomg'ir har qanday sehr-jodu vakilini o'ldirishga qodir
ekanini ayta olmagani uchun o'zini aybladi va ko'zlaridan issiq suyuqlik
oqib tushdi...
*********
Feruza xonasida tizzalarini quchgancha yig'lab o'tirar ekan opasi
Nargizani, Shohistani, Irodani va albatta takrorlanmas fe'l atvorga ega
singlisini juda sog'indi... Ular bilan o'tgan kunlarini eslab yuzlariga siniq
tabassum yugurdi... Bolaligidan boshlab to bugunga qadar bo'lgan
voqealarni birma-bir eslar ekan, o'sha o'yinni topgan kuniga, yaqinlariga
o'ynashni taklif qilganiga o'zini ich-ichidan "eng yaxshi" so'zlar bilan
siylab, hammasiga o'zini aybdor sanadi. Hozir yaqinlari qay ahvolda,
nima qilyapti, tirikmi, hech kim ozor bermadimi, boshiga kulfat
tushmadimi, ust-boshi butmi, qo'rni to'qmi, sovuq qotmadimi, ularga
hech kim tegmadimi, hafa qilmadimi va shu kabi javobsiz savollar
miyyasini egallab oldi. Bu javobsiz savollar sabab tezda boshida kuchli
og'riq va g'uvillash paydo bo'ldi va sochlarini mahkam qisgancha boshini
changallab ko'zlarini yumib haykaldek bir zum qotib qoldi. Birdaniga
hayolida qandaydir noaniq voqealar ko'rina boshladi. Voqeylik hira
bo'lgani sabab avvaliga nima bo'lganini tushunmagan Feruza voqealarni
aniqroq ko'rish uchun miyyasida yangrayotgan turli xil ovozlarga e'tibor
bermasdan fikrini bir joyga jamlab olgan holda nima bo'layotganini
ko'rishga harakat qila boshladi. Ko'p o'tmay voqeylik tiniqlashib katta
yer osti zalida ota-onasi va amaki xolalarini ko'rdi. Ular yuzlarida
tabassum bilan nimalarnidir gaplashar, qo'llarida turli spirtli ichimliklar
bilan vaqtlarini chog' o'tkazishardi. Ularni bu holatda ko'rgan
Feruzaning ko'zlariga sog'inch sabab yosh keldi. Yugurib borib ota-
onasini quchgisi, ularga sog'inganini, ularsiz qiynalganini, ularsiz bir kun,
hatto bir soat ham bir asrdek uzun va mazmunsiz o'tayotganini, ularning
o'rni rossa bilinayotganini aytgisi keldi-yu, nimadir ularning yonlariga
borishiga to'sqinlik qildi. Sog'inch ustunlik qilgan Feruza ularning oldiga
bora olmagach hech bo'lmasa chaqirib ularga shu yerda ekanligini
bildirmoqchi bo'lib chaqira boshladi, lekin ular eshitmas, Feruzaning
ovozi boricha qichqirib chaqirayotganiga qaramay hech narsa
bo'lmagandek gaplashishda davom etardi. Shu payt birdaniga voqeylik
o'zgarib Feruza bino tashqarisida paydo bo'ldi. Binoning har tomonidan
turli qo'pol, yoqimsiz va qo'rqinchli ovozlar kelardi. Feruza tezda atrofga
alanglab qo'rquv ila bu ovozlar egalarini qidirishga kirishdi, ular ham
ko'p kuttirmay degandek bino oldiga birin ketin kela boshlashdi. Beshta
niqoblangan kimsalar binoning kirish eshigi tomon harakat qilar ekan,
to'g'ri Feruza turgan joy tomonga qarab bostirib kelishar, huddiki
Feruzaga "Sening ajaling menman", "Hayoting mening qo'limda"
degandek yovuzona jilmayar edi. Feruza qo'rquv sabab joyidan bir
qadam ham jilolmay, o'zi tomon yaqinlashayotgan kimsaning
qorong'uda huddi mushukniki singari yonib turgan och moviy ko'zlariga
termulgancha qotib qoldi. Kimsa unga yaqinlashar ekan, Feruza hayot
bilan vidolashib, barcha yaqinlaridan hayolan rizolik so'rab chiqdi va
ko'zlaridan bir tomchi yosh oqib tushdi. Lekin kimsa huddi Feruza bu
yerda yo'qdek uning tanasiga singib o'tib ketdi. Feruza bundan avvaliga
hayron qoldi, lekin keyin ko'z yoshlarini artib ularning ketidan bino
ichkarisiga kirdi. Kimsalar birma-bina eshiklarni sehr yordamida yopib
borar va ayni damda to'g'ri Feruza uchun aziz insonlar tomon
harakatlanar edilar. Feruza hozir ular nima qilishini tahmin qilib tanasini
sovuq titroq qopladi. Ammo nima bo'lishiga qaramay ular kimligi va ota-
onasi nega, qanday qilib o'ldirganini bilish uchun ularning orqasidan
bordi va ko'rgan manzarasidan daxshatga tushdi. Haligi kimsalar
avvaliga hech narsa demasdan qizlarning ota-onalari yoniga borib,
yoqimsiz tarzda baland ovozda kulishdi, keyin esa besh qizning ham
otalarini sehr yordamida alohida-alohida qobiqlarga qamab qo'yib,
ularning ko'z o'ngida ayollarining tanalarini bo'laklarga bo'la boshlashdi.
Eng avvalo ularning barmoqlarini birma-bir uzib ola boshlagach, qo'llari
va oyoqlarini maydalab bo'laklarga bo'la boshlashdi. Bularni bir
chekkada hech narsa qila olmay kuzatib turgan Feruza ovozi boricha
yordam so'rab dodlayotgan yaqinlariga qarab tinimsiz ko'z yosh to'kar,
borib ularni bag'riga bosib ularni to'smoqchi bo'lsa ham baribir huddi u
bu yerda yo'q oddiy bir ruhdek yaqinlarini kimsalardan himoya qila
olmas edi. Kimsalar ham ha deganda bas qila qolmas, shuncha qilganlari
kamdek ularning ajoyib tarzda turmaklangan uzun sochlarini yoqish
barobarida, o'zlarining o'tkir tirnoqlari yordamida ularning barcha tana
a'zolarini sug'rib olishdi. Eng oxirida shundoq ham joni uzulish arafasida
bo'lgan ayollarning yuraklarini sekinlik bilan sug'irib olib, huddi bir
buyumni ezg'ilab tashlagandek qo'llari yordamida ezg'ilashdi.
Yaqinlarining bu taqlid ming azob bilan jon taslim qilganini ko'rgan
Feruza holsiz yerga o'tirib qoldi, keyin haligi kimsalar dadasi va
amakilarini qobiqlardan ozod qilib do'pposlayotganini ko'rib butkul
yerga qulab tushgan Feruza, kuchli zarbalar, kaltaklar sabab barcha joyi
qon bo'lib ketgan yaqinlarini tashlab ketayotgan kimsalarga hayron
qaradi. Ularning nega o'ldirmasdan ketganiga qiziqqan Feruzaning
hayolida bir onga "Nahotki dadalarimiz tirik bo'lsa?" degan o'y paydo
bo'lgandi. Lekin qayerdandir kelayotgan qo'rqinchli ovozlar sabab umidi
uzilib, o'rnini qo'rquv egalladi va tezda ovoz egalarini izlab atrofga
olazarak qaradi. Shu payt qayerdandir chayonga o'xshash, lekin undan
ancha qo'rqinchli va katta bo'lgan hayvonlar kirib kela boshladi.
Ularning og'izlaridan qon oqib turar, bu esa ularning go'shtxo'r
ekanidan dalolat berardi. Ularning no odatiy bo'lgan oltita ko'zining o'zi
ham har qanday botir inson yoki sehrgarda qo'rquv uyg'ota olardi.
Feruza mahluqlar tirik qolgan yaqinlari tomon harakat qilayotganini
ko'rib, qayta yerga holsiz quladi, ammo bu safar ko'zlari butkulga
yumildi va u anchadan buyon kundalik tarziga aylanib qolgan zulmat
qariga ravona bo'ldi....
Ali xonadan chiqib ketgach u qildi, bu qildi, ishqilib biroz o'zini chalg'itib
Feruzaga bu muhitga ko'nikishi uchun biroz vaqt berishni istadi. Unga
hammasi haqida, o'zlaring necha yillik sevgi qissalari haqida aytishdan
oldin uning biroz o'ziga kelib olishini kutmoqchi bo'ldi. Lekin oradanko'p
vaqt o'tmay negadir ko'ngli g'ash bo'lib qayta uning xonasiga ko'tarildi.
Xona oldida eshik tutqichidan ushlagancha turar ekan, kirish-kirmaslikka
biroz ikkilanib qoldi. Oxiri bir qarorga keldi shekilli tutqichni pastga
tushurib ichkariga kirdi va yerda behush yotgan Feruzaning tanasini
ko'rib joni chiqib ketay dedi. Tezda uning yurak urishini tekshirib ko'rar
ekan, nafas olib turganini bilgach boshi ko'klarga yetdi va uni yotoqqa
yotqizib tinchlantiruvchi sehr qo'lladi-da, uning terlab ketgan
peshonasini nam sochiq bilan arta boshladi. 1 soatlarda o'ziga kelgan
Feruza qo'lidan tutgancha yonida o'yga tolib o'tirgan Alini ko'rib hunobi
oshib ketdi. Ammo ko'rgan voqealari sabab u bilan aytishishga holi
yo'qligi uchun shunchaki qo'lini undan tortib olib, teskari qarab yotib
oldi. Alining bundan qalbi ozor chekkan bo'lsada, yuzidagi samimiy
ifodani saqlab qolgancha so'zlay ketdi...
— Fezam mening yagona, tengsiz va ta'sirchan sevgilim... Senga
hammasini tushuntirib berishim kerak... Biz sen bilan bir-biriga
dushman mamlakat qirollari farzandi edik. Shu sabab ham ota-
onalarimiz bizning birga bo'lishimizga qarshilik ko'rsatdi... Keyin biz
qochib ketdik. O'zimiz uchun oddiy bir qasr yaratdik. Bilasan sehrgarlar
uchun bu muammo emas... So'ngra oradan oylarcha o'tgach sen
homilador ekanliging aniq bo'ldi... va bizning shahzodamiz Bobur
dunyoga keldi... Bilasanmi u seni juda sog'ingan... Har kuni oyim
qayerda deya so'rab holi jonimga qo'ymaydi... Ammo sen bir kuni izsiz
ketding... Qayerga, qanday bilmadim, ammo seni har yerdan izladim...
Lekin topolmadim... Shunday kunlarning birida sen qanday g'oyib
bo'lgan bo'lsang shunday paydo bo'lding... Ammo meni eslamading...
Meni tanimading... Ko'zlarimga tik qarab "Kim san?" deding... - Ali
shunday deya jimib qoldi
— Bo'ldimi? Tugadimi? Safsatalaring bitdimi? Agar tugagan bo'lsa
ijozating bilan biroz yolg'iz qolmoqchiman! - dedi Feruza hamon unga
teskari qarab yotgancha
— YETAR! BAS... SEN MENGA BUNDAY QILA OLMAYSAN! ESHITDINGMI
QILOLMAYSAN! MENI FARZADIMIZNI ESLAMASLIGING MUMKIN EMAS!
ESHITYAPSANMI MENI FEYZA? MUMKIN EMAS! MODOMIKI MENGA
ISHONMAS EKANSAN MANA O'ZING KO'R ZORA "YO'QOLGAN"
XOTIRANG QAYTIB QOLSA! - Ali bu safar jahl bilan bir quti narsani uning
oldiga otdi. Uning vajohatidan cho'chigan Feruza istar-istamas qutidagi
rasmlar va disklarni oldi. Rasmlarning barchasi Ali, o'zi va yana kichkina
chaqaloqniki bo'lib, disklarda Boburning dunyoga kelishiga qadar
bo'lgan davrdagi Feruzaning injiqliklaridan tortib, Boburning mittigina
chehrasi ilk qadam qo'yishi, ilk bor "Oyi" deya tili chiqqanigacha bor
bo'lib, bularni ko'rgan Feruza ko'zlariga ishonmadi. Hatto yolg'on,
tuhmat deya janjal ham qilmoqchi bo'ldi, lekin Ali uni yana sehr
yordamida tinchlantirib qo'ydi. Qasrda Aliga uchraganidan buyon sehr
yordamida ko'p marotaba tinchlantirilgan Feruza sekin-sekin o'z
xotirasini yo'qotib, Aliga ishona boshladi. Bu orada Ali unga Boburni
ham ko'rsatdi. Feruza endi Ali va Boburga o'rgana boshlaganida Ali
negadir o'zgarib qoldi. Doimgidek tinchlantiruvchi sehr orqali Feruzani
xushsizlantirgan Ali uni va Boburni olib, o'z qasriga bordi. Sehr kuchi
sustlashib ko'zlarini bazo'r ochgan Feruza o'zga bir qasrda ekanligini
ko'rib hayron qoldi. Keyin qo'llari kishanlanganligini ko'rib, uni sehr
yordamida yechmoqchi bo'ldi, lekin kishan yechilish o'rniga chidab
bo'lmas darajada qizib Feruzaning qo'llari kuyishiga sabab bo'ldi. Bu
qanday sadir bo'lgani, nimalar bo'layotganini hali anglab yetmagan
Feruza tashqaridagi turli baqiriqlar sabab sergaklandi. Kutilmaganda
xonaga kirib kelgan Ali Feruzani tortqilib qandaydir kimsalar oldiga olib
chiqdi va
— Qizingiz kerak bo'lsa, mamlakat boshqaruvini bizga topshirasiz? -
dedi
— Nima? Ali siz...? - dedi Feruza hayratdan ko'zlari kattalashib
— Vaqtingiz kam beylar! Feruza va nabirangiz Boburni tirik ko'rishni
istasangiz mamlalat boshqaruvini bizga topshirasiz - dedi Ali Feruzaga
e'tibor bermay
— Biz.... rozimiz... - tahmiman Feruzaning dadasi bo'lsa kerak, o'ylabroq
javob berdi va qog'ozga imzosini qo'ydi.
— Ajoyib! - Ali u qog'ozga imzo qo'yishi bilan kutilmaganda unga kuchli
sehr yo'lladi va qop-qora tutun uning tanasiga singib ketib, bir zumda
joni uzildi. Undan keyin Boburning oldiga yaqinlashayotgan Ali hech bir
hissiz Feruzaga qarab
— O'g'limiz bilan hayrlash suyukli Feyzam! - deya mittigina Boburning
boshini uzib oldi. Ikkinchi bor dadasini va borligidan hatto o'zining ham
xabari bo'lmagan, lekin hozirgi kunda ancha o'rganib qolgan
farzandining o'limi va bu ishlarni u endi ko'ngil qo'ya boshlagan Alining
qilganligi Feruzaning qalbidagi olovga moy sepgandek bo'ldi. U
farzandining uzilgan boshi va ilk bor ko'rib turgan, lekin o'zi sabab jon
bergan dadasiga boqarkan butkul stressga tushib, haykaldek qotib
qoldi. Bundan foydalangan Ali ikki mamlakat boshqaruvini qo'lga
olgancha Feruzaga sehrli xanjar yo'lladi. Birdanida yuragiga teshib
kirgan xanjar sabab ko'zlari moshdek ochilgan Feruza bu ishni kim
qilganini bilish maqsadida sekin boshini ko'tardi va qarshisida turgan
Alini ko'rib hunobi oshdi, lekin u bilan janjallashishga holi yetmasdan
turib xanjardagi sehr kuchi o'z ta'sirini ko'rsatdi. Oxirgi bor Alining
mamnun chehrasiga qaragan Feruza zarralarga aylanib, atrofga singib
ketdi...
*********
Qorong'u tushib havo ham ancha salqinlashgach mahluq Irodani olib
qasrga qaytdi. Iroda uni ortiq mahluq deyishni istamay "Dwarf" deya
nom qo'ydi. Bu so'z inglizchadan tarjima qilinganda "Mitti" degan
ma'noni anglatgani sababli ham Iroda ataylab shu nomni qo'ygandi.
Chunki Dwarf mitti emas aksincha bahaybat edi... Ular qasrga qaytishar
ekan Iroda o'z joyiga yotib shirin uyquga ketdi. Dwarf esa qasr
tashqarisida yotgancha Irodani muhofaza qila boshladi. Iroda uyquga
ketar ekan tun yarimlab qolgach qayerdandir Dwarfga o'xshash katta
mahluq uchib kelib, qasrni buzishga harakat qila boshladi. Uni uchib
kelganidayoq payqagan Dwarf unga qarshilik ko'rsata boshlagach ikkita
katta mahluq orasida ayovsiz jang boshlandi... Dwarf qancha qarshilik
ko'rsatmasin mahluq undan kattaroq ekanligi va tajribaliroq ekanligi
yaqqol sezilib turar, natijada esa Dwarf anchagina jarohat olishga
ulgurgandi. Qancha jarohat olganiga qaramay hali hanuz qayta oyoqqa
turib qasrni muhofaza qilayotgan Dwarf Iroda tezroq uyg'onib qasrdan
chiqib qochishi kerakligi aqlan anglab turar, lekin uni uyg'otish qo'lidan
kelmasdi. Haligi mahluq ham tinimsiz Dwarfga zarbalar yo'llar, uning
holsizlanib borayotganini ko'ra bila turib, o'z maqsadi uchun uni qurbon
qilishdan to'xtamasdi. Shovqinlar sabab uyg'onib ketgan Iroda nima
bo'layotganini ko'rish uchun derazadan boqar ekan, ko'rgan
manzarasidan daxshatga tushdi. Birozgina oldin o'zi bilan birgalikda
beg'am sayr qilgan, yaqin do'stiga ham aylanishga ulgurgan Dwarf
tashqaridan o'ziga o'xshab ketadigan, lekin biroz katta va tajribaliroq
bo'lgan mahluq bilan ayovsiz olishar, qancha jarohatlanganiga qaramay,
mahluqning qasrga zarba yo'llashiga yo'l qo'ymas edi. Bularni ko'rgan
Iroda jon holatda o'zini himoya qilayotgan do'stida achinib bor ovozida
baqirib yubordi.
— Dwwwwaaaaarrrrrrffffffffff.....
Uning ovozini eshitgan mahluq Dwarfga kuchli zarba yo'llab uni yo'lidan
chetga uloqtirdi va Irodaga qo'rqinchli nigohlari ila qaragancha qasr
tomon olov purkadi. Tog'ri o'zi tomon kelayotgan olov sabab hayratga
tushgan Iroda bir zum joyida qotib qoldi... Olov esa unga kuchli tezlikda
tobora yaqinlashib kelar, Iroda ham o'z o'limiga allaqachon o'zini
tayyorlab bo'lgandi... Lekin kutilmaganda olov to'xtab qoldi... To'g'rirog'i
olov o'ziga kelib tegishini jimgani kutib turgan Irodani ko'rgan Dwarf
o'zidagi qolgan bor kuchni to'plab olovni to'sib qoldi va bexush yerga
yiqildi. Uning yerga qulaganidan o'lganini fahmlagan mahluq ham tezda
bu yerdan qochib qoldi. Iroda tez fursatda qalbidan joy olishga ulgurgan
do'sti hozirgina o'zini himoya qilamam deb jon taslim qilganiga guvoh
bo'larkan qanday qilib uning yoniga tushib qolganini ham anglamadi.
Dwarfning jonsiz tanasi oldiga borgancha unsiz yig'lay boshladi... Uning
ko'z yoshlari Dwarfning tanasi bo'ylab oqib o'tarkan, tanasining har
tomonini Irodaning kuch ranggi hisoblanmish havorangdagi turli tuman
chiziqli naqshlar qoplay boshladi va bu nurlar asta-sekin yorishib
Dwarfni havoga ko'tara boshladi. Butkul havorang nurlarga burkangan
Dwarf nihoyat havoda bir joyda ko'tarilishdan to'xtab butkul
yorqinlashib ketdi. Kuchli yorug'lik sabab ko'zlarini yumishga majbur
bo'lgan Iroda nima bo'layotganini anglamas, ishqilib do'stim o'lmasin
deya tinmay iltijo qilardi. Nihoyat bir qancha daqiqalardan so'ng atrof
butkul tinchib qolgach Iroda sekinlik bilan ko'zlarini ochdi va qarshisida
behush yotgan bir kimsaga guvoh bo'ldi. Hozir nima bo'lganini anglay
olmagan Iroda hech bo'lmasa shu kimsa nima bo'lganini bilar deya uni
qasriga olib kirdi va uyg'onishini kuta boshladi...
Iroda kimsaning uyg'onishini sabrsizlik bilan kutib o'tirarkan uning sekin
harakat qilayotgani sezila boshladi. Iroda uning harakatlanayotganini
ko'rib o'zining borligini bildirib qo'yish maqsadida sekin tomoq qirib
qo'ydi
— Ixm... ixm...
— Iroda???
— Men! Kimsan? Tanishmizmi?
— Shoshma meni tushunyapsanmi?- dedi haligi kimsa hayron
— Inson tilida gapiryapsan shekilli? - dedi undan bu savolni kutmagan
Iroda uni "Jinni" deb o'ylab
— Inson tilida? Ammo qanday? Shoshmachi menga ko'zgu bera
olasanmi? - dedi u o'z qollarini oldinga cho'zgancha hayratlanib
— Hozir. Ammo keyin bu maynavozchilikni tezroq tugatib menga
nimalar bo'layotganini tushuntirib berasan! - dedi Iroda begonasirab
— Men ham shu niyatdaman! - dedi u ham o'ychan
— Mana ol! - deya Iroda unga ko'zgu tutqazdi
— Men... Axir qanday? Qanday qilib asl holimga qaytdim? Menga nima
qilding? - dedi u battar hayratlanib Irodaga boqarkan
— Men senga hech narsa qilmadim! Wanaqa asl hol yana? - dedi Iroda
ham asabiylashib, - Kim san o'zi?
— Sen meni Dwarf deb nomlaganding! Asl ismim Iskandar! - dedi u
o'zidagi sokinlikni yo'qotmagan ko'yi
— Dwarf???? - dedi bu safar Iroda butkul hayratdan ko'zlarini katta-
katta ochib
— Sekin qulog'imni teshasan-ku bunaqada! - dedi u Irodaning
hayratdan baqirib yuborganidan quloqlarini berkitgancha
— Ajab bo'libdi! Menga hammasini bir boshidan tushuntirib bera
olasanmi Dwarf? Yoki Iskandar deymi? - dedi Iroda unga ishonmayroq
boqarkan
— Sehrga ishonasanmi qizaloq? - dedi u hamon sokin holda
— Ha, chunki men ham sehrgarlardan biriman! - dedi Iroda ko'zlarini
osmonga qaratib
— Tushunarli jodugachi? Masalan "Sohibjamol va mahluq" ertagini
ko'rganmisan? - dedi Iskandar voqealarni jamlashga urunib
— Joduga ataylik ishonaman, ammo ertakka... Hech qachon! - dedi
Iroda ensasini qotirib
— Demak ishonmaysan? - dedi Dwarf unga qaragancha kularkan
— Ha. Chunki bu hayot va ertakgani narsalar shunchaki cho'pchak - dedi
Iroda
— Unda nega sehrga ishonasan? Axir bu ham cho'pchak emasmi? - dedi
Dwarf uning hayollarini yanayam chalkashtirib
— Ufff sehrga ishonaman, negaki sehr qila olaman. Sendagi holatga esa
negadir ishongim kelmayapti! - dedi Iroda fikrlarini tez-tez bayon qilib
— Hullas men o'lgan bo'lishim kerak edi, ya'ni sen ko'rgan manzarangga
ko'ra men bir mahluq bilan olishdim eslaysanmi? - dedi Dwarf Irodani
o'ziga ishontirish va voqeaga yechim topish maqsadida
— Ha... - dedi Iroda ham Dwarfning so'nggi holatini ko'z oldiga keltirib,
mayus tortgancha
— Menga shundan keyingi voqealarni aytib bera olasanmi? - dedi u
Irodaning yoshlangan ko'zlariga boqib
— Dwarf... U ya'ni sen meni himoya qilaman deb olovni to'sib qolding,
keyin u mahluq qochib qoldi. Keyin men Dwarfning ya'ni sening, xullas
yoningga bordim... Sen xushsiz yotarding... Yurak urishing umuman
eshitilmas, nafas olishdan butkul to'xtaganding... - dedi Iroda ko'z
yoshlarini tutishga urunib - men yig'ladim... chunki bu yerdagi yagona
do'stim Dwarf edi... Tanishganimizga ko'p bo'lmagan bo'lsada unga
o'rganib qolgandim... Keyin uning tanasi bo'ylab havorang naqshlar
paydo bo'la boshladi va u sekinlik bilan havoga ko'tarildi. Nihoyat bir
joyda to'xtab undagi havorang nurlar butkul yorishib ketdi... Men u
yog'ini ko'ra olmay ko'zlarimni yumdim... Ko'zlarimni ochganimda esa
Dwarf o'rnida sen yotarding bori shu... - Iroda shunday deya
yoshlanishga ulgurgan ko'zlarini artdi
— Shoshmachi, bu nima Iroda? - dedi Dwarf ya'ni Iskandar Irodaning
bilagidagi chiziqqa ishora qilib
— Bu... Shoshma bu yerga kelganimda bular ikkita edi... Orzu... U bizga
qanchadir jonlarimiz borligini aytgandi... - dedi Iroda o'ychan
— Yana qanaqa jon? Bu yer deganing sayyoramizmi? Nima sen o'zga
sayyoralimisan? Orzu kim bo'ldi? - dedi Iskandar hech narsaga
tushunmay
— Men tushundim. Hullas men senga o'zimning bir jonimni
berganman... Qolgani chigal... Yaxshisi aralashma... Shunchaki Iroda
menga bir jonini beribdi deya tushun! - dedi Iroda o'ychan...
*******
— Ra.a.aayy..hh.ho.nnn - dedi Rashid og'riq zo'ridan Rayhonga iltijo ila
boqarkan
— Menga unaqa qarama Vampirzoda! Zahar kuchli emas, ustiga-ustak
sen vampirsan! Sening jarohatlaring o'z-o'zini davolash hususiyatiga
ega. Ammo zahar sabab bu ish biroz qiyin kechadi. Yaxshisi ko'zlaringni
yum. Hushingdan ketsang og'riq uncha sezilmaydi. Uzog'i bilan ikki
kundan keyin ko'rmagandek bo'lib ketasan! - Rayhon shunday deya u
yerni tark etdi
— Q.o..o....r....r.....a..a r..u....u...h...d...a......n...n
e...h....t..t...i...i..y..o.....t b...o'...ll - dedi Rashid Rayhonning orqasidan
boqarkan bor kuchini to'plagancha shivirlab
Rayhon Rashiddan qisqa fursatga bo'lsada halos bo'lgani uchun
sevingancha, qasrdan biror bir foydali ma'lumot qidirib yurarkan sharpa
misol butkul qora libos kiygan kimsa oldidan chiqdi.
— Endi sen nima balo bo'lding? Yaxshilikcha yo'limdan qoch... - Rayhon
gapi yakunlanmasidan o'ziga yo'llangan qora nurni ko'rib uni to'sib
qolishga urindi, ammo gap bilan ovvora bo'lib qolgani va hali
tajribasizligi ustiga-ustak bu safargi raqibi ancha kuchli ekanligi bois
qora kuch ta'sirida uchib borib nariroqdagi devorga urilib yiqildi. Kuchli
zarba sabab tanasida chidab bo'lmas og'riq turgan Rayhon ko'zlarini
bazo'r ochib endi raqibiga yaxshilab nazar solmoqchi bo'lganida, o'ziga
yo'llangan ikkinchi zarba sabab hushini yo'qotdi. Uning hushidan
ketganini anglagan Qora ruh tezda uning yoniga uchib kelib qandaydir
tilda nimalardir deya shivirladi va Rayhonning tanasidan oppoq ruh
uchib chiqib Qora ruhning tanasiga singib ketdi. Rayhonning hushsiz
tanasi esa endi butkul jonsiz holatga keldi...
********
Bir shahar bor edi, sokin va mudroq.
Bo'm-bo'sh ko'chalari doim chang-tuproq.
Musaffo anhori oynadek silliq.
Bir shahar bor edi, jon kabi iliq.
Unda bolaligim o'tgani aniq,
Uyimdam chiqaman xuftonda turib,
Kassaga uchrayman,
Vokzalga kirib:
"Menga,
Ey, azizim bo'lmasdan hayron,
Bitta bilet bering bolalik tomon!...."
— Yana boshladingmi? - Xonaga kirib kelgan Begzod Orzuning yana
kitob o'qiyotganini ko'rib ensasini qotirdi
— Menga ensangizni qotirmang! O'qisam sizga og'irligi tushyaptimi?
Biroz chalg'ishga ham qo'ymaysiz-a Begzod! Shumi akalik? Qani singilga
degan zarracha mehr? - dedi Orzu Begzodga yovqarash qilib
— Sen qachonki meni "Aka" deb atay boshlaysan, men ham o'sha payt
senga akalik qilaman! Hozir o'zimni huddi sening yordamchingdek his
qilyapman! - dedi Begzod ham uning bir bor bo'lsin "aka" deb
chaqirmaganiga shama qilib
— Demak hali u kunlarga ancha bor... - dedi Orzu jilmayib
— Umuman olganda yo'q bo'lishi ham mumkin... Hammasini sening
birgina...
— Aka degan so'zim o'zgartiradi! Ammo men halicha bunday
demayman - dedi Orzu Begzodning gapini yakunlarkan jilmaygancha
— Ammo nega? Qiyinmi shunchalar? - dedi Begzod o'ychan, chunki
rostan ham Orzu uni akasidek ko'rsada hech qachon bunday
atamagandi
— Chunki men endi bu so'zni ishlatmayman deya o'zimga so'z
berganman! - dedi Orzu o'tmishini esga olarkan nimadandir jahli chiqib
yuzlari burishgancha
— Balki menga nimalar bo'lganini aytib berarsan? Biroz yengil
tortarmiding? - dedi Begzod uning yana "Sirli o'tmishini" esga olganini
sezib
— Sizningcha og'irga o'xshaymanmi? Yelgil tortadigan? Keling yaxshisi
ishimizga qaytamiz! - dedi Orzu yana yuzida quvnoq qizcha ko'rinishini
yaratarkan
— Baribir bir kun hammasini aytib berishingga to'g'ri keladi... Ho'p
mayli... Qizlarda nima gap? Aloqani tikladingmi? - dedi Begzod Orzu
ishimizga qaytaylik degani uchun gapni burib
— Ha aloqani tikladim - dedi Orzu qo'lidagi kitobni javonga qo'yib,
deraza oldiga borib turarkan
— Ho'sh nima yangiliklar? - dedi Begzod uning hayollar olamiga g'arq
bo'lmasligi uchun suhbatga tortib
— Nima yangiliklar? Ixmm eng avval Shohista Snake tomonidan
o'ldirildi, Nargiza "Qirmizi oy" to'lgan kuni zaxarli yomg'ir qurboniga
aylandi, Feruza Ali tomonidan o'ldirildi, Iroda esa o'z jonini Iskandarni
sehrdan ozod qilish uchun sarfladi, Rayhon esa Qora ruh o'ljasiga
aylandi. Shunday qilib hozirgacha bo'lgan hikoyamiz o'z nihoyasiga yetdi
- dedi Orzu kulgancha
— Demak, endi qizlarning har birida bittadan jon qolgan to'g'rimi? -
dedi Begzod voqealarni miyyasida tahlil qilarkan
— Ha, huddi shunday! - dedi Orzu hamon derazadan tikilib turarkan
— Endi nima qilmoqchisan? - dedi Begzod bundan keyingi ishlar nima
bo'lishiga qiziqib
— Asosiy qasrga qizlarni jamlamoqchiman. Ularni yetarlicha qiynadim.
Endi biroz dam olishsin! Bu yerga qaytishlari bilan katta ko'ngilsizlik yuz
berishini ko'nglim sezyapti - dedi Orzu o'ychan
— Ya'ni bu olamga o'tuvchi partalga ularni o'zing olib bormoqchimisan?
Axir partal asosiy qasrda joylashgan-ku, yoki bunday emasmi? - dedi
Begzod uning bu ishidan hayratlanib
— Yo'q shunday! O'zim shuni xohlayapman! Biroz dardlarini unutishsin,
biroz o'ynab kulishsin, zero oldinda ularni anchagina xavf kutmoqda -
dedi Orzu o'ychan, - Keyin agar hozir ularni bir joyga jamlamasam,
qo'llarida qolgan so'nggi jonlariniyam yo'q qilib bu yerga qayta olmay
qolishadi - deya gapiga qo'shimcha qildi
— Demak, bizning Orzu rahm qilibdi-da - dedi Begzod sevinib
— Ko'p ham xursand bo'lmay qo'yaqoling! Bu yerga qaytishlari bilan asl
qiynoq boshlanadi! - dedi Orzu jiddiy qiyofaga kirib
— Ha mayli shungayam shukur - dedi Begzod Orzuning so'nggi gapidan
hafsalasi pir bo'lib
*********
Bir qiz deraza yonida o'tirgancha tashqaridagi uylariga shoshib
ketayotgan odamlar, farzandlari bilan birga sayr qilib yurgan baxtli
oilalar, it-kuchuklarini sayr qildirgancha hayol surayotgan kimsalar-u,
hiyobon skameykalarida o'tirgancha turli-tuman orzular qurayotgan
sevishganlarni ko'rib yana o'tmish xotiralarini esga oldi
" — Zulfiya yana shu telefoningni titkilayapsanmi? - dedi "U" jahl bilan
— Nima qilay axir shu hikoyaga juda bog'lanib qolganman! - dedi Zulfiya
"U"nga mo'ltirab qaragancha
— O'sha hikoyang mendan ham muhimroqmi? - dedi "U" qop-qora
qoshlarini chimirib
— Yo'q... Unday emas, siz hamma narsadan muhimroqsiz - dedi Zulfiya
"U"nga jilmayib boqarkan
— Unda shu telefoningni qo'yib men bilan suhbatlash! Seni
sog'inganman axir! - dedi "U" Zulfiyaning nuqsonsiz yuziga termularkan
— Ho'p unda sizdan bitta narsa so'rayman maylimi? - dedi Zulfiya
"U"ning o'ziga yeb qo'ygudek tikilib turganidan hijolat bo'lib
— Ho'p so'rachi? - dedi "U" Zulfiyaning uyalganidan yuzlari qizarib
ketganini kuzatib turarkan uning bu holatidan kulgancha
— Yomg'ir haqida so'zlab bering menga! - dedi Zulfiya unga iltijo bilan
boqib
— "Dengiz haqida so'zlab ber menga" degan kitobni eslatib yubording -
dedi "U" kulib
— Ha u kitob ham ajoyib, lekin men yomg'ir haqida so'radim - dedi
Zulfiya ham kulib
— Yomg'irmi... Ho'sh.... Yomg'ir atmosfera ya'ni yerning havo
qobig'idagi to'yingan bulutlar orqali hosil bo'ladi. Ya'ni yerdagi suv
zarralari havoga issiqlik natijasida bug' bo'lib ko'tarilgach, atmosferada
ma'lum bir joylarga yig'ilib bulutlarni hosil qiladi. Keragidan ortiq
miqtorda to'plangan bug' zarralari atmosferadagi havo bosimi pasayishi
natijasida qayta suv zarralariga aylanadi va yomg'ir bo'lib qayta yerga
tushadi. Ikkita to'yingan bulut to'qnashuvi natijasida esa juda kuchli
momaqaldiroq eshitiladi, so'ngra chaqmoq chaqadi. Yomg'ir yog'ib turar
ekan, quyoshning chiqib qolishi va uning nurlari yomg'ir tomchilariga
tushishi natijasida yomg'ir tomchilari turli ranglarda tovlanadi va biz
kamalak deya ataydigan narsa bepayon osmonimizda paydo bo'ladi.
Men shunday o'ylayman, ammo bu qanchalik haqiqat anig'ini
bilmayman - dedi "U" o'zini berilib tinglayotgan Zulfiyaga tushunarlimi
degandek boqib
— Tushunarli, raxmat - dedi Zulfiya uning har bir so'zini maroq ila
tinglarkan...."
*********
Shohista, Nargiza, Feruza va Rayhon kuchli sehr yordamida qayta
o'zlariga kelishar ekan, hali hamon o'z qasrlarida ekanliklariga guvoh
bo'lishdi. Biroz chalg'ish maqsadida tashqariga chiqqan Iroda ham o'z
qasriga termulgancha yaqinlarini qanday topishni o'ylar ekan, oldida
huddi ilk kundagi kabi shaffof ekran hosil bo'ldi. Beshshala qiz ham turli
tamonlarda oldilarida paydo bo'lgan shaffof ekranga hayron boqar ekan
ularni ko'p kuttirmagan holda ekranda Orzuning aksi paydo bo'ldi va u
tezda so'zlay ketdi
" — Ta-ta-tadammmm!!! Bilaman meni rossa sog'ingansizlar... Mensiz
ancha qiynalib, zerikib qolgan bo'lsangiz kerak-a? Mayli bularni keyin
gaplashamiz! Hozir sizlarga bir ajoyib xush xabar aytmoqchiman.
Demak, tayyormisiz??? Xullas, yoningizdagi yigitlarga Asosiy qasrda
bazm bo'layotgani, bazm sizlarsiz o'tmasligini, sizlarni shaxsan men
taklif qilganimni va albatta borishingiz kerakligini aytasiz. Shunday qilib
asosiy qasrga yig'ilgach bazmdan biroz zavq olasiz va partalni topib,
avval aytganimdek har biringiz o'z qon tomchilaringiz yordamida uni
ochasiz. Partal ochilgach tezlik bilan o'zlaringiz undan o'tasiz. Yigitlar
shundoq ham o'tishmaydiku-ya, lekin shunday bo'lsada ularga partal
haqida so'z ocha ko'rmang, ortiqcha qotillik qilishga holim yo'q. Vazifa
tushunarli bo'lsa ishga kirishing. Ziyofat bugunning o'zida bo'lib o'tadi.
Shunday ekan tezlashganingiz ma'qul. Haya u yerga men bora
olmayman bu yerda ba'zi ishlarim bor. Shu sabab ham bazmni u yerdagi
eng yaqin insonim Riya tashkil etadi. Aytib qo'yay u qiz bilan iloji
boricha yaxshi gaplashing, aks holda oxirgi joningizdan ham uning
qo'lida judo bo'lasiz. Agar gaplarim tushunarli bo'lgan bo'lsa xayr, tez
orada ko'rishguncha. Haya raxmatga hojat yo'q..." - Orzu shunday deya
tabassum qilgancha g'oyib bo'ldi. Uning gaplarini eshitgan qizlarning
barchasining jahli chiqdi. Negaki ularning yigitlar bilan aloqasi unchalik
ham yaxshi emasdi.
*********
Eng avvalo o'zini qo'lga olgan Nargiza "sevimli" o'tmishi ya'ni Nurbek
tomon o'z qasriga yo'l oldi. Qasr ichkarisiga kirar ekan Nurbekni hech
qayerdan topa olmagach, oxirgi xona ya'ni o'z xonasiga ko'tarildi.
Kutganidek Nurbek u yerda Nargizaning yotog'ida, uning rasmlarini
quchgancha beozorgina bo'lib uxlab yotardi. Nargiza unga boqarkan
avvaliga negadir qalbida unga nisbatan iliqlik paydo bo'lgandek bo'ldi-
yu, lekin o'tmish xotiralari qayda ko'z oldida gavdalangach bu iliqlik
qanchalar tez paydo bo'lgan bo'lsa shunchalar tez g'oyib bo'ldi. Yotoq
yonidagi grafinda turgan suvni ko'rgan Nargizaning yuziga ayyorona
tabassum yugurdi va u hatto joyidan ham jilmay turib, sehr yordamida
grafindagi suvni Nurbekning ustidan quyib yubordi. Ustidan quyilyotgan
suv sabab asabiy ko'zlarini ochgan Nurbek tepasida havoda muallaq
turgan grafinni ko'rib ko'zlari hayratdan kattalashdi va tezda o'rnidan
turib sehr qo'llayotgan kimsaga hayrat ila boqdi
— Nargiz? Sen... Axir... Qanday? - Hayratdan so'zlari ham chalkashib
ketgan Nurbek Nargizadan nima bo'lgani haqida so'ray ketdi
— Hullas meni eshit... Senga hech narsani tushuntirmoqchi emasman.
Ammo ming afsuski menga hozir yordaming kerak. Aniqroq aytadigan
bo'lsam buni yordam deb ham bo'lmaydi. Chunki bu buyruq. Hullas
Orzu asosiy qasrda bazm tashkillashtirayotgan ekan. Shunga
borishimizni tayinladi - Nargiza hissizlarcha unga kerakli gaplarni aytib
bo'lgach, unga "tushunarli-mi" degandek savol nazari bilan qaradi
— Orzu? Sen uni qayerdan tanisan? - dedi Nurbek battar hayratlanib
— Bunisi bilan ishing bo'lmasin! - Nargiza unga keskin javob berib
gaplashgisi kelmayotganini anglatdi
— Nargiza tog'ri meni yomon ko'rarsan... Menga ishonmassan... Lekin
o'sha Orzu... Undan ehtiyot bo'l... U ko'ringanidek havfsiz qiz emas! -
Nurbek shunday deya Orzu haqida Nargizani ogohlantirmoqchi bo'lgan
edi boshida kuchli og'riq turdi va "Agar yana bir og'iz gapirgudek
bo'lsang, o'ldim deyaver! Vazifangni bajar SLAVE..." - degan tanish
ovozlar yangragach Nurbek ortiq gapira olmadi va shunchaki Nargizaga
tayyorlanishi mumkinligi, olib borishi haqida aytib chiqib ketdi. Biroz
o'tgach boshidagi og'riqlar ham to'xtadi va Nurbek shunchaki bu qanday
bu yo'lga kirib qolganidan qat'iy nazar Nargizaga omad, kuch va sabr
tilash bilan chegaralandi...
********
Orzuning gaplari sabab anchagina ensasi qotgan Shohista qasri tomon
yo'l olarkan u yerdagi Ilonzoda va Snake bilan bo'ladigan "Yoqimli"
suhbatga tayyorlanar hatto ismini ham bilmaydigan bu yigitdan qanday
yordam so'rashni bilmasdi. Nihoyat qasriga kirib borarkan, huddi o'zi ilk
jonidan ayrilgan joyida hali hanuz qimirlamay o'tirgan yigitni ko'rib
yuziga ayyorona tabassum yugurdi
— Vay, vay, vay, vay! Buni qaranglar-a??? O'z qurboning uchun aza qilib
o'tiribsanmi deyman-a Ilonzoda? - dedi u telbanamo kulgancha
— Shohista? - o'ziga juda tanish ovozni eshitgan Shohruz tezda orqasiga
o'girilib hayratdan tili aylanmay qoldi
— Ha men! Nima tilingni yutib oldingmi? Sheriging qani? Nomi nima
edi? Haya "SNAKE" - dedi u bu safar butkul jiddiy qiyofada Shohruzga
nafrat ila termularkan
— U ov qilish uchun ketdi! Sen qanday bu yerdasan? Axir... - u nimadir
demoqchi bo'ldi-yu, ayta olmadi
— O'lgan emoqchi eding-ku demoqchimisan? Hahahaha, senga bir gap
aytaymi? Meni o'ldirish senlarga emas! Mayli bularni qo'yib turaylik.
Bugun asosiy qasrda bazm bo'larkan. Orzu xonim borishimiz shartligini
aytdi. Men yo'lni bilmayman. Demak, sen olib borasan! Qarshiliklarga
o'rin yo'q! Chunki shundoq ham mendan bir jon qarzsan! - dedi
Shohista ayyorona kulgancha
— Orzu?! Ammo... - Shohruz "Sen uni qayerdan taniysan?"- demoqchi
bo'ldi-yu lekin boshida turgan kuchli og'riq sabab shunchaki rozi bo'lib
qo'yaqoldi va tezda u yerdan tashqariga chiqib ketdi...
********
Orzuning gaplarini unchalik yaxshi anglamagan Iroda qasriga qaytarkan
tog'ri Iskandar ya'ni Dwarfning oldiga ko'tarildi va unga bazm haqida
aytib olib borishi kerakligini aytdi. Bazmning Orzuga alpqadorligini
eshitgan Iskandar avvaliga Irodani o'ylab havotir oldi, ammo doimgidek
boshida turgan kuchli og'riq sabab huddi boshqa yigitlar kabi jimgina
rozilik bildirdi.
*********
Orzuning gaplarini miyyasida tahlil qilayotgan Feruza o'zining xiyonatkor
qotilidan yordam so'rashga or qilib, biror reja tuzishga urindi. Ammo
butun hayolini nafrat qurshab olganligi bois rejani qasrga yetib olgach
tuzishga qaror qildi. U qasrga yetib kelar ekan, Alining hech bir
tashvishsiz qandaydir qiz bilan uxlab yotganini ko'rgach, uni shu onning
o'zida o'ldirib yubormaslik uchun o'zini bazo'r tiydi va sekinlik bilan
uning oldiga borib, uning bo'yniga xanjarini tiradi. Bo'yniga tiralgan
o'tkir narsa sabab uyg'onib ketgan Ali qarshisida Feruzani ko'rib ko'zlari
qorachig'idan chiqib ketgudek bo'lib ketdi. Feruza uning bu holatini
ko'rib, mamnun jilmaygancha so'z boshladi
— Sen bilan pachakilashib o'tirishga vaqtim yo'q! Bugun kechqurun
asosiy qasrda bazm bo'lar ekan, unga borishimiz kerak. Bu Orzuning
buyrug'i! Qarshiliklar qabul qilinmaydi. Bazmni Riya ismli qiz tashkil qilar
ekan! - Feruza tezda o'z maqsadini unga bildirib xanjarni uning bo'yniga
yanayam qattiqroq tiradi. Avvaliga Orzu haqida eshitib hayratlangan Ali,
Riya haqida eshitgach negadir ko'zlari quvonchdan porlab ketdi va hech
bir qarshiliklarsiz Feruzaga rozilik bildirdi. Undagi hayrat va quvonchni
sezgan Feruza avvaliga bundan shubhalandi, ammo keyin shunsiz ham
bu yerdan ketishi aniqligini haqida o'ylab Ali mavzusini yopishga qaror
qildi...
********
Mag'rur qadamlar ila Rayhon ham qasriga kirib borar ekan, eng avvalo
Rashidning hali ham zahar ta'sirida ekanligini ko'rib ensasini qotirib
qo'ydi va hech bir qiyinchiliksiz zaharga qarshi sehrni qo'llab uni o'ziga
keltirdi. Zaharlar va sehr haqida qasrga ilk kelgan kuni yashirincha o'qib
olgan kitoblari Rayhonga ayni damda juda as qotayotgandi. Bundan
tashqari undagi aldash qobilyati ham Rashidni hech bir qiyinchiliksiz o'z
nog'orasiga o'ynatishga yordam berayotgandi. Rayhon ham huddi
boshqa qizlar singari vaziyatni Rashidga tushuntirgach, Rashid Orzu
ismini eshitib hech bir so'zsiz unga rozilik bildirdi. Rashidning bu ishidan
so'ng uning ongida ham " Barakalla Slave. Doimgidek sodiqsan" degan
tanish ovoz yangradi....
***********
Har qanday qiz bola uchun bazm, tug'ilgan kun, to'y, yoki u yoq- bu
yoqqa chiqish uchun o'ziga yarasha libos tanlash, kiyish, o'ziga qarash
juda muhim. Zero insonlar qancha "Tashqi ko'rinish emas, qalb go'zalligi
muhim" desada eng avvalo tashqi ko'rinishlariga baho beradilar, chiroyli
narsalarga talpinadilar. Bu bugungi kunning barchaga ayon
haqiqatlaridan biridir. Hozir aynan shunday muammoga duch kelgan
beshlik ham bazm uchun nima kiyishni bilmay uzoq bosh qotirishdi.
Xonasida bazm uchun qanday libos kiyishni o'ylayotgan Nargizaning
hayollarini kutilmaganda qo'lida quticha ko'tarib kelgan Nurbek buzdi.
Uning nima olib kelganini qanchalik qiziqayotgan bo'lmasin, o'zini
befarq tutishga urinayotgan Nargizani ko'rgan Nurbekning yuziga nim
tabassum yugurdi
— Bu senga, bazm uchun mendan arzimas sovg'a! - dedi Nurbek unga
mehr ila tikilarkan
— Menga sendan hech narsa kerak emas! Adashmasam sendan yordam
ham so'ramagandim! - dedi Nargiza iloji boricha qiziqishini yashirishga
urunib
— Shusiz ham senga aytarli hech narsa sovg'a qilmaganman. Kel hozir
shuni ol, sevgimni rad etding... Hech bo'lmasa shu libosni men uchun
bir necha soatga kiy... Kim bilsin endi qachon ko'rishamiz... - Nurbek
shunday deya mahzun boshini egdi
— Hmm... Ho'p... Roziman... Ammo sen menga boya Orzu haqida nima
demoqchi bo'lganingni ayt! - dedi Nargiza uning boya aytolmagan
gaplariga qiziqib
— Hech narsa... Kun kelib o'zing bilib olasan... Sovg'amni qabul
qilganing uchun raxmat... Seni tashqarida kutaman... - Nurbek shunday
deya chiqib ketdi Nargiza esa uning nima demoqchi bo'lganiga
qiziqqancha qolib ketdi. Ammo bu qiziqish boshqa bir qiziqishga o'rnini
bo'shatib bergach, Nargiza qutichani ochib o'zi uchun tayyorlangan och
pushti rangli beldan past qismi keng qilib tikilgan, ikki yenggiga katta-
katta bantikchalar qo'yilgan bir qarashda oddiy ko'rinsada ancha chiroyli
bo'lgan libosni olib Nurbekning bu qadar yaxshi libos tanlaganiga
hayron qoldi. Libos shu qadar nafis ediki oddiylikni hush ko'rivchi
Nargizaning tengsiz husni libos ko'rkiga yanada ko'rk qo'shgandi.
Nargiza libosni kiyib biroz pardoz qilgach Nurbekning yoniga chiqdi va
ular birgalikda asosiy qasr tomon yo'l olishdi.
**********
Iskandar bilan gaplashib xonasiga qaytgan Iroda huddi ilk sehr
qo'llaganidek Orzuning aytganlarini bir-bir eslab ko'zlarini yumdi va
hayollarini jamlab o'zi uchun bazm libosi haqida o'ylay boshladi. Ko'zgu
qarshisida ko'zlarini yumgancha sehr qilayotgan Iroda ishini yakunlab
ko'zlarini ocharkan o'z ishidan mamnun jilmaydi. Uning libosi butkul
havorangda bo'lib, gullar bilan bezatilgan, yeng qismi esa forarik yeng
shaklida bejirim qilib ishlangan edi. U libosi monand tarzda biroz pardoz
qilgach Iskandarning oldiga tushdi
— Ho'sh ketdikmi? - o'ziga o'g'zini ochgancha qarab turgan Iskandarni
ko'rib biroz hijolat chekkan Iroda unga savol berdi
— Aa, ha albatta! - Irodaning savoli sabab hayollarini yig'ishtirib olgan
Iskandar biroz duduqlanib qoldi
— Menga sening oldingi qiyofang, to'g'rirog'i Dwarf yoqardi! - yo'lda
ketishar ekan Iroda Iskandarga nisbatan o'z fikrini bildirdi
— Qiziq nega? U qo'rqinchli emasmi? - dedi Iskandar uning bu gapidan
o'ylanib
— Tog'ri biroz qo'rqinchlidir, ammo u meni yurdirmasdi. Ya'ni agar u
hozir yonimda bo'lganida piyoda yurishimga hojat qolmasdi. Uning o'zi
meni ko'tarib, samolardan olib borardi... - dedi Iroda Dwarf bilan
birgalikda samolarni kezganini eslarkan mayin jilmayib
— Shunaqa degin... - Iskandar ham shunday deya kutilmaganda Irodani
ko'tarib oldi
— Heyy, jinnimisan? Bu nima qilganing tushur meni! Senga
gapiryapman! Karmisan? - Undan bunday harakatni kutmagan Iroda
unga baqirib ura ketdi
— Ha nima? O'zing piyoda yurishdan noliyotganding! Endi jim ket! -
deya Iskandar jilmayib uni mahkam ko'tarib olgancha yo'lida davom
etdi. Iroda esa uni ura-ura oxiri baribir unga bular ta'sir etmasligini
tushunib jimgina ketishga qaror qildi.
**********
Ali bilan bo'lgan ko'ngilsizliklar sabab anchagina asabiylashgan Feruza
xonasiga ko'tarilgach ancha vaqt tinchlanishga harakat qildi. Hech narsa
ish bermagach doimgidek yaqinlari bo'lmish qizlar bilan o'tgan baxtli
kunlarini esladi va biroz tinchlangach o'zi uchun qizil rangli etak qismi
keng libos paydo qildi. Libosdan ko'ngli to'lgach shunga yarasha qizil lab
bo'yog'i ham surib, o'zini Alini o'ldirib qo'ymaslikdek buyuk ishga
tayyorlagancha uning oldiga tushdi. Alining o'ziga termulib qolganini
ko'rgach asabiylashgancha so'z boshladi
— Agar menga qarashni bas qilsang yo'lga chiqardik! - dedi u o'ziga hos
bo'lmagan tarzda vishillab. Chunki rostan ham Alining qilmishlari uning
qattiq jahli chiqishiga sabab bo'lgandi.
— Albatta - Ali undan nigohini uzmagan ko'yi yoqimsiz iljaydi
— Asosiy qasrga sehr yordamida, yoki boshqa yo'llar orqali borish
imkonsizmi? Piyoda yurish shartmi? - dedi Feruza u bilan yonma-yon
ketishdan asabiylashib
— Ha piyoda borish shart! Chunki unga olib boruvchi yo'l muntazam
almashib turadi. Biror vosita yoki sehr orqali unga yetib olish uchun eng
kamida 6 oy vaqt ketadi. - dedi Ali unga izoh berib
— Tovba shunaqasi ham bo'larkanmi? - deya sekin shivirladi Feruza
— Bo'ladi chunki bu Orzu! Uning olami! - Feruza sekin gapirganiga
qaramay uni eshitgan Ali unga javob berdi. Shundan so'ng har ikkalasi
ham hech bir so'z demasdim jim ketishdi.
***********
Xonasida libos tanlay olmay o'tirgan Rayhon eshikning bir maromda
taqqillashi sabab asabiylashgancha o'rnidan turdi va eshikni ochib hech
kim yo'qligini ko'rgach bundan fig'oni falakka chiqdi. Endi eshikni
yopmoqchi bo'lganida esa eshik tagida turgan qutichani ko'rib avvaliga
hayron qoldi. So'ng uni qo'liga olib, ustidagi "Aql oy uchun arzimas
sovg'a" degan yozuvni ko'rib yuziga sezilar sezilmas kulgu yugurdi va
xonasiga kirib, qutichadagi moviy rangli bejirim libosni kiydi. Libosning
etaklari keng, uzun va yaltirab turar, bu esa libosga o'zgacha chiroy
bag'ishlardi. Ozgina pardoz qilib, o'z ko'rinishidan ko'ngli to'lgan Rayhon
Rashidning oldiga tushdi va libos uchun "Arzimaydi" deya hech narsa
bo'lgandek yo'lga chiqishdi. Uning bu harakatlarini ko'rgan Rashid esa
shunchaki jilmayib qo'ydi...
**********
O'zi uchun tor va biroz kalta qilib tikilgan libosni tanlagan Shohista
libosiga yarasha pardoz qilgancha Shohruzning oldiga bordi. Uni bunday
libosda ko'rgan Shohruzning esa negadir biroz jahli chiqdi
— Nima qasrda boshqa libos yo'q ekanmi? Yoki sehr qila olmay
qoldingmi? - dedi Shohruz kesatib
— Nima kiyib, nima kiymasligim bilan sariq chaqalik ishing bo'lmasin!
O'zimga nima qulay bo'lsa o'shani kiyaman! Mening ishlarimga
aralashma Ilonzoda! - Shohista ham unga bor zahrini sochib
gapirmasligini ta'minlagach, u bilan birgalikda yo'lga chiqdi va yo'l bo'yi
umuman gapirmasdan qasrga yetib olishdi...
********
Barcha juftliklar asosiy qasrga yetib kelishgach qizlar bir-birlari bilan
uzoq suhbat qurishdi. Bir-birlariga boshidan o'tkazgan sayohatlarni
aytib berishdi. Asosiy qasrda ularni Orzu aytganidek Riya ismli qiz kutib
oldi. Qizlar uning o'zlaridan qolishmaydigan chiroyini ko'rib
hayratlanishdi. Chunki bu beshlikka chiroyda teng keladigan qizlar
kamdan-kam uchrar edi. Riya rostan ham Orzu aytganidek xavfli qiz
ekanligini uning gaplashish ohangi, bir-biridan "Shirin" so'zlar bilan
yigitlarni siylaganini ko'rgan qizlar hayolan uni "Bekorga Orzuning
singlisi emas ekanda. Opasiga tortgan" deya samimiy jilmayib qo'yishdi.
— Ho'sh Riya sensirasam noqulay bo'lmaydimi? Chunki sizlash menga
noqulaylik tug'diryapti. Mendan kichik ekansiz axir - dedi Nargiza
xushmuomalalik bilan
— Yo'q bemalol. Menga buning farqi yo'q - dedi Riya jiddiylikni
yo'qotmagan holda
— Axa ho'p... Bu yerga yig'ilishimiz sababini bilasan shundaymi? - dedi
Nargiza Orzuning unga partal haqida aytgan yoki aytmaganini bilish
uchun
— Bilaman. Men yigitlarni chalg'itib turaman. Sizlar yuqoriga ko'tariling.
U yerda ham huddi shunga o'xshash katta zal bor. Zal markazida favvora
joylashgan. Favvoradagi kichik tugmachani topib bosishingiz bilan
beshta shisha idish paydo bo'ladi. U yog'iga nima qilishni bilsangiz
kerak? - dedi Riya ularga birma-bir qarab chiqarkan
— Ooo Riya xonim! Sizni ko'radigan kunimiz bor ekan-ku! - qizlar hali
javob bermasidan Ali kelib Riyaga gap ota boshladi. Bundan Feruzaning
yaxshigina ensasi qotgan bo'lsada Riyaning keting deya imlayotganini
ko'rib, o'zini bosishga urundi va yaqinlari hamrohligida qasrning tepa
qavatiga ko'tarilishdi.
— Men senga qidir deganmidim-ki "Ko'radigan kunimiz bor ekan-ku"
deysan! - dedi Riya ensasini qotirib
— Qidir degansan demadim hali Riya! Meni senlashni bas qil! Asabimni
buzyapti sensirashing! - dedi Ali ham bu safar biroz jahl bilan
— Ooo shunaqami? Ayni muddao-daa! O'zi menga ham shu kerak edi!
Sening jahlingni chiqarib energiya olaman-ku axir men! - dedi Riya
ayyorona jilmayib
— Yaxshi gapirganimga haddingdan oshma Riya! Aks holda...
— Nima aks holda? Yana o'g'irlab ketmoqchi bo'lasanmi? Yoki
Orzuyimga shikoyat qilasanmi? Gapir?! Qo'lingdan nima keladi? - dedi
Riya ham battar asabiylashib
— Ho'p, tushundim. Sen bilan yaxshilikcha gaplasha olmaymiz...
— Yomonlikcha ham gaplasha olmayman sen bilan! Bekorga gapirib
og'zingni o'g'ritma! - dedi Riya jilmayib
— Ochilib ketibsan! Bu ko'ylak senga juda yarashibdi... Faqat nimadir
yetishmayapti... Ha topdim... Mana bo'ldi... - Ali shunday deya uning
qora rangli bejirim libosi ustidan o'zining kastyumini kiydirib qo'ydi
— Nima endi shu yo'lga o'tdingmi? Maynavozchiliging o'tmadi. Menga
sendan hech narsa kerakmas! - Riya shunday deya egnidagi kostyumni
sehr yordamida havoga ko'tarib, hech ikkilanishsiz yoqib yubordi.
Yigitlar esa ularning tortishuvini bir past kuzatib, keyin hech narsa
bo'lmagandek ko'ngilxushlik qilishda davom etishdi
— Riya qaysarlikning ham chegarasi bo'ladi! - dedi Ali uning oxirgi
ishidan asab tolalari ketma-ket uzilib
— Sabrning ham chegarasi bo'ladi hurmatli Alibey! Men bir marotaba
gapiraman, ikki marotaba aytishga majbur qilma! Seni ko'rishni
istamayman! Bor o'sha sariq chaqaga arzimaydigan, aytgan gapingdan
chiqmaydigan, har xil tomoshalaringga laqqa ishonadigan aqli kalta
qizlaringni oldiga! - Riya bu safar chidab turolmay ichidagi bor alamini
to'kib soldi. Chunki Ali Riya bilan unashtirilganiga qaramay doim boshqa
qizlarni oldida bo'lishi uning asab tolalarini butkul yo'q qilib yuborgandi
— Riyam, qalbim malikasi, qaysarlik qilishni bas qil. Axir sen ham huddi
men kabi, menga oshiqsan-ku! - dedi Ali biroz yumshab
— Oshiq?! Kulgim... - Riya o'zini kimdir ko'tarib olgani sabab gapi
og'zida qolib ketdi. O'sha kimdirning Ali ekanligini yaxshi bilganligi bois
ham qech bir qaysarlik qilmay jimgina qo'llarini uning bo'ynidan o'tkazib
oldi. Chunki u Ali o'ziga ziyon yetkaza olmasligini, shuningdek o'zining
ham ayyorlik bilan Alini tovbasiga tayantira olishini yaxshi bilardi.
Shu bois ham hayolan Ali uchun "Ajoyib" rejalar tashkillashtirgancha
ayyorona jilmayib, Alining to'xtashini va o'zini yerga tushirishini kutishni
avfzal bildi...
Qizlar tepaga ko'tarilgach bir-birlariga o'zlarini shubhalantirgan
narsalarni aytib bera boshlashdi.
— Qizlar Nurbek negadir g'alati... Ya'ni Orzu haqida aytganimdan keyin
menga "Ehtiyot bo'l", "U sen o'ylaganchalik yaxshi qiz emas" dedi-yu,
yana nimadir demoqchi bo'lgan payti boshini changallagancha jimib
qoldi... Negadir menda shubxa paydo bo'ldi... Qiziq u nima demoqchi
bo'ldi ekan aa?? - dedi Nargiza doimgidek birinchi bo'lib o'z fikrlarini
bildirgancha
— Sen o'ylaganchalik yaxshi emas emish... Hihh o'grildim... Masalan
men uni hech qachon yaxshi deb o'ylamaganman... Shubxaga kelsak u
menda doimo bo'lgan. Lekin gapingizda jon bor... Chunki yaramas
Ilonzoda ham Orzu haqida eshitgach hayratlanmay qolmadi. Negadir
uning ko'zlarida qorquv sezdim... Yana uning ham boshi og'ridi chog'i
negadir turqi o'zgarib ketdi - dedi Shohista ham o'z fikrlarini bildirib
— Yaramas qotil ham Orzu haqida eshitgach negadir hayratlandi - dedi
Feruza Alini eslagani uchub g'azab bilan
— Dwarf ya'ni Iskandarda ham shu axvol... - dedi Iroda ham shubxalanib
— Demak Orzuda qandaydir biz bilmagan sir bor va u sir ko'pchilikni
qo'rquvga sola oladi... Lekin negadir Rashid u haqida eshitgach hech
qanday reaksiya bildirmadi - dedi Rayhon o'ylanib
— Shoshmangchi... Orzu bu olam haqida ilk bor ma'lumot berganida
nima degandi? Siz u yerda shunchaki tajriba orttirasiz demaganmidi? -
dedi Nargiza o'ylanib
— Ha ammo buni nima ahamiyati bor? - dedi Shohista tushunmay
— Agar bu yerga shunchaki tajriba to'plash uchun jo'natilgan bo'lsak va
Orzu bu yerga bizni jo'natib, o'zi qaytarib o'z olamimizga chiqarayotgan
bo'lsa... Demak bu olam....
— Orzuniki? Shundaymi? - dedi Rayhon o'z tahmini bildirib, qolgan
qizlar ham unga qo'shilishgach Nargiza gapini davom etdi
— Katta ehtimol bilan ha.
— Demak bu yerdagi voqealardan u xabardor... Xatto barchasini o'zi
uyushtirgan shunday-mi? - dedi Feruza hayratlanib
— Bunisi bizga qorong'u... Tezroq qaytsak bilib olamiz! -
Nargiza shunday degach qizlar favvoragadi yashirin tugmachani bosib
har biri bittadan kichik billur idishlarga qonlarini tomizishdi va bir zumda
vaqt oralig'idan o'tib o'z olamlariga qaytib qolishdi. O'zlarini qayta ilk
bor sehr qilgan joyida ko'rgan qizlar yengil tin olgach tashqaridan bir
maronda eshitilayotgan poshna ovozlari sabab jimib qolishdi.
— Nihoyat kelibsizlarda!!! Sizlarni biram sog'indim-ki... Shakarim
ayniqsa sening men ketganimdan keyin orqamdan "Kal bosh bo'lib
qolgur" deyishlaringni juda sog'indim... Kelishingni kutaverib rostan
ham kal bo'lib qolaman-mi deb o'ylagandim rosti - dedi Orzu
Shohistaning asabiga tegish uchun
— Hali kelishimga bir daqiqa ham bo'lmay turib asabimni buzma Orzu
xonim! Sen yaxshisi mening qobilyatim nimaligini ayt! Axir juda
"Ishbilarmon" san-ku! - dedi Shohista ham bir paytlar qandaydir ishlarr
sabab o'zining qobilyatini aytmagani uchun Orzudan alamini olib
— Oxxo shirinin sen hali qobilyating qanaqaligini bilmaysanmi? Sendagi
qobilyat shukiii... - dedi Orzu ataylab uning asabini buzish uchun gapini
to'liq aytmay
— Ho'sh??? - dedi Shohista asabiylashib
— Sendagi qobilyat chaqqonlik. Ya'ni senda asosan vampirlarda
kuzatiladigan chaqqonlik hususiyatiga egasan, yana ong orqali har
qanday inson, sehrgar yoki boshqa biror tur, jonzodlarga bosim o'tkaza
olasan - dedi Orzu jilmayib
— Demak xohlagan insonimni ong orqali azoblab istagan narsamni bilib
olishim mumkin shunday-mi? - dedi Shohista ayyorona jilmayib
— Qisman shunaqa, lekin kuching o'tmaydiganlar ham bor! - dedi Orzu
kulib
— Ular kimlar? - dedi Shohista qiziqib
— Ular "Legatus mortis" ya'ni "Ajal elchilari" bu turdan faqat bitta
qolgan va u shu olam shahzodasi sanaladi. Undagi sehr ranggi oq va
qora. Qaysi rangga moyillik kuchligiga qarab u yaxshi yoki yomon
bo'ladi. Bizning shahzodamizda esa qora rangga moyillik kuchli bo'lib u
haddan tashqari yovuz. U bilan ko'rishishni hech biringizga maslahat
bermasdim.
Yana faqat "Oq" yoki faqat "Qora" rangda sehr qila oladigan
shahzodadan keyingi o'rinda turuvchi kuchli turlar mavjud bo'lib ular
"Angelus - Farishta ya'ni oq rangli sehrgarlar" va "Diaboli- Iblis ya'ni
qora rangli sehrgarlardir" Hullas shirinim sening kuching ularga o'tmaydi
- dedi Orzu Shohista tushundingmi degandek qarab
— Tushunarli - dedi Shohista uning savol nazariga javoban
— Demak sen shahzodadan keyingi tur ya'ni "Angelus" oq rangli
sehrgarsan shundaymi? - dedi Iroda u aytgan ma'lumotlar va Orzuning
doimo oq rangda sehr qilishi sabab tahmin qilgancha
— Aytarlik shunday... - Orzu shunday deya qisqa javob bergach qizlarga
dam olishi mumkinligini aytib, ularni xonada yolg'iz qoldirdi...
**********
— Nega sardor bilan o'chakisha verasan-a? Nima o'lging kelyaptimi?
Avval nafas tomirlaring, keyin bilaklaringdagi qon tomirlari mana endi
ko'zingni ham ko'r qilishiga oz qolibdi! Senga shu kerakmi? Joningdan
to'yganmisan tentak? - dedi Dovud Feruzning peshonasidan boshlab
qoshini ham kesib o'tib ko'zigacha kelgan jarohatni tozalarkan
mehribonlik bilan dakki bergancha
— Umuman olganda juda chiroyli bo'libdi. Yaralar sehr bilan
davolanmasligini inobatga olsak, ular bitgach qoshingni shunaqa
kestirishga borib tursang bo'larkan - dedi Asad kulib, Javohir va Jamshid
ham uning bu gapiga kulib yuborishdi faqat Dovud o'zini kulgudan tiyib
ularga olaqarash qilib oldi
— Jaaa xohlayotgan bo'lsang o'zingda sinab ko'r. Haya sardorga gapirish
sizlarga emas-ku, qo'rqasizlar axir... A yo'q uzur qog'ozga o'rab
gapirishim kerak ediya, mana qayta aytaman. "Axir hurmat qilasizlar-ku
o'sha sardoringizni" - dedi Feruz asabiy
— Feruz o'zingni bos! Ular shunchaki hazil qilishdi axir! - dedi Dovud
ularning bir-birlariga g'azab bilan qarayotganini ko'rib janjalning oldini
olish uchun
— Hazil ko'taradigan ahvoldaman-mi seningcha? - dedi Feruz hali hanuz
Asaddan ko'zlarini uzmagancha
— Ko'tarishing shartmas! - dedi Asad unga g'azab ila tikilarkan
— Ooo kimdir gapirishni o'rganibdi-mi? - dedi Feruz mashalashda
davom etib
— Og'zingga qarab gapir Feruz! - dedi Asad qo'llarida nur hosil qilib
— Kimdir menga aql o'rgatmoqchi bo'lyaptimi hozir? Oldin yaxshilab
gapirishni o'rganib ol kivhkintoy! - Feruz shunday deya handon otib
kulib yubordi. Uning bu gapidan qattiq jahli Asad ortiq chidab turishni
istamay g'azab bilan unga qo'lidagi nurni yo'lladi, ammo sehrli nurlar
Feruzga yetib bormasdan turib uni qora tutun yutib ketdi.
— Iyeee yigitlar mensiz ko'ngilxushlik qilyapsizmi hali? No, no, no, no bu
ishingiz yaxshimas lekin! - dedi "U" telbalarcha jilmayib
— Sardor siz...
— Ovozingni o'chir Dovud! Qayerga qarayapsan sen? Men sizlarni nima
uchun qutqardim? Nima uchun tinimsiz mashq qildirdim? Sizlarni
nimaga tayyorladim? Bir-biringizning go'shtingizni yeyish uchunmi? - zal
bo'ylab "U"ning qo'pol ovozi yangradi
— Haligi...
— Gapirma dedim senga Dovud! Sen esa Asad jahlingni jilovlashni
o'rgan! Jaa o'rgana olmasang yonimga kel. O'zim yaxshilib o'rgatib
qo'yaman! - dedi "U" Feuzning jarahotlariga qarab olgancha – Feruz
janoblari? Siz bilan hech yaxshi gaplasha olmas ekanmizda-a? - dedi "U"
Asadning sukunatini rozilik deya tushunib Feruzning yuzi bo'ylab
o'zining har qanday kuchli sehrgarni yo'q qilishga qodir xanjarini
yurgizgancha bo'yniga tirab
— Shu xanjaringizning shaydosimanda SARDORIM - dedi Feruz ataylab
"sardor" so'zini boshqacha talaffuz qilgancha
— Istasang shu xanjar ila joningni olishim mumkin! Keyin narigi
dunyoda "Shaxsan SARDORNING o'zi meni har qanday sehrgarni
o'ldirishga qodir xanjarda yo'q qilgandi" deb faxrlanib yurasan! - dedi
"U" telbanamo jilmayib
— Sa.r..rd..or? Bizga biror gapingiz bormidi? - dedi Dovud ularning
jiddiylashib ketganini ko'rib havotirlangancha
— Oo yaxshi eslatding! Tovuq miyyang ishlab turarkan-mi? - dedi "U"
kulib
— Nima gapingiz bor edi? - dedi Dovud uning "Tovuq miyyang..."
deganidan asabi buzilganiga qaramay o'zini bosishga urunib
— Qizlar qaytibdi... Ularning kuchini his qilyapman... Ma'lumotlarga
ko'ra qizlarning jamoa boshlig'i Nargiza ismli qiz. Mana bu rasmi.
Hoziroq uni qidir. Qayerga bormoqchi, nima qilmoqchi aniqla. Axir
kelajakni ko'ra olasan! Shuncha oylik mashqlar natijasini ham ko'rsat
endi - dedi "U" jiddiylashib.
Keyin Jamshid va Javohirga yuzlandi.
— Sizlar nima mum tishlab olganmisiz? Ora sirada gapirib tursangiz o'lib
qolmaysiz! Faqat Feruzga o'xshab jaa ko'p sayrab yubormasangiz
bo'lgani - dedi kulib.
Ulardan biror gap so'z chiqmagach barchasiga qarab
— Ishga kirishing! Qizlarni yo'q qilish vaqti keldi! Ota-onalaringiz uchun
qasos olishingiz kerak-ku axir! Haya yana qizlarga taslim bo'lib, yengilib,
yoki achinib o'tirmang. Qizlarni ojiz deyishgani bilan ular ayyor
bo'lishadi.
Shunday ekan hamma ishga! - "U" shunday deya jilmaygancha
qanchalik tez paydo bo'lgan bo'lsa, shunchalik tez g'oyib bo'ldi.
"U" ketgach yigitlar yengil nafas olishdi.
— Yodingizdami sardor kuchli turlar haqida ma'lumot bergandi - dedi
Jamshid o'ylab
— Mening yodimda. Oq va qora kuchlar sohibi "Legatus mortis", oq
kuchlar sohibi "Angelus" va qora kuchlar sohibi "Diaboli" lar - dedi
Javohir unga javoban
— Ha to'g'ri, ammo buni nega so'rab qolding - dedi Asad qiziqish bilan
Jamshidga yuzlanib
— Menda ham shu savol - dedi Dovud
— Gap shundaki sardorimiz doim qora rangli sehrdan foydalanadi... -
dedi Jamshid o'ylab
— Bu bilan uni "Diaboli" ya'ni "Iblis" demoqchimisan? - dedi Javohir
ham qiziqib
— Nima uning iblis ekanligini endi payqadingizmi? - dedi Feruz kulib
— Umuman olganda unga bu nom juda mos! - dedi Asad ham
kulgancha
— To'g'ri... - yigitlar bir ovozda shunday deb baravariga kulib yuborishdi
— Bo'pti qani endi hamma ishga! - nihoyat kulishdan to'xtagan Dovud
shunday deya "U" bergan rasmdagi Nargizaning rasmiga qaragancha
uning hayolot olamiga bog'lanish orqali nima qilmoqchiligini bilishga
uruna boshladi...
**********
— Qizlarrrrr! Hamma tayyormi? - hech qancha vaqt o'tmay qaytib
kelgan Orzu quvnoq ovozda
— Nimaga? - dedi qizlar bir ovozdan hayron holda
— Bir mashq qilib ko'rmaymizmi tabiat qo'ynida? - dedi Orzu qizlarga
savol nazari bilan boqarkan
— Ammo biz... - Nargiza endi gapirmoqchi bo'lganida Orzuning
nigohlaridan "Bu buyruq" ekanligini anglab jimib qoldi.
— Ho'p men rozi. Qayerga boramiz - dedi Rayhon qiziqib
— Menda ham qarshilik yo'q - dedi Shohista ham
— Menda esa savol bor! Sen ham biz bilan borasanmi? - dedi Iroda
Orzuga qarab
— Albatta boraman. Demak rozi bo'lsangiz qani olg'a! - dedi Orzu
mamnun jilmayib
— Ammo qayerga? - dedi Feruza hayron
— Borganda bilib olasiz!
Orzu shunday deya jilmaygancha qayergadir partal ochdi va qizlar bir-
birlarining qo'llaridan tutgancha qartaldan o'tib ketishdi. Narigi
tomondan qandaydir qo'rqinchli o'rmonga kelib qolganini ko'rgan qizlar
Orzuga savol nazari bilan qarashgach Orzu kelgan joylari haqida
ma'lumot berishga kirishdi
— O'rmonga kelganimizni aytmasam ham anglab bo'ldingiz. Nega aynan
o'rmon demoqchi bo'lsangiz, o'rmonlar o'zining sirli va qo'rqinchli
ekanligi bilan doimo insonlar qalbiga qo'rquv urug'ini socha olgan. Shu
sabab ham biz o'sha qalbimizdagi qo'rquvlarni yengish uchun mana shu
o'rmonga keldik. Bu o'rmon Yaponiyaning Xonsyu orolidagi Fudzi tog'i
etagida joylashgan Aokigaxara o'rmoni bo'lib, bu yer San Fransiskodagi
"Oltin darvoza" ko'prigidan keyingi eng ko'p o'z joniga qasd qilinadigan
joy hisoblanadi - deya Orzu qizlarga tushunarli bo'ldimi degandek
qaradi. Ular tasdiq ma'nosida bosh chayqagach qayta so'zlay boshladi
— Demak hozir men har biringiz bilan alohida-alohida mashq qilaman
ungacha qolganlar bir-birlari bilan bellashib turadi. Ho'sh kimdan
boshlaymiz? - dedi Orzu jilmayib
— Mendan boshlayqolamiz! - dedi Nargiza doimgidek birinchi bo'lib
— Yaxshi, unda Iroda Shohista bilan, Feruza esa Rayhon bilan birgalikda
mashq qilib turadi. Hozircha faqat qobilyatingiz yordamida ish ko'rasiz!
Keyingi safar sehrlarsiz qilichlar yordamida kurashishni o'rganamiz.
Vaqtimiz kam, qancha tez o'zingizni himoya qilishni o'rgansangiz
shuncha yaxshi. Tushunarli bo'lsa boshladik.
Orzu gapini yakunlagach huddi u aytganidek Nargiza va Orzu, Feruza va
Rayhon, Iroda va Shohista birgalikda o'z kuchlaridan foydalangan holda
mashq qila boshlashdi.
*******
— Sardorni top Feruz! - dedi Dovud nihoyat Nargiza bilan bog'lanish qila
olgach ularning qayerga borganliklarini aniqlaganidan xursand bo'lib
— Jonim bilan - Feruz shunday deya partal ochdi-yu qayergadir g'oyib
bo'ldi va hech qancha vaqt o'tmay sardor bilan birgalikda yelkasi
kesilgan holda qaytib keldi. Uning bu ahvolidan qayta ishkal chiqarib
sardorni topganini tushungan yigitlar peshonalariga urgancha kulib
qo'yishdi.
— Ho'sh nima gap? - dedi "U" xanjaridagi qonlarni artarkan Dovudga
yuzlanib
— Men qizlarni topdim! Ular hozir Aokigaxara o'rmonida ya'ni
Yapuniyada! - dedi Dovud mamnun jilmayib
— Unday bo'lsa qani hamma ishga! O'rmon qayerda ekanligini yaxshi
bilsangiz kerak? - dedi "U" jiddiy ohangda
— Albatta ammo siz bormaysizmi? - dedi Jamshid qiziqib
— Ishlarim chiqib qoldi tezlik bilan ketmasam bo'lmaydi - dedi "U" sal
avval olgan xabarini eslab
— Tushunarli.
Yigitlar shunday deya har biri o'zlari uchun partal ochib Yaponiya
o'rmoniga yo'l olishdi. "U" esa partal ochgancha qayergadir g'oyib
bo'ldi.
*******
Mashq qilib anchagina toliqqani bois qayta kelgan joyiga yig'ilgan qizlar
Orzuning yo'qligidan hayron qolishdi
— Qizlar Orzu qayerda? - dedi Nargiza qiziqib
— Bilmadim oxirgi bo'lib Rayhon bilan mashq qilgani ketgandi. Ammo
na u va na Rayhon yo'q - dedi Feruza vaziyatga izoh berib
— Ular qayerga...
Nargiza endi gapirmoqchi bo'lganida orqasidan kelib boshiga takkan
zarba sabab hushidan ketdi. Qolgan qizlar ham endi himoyalanmoqchi
bo'lganlarida o'zlariga kelib tekkan zarbalar sabab birin ketin
hushlaridan ketishdi...
*********
Zulfiya doimgidek derazadan tashqariga termulgancha o'tirar ekan xona
eshigi ochilgani sabab diqqati buzildi avvaliga kelgan inson Begzod deb
o'ylagandi, ammo uning emas, balki o'ziga juda qadrli ozovni eshitib
negadir tanasi bo'ylab yengil titroq turdi.
— Yag'mur? - dedi "U" doimgidek jilmayib
— .... - Zulfiya "U"nga boqarkan bir zum uning nuqsonsiz yuziga
mahliyo bo'lib qoldi-yu lekin hech narsa demadi
— Seni bittasi bilan tanishtirmoqchiman! - dedi "U" yana kulib.
Zulfiya uning kimni nazarda tutayotgani, nega, nima uchun, qanday
maqsadda bu yerga kelganini o'ylarkan unga savol nazari bilan qaradi.
"U" ham Zulfiyaning nimani o'ylayotganini tushundi chog'i eshikdan bir
qadam tashqariga chiqib kimnidir chaqirdi va yonida go'zal ko'rinishidan
modellardek sohibjamol qiz bilan yonma-yon kirib keldi. Zulfiya
"U"ndan qanchalik nafratlanmasin baribir negadir "U"ni rashk qildi.
Shuncha qilganlari kamdek yoniga qaytib sevgan qizi bilan
tanishtiryotgani uning g'ashiga tekkandi. "U" Zulfiyaning peshonasida
sezilar sezilmas bir nechta chiziqchalar paydo bo'lganidan jahli
chiqqanini anglab jilmaygancha uni sevgan qizi yonida yerga urib
ustidan kuldi va hech narsa bo'lmagandek tashqariga chiqib ketdi. "U"
ketgach ichidagi otashni qay tariqa tashqariga chiqarib qutilishni
bilmagan Zulfiyaga doimgidek yomg'irlar yordamga keldi va u
aravachasida lift yordamida pastga tushib ochiq osmon ostida yomg'ir
tomchilariga yuzini tutgancha chuqur-chuqur nafas oldi. Keyin esa
doimgidek shunchaki jilmaydi. "U" ning bu ishlaridan qayta "Iblis
mahbubim" asarini eslagan Zulfiya o'ziga o'zi so'z berdi. U hech qachon
u asardagi Zulfiya kabi "U"ni kechirmaydi. Bunday qila olmaydi.
** ********
Zulfiyani ko'rish uchun kelgan Begzod uning yoniga "U" kelganini ko'rib
tezda Orzuga xabar berdi va Orzu mashg'ulotni tashlagancha opasining
oldiga keldi. Ammo u kelganida "U" allaqachon ketib bo'lgan, Zulfiya
opasi esa yomg'ir tagida shunchaki yomg'irning mayin zarralariga yuzini
tutgancha o'tirardi. Shu payt qayerdandir uchib kelgan o'q Zulfiyaning
qo'lini silab o'tdi. Natijada Zulfiya uncha og'ir bo'lmagan jarohat oldi.
Avvaliga Orzu tezda uning oldiga borib yordam bermoqchi bo'ldi, lekin
ikki narsa bunga yo'l qo'ymadi. Birinchisi Zulfiya sehr jodu haqida
bilmasligi bo'lsa, ikkinchisi uning jarohatidan oqayotgan tim qizil qon
edi. Orzu opasining jarohatidan oqayotgan tim qizil va yorqin qonga
qarar ekan ko'zlari hayrattan kattalashdi. So'ngra onasining oldiga borib
huddi hech narsa bo'lmagandek jarohatini bog'lagancha o'z maskaniga
qaytdi. Kelgach bu haqida endi Begzod bilan ham gaplashib ko'rmoqchi
bo'ldi-yu lekin Begzod aytgan xabar sabab bunga vaqt bo'lmadi
— Orzu? Orzu! - dedi Begzod shoshib
— Nima? Nima deysiz? - dedi Orzu hali hanuz opasini o'ylarkan mayus
tortgancha
— Bu nima ahvol? Esingni yig'! Qizlar qo'lga tushibdi? Eshityapsanmi
meni? Qizlar deyapman senga! - dedi Begzod rostakamiga jahli chiqib
— Qizlar, qizlar! Qachongacha orqalaridan men yuraman? O'zlari
qutulishsin, yo'qsa menga baribir! - dedi Orzu o'ychan
— Aqldan ozdingmi? Ular hali tayyor emas! Ularga hali tajriba kerak! -
dedi Begzod
— Menga ham kerak bo'lgan... Ammo hech kim yordam bermagan -
dedi Orzu qo'lini iyagiga tiragancha
— Esingni yig' tentak! Shuncha qilgan mehnatingni bir lahzada yo'qqa
chiqarmoqchimisan? Bekorlarni beshtasini yebsan! Ko'p asabimni
buzmay tayyorlan! Qizlarni olib kelamiz! - dedi Begzod qat'iy ohangda
— Uff ho'p - Orzu shunday deya huddi ninzalar kabi faqat oppoq libos
kiyib oldi va Begzod bilan birgalikda qizlarni olib qaytish uchun yo'lga
chiqdi.
*********
Qandaydir zalda o'zlariga kelgan qizlar qarshilarida o'zlariga g'azab bilan
tikilib turgan yigitlarni ko'rgach avvaliga hayron qolishdi, ammo keyin
ularning kimligini tahmin qilishgach sekin asta yuzlariga kulgu yugurdi.
Bu esa o'z o'rnida yigitlarning e'tiborini tortmay qolmadi.
— Rayhon qayerda? Singlimga nima qildingiz? - dedi Nargiza doimgidek
birinchi bo'ib so'z boshlarkan qarshisidagi yigitga sovuq qarash
qilgancha
— Agar unga nimadir qilgan bo'lsangiz mendan yaxshilik kutmang!
Tug'ilganingizga pushaymon qilaman unga nimadir qilsangiz! - dedi
Shohista g'azab bilan
— Iyuu qushchani jahli yomon-u aaa? - dedi Feruz jilmayib
— Singlimiz qayerda? - dedi Feruza ularning hali hanuz javob
bermaganidan savrsizlanib
— Umuman olganda bizda ham shu savol? Beshinchingiz qayerda? -
dedi Feruz, Feruzga boshdan oyoq termularkan
— Bilganimizda senlardan so'rab o'tirmasdik! - dedi Shohista tutoqib
— Tshshsh! Mana shu tiling bor-ku suyaksiz? O'shani tiymasang
o'zingga qiyin bo'ladi qizaloq! - dedi Asad Shohistaga tikilib
— Jamshid qayerda? - dedi Feruz faqat qizlar emas o'zlari ham to'rtta
bo'lib qolganidan hayratlanib
— U xonasida charchagan emish. Yana qizlar to'rtta bo'lganiga
o'zlaringiz eplarsiz dedi - deya Feruzga javob qildi Dovud
Shu payt huddi xitoy ninzalari kabi biri butkul qora, biri oq kiyinib olgan
juftlik zalga kirib keldi va yigitlarga hujum qila boshladi. Asosan oq
kiyinib olgan shaxs jang qilar, narigisi esa qizlarni ozod qilish bilan band
edi. Nihoyat so'nggi yigitni ham Begzod yordamida hushsizlantirgan
Orzu qizlarni olib u yerni tark etdi va o'zlari doimo mashq qiladigan
zalga bordi. U yerga kelgach Rayhonning allaqachon kelganini ko'rib
barchasi hayratlanishdi, ammo shundog'am qobilyati aldash bo'lgan
Rayhon opalarini hech ikkilanmay aldadi. Uning gaplaridan esa faqat
birgina Orzu yolg'on ekanligini angladi, ammo hech narsa demadi.
So'ngra qizlarni joylariga o'tqazib suv berdi va tanbeh bera boshladi
— Bu yer sizlarga men yaratgan olam emas! Bu yerda faqat bitta
joningiz bor! Eshityapsizmi bitta. Yoki o'sha joningizni asrab qasos
olasiz, yoki taslim bo'lib qurbonga aylanasiz! Nima uchun ularni
sezmadingiz? Nega e'tiborsizlik qildingiz- dedi Orzu jahl bilan
— Biz ular kelganini sezmay qoldik - dedi Shohista o'zini oqlashga
urunib
— Yana ular qizlardek orqadan zarba berdi. Bunday ishlar erkaklarga
yarashmaydi - dedi Nargiza Shohistaning gapiga qo'shilib
— Hoy nima balo tentakmisiz? Hayotingiz haqida gap ketarkan jinsining
nima aloqasi bor? - dedi Orzu asabiy
— Ho'p uzur boshqa takrorlanmaydi. Ammo sen ham birzdagi ba'zi
savollarga javob ber - dedi Feruz o'ychan
— Ho'sh - dedi Orzu qiziqib
— Sening olaming, ya'ni vertual olam... U yerda men farzandli bo'lgan
ekanman... Shu rostmi? Rost bo'lsa u nega o'ldi? Yoki tirikmi? - dedi
Feruza mayus tortib
— Umuman olganda sen farzandli bo'lmagansan u shunchaki bir
ro'yodek narsa - dedi Orzu kulib
— Ya'ni u yerda bo'lgan hamma narsa shunchaki ro'yomi? - dedi Rayhon
qiziqib
— Umuman olganda ha - dedi Orzu o'ylab
— Unda yigitlar ham yo'q ekanda shundyami? - dedi Iroda ham
suhbatga qo'shilib
— Yo'q ular mavjud va menga ishlashadi - dedi Orzu hech narsa
bo'lmagandek javob berib
— Ular sen haqingda gapirmoqchi bo'lganida negadir boshlarida og'riq
turdi. Bu ham sening ishingmi? - dedi Nargiza qiziqib
— Yo'q, umaman olganda ha. Chunki ular "Slave" ya'ni "Qullar"...
Vertual olam qullari - dedi Orzu Nargizaga tikilgancha tushunarli
bo'ldimi degandek. Qizlardan hech bir sado chiqmagach Orzu
Begzodning oldiga boyagi masalada gaplashib olish uchun ketdi...
********†
— Yigitlar mobodo boyagi oq ninjaning ko'zlari tanish tuyilmadimi? -
dedi qizlarni qo'ldan boy bergach o'zlariga kelgan Feruz yigitlarga
yuzlanib
— Yo'q nega so'rayapsan? - dedi Dovud hayron
— Ko'ziga qarashga ham ulgurdingmi? Qoyil ee - dedi Jamshid
kulgancha
— Rostan biz hatta ko'ziga e'tibor ham bermabmiz bu janob esa e'tibor
bergan - dedi Javohir va Asad ham kulgancha
— Chunki men e'tiborsiz emasman! Bu yerda bir gap bor hali meni aytdi
deysiz - dedi Feruz o'ychan
*********
— Orzu shoshma! - dedi Feruza Begzodning oldiga ketayotgan Orzuni
to'xtatib
— Ho'sh nima gap go'zalim? - dedi Orzu jilmayib
— Haligi Riya va Ali... Ular birgami? - dedi Feruza qoshlari chimirilib
— Ha nega so'rayapsan? Yoki yoqtirib qoldingmi? - dedi Orzu bir qoshini
ko'tarib
— Yo'g'ee qanaqa yoqtirish? Men shunchaki... haligi... uni o'ldirsam
maylimi demoqchi edim - dedi Feruza Orzuning ko'zlariga boqib
— Iya ta'sirchan qizimiz vaxshiyga aylanibdimi? - dedi Orzu kulib
— Gap Ali haqida borarkan iblisga ham aylanaman! - dedi Feruza
asabiylashib
— Bilasanmi Feruza? Ali nima qilgan bo'lsa men buyurganim uchun
qilgan! Ustiga-ustak Bobur hech qachon bo'lmagan, ya'ni sening
farzanding bo'lmagan! U shunchaki ro'yo! Aliga kelsa uni Riyaning o'zi
ham o'lgandan battar qiladi bunga shubhang bo'lmasin. Shunday ekan
Alini o'ldirish degan fikrni hayolingdan chiqar. Nafratingni jilovlashni
o'rgan! Aks holda aslo maqsadingga yeta olmaysan - dedi Orzu
Feruzaga tushundingmi degandek termulib, undan sado chiqmagach
esa partal ochib qayergadir g'oyib bo'ldi. Feruza esa qizlarning oldiga
qaytdi.
*********
"Orzu zarur ishi chiqib qolganini aytib ketib qolgach yolg'iz qolgan
Rayhon qizlarning yoniga yo'l olarkan kimdir uning og'zini qo'li bilan
berkitgancha ko'tarib oldi va uzoqroq ko'zdan holi joyga olib borib yerga
qo'ydi.
— Surbet! Laqma! Kimsan o'zi? Nima haqqing bor menga teginishga? -
dedi Rayhon u og'zini bo'shatgach baqirgancha
— Vo aleykum assalom. Raxmat men ham yaxshiman - dedi u kulib
— Nimaaaa? Aqldan ozganmisan? Men senga yaxshimisan demadim!
Kimsan dedim tasqara? - dedi Rayhon tutoqib
— Haloskoringman zaxaroy! - dedi u yana kulib
— Haloskor? Toming ketganmi seni? - dedi Rayhon asabiy
— Yo'q. Ismim Jamshid! Seniki Rayhon ekan sardoring bilan mashq
qilayotganingda eshitdim. Hullas bizni yigitlar opalaringni olib ketishdi
hafa bo'lish yo'q! Istasang borib sardoringga yetkaz kelib ularni
qutqarsin - dedi Jamshid jiddiy nigohda
— Hazillashyapsanmi? Sen... Sen o'sha yangilardanmisan? Ya'ni o'sha
aqlsiz beshlikdan? - dedi Rayhon hayratdan ko'zlari kattalasharkan
— Zaxaroy haddingni bil! Yana qutqarganim ham esimdan chiqib o'z
qo'llarim bilan jahannamga jo'natib yubormay! - dedi Jamshid
Rayhonning aqlsiz degan so'zidan asabiylashib
— Hahaha senmi? Meniya??? Bor e ko'nglimni ko'chasi! Tengding bilan
o'yna bolakay! Meni yengaman deb o'lib ketma tag'in - dedi Rayhon
ham kulgancha
— Sendan kattaman zaxaroy! O'ylab gapir! - dedi u sekinlik bilan
Rayhonga yaqinlasharkan
— Hmm... ho'p... - Rayhon nozlangancha shunday derkan yashirincha
paydo qilgan nurlarini qarshisiga kelgan Jamshidning boshida yo'lladi va
u kutilmagan zarba natijasida hushidan ketdi. Bundan foydalangan
Rayhon tezlik bilan opalarini qidirishga tushdi ammo topolmagach
Orzuga xabar berish uchun o'zlarining mashq zaliga qaytdi. Lekin
Orzuning yo'qligini ko'rgach uning allaqachon qizlarni qutqarishga
ketganini tushungan Rayhon shunchaki ularni kutish bilan chegaralandi"
Rayhon shularni o'ylarkan o'zining notanish "Haloskor"ini eslab yuziga
bilinar bilinmas tabassum yugurdi.
***********
— Begzod, Begzoddd? - dedi Orzu o'zining yashirin kulbasiga kelarkan
baqirgancha
— Shu yerdaman! - dedi Begzod qo'lida ikki finjon qahva bilan kirib
kelarkan
— Begzod sen ham ko'rdingmi? - dedi Orzu tinchlanishga ur
unib hayol
surgancha
— Nimani? - dedi Begzod hayron
— Zulfiya opam... Ularning qoni boshqacha... - dedi Orzu o'ychan
— Ya'ni? - dedi Begzod aniqlik kiritishga urunib
— Ya'ni tim qizil va yorqin... O'zgacha jiloli... Huddi...
— "Filia solis" larniki singarimi? - dedi Begzod uning gapini to'ldirib
— Ha... - dedi Orzu hamon o'ychan o'tirarkan
— Ammo bu tur yo'qolib ketganiga ancha bo'lgan-ku? O'zing shunday
deganding! - dedi Begzod ham o'yga tolarkan
— Aftidan bittasi qolgan ko'rinadi... - Orzu shunday degancha yaqinda
bo'lishi kutilyotgan tornadoni qanday qarshi olishni o'ylay boshladi.
Chunki u Zulfiya opasi rostan "Filia solis" bo'lsa rejalari butkul o'zgarib
ketishini yaxshi bilardi. Juda yaxshi bilardi...
********
"Zulfiya kutilmaganda zamonaviy o'q emas qandaydir eskicha kamon
o'qi sabab jarohatlanganidan hayron qolgani bois anchagina
shubxalandi. Keyin esa bir paytlar Orzu ikkisi uchun yarishin qarorgoh
bo'lgan joyga borishga qaror qildi. Chunki u Orzu tez-tez u yerga
borishinigina bilar uning boshqa boradigan mazillari haqida bexabar edi.
Shuning uchun ham Orzuning o'zi tayinlagan hamshiraga haydovchi
tayyorlanishini o'zi bir joyga bormoqchiligini aytdi. Zulfiya o'ziga
haydovchi, hizmatkorlar va hatto shaxsiy hamshira ham yollagan
singlisidan shubxalanar, doimo undan "Buncha narsaga pulni qayerdan
topasan?..." - deya so'rasa Orzu yoki jimib qolar yoki mavzuni o'zgartirar
edi. Ayni damda shularni ham esga olgan Zulfiya tezroq manzilga yetib
borishni istar o'zi bilmagan sirlardan xabar topishni xoxlardi. Nihoyat u
manzilga yetib kelgach u yerda yolg'iz emasligini singlisi va Begzod shu
yerda ekanligini payqab negadir ularning suxbatini poylashga qaror
qildi.
—Zulfiya opam... Ularning qoni boshqacha... - dedi Orzu o'ychan
— Ya'ni? - dedi Begzod aniqlik kiritishga urunib
— Ya'ni tim qizil va yorqin... O'zgacha jiloli... Huddi
— "Filia solis" larniki singarimi? - dedi Begzod uning gapini to'ldirib
— Ha... - dedi Orzu hamon o'ychan o'tirarkan
— Ammo bu tur yo'q bo'lib ketganiga ancha bo'lgan-ku? O'zing shunday
deganding! - dedi Begzod ham o'yga tolarkan
— Aftidan bittasi qolgan ko'rinadi...
Kutilmaganda o'zi haqida suhbatni eshitib qolgan Zulfiya tezda u yerdan
ketishga qaror qildi va issiz o'zi uchun ajratilgan uyga bordi. Garchand
nogironlar aravachasida kelish noqulay bo'lgan bo'lsada Zulfiya negadir
singlisi va Begzodning oldiga kirib nimalar bo'layotganini so'rashni
istamadi..."
Zulfiya shularni eslarkan o'tgan yili tug'ilgan kunida Orzu sovg'a qilgan
fantastik turli sehrgarlar, vampirlar, bo'ritus va boshqa turlar haqidagi
kitobni o'qib ko'rishga qaror qildi. Chunki u paytlar Zulfiya bu kitobga
umumam qiziqmagan edi. Ammo hozir u shu kitobdan Orzu va Begzod
aytgan "Filia solis" lar haqida biror ma'lumot topish umidida mutoala
qilishga kirishdi...
*****
— Qizlar hamma tayyormi? - dedi Orzu doimgidek quvnoq ovozda
— Yana nimaga? - dedi Nargiza hayron
— Gap shundaki opajon kecha yigitlar sizlarni qobilyatini ishga solgan
holda topgan! Ya'ni Dovud kelakjakni ko'rish qobilyatidan foydalangan!
- dedi Orzu tushuntirib
— Bir kinoda ko'rgandim. Unda ham huddi shunaqa holat bo'lgani
uchun jamoa sardori jamoadoshlarining har biriga qog'ozlarga vazifa
yozib berib keyin o'zining xotirasini o'chirgandi. Shu orqali u raqiblarini
chalg'tishga muvaffaq bo'lgandi. Biz ham shunaqa qilsakchi? - dedi Iroda
o'z fikrini bildirib
— Bu ham ajoyib fikr! Ammo biz ularni chalg'itmaymiz! - dedi Orzu
ayyorona jilmayib
— Unda nima qilamiz? - dedi Feruza hayratlanib
— Jang qilamiz! - dedi Orzu kulgancha
— Aqldan ozdingmi? Mening tekinga o'lib ketish niyatim yo'q, shu
o'rinda buni singillarimga ham ravo ko'rmayman! - dedi Nargiza qat'iy
ohangda
— Iyuuuu opajon? Yuragingizni oldirib qo'yganmisiz? - dedi Orzu kulib,
so'ng gapini davom ettirdi — Sizlarda vaqt yo'q. Men yaratgan olamda
vaqtingizni tejamaganingiz uchun ham hozir vaqtimiz kam. Negaki men
aytgan olamimiz shahzodasi "Legatus mortis" janoblari qidiruv e'lon
qilgan. Chunki sizlar hali hanuz yangilarni yo'q qila olmadingiz. Hozir
qo'lga tushgudek bo'lsangiz uning o'zi sizlarni bellashtiradi va yutgan
tirik qoladi vaqtni tejamagani uchun ammo jazolanadi, yutqazgan esa
ming bir azobla o'ladi. Hozirgi vaziyatda esa siz qayta o'sha o'rmonga
borib, yigitlar kelmasdan turib tuzoq qo'yish va ular kelgach bor
kuchingizni ishga solib ularni yo'q qilishingiz darkor! - dedi Orzu jiddiy
nigoh ila qizlarga birma-bir boqarkan
— Ya'ni yana Aokigaxara o'rmoniga boramizmi? - dedi Rayhon
— Ha - dedi Orzu qizqa javob qilib
— Sen ham biz bilan borasanmi? - so'radi Shohista
— Yo'q! Menga sizlarning ishingizga aralashishga ruxsat yo'q. Vazifam
shunchaki o'rgatish! Men va Begzod sizlar yigitlarni yengunga qadar
shahzodamizni chalg'itishga urunamiz! - dedi Orzu tushuntirib
Shundan keyin qizlar qanchadir vaqt bu mavzuni muhokama qilishdi.
Oxiri Orzuning aytganlarini qilishga rozi, aniqrog'i majbur bo'lishdi. Orzu
esa ularga tuzoqlar qurish, jang qilish uchun barcha narsalarni berib,
kerakli narsalarni o'rgatdi. Keyin qizlar o'sha o'rmonga partal ochgancha
undan o'tib ketishdi. Orzu ularni jilmaygancha kuzatib qo'ydi.
** ******
— Sardor qizlar yana o'sha o'rmonga borishdi! - dedi Dovud qizlarni
qo'ldan boy bergani uchun anchagina dakki berib, keyin ko'zdan g'oyib
bo'lgan sardorining qaytganini ko'rgach
— Demak ular jangga hozirlanishyapti... - dedi "U" o'ychan. — Men
sizlarga aytgan shahzoda qidiruv e'lon qilgan... Sizlarni va qizlarni tutib
kuch sinashtirish ilinjida... Agar u sizlarni topgudek bo'lsa yutsangiz ham
yutqazsangiz ham jazo olasiz. Birgina faqri yutganlar tirik qoladi.
Yutqazgan ming azobla o'ladi. Shuning uchun ham ular sizlarni jangga
chorlash maqsadida ongi orqali nima qilayotganini ko'rishingizga yo'l
qo'ygan. Aks holda hozir ularning nima qilayotganini bila olmasdik! -
dedi "U" hamon nimalarnidir o'ylarkan
— Qizlar bizni jangga chorlamoqda? Ajoyib! Sichqon ham o'lgisi kelsa
mushuk bilan o'ynasharkan! - dedi Feruz kulib
— Qizlarga past baho berma! - dedi "U" asabiy — Yaxshisi
tayyorlaningda bu yerdan daf bo'ling. Shuncha qilgan yaxshiliklarim
uchun javob berish vaqti keldi. Shuncha payt joningizni asraganim
yetar! Endi o'zingiz ham o'zlaringiz uchun nimadir qiling! Men bu ishga
aralasha olmayman! - "U" shunday degancha o'zining qora nurlari
yordamida partal ochib ko'zdan g'oyib bo'ldi. "U" ketgach yigitlar ham
yana o'sha Aokigaxara o'rmoni tomon yo'l olishdi...
*********
Aokigaxara o'rmoni... Telalikdan turib daraxtlar orqasiga berkingancha
besh qizning harakatlarini kuzatayotgan ikki shaxs qizlardan uncha uzoq
bo'lmagan joylardan partallar ochilib besh yigit chiqib kelganini ko'rgach
huddi hozir qiziq narsa ro'y beradigandek butun e'tiborini ularga
qaratishdi.
— Seningcha tog'ri ish qildikmi? - dedi Begzod hamon beshliklardan ko'z
uzmas ekan Orzuga yuzlanib
— Ha! Chunki endi oldimizda "Filia solis" atalmish havf ham bor! Agar
opam o'z kuchidan xabar topsa barcha rejalarim chippakka chiqadi! -
dedi Orzu ham qizlarga yaqinlashib kelayotgan yigitlardan ko'z uzmas
ekan
— Ammo ular rostan bir-birini o'ldirib qo'ysachi? - dedi Begzod biroz
hadik bilan
— Unday bo'lmaydi. Suyukli shahzodamiz bunga yo'l qo'ymaydi! Rejam
esa amalga oshadi! Shunchaki vaqtdan unumli foydalansak bas! - dedi
Orzu jilmayib
— Uddalaymiz degan umiddaman! - dedi Begzod ham tetiklashib
— Uddalaymiz... Albatta... - Orzu shunday deya suhbatga yakun
yasagach ular yana e'tiborini beshliklarga qaratdi...
*************
Aokigaxara o'rmoni...
Qandaydir biroz keng ammo daraxtlar judayam ko'p va pala-partish
joylangan joyda 10 nafar sehrgar jang qilar, garchand hali unchalik
tajribali bo'lmasalarda o'z tarafdorlarini himoya qilish uchun ham bor
kuchi bilan harakat qilar, yigitlarning uch nafari turli joyidan
jarohatlangan bo'lsa, qizlarning barchasi allaqachon jarohat olib bo'lgan
ammo hali hanuz tetik, huddi jarohat olmagandek jang qilar, bor kuchi
bilan yigitlarga hujum qilardi. Aslida aqlan olib qaralganda qizlarning
yigitlarni yutishi umuman mantiqqa to'g'ri kelmasada, ularning yaratgan
tomonidan yigitlarga nisbatan ko'proq o'g'riqqa bardosh bera oladigan
qilib yaratilgani bois ular hamon tetik, xatto anchagini yaxshi jang qila
boshlagandi. Ularni uzoqdan kuzatib turgan ikki shaxs esa o'zlari kutgan
odam tezroq kelishini kutar va bu jamoalarni og'riqlardan halos qilishni
istardi. Ammo huddi atay qilgandek ular kutgan inson ham kela qolmas
jang esa tobora avj olib, vaxshilashib ketardi. Kutilmaganda yigitlarning
birdaniga o'z raqiblariga kuchli va katta tezlikda yo'llagan zarbalari
sabab qizlar muvozanatni yo'qotib yerga qulashdi. Buni ko'rgan
"tomoshabinlar" esa ularga endi yordamga bormoqchi bo'lgan payt
qizlar o'rinlaridan kutilmagan tezlikda turib, yigitlarning hech birining,
hatto o'sha "tomoshabinlar" ning ham aqliga kelmagan ishni qilishdi.
Kuchli zarba sabab g'azablari eng yuqori darajaga yetgan qizlar bor
kuchini jamlab o'rinlaridan katta tezlikda turar ekan qo'llari yordamida
o'z kuchlarini jamlab havoda olmosrang, qizil, havorang, binafsharang
va yashil rangdan iborat katta sehrli shar hosil qilib ularni yigitlar tomon
yo'llashdi. "Tomoshabinlar" qizlarning aqliga tan berarkan tezroq
yigitlar qochib qolmasa bu nurni to'xtatish qo'llaridan kelmasligini, balki
o'zlari halok bo'lishini yaxshi bilar, shuning uchun ham yigitlarning
qochib qolishini istashar, o'zlari yordamga boray desa sirlari fosh bo'lib
qolishidan qo'rqardi. Katta besh xil rangda tovlanayotgan sehrli shar
o'zlari tomon harakatlanganini ko'rgan yigitlar hali hanuz hayratlanishda
davom etar, bu sehrni endi to'xtata olmasliklarini bilgani uchun ham o'z
o'limlariga tik boqish maqsadida joylaridan bir qadam ham jilishmasdi.
Ammo kutilmaganda huddi qanotli farishtadek paydo bo'lgan katta va
chiroyli qanotlarga ega maftunkor bir qiz, qanotlarini bir siltash orqali
o'sha kuchli nurni yo'q qildi va ikkala raqib jamoalarga qarata so'z
boshladi
— Aqldan ozganmisiz? Kimning gapiga ishonib bir-biringizga qarshi
chiqyapsizlar?! - dedi u asabiylikdan baqirgancha
— Kimsan?
Ikkala jamoadagilar ham birdaniga unga savol berishdi. Chunki
bundayin kuchli sehrni bir harakat bilan yo'q qilish uchun ancha kuchli
shaxs bo'lishi kerak edi. Yana uning gaplaridan ham hayratlangani bois
bir xil savol bergan jamoalar qarshilarida turgan qizga javob talab
qilgandek nigoh tashlashdi. Bu paytda ularni kuzatib turgan
"tomoshabinlar"ning ham ko'zlari hayratdan kattalashgan buyog'iga
nima qilishni o'ylar, bir tarafdan rejalari chippakka chiqqanidan
asabiylashsa yana bir tarafdan sirlari fosh bo'lganidan g'azablanishardi.
— Bravo! Qoyil opajonim! Meni bu darajada tez fosh qilasiz deb
o'ylamagandim! - dedi Orzu qarsak chalgancha o'ziga tanish chehralar
davrasiga tusharkan
— Sardor?
— Orzu?
Qizlar va yigitlar bir varakayiga o'zlariga yaqinlashayotgan qizga
qararkan ko'zlari hayratdan kattalashib ketdi
— Huddi o'zim! Yigitlarning sardori va qizlarning Orzusi menman! Ismim
Orzu buni qizlar yaxshi biladi. Yigitlarga kelsak ular menga "sardor" deya
murojat qilishadi! - dedi Orzu ko'zlarini opasidan uzmagan ko'yi
jilmayarkan
— Bu yana nima degan gap?
— Kimdir bizga nima bo'layotganini tushuntirib beradimi?
— Bu qiz kim?
— Orzu aslida kim o'zi?
— Nega ikki tomonlama nizo keltirding ablax?
— Sen o'zi rostan qiz bolamisan?
— Bunday qilishdan maqsading nima edi?
— Bizni shuncha vaqt nima uchun qiynading?
— Qani o'sha qidiruv bergan shahzoda?
— Kimdir bizga ham nima bo'layotganini tushuntirib beradimi o'zi?
Shu kabi savollar bilan ikkila jamoada g'ala-g'ovur boshlanib ketdi.
— Jim bo'ling hammangiz! Qarshingizda turgan kimsa ya'ni Orzu xonim
aslida o'sha sizlarga aytgan suyukli shahzodasining singlisi! Orzu aslida
hech qanaqa "Angelus" yoki "Diaboli" emas haqiqiy "Legatus mortis". U
sizlarga bu turdan bitta qolgan deb aldagan! Chunki o'zi aynan shu turga
mansub shahzodaning qondosh singlisi! - dedi Zulfiya ulardagi shovqinni
yo'qotish barobarida ularni qiziqtirgan savollarga javob berarkan, -
Shuning uchun ham u yigitlarning oldida "qora", qizlarning oldida esa
"oq" rangli sehridan foydalangan va shu orqali sizlarni chalg'itgan! Asl
maqsadi esa shunchaki sizlardan biringizni yo'q qilib ko'ngilxushlik qilish
bo'lgan!
— Nega sizga ishonishimiz kerak?
— Isbotlay olasizmi?
— ORZU GAPIR? SHULAR ROSTMI? JAVOB BER ABLAX?
— Siz kimsiz?
— Bularni qayerdan bilasiz?
Zulfiyaning gaplaridan so'ng jamoadagilar yana savollar yomg'irini
yog'dirishni boshlagani sabab asablari buzilgan Zulfiya hammasini bir
boshidan aytishga qaror qildi
— Men yaqinda kutilmaganda eski kamon o'qi bilan jarohat oldim.
Keyin esa Orzu oldimga kelib qonim yerga tegmasidan avval bog'lab
qo'yishim kerakligini aytdi. Ammo men bunga emas ko'proq o'sha eski
kamon o'qiga qiziqdim va bu haqida Orzuning o'zidan so'rash uchun
yashirin qarorgohimizga bordim. Lekin kutilgan suhbatga guvoh bo'ldim.
U yerda Orzu va Begzod mening "Filia solis" nomli turga mansubligimni
gaplashishar edi. Men avvaliga bundan hayratlandim, keyin esa
Orzuning o'zi sovg'a qilgan turlar haqidagi kitobdan "Filia solis" -
lotincha "Quyosh qizi" degani bo'lib, bu tur har 1000 yilda bir tug'ilishi
haqida bilib oldim. Ammo bu imkonsiz narsa edi. Chunki "Filia solis" lar
asosan qiz bola bo'lib, ular har doim 1000 yil umr ko'rgan va o'z
davomchisini dunyoga keltirib vafot etgan. Qiziqarli joyi shundagi
mening onam oddiy inson bo'lgan. Kitobni o'qish barobarida Orzuning
nega "Qoningiz yerga tekmasin" deganini ham bilib oldim. Chunki men
kabilarning atiga bir tomchi qoni ham butun dunyoni quyoshning
jaziramasida qizdirib, kulga aylantirishga qodir ekan. Chunki men
quyosh qiziman! Sizlar haqingizda esa Orzu haqida surishtirib, yana
Begzodning xotiralarni ko'rish orqali bilib oldim. Chunki Orzuning
xotiralarini ko'rish imkonsiz. Shu bois ham u sizlarni shunchaki
ko'ngilxushlik uchun jang qildiryapti degan xulosaga keldim - Zulfiya
shunday deya so'zlarini yakunlarkan o'ziga hayrat ila qarab turgan 10 ta
shaxsga va hech bir ifodasiz undan ko'z uzmay turgan Orzu va Begzodga
birma-bir qarab chiqdi
— Bravo! Qoyil opajonim! Aqlingizga gap yo'q! Faqat bir narsada
yanglishdingiz! Eng asosiysida... - dedi Orzu mamnun jilmayarkan
cho'zib gapirib
— Ho'sh nimada yanglishibman? - dedi Zulfiya qiziqib
— Yanglishgan narsangiz shuki, siz hali hanuz "Vertual olam" dasiz
azizlarim - dedi Orzu miriqib kularkan...
— Bu yana qanaqa maynavozchilik?
— Bu nima deganing Orzu?
— Aniqroq gapir ablah!
— Yana nimani boshlading iflos?
— Bu ham sening o'yiningmi yaramas?
— Yana nima xohlaysan bizdan?
— Bu yana nima bo'ldi?
— Qanaqa "Vertual olam?"
— Tushuntirib bersangchi Orzu!
Barcha shu kabi savollar bilan Orzuni ko'mib tashladi. Qizlar yana o'sha
"Vertual olam" da ekanligidan hayratlanib "Bu ham sening ishingmi?"
deya Orzuni so'roq qilsa, bu so'zni avval hech qachon eshitmagan
yigitlar "Yana qanaqa Vertual olam?" deya Orzuga do'q-po'psa qilar,
Zulfiya esa shuncha sirlarni ochib, nega bu haqida biror narsa
bilmasligidan hayratlanardi. Bu yerda faqat bir kishi, Begzodgina sokin
huddi tomosha ko'rayotgandek hissiz atrofga boqar, ular qanchalik ko'p
bo'lmasin Orzuga zarar yetkaza olmasliklariga amin edi. Ayni damda
Begzod va Orzudan tashqari bu yerdagi barchani bir hislat jamlab turar
va bu his nafrat edi... Ha aynan nafrat... Ularning Orzuga bo'lgan
nafrati...
— Tog'ri men ablah, yaramas, iflos, iblis bo'lishim mumkin, lekin sizlar
kabi laqma emasman! - dedi Orzu kulib
— Bu bilan nima demoqchisan? - dedi barcha bir ovozda
— Keling eng boshiga qaytamiz. Ya'ni meni uchratgan kuningizga!
O'shanda sizlar kasalxonada edingiz va men sizlarga bitta o'yin
o'ynamoqchi bo'lib qisqa tutashuv natijasida xushingizdan ketganingizni
bu orada ota-onalaringiz o'ldirilganini aytgandim to'g'rimi? O'shanda
ham yigitlarga "Ota-onangizni qizlar o'ldirdi..." degan bo'lsam qizlarga
aynan shu gapni aksini aytgandim. - dedi Orzu kulib
— Bu bilan nima demoqchisan? - dedi barcha hayratlanib
— Sizningcha gaplarim mantiqqa to'g'ri keladimi? Ikkila tomon ham
qotil emas, lekin men shunday dedim! Bir kunda 20 nafar ota-ona o'lishi
mumkinmi? Yana noma'lum kimsa tomonidan? - dedi Orzu jiddiy tortib
— Ammo men sening olamingda ularning qanday o'lganini ko'rdim... -
dedi Feruza o'sha ko'rgan manzarasini qayta esga olarkan mayus tortib
— Ta'sirchanginam! Sen o'tmishni emas, kelajakni ko'rish qobilyatiga
egasan! Bundan tashqari u yerda bo'lgan voqealar shunchaki sarob
deganman shekilli? Nahot mana shu ko'tarib yurganingiz bosh emas,
qovoq bo'lsa? Qanday daxshattt! - dedi Orzu kulib
— Bizni haqorat qilmasdan nima bo'layotganini tushuntir! Aks holda bu
yerdan sog' chiqmaysan! - dedi Shohista jim turolmay
— Oooo qo'rqib ketdim. Bilasanmi nima Shohista? Meni sizlar o'ldira
olmaysiz! Bunga kuchingiz yetmaydi! Zulfiya opam o'ldirishi mumkin...
Faqat u holda bir men emas sizlar ham o'lib ketasiz. Mobodo biror
mo'jiza sodir bo'lib meni o'ldirgan taqdiringizda ham akam sizlarning
barchangizni sog' qo'ymaydi. Baribir orangizdan kimlardir o'ladi. Tirik
qolganlar esa shu yerga abadiy qul bo'ladi va hamisha hayot kurashib
yashashga majbur bo'ladi. - dedi Orzu mamnun jilmayib
— Ho'p maqsadga o't - dedi Dovud jiddiy tortib
— Eslab ko'ringlarchi bu yerga kelishdan, ya'ni meni uchratishdan avval
qanday o'yin o'ynamoqchi bo'lgan edingiz? O'zi bu yerga kelganlar faqat
shu narsani eslay oldi. - dedi Orzu ularning barchasiga yuzlanib
— Evatul... Shunaqamidi?
— Emotral.. aa yo'q
— Trovell shunaqamidi.
— Yo'q unaqamas, hozir mana...
Hamma shu kabi o'z fikrlarini bildira boshladi
— Uvatall more edi adashmasam - dedi Feruza eslagan nomini tiliga
ko'chirib
— Huhhh va nihoyat! Men yana bir necha soat o'ylaysiz deb
o'ylagandim! - dedi Orzu kulib, so'ngra Rayhonga yuzlanib - Sen xorijiy
tillarga qiziqarding aa? - dedi
— Ha - dedi Rayhon quruqqina
— Ho'p unda "Uvatall more" degan so'zni eshitganmisan? - dedi Orzu
kulimsirab
— Uvatall? Bunaqa so'z yo'q-ku. Ammo rus tilida "море" degan so'z bor
- dedi Rayhon o'z so'ziga o'zi kulib
— Buni men ham bilaman kichkintoy - dedi Orzu kulib, — Ho'sh
orangizda so'z o'yiniga qiziqadiganlar bormi? - dedi u qayta
atrofdagilarga yuzlanib
— Yo'q! Ko'p chalg'imay tezroq gapirsang janob eee yo'g'e xonim
"Legatus mortis" - dedi Feruz jahl bilan
— Ooo mening sevimli shogirtim jahl qilishni boshladi - dedi Orzu
kulgancha
— Mavzuga qaytsak?! "Sevimli" shogirtlaring qochib ketmaydi - dedi
Feruza kutilmaganda
— Ho'pda ta'sirchanginam. Hullas Uvatall more degan so'z yo'q. Ammo
undagi harflarni o'zgartirsak... - Orzu shunday deya taxta hosil qilib yoza
boshladi, - Masalan, mana bunday...
Uvatall more — V.e.r.t.u.a.l o.l.a.m
Orzu shunday deya taxtaga avval "Uvatall more" deya yozib, keyin
harflarini o'zgartirgan holda "Vertual olam" so'zini hosil qilgach bundan
barcha hayratlandi. Orzu esa ko'p kuttirmay yana izoh bera boshladi
— Mening akam telba! U turli o'yinlar yaratishga qiziqadi. Bir kuni u yer
sayyorasining maketini yasadi va u yerga hayot bag'ishladi. Albatta ongli
ravishda! Bu o'yinni o'ynash tugmasini bosgan har bir shaxsning miyyasi
qisqa fursatga ishdan to'xtaydi va ularning ruhi bu olamda ko'zlarini
ochadi. Tanalari esa haqiqiy olamda koma holatida kasalxonalarda
saqlanadi. 6 oydan oshiq bu yerda qolgan shaxs tiriklayin ko'milishi ham
kuzatilgan. Hullas bu yer siz u biz yashagan joy emas, balki o'yin! O'sha
sizlar qiziqib o'ynamoqchi bo'lgan o'yin. O'zi qaysi aql bilan o'ynamoqchi
bo'ldingiz hayronman?! Ha mayli, o'yin nomiga kelsak... Ihmm, aslida
"Vertual" degan so'z ham yo'q! Aslida bu so'z "Virtual" deyiladi. Ammo
aytganimdek akajonimning telbaligi so'zlarning ham o'zgarishiga sabab
bo'lgan. Umuman olganda bu shunchaki o'yin nomi ekanini hisobga
olsak, bu unchalik katta ahamiyatga ega emas...
— Demak sening olaming, o'yin ichidagi o'yin bo'lgan shundaymi? - dedi
Shohista iloji boricha o'zini bosishga urunib
— Aqlingga balli kichkintoy! Tarbiyalasa odam bo'larkansiz! - dedi Orzu
handon otib kularkan
— Tilingni tiy "Legatus mortis" xonim. Seni o'ldira olmaydi degani zarar
yetkaza olmaydi degani emas! - dedi Shohista qo'lida yashil nurlarini
hosil qilarkan
— Ooo qo'rqib ketdim... Chindan menga zarar yetkaza olaman deb
o'ylayapsanmi? Qo'lingdan kelishiga ishonching komilmi? - dedi Orzu
kulib
— Shohista bas qil! Hozir janjaldan foyda yo'q - dedi Nargiza singlisidan
havotir olib
— Shohistam opam haq. Kel yaxshisi shu yerdan qanday ketish haqida
o'ylaymiz! - dedi Iroda ham Nargizaning gapini ma'qullab
— Ho'p.... - dedi Shohista tishlarini g'ijirlatgancha Orzuga
tashlanmaslikdan o'zini bazo'r tiyib
— Umuman olganda kichik to'palonga yo'q demasdim. Odatda bu
borada Feruz janoblari meni zeriktirmasdi! To'g'rimi Feruzzzz??? - dedi
Orzu mazahlagandek kulib
— Nimasini aytasan! - dedi Feruz ham ayyorona jilmayib
— Balki bizni nega bir-birimizga qarshi qayraganingni aytarsan? - dedi
Dovud keraksiz gap so'zlardan zerikib
— Qo'shilaman! Yana qanday chiqishimiz mumkinligini ham bilishni
istardim - dedi Feruza uning gapini ma'qullab
— Ho'p faqat o'rmonda gaplashish noqulay. Biror joyga boraylik! - dedi
Orzu o'ylanib
— Bemalol. Sharofating bilan boradigan joylarimiz juda ko'p. Qayerga
boramiz? Yigitlar bilan tayyorlangan joyinggami? Yoki qizlarnikigami?
Balki menga bergan uyingga borarmiz? Xohlasang yashirin
qarorgohimizga ham borishimiz mumkin - dedi boyadan beri jim turgan
Zulfiya oxiri jim turishdan zerikib, kesatgancha
— Iyee opajon? Siz menga hech kesatmasdingiz-ku? Siz haqingizda
ma'lumot bermaganimga hafamisiz? - dedi Orzu kulib
— O'zim haqimda aytmasan ham bilib bo'ldim! - dedi Zulfiya mamnun
— Ooo nahotki? Unda aytingchi, sizning sobiq sevgilingizning ismi kim?
— Yusuf! - dedi Zulfiya ishonch bilan
— Yusuf? Buni sizga o'zi aytdimi? Hahahaha! Hayron qolmadim rosti.
Axir "U" mening akam! Undan har narsani kutish mumkin. Sizni nogiron
qilib qo'yganini bilganimdan so'ng 1 soat yuzingizga qarolmagandim
aaa! Haya ularning ismi Alixan! Shunchaki buni ko'pchilik bilmaydi - dedi
Orzu kulib, Zulfiya esa eshitgan gaplaridan butkul karaxt ahvolga tushib
qoldi. Buni ko'rgan Orzu shunchaki jilmayib qo'ydi va — Opam, Begzod
va mening sirli qarorgohimizga boramiz. U yerda bizga kerakli narsalar
juda ko'p - Orzu shunday deya oq rangli nurlar yordamida katta partal
ochdi va hamma birin ketin undan o'ta boshladi.
****
15.07.2022. Yashirin qarorgoh.
— Demak, akam bu olamni mukammal qilib yaratib bo'lgach, uni sinab
ko'rish uchun insonlarni qurbon qilgan... Hullas bu yerga ilk bor
kelganlar Vertual olamdagi mahluqotlardan o'zlarini himoya qila olmay
qirilib ketgan. Ba'zilari o'z kuchlarini anglay olmagani uchun shunday
bo'lgan bo'lsa, kuchini anglay olganlar o'zlaridanda kuchliroq tur
vakillari tomonidan yo'q qilingan. Akam o'zining mashhur "Zulmat
qasri" da yashaydi. Qasrda kirish chiqish uchun faqat bitta darvoza
joylashgan bo'lib, darvozani "Nomsiz" daxshatli mahluqlar qo'riqlaydi.
— Nega aynan "Nomsiz" ? - dedi Rayhon qiziqib
— Gap shundaki ularga mos nom yo'q! Akam ularni erkalab "Bo'richam"
deya chaqiradi, lekin ular hech qanaqa bo'ri emas, shunchaki kelib
chiqishi asli bo'ridan bo'lgan ammo ulardan ancha yirik, katta katta
tishlar, uzun va o'tkir tirnoqlar, qorong'uda ham yonib turuvchi qirmizi
ko'zlar va tim qora qorachiqlar. Ularning ko'zlari shu qadar qo'rqinchli
va xavfliki ularga bir bor qaragan inson o'z oyoqlari bilan ularning oldiga
borib yemishiga aylanadi. Hullas shunaqa gaplar... - dedi Orzu o'ylab
— Savolimga halicha javob olmadim! Nega bizni bir-birimizga qarshi
qo'yding? - dedi Dovud sabrsizlanib
— Gap shundaki akam butun olamidagi janjallarga o'zi yakun yasashni
yoqtiradi va aynan shunaqa janjallarni o'z foydasiga tugatish uchungina
tashqariga chiqadi. "Zulmat qasri" maxsus sehr yordamida
himoyalanadi. "Nomsiz" mahluqlardan tirik o'tib qasrga kirish imkoni
1% ni tashkil etadi. O'sha bir foiz baxti ochilgan, kuchli qahramon ham
qasrga kirishi bilan o'sha 1% imkonni ham qo'lidan boy beradi va
akamning tushligiga aylanadi
— Bu bilan akam insonlar bilan oziqlanadi demoqchimisan? - dedi Iroda
afti burishib
— Inson go'shti hayvonlarniki nisbatan mazali bo'ladi deb eshitganman.
Akam ham shundaylardan... U toza inson go'shti bilan oziqlanadi.
— Sen ham "Legatus mortis" san shekilli? Nega uni o'zing yo'q qilib
qo'ya qolmaysan? - dedi Asad qiziqib
— Gap shundaki bu turdagilar ikki xil kuch ato etilgan. Qaysi kuchdan
ko'p foydalansang sening tanang shunga moslashadi va ikkinchi uncha
ishlatilmaydigan kuching zaiflashadi. Bora-bora boshqaruv butkul sen
ishlatadigan kuchga o'tadi, narigi kuch esa seni tark etadi. Akam hamma
undan qo'rqishini istardi. Shu bois ham u doim qora rangli kuchidan
foydalangan. Natijada undagi "Diaboli" boshqaruvni o'z qo'liga olgan.
Akam shuning uchun ham hozir juda vahshiylashib ketgan. - dedi Orzu
ho'rsinib
— Demak akangni iblis boshqaradi shundaymi? - dedi Jamshid ham
suhbatga qo'shilib
— Afsuski ha... - dedi Orzu
— Seni kim boshqaradi? Farishta yoki iblis? - so'radi Javohir qiziqib
— Men ikkala kuchimdan ham bir xilda foydalanaman. Ya'ni iloji boricha
tarozini teng tutishga urunaman... Boshqaruvga kelsak, hozircha o'z
qo'limda... Agar men ham qaysidir kuchimga yengilsamgina
boshqaruvni yo'qotaman - dedi Orzu o'ychan
— Mening savol hali hanuz o'z javobini topmadi! - norozi to'ng'illadi
Dovud
— Bu yerdan ketish uchun akamni yo'q qilish kerak! Buning yagona yo'li
esa uni tashqariga chiqarish! Akam tashqariga chiqmasa ularni o'ldirish
imkonsiz. Sababini biroz avval aytib o'tdim. Hozircha shular boshqa
savol bermang! - dedi boshqa gapirishni istamay
— Ammo menda bitta savol bor! - dedi Zulfiya ham nihoyat tilga kirib
— Ho'sh qanaqa ekan? - dedi Orzu e'tibor bermay
— Nega bu yerga kelgansan? Nega o'sha akang yaratgan o'yinni
o'ynagansan? Har xolda o'lishni istamaganing aniq! - dedi Zulfiya o'zini
qiziqtirgan savolni berib
— O'lish uchun bu olamga o'tishim shart emas edi... Mening hayotimga
yaxshisi qiziqmang! Sizlarga foydasi tegmaydi. Yaxshisi akamni endi
qanday qasrdan chiqarishni o'ylang! Axir rejamni sizlar barbod qildingiz!
- dedi Orzu alam bilan
— Men sening yaxshi niyatda ekaningni bilmagandim! - dedi Zulfiya jahli
chiqib
— Kim aytdi meni yaxshi niyatli deb? Hamma o'z bilganini qilsin! Ortiq
ishlarimga aralashmang! - Orzu shunday deya partal ochib ko'zdan
g'oyib bo'ldi. Begzod esa tezda Orzuga ergashdi. Zulfiya, Dovud, Asad,
Feruz, Jamshid, Javohir, Nargiza, Feruza, Shohista, Iroda va Rayhon esa
ularning g'oyib bo'lishini jimgina kuzatishdi va o'zlarining hayolot
olamlariga ravona bo'lishdi...
*********
Baland tog'. Jarlik qarshisida joylashgan ajoyib sharshara tabiat husniga
o'zigacha joziba baxsh etmoqda. Bu manzaraga termulgancha hayol
surish odatiga aylangan qiz doimgidek hech bir so'zsiz hatto kiprik ham
qoqmasdan jarlikning ko'rinmas tubiga termulib, ko'rinmasada juda
qo'rqinchi pastlik tomon shiddat bilan oqib tushayotgan sharshara
suvlariga termulgancha hayol surmoqda...
— Orzuyim balki endi aytarsan-a? - dedi Begzod Orzuning yonidan joy
olarkan
— ....
— Orzu? Men senga gapiryapman? - dedi Begzod yana jimlik rejmiga
o'tib olgan qizni turtqilab
— Nima Orzu? Nima? - dedi qiz asabiy
— Balki endi aytarsan? - savolini qaytardi Begzod
— Nimani? Nimani aytishim kerak sizga? - dedi Orzu hamon
asabiylasharkan
— O'tmishingni... Nega bu yerga kelib qolganingni... - dedi Begzod sekin
— Nimaaaa? Hozir sizga shu muhimmi? Mening o'tmishim qiziqmi
sizga? O'z joningizni qutqarishni o'ylashingiz kerak bo'lgan bir paytda
nega buncha o'tmishimga yopishib oldingiz? - dedi Orzu jahl bilan
— Ammo Orzu faqat men emas, qolganlar ham shunga qiziqyapti... Sen
ularga o'zing haqingda aytmasang senga ishonishmaydi... Hamma ham
men kabi emas... - dedi Begzod uning ko'zlariga qarab
— Siz kabi emas? Menga qarang suyukli "akajonim"... Haqiqiy akam
bo'lmasangizda, sizdan akalik mehrini ko'rganim uchun shunday
deyman sizni! Shuni bilasizmi? Bilasiz! Sizga yana nima kerak? Umuman
mendan Nima istaysizlar? Sizlarni real olamga qaytarish uchun shuncha
harakat qilyapman, ammo nega sizlar hech bo'lmasa jim o'tirishni ham
eplolmayapsiz? Hech kim! Eshityapsizmi hech kim menga ishonishi
shart emas! Insonlarning hech narsaga arzimaydigan ishonchlariga zor
emasman! Men xonamda bo'laman! Bezota qilmaysiz deb umid
qilaman! - Orzu shunday deya shartta o'rnidan turib, qarorgohdagi o'z
xonasiga partal ochdi va hech bir so'zsiz partaldan o'tib ketdi. Keyin esa
xonasini qulflagancha bundan keyingi rejalarini o'ylay boshladi...
** *********
Orzu ketgach yolg'iz qolganlar yana yigitlar va qizlar bo'lib alohida
jamoalarga bo'linib olishdi.
— Feruz o'shanda rost gapirgan ekansan! - dedi Dovud kulib
— Nimani nazarda tutyapsan? - dedi Feruz hayron
— Qizlarni qo'lga kiritgan kunimiz... Ularning Orzuning o'zi qutqargan...
Shuning uchun ham senga ko'zlari tanish tuyilgan... - dedi Dovud
tushuntirib
— Haa tog'ri... Men bu qadar moviy ko'zlar, uzun kipriklarni Orzudan
bo'lak hech kimda ko'rmaganman! - dedi Feruz
— Ooo yuragingdan urgan shekilli? - dedi Asad kulib
— Vay nimasini aytasan? U kabi vaxshiy, zolim, yana har daqiqada meni
o'ldirib yuborishi mumkin bo'lgan qizni "yaxshi" ko'rib qoldim! - dedi
Feruz ensasini qotirib
— Lekin yaxshi nomzod seni himoya qilib yuradi! - dedi Javohir ham
kulgancha
— Nima? O'lsam o'larmanki qiz bolani orqasiga berkinmayman! Qiz
bolani himoyasiga berkingandan, o'lganim avfzal! - dedi Feruz jerkib
— Ho'p, ho'p shunchaki hazil qilmoqchi edik, shu holos - dedi Javohir va
Asad jilmayib
— Hazil tagi zil deyishadi jamoadoshlar! - dedi Feruz qovog'ini uyib
— Mazvudan chetlashib ketdik! - dedi Jamshid ularning janjalini
tugatishga urunib
— Jamshid haq! Mavzuga qaytamiz! - dedi Dovud Jamshidning fikrini
ma'qullab
— Balki qizlar bilan ham gaplashib ko'rarmiz? Ular biz bilmagan narsani
bilishi ham mumkin shunday emasmi? - dedi Jamshid o'ychalik bilan
— Umuman olganda bu fikringda ham jon bor - dedi Dovud
— Men aslo u tovuq miyalardan ma'lumot olmaymam! - dedi Feruz
keskin rad etib
— Demek ovozga qo'yamiz! Kimlar rozi? - dedi Dovud bosiqlik bilan
— Men rozi - dedi Jamshid kulib
— Men ham - dedi Asad unga qo'shilib
— Umuman olganda men ham qarshi emasman! - dedi Javohir ham
ularga qo'shilib
— Demak birgina sen qarshisan Feruz! Kuchli tarafni aytgani bo'ladi
bilasan-a? - dedi Dovud jilmayib
— Pfff o'rgildim! Men jim o'tiraman! O'zingiz so'raysiz! - dedi Feruz
ensasini qotirib
— Shundog'am senga so'raysan demadi hech kim! - dedi Dovud kulib
— Ko'ramiz qanday "jim" o'tirar ekansan! - dedi Asad kulgancha kesatib
— Ko'p gapirmalaring! Hamma o'z ishini qilsin! - dedi Feruz jahli chiqib,
qolganlar uning bu ishiga shunchaki kulib qo'yishdi...
— La'nati ablah! Ko'nglim sezgandi o'zi unga ishonib bo'lmasligini! Sizlar
menga e'tibor bermadingiz! Endi mana qarang ahvolimizni?! Uni deb
ota-onalarimiz uchun aza tutdik. Qayerdagi olamida hayotimiz uchun
kurashdik. Hammamiz bir bora o'lim qanday sodir bo'lishiga guvoh
bo'ldik! Oqibatda nimaga erishdik? O'sha ablahga ishonib nimaga
erishdik? Aldandik! Biz real hayot deb yurganimiz o'yin bo'lib chiqdi! Biz
sehrgarmiz deb yurganimiz yolg'on bo'lib chiqdi! Ota-onalarimiz hayot
bo'lib chiqdi! O'yin yaratuvchi o'sha ablahning akasi bo'lib chiqdi! Yo'q!
Men ortiq unga ishona olmayman! Eshityapsizmi ishonolmayman! U
shunchaki aksini chalg'itish uchun bizni yigitlarga qarshi qo'ydi! Agar
o'shanda o'lib ketsak nima bo'lardi? O'yin yaratuvchisi uning akasi ekan,
u bizni shuncha payt aldab yurgan ekan men ortiq unga ishonmayman.
Yetmaganiga bu yerga qanday kelib qolganini ham aytmayapti!
Yigitlarga ham o'zi sardorlik qilib bizga qarshi qo'ygan! Bu nima degan
gap aa? Shu bir oy ichida nimalar bo'lib ketdi? Menga qaranglar endi
unga ishonmaymiz! U bizni shuncha payt aldab kelgan ekan biz ortiq
unga ishona olmaymiz! U negadir g'alati va sirli. Yaxshisi undan uzoq
turganimiz ma'qul! - Shohista shunday deya bor alamlarini sochib
to'kayotgan payt partal ochilib Begzod keldi. Undan keyin yigitlar ham
ularning safiga qo'shildi va jamoa jam bo'ldi...
— Orzu haqida aytyapsanmi? - dedi Dovud o'ziga hos bosiqlik bilan
— Hm - dedi Shohista ensasini qotirib, - Keldi-yu mana sherigiyam! -
dedi Begzodga ishora qilib
— Sherik? Hahaha! U mening singlim! O'ylab gapir! - dedi Begzod
Orzuning baqirganlari alamini ulardan olishga urunib
— U ablah o'ylashimga arzimaydi! Yolg'onchilarni qimmatli o'ylarimga
ravo ko'rmayman! - dedi Shohista
— Shohista biroz o'zingni bos! Qizishib ketding! - dedi Nargiza uni
tinchlantirishga urunib
— Qizaloq? Hammamiz bu yerdan ketishni istaymiz! Va ayni damda
buning uchun Orzuning yordamiga muhtojmiz! Ha deb uni ayblarverma!
- dedi Asad jiddiy ohangda Shohistaga qarab
— Nimaaaa? Ovv o'lmas kashshey! Men sendan nima qilishni
so'ramadim! Tilimga xo'jayinchilik qila olmaysan! - dedi Shohista jahl
bilan
— O'lmas kashshey? Nima bu bilan "Men yalmog'izman"
demoqchimisan? - dedi Asad kulib, uning bu gapidan qolgan yigitlar
ham kulib yuborishdi
— Sen men nimani o'ylaganimni, nimani nazarda tutib aytganimni
bilmaysan! Ishingni qil laqma! Men bilan janjallashishni sanga
chiqarmagan kashshey janoblari! - dedi Shohista kulib
— Yo'g'ee? Bunaqa so'zamonligingga qaraganda ishsiz ko'cha qizisan,
ya'ni janjallardan beri kelmaydigan shundaymi? - dedi Asad ham kulib
— Shunday ham deylik senga nima? Nima sen biznesmenmisan? Meni
yerga urmoqchi bo'lasan o'zingcha? - dedi Shohista ensasini qotirib
— YETAR! CHAKAKLARINGIZ TINADIMI YO'QMI? YIGIT BO'LIB SEN BIR
GAPDAN QOLMAYSAN! YO SEN QIZ BOLAMAN DEB HURMATINGNI
JOYIGA QO'YMAYSAN! NIMA ORANGIZDAN QORA MUSHUK O'TGANMI?
HAMMA YIG'ILGAN EKAN ORZUNING SIRLARINI OCHIB BU YERDAN
KETISH YO'LINI QIDIRAMIZMI DESAM, BIR-BIRINGIZDAN QOLAY
DEMAYAPSIZ-KU? - dedi Zulfiya har ikkala tomonga ham zarda qilib
— Ular haq balki o'ylab ko'rarmiz? - dedi Nargiza o'ychan
— Nimani? - dedi Dovud hayron
— Orzuning o'tmishi haqida qanday bilish mumkinligini! - dedi Nargiza
unga termulib
— Balki xotiralarini ko'rishga urunib ko'rarmiz? - dedi Feruza sekin
— Iloji bo'lganida men ko'ra olardim! - dedi Zulfiya
— Balki men ham urunib ko'rsam zarar qilmas? - dedi Iroda suhbatga
qo'shilib
— Unda Javohir ham sinab ko'radi! Har holda qobilyatimizni
shakllantirish bo'yicha Orzu bilan ko'p mashq qilganmiz - dedi Dovud
Javohirga yuzlanib
— Men rozi! - dedi Javohir kulib
— Ammo bizga Orzuga tegishli biror buyum yoki rasm kerak kimda bor?
- dedi Iroda o'ylab
— Men rasm berishim mumkin! Ammo urunishlaringiz befoydami deb
qo'rqaman! Orzu siz o'ylaganingizdan ancha kuchli! - dedi Begzod o'z
hayolot olamidan chiqib ularga qo'shilarkan
— Sen? Nega bizga yordam bermoqchisan? - dedi Jamshid qiziqib
— Chunki sizlarga qiziq tuyulgan o'tmish menga ham qiziq! - dedi
Begzod o'ychan
— Bu bilan o'tmishidan bexabarman demoqchimisan? - kuldi Shohista, -
Bekorlarni beshtasini yebsan! - dedi u jahli chiqib
— Umuman olganda u aldamayapti! Agar u Orzuning o'tmishidan
xabardor bo'lganida, bemalol uning xotiralaridan ko'rib olardim! - dedi
Zulfiya aniqlik kiritib
— Ho'p, rasm berasanmi? - dedi Dovud sabrsizlanib
— Albatta, mana oling! - dedi Begzod Orzuning rasmlarini Iroda va
Javohirga tutqazib. Lekin har ikkalasining ham urunishlari befoyda ketdi.
— Balki boshqa biror yo'li bordir? - dedi Feruza o'ychan
— Bor bo'lsa top! - dedi Feruz qo'rslik bilan
— Balki... Anaqa... Hullas, balki unga alkagol berib ko'rarmiz? Mastlik
rostlik deb bejizga aytishmasa kerak! - dedi Rayhon o'z gapiga o'zi kulib
— Jinnicha bo'lsa ham yaxshi taklif! - dedi Jamshid uni qo'llab
— Samarasiz! Ammo sinab ko'rishga majburmiz! - dedi Zulfiya ham
ularga qo'shilib
— Boshqa choramiz ham yo'q! Ammo uni qanday tashqariga
chiqaramiz? U hozir xonasiga bandilikka tushgan! - dedi Begzod
vaziyatga izoh berib
— Yolg'on xotira yaratib! - dedi Javohir kulib
— Yaxshi fikr! Iyy birga ishlasak bo'larkan - ee! - dedi Shohista kulib
— Ha to'g'ri! - dedi Javohir ham jilmayib...
— Umuman olganda bizda muammo bor! Chunki Orzuni yolg'on
xotirangizga ishontira olmaysiz! Ishongan taqdirida ham unga qanaqa
yolg'on xotira bermoqchisiz? Yaxshini men u bilan gaplashib ko'raman!
Kechga hammamiz birga ovqatlanmoqchimiz sen ham kel barcha
ginalarni unutamiz deb - dedi Begzod o'z fikrini biladirib.
Begzodning fikriga barcha rozi bo'lgach u xonasiga qamalib olgan
Orzuning yoniga borib, undan bir qancha "shirin" so'zlar eshitdi. Ammo
barchasiga chidab, bir amallab uni kechlikka chiqishga ko'ndirdi.
Uzun va katta stol. Ikki yon tarafida olti oltitadan, bosh tarifidan esa
bir biriga qarama-qarshi joylashgan, jami 14 ta stulni o'z atrofiga yig'gan
stol ajoyib tarzda kechlik uchun huddi bazm bo'ladigandek hozirlandi.
Stolning o'ng tarafidagi 6 stuldan Dovud, Asad, Feruz, Jamshid, Javohir
va Begzod joy olgan bo'lsa, ularning qarshisidan Nargiza, Shohista,
Feruza, Rayhon, Iroda va Zulfiya joy egalladi. Barcha joylashib olgach
tepadan baland poshnasini taqillatgancha Orzu tushib keldi va qolganlar
qatori stol atrofidan joy egalladi.
— Orzu... Hozir aytmoqchi bo'lgan gaplarimni aytish men uchun aslida
qiyin... Chunki men qilgan ishimdan hech qachon pushaymon
bo'lmaganman... Toki shu kungacha... Biz ko'p gaplashdik, bahslashdik,
oxirida sen bilan birga harakat qilishga qaror qildik... Yomon
gapirganlarim uchun... u...u.zu..r - dedi Shohista oxirgi "uzur" so'zini
aytishga ancha qiynalib
— Ooo shunday sharttaki qiz uzur so'rayaptimi? Balki buni
nishonlarmiz! - deya kuldi Asad
— Ha tog'ri buni nishonlash kerak! - dedi qolganlar ham unga qo'shilib
— Uzur so'rashing shartmas, nishonlashga kelsak ortiqcha muammo
kerak emas! - dedi Orzu rad etib
— Hoy, hoy biz unaqa yomon yigitlar emasmiz! Bu shunchaki sharbat!
Olchaning qirmizi va o'ziga xos taxir tamli sharbati! - dedi Jamshid
jilmayib
— Sharbat bo'sla qarshiligimiz yo'q! - dedi qizlar ham kulib
— Xohishingiz... - dedi Orzu ularning bu ishlariga nim tabassum
qilgancha
— Qani unda oldik! - Dovud shunday deya hammaga "Sharbat" dan
uzatdi.
Orzu qo'liga tutqazilgan stakanni sekin og'ziga olib kelib, sekin joyiga
qo'ydi. Uning ichishini kutib turgan "kameralar"ga birma-bir qarab
sekingina yo'talib qo'ydi va hech ikkilanishsiz stakanidagi "sharbat"ni bir
ko'tarishda ichib yubordi. Uning bu ishidan keyin barcha yegil tin olib,
sezilar sezilmas darajada jilmaydi. Bularni kuzatib turgan Orzu sekin so'z
boshladi.
— Ho'sh janob va xonimlardan iborat "Uyushgan gruh" nimani
kutyapsiz? Sizlar ko'rsatgan soxta "kechirim" sahnasiga ishonishimnimi?
Yoki mana bu "sharbat"ingizni ichib mast bo'lishimni? Balki mast bo'lib,
sizlarga barcha narsani aytib berishimni kutayotgandirsiz? Sizningcha
men "Olchali sharbat va vinoning farqiga bormaymanda aaa? - dedi
Orzu Jamshidga o'tkir nigohlarini qadab, – O'z joningizni qanday saqlab
qolishni o'ylashingiz kerak bir paytda mening o'gmishimni tintishga
urunishingiz insofdanmi? Menga ishonishingiz shart emas! Men
sizlarning ishonchingizga zor emasman! Nu mayli, shunchalik
qiziqayotgan ekansiz, mening o'tmishim joningizdan avfzal ekan
aytganim bo'lsin! - Orzu shunday deya biroz o'yga toldi va chuqur nafas
olib gapini davom etdi...
— Men ham sizlar kabi Toshkentda dunyoga kelganman. Biz oyim
bilan birga yashardik. Keyin oyim bir badavlat erkakga turmushga
chiqdi. U paytlar men endigina 10 yoshda edim. Oyim esa 28 yoshda
bo'lishlariga qaramay juda chiroyli edi. Dadamning noma'lum kimsalar
tomonidan o'ldirilganidan hech qancha o'tmay oyim o'gay dadamga
turmushga chiqdi. Ammo biz baxtli emasdik. Oyim doim "Hammasiga
o'sha o'gay dadang aybdor. U bo'lmaganida haqiqiy dadang o'lmagan
bo'lardi. Hayotimni u va uning la'nati tahdidlari barbod qildi. Go'zallik
ham bir tavqi la'nat deyishsa ishonmasdim, rost ekan!..." deya ko'p bora
aytar iloji boricha o'gay dadamdan uzoq yurar kechalari ham biror
bahonalar topib men bilan birga uxlardilar. Men o'shanda nega bunaqa
qilganlarini tushunmasdim. Chunki hali bola edim. Oradan yillar o'tdi.
Dadam oyimni yotoqqa bog'lab qo'yib, ustidan qulflab ketadigan
bo'ldilar.
Men esa buning sababini kichkinagina miyyamga sig'dira olmasdim.
Keyin bilsam o'sha o'gay dadam jinoiy to'da boshlig'i ekan. Oyimning
ta'riflash imkonsiz bo'lgan go'zalligiga oshiq bo'lgan o'gay dadam oyimni
o'ziniki qilish ucgun o'z dadamni o'ldirgan! Keyin esa oyimga meni ham
o'ldirib yuborishi mumkinligini aytib tahdid qilgan va oyimni o'z
nikohiga olgan. Shu shu oyimni o'ziniki qilishga muvaffaq bo'lgan. Lekin
bir kuni men endigina 16 ga to'lgan kunim o'gay dadam o'zgardi. Hech
qachon menga ko'z qirini ham tashlamagan dadam o'sha kuni
bo'kkunicha ichgani bois xonamga keldi. Men mast insonlardan juda
qo'rqardim... O'gay dadamga kelsak... Ulardan shundog'am juda
qo'rqadigan darajada ojiz bir qiz edim. O'sha kuni ular menga umumam
boshqacha gapirdilar... Qanchalik ulardan uzoq turishga urinmay ular
meni quchog'iga tortaverardi... Hayolimga kelgan tahmindan cho'chib
bor ovozda oyimni chaqira boshladim... Oyim charchaganlari bois uxlab
qolgan edilar... Xonaga ulardan avval o'gay akam Alixan yetib keldi... U
bilan unchalik yaxshi munosabatda bo'lmasak ham yagona o'tinchim u
bo'lgani bois meni qutqarishini chin dildan istab unga umid bilan
tikildim. Ammo yo'q... U ketdi... Alixan akam mendan o'z nafsi uchun
foydalanmoqchi bo'lgan dadasi bilan meni yolg'iz qoldirib, eshikni
tashqaridan qulflagancha chiqib ketdi... Men hali juda kichkina va zaif
edim... Bu taqlid hayotimni barbod qilishlariga esa ko'z yuma olmadim.
Bir amallab xonamdagi yagona gul vazasini olib dadamning boshiga
urdim... Shu zahoti boshlaridan qon oqa boshladi... Qo'rqdim... Ammo
ularga yordam bera olmasdim... Ularga yordam berish men uchun o'z
o'limim oldiga borishdek gap edi... Men qochdim... Bor kuchimni to'plab
oyimning xonalariga qochdim... Shovqin sabab uyg'onib ketgan oyim
mening bir ahvolda yig'lagancha orqalariga berkinganimdan
hayratlandi... Keyin bir ahvolga boshidan oqayotgan qonni ushlagancha
xonaga kirib kelgan dadamni ko'rib nima bo'lganini tushundilar chog'i
o'rinlaridan sapchib turib, meni ikkichi eshikdan tashqariga chiqarib
yubordilar. Oyimlarning xonasida ikkita chiqish eshigi bor bo'lib biri
asosiy eshik bo'lsa ikkinchisi xavfli vaziyatlarda uydan qochish uchun
o'rnatilgandi. Bu albatta biz uchun emas dadamning xavfsizligi uchun...
Chunki ularning dushmanlari ko'p edi... Oyim meni eshikdan
chiqararkan "Nima bo'lishidan qat'iy nazar orqangga qarama! Qoch! Bu
jahannamdan qoch! O'zingni qutqar!..." deya sochlarimni silab, oxirgi
bor yoshli ko'zlari bilan yuzimdan o'pib qo'ydilar va tezda eshikni qulflab
tashladilar. Oynali eshikning tashqariga olib ketuvchi yo'lakchasida turar
ekanman oyimni tinmay urayotgan dadamni ko'rib qo'rqib ketdim.
Nihoyat oyim xushidan ketgach g'azab otiga mingan dadam men tomon
kela boshladi. Ularning harakatlarini kuzatib turar ekanman qo'rquvim
yanada ortgan edi. Men... Men qochdim... Oyimni bir ahvolda u yerda
tashlab o'z foydam uchun bor kuchim bilan qochdim... Uydan ketgach
ancha qiynaldim... Atiga 16 yoshli qiz uchun Toshkentdek azim shaharda
yolg'iz yashab ketish qiyin edi... Buning ustiga oyimni bir ahvolda yolg'iz
tashlab ketganim bois meni har daqiqa vijdon azobi qiynardi... - Orzu
shunday deya ko'zlarida mavjlangan yoshni oqizmaslik uchun
kipriklarini pirpiratib, ko'zlarini bir muddat katta-katta ochib turdi va
gapida davom edi Ular meni topa olishmadi... Menimcha
‐
qidirishmagan bo'lsa kerak... Lekin bir kuni men akam Alixanni uchratib
qoldim... U meni o'z do'stlariga pullamoqchi bo'ldi... Qochdim... Yana va
yana qochdim... Toki... Toki Alixan o'zi yaratgan o'yin uchun oyimni
qurbon qilganlarini eshitgunimga qadar qochaverdim... Oyim o'sha kuni
o'lmagan ekan deya bir tarafdan xursand bo'lsam, ikkinchi tarafdan
o'gay akamning bu ishidan jahlim chiqardi. Alixanning oldiga bordim.
G'ururimni bir chekkaga surib, men uchun jonini ham ayamagan oyim
uchun Alixanning poyiga tiz cho'kdim. Unga meni ham o'sha o'yinga
kiritishini so'rab yolvordim... U rozi bo'ldi. Men shu tariqa bu olamga
tushib qoldim. Ammo oyimni topa olmadim... Bu yerdagi bir nechta
insondan so'radim hech kim oyim haqida ma'lumotga ega emasdi.
Bir kuni o'rmonda oldimda katta monitor va unda Alixanning chehrasi
namoyon bo'ldi. U menga oyim o'lgani va endi oyimni izlashni bas qilib
o'z jonim uchun kurashishim kerakligini aytdi. Men butkul o'zimni
yo'qotib qo'ydim. Bu yerdagilarning o'limi esa kundan kunga ortib
borardi. Men oxiri bir qarorga keldim... Meni bu ahvolga solganlardan
qasos olishni o'z oldimga maqsad qildim. Ammo kech qolibman. Alixan
hatto o'z otasini ham qayoqdagi o'yini qurboniga aylantirgan ekan.
Mening endigi maqsadim Alixanni yo'q qilishga aylangandi. Shu tariqa
o'yinga ko'ra bu yerdagi mahluqlar bilan olishishni o'rgandim. Necha
marta o'limdan qoldim. Bu yerda qanchalik vaxshiy bo'lsang shunchalik
kuching ortardi. Men eng avval sizlar kabi oddiy sehrgar edim. Keyin
mendagi vaxshiylik ortgach "Angelus" kuchiga ega bo'ldim. Undan keyin
esa qisqa fursat ichidan "Diaboli" kuchini ham qo'lga kiritdim. Sizlar
nima deb o'ylagandingiz? Bunga kuchini akasi bergan debmi? Aslo! Men
hammasiga o'zim erishdim. Bir kuni real olamdan turib o'yinni
boshqarayotgan akam mendagi kuchga xasad qildi va o'zi ham bu yerga
kelib, mendagi kuchning bir qismini o'ziga tortib oldi. Kuchim va tanam
zaiflashgan mendagi "Diaboli" ya'ni "Iblis" o'zini ko'rsata boshladi. Uni
jilovlash uchun yana ancha qiynaldim. Keyin Begzod va Zulfiya opam
bilan tanishdim. Ular bilan tanishganimdan hech qancha vaqt o'tmay
sizlar ham bu olamga o'tib qoldingiz. Mendagi kuch eng yuqori bo'lgani
bois olamga qo'shilgan yangilarni osongina payqay olardim. Shu bois
ham sizlarni hech qanday muammosiz topdim. Qizig'i shundaki
orangizda birgina Zulfiya opam sehr jodu haqida bilmasdi. Hatto o'yin
haqida ham biror narsani bilmas edi. Xotiralarida ham bular haqida
biror ma'lumot yo'q edi. Keyin bilsam suyukli akajonim opam bilan
vaqtichog'lik qilishga urungan ekan. Shu bois ham u Zulfiya opam uchun
soxta xotira yaratib unga bechora opamni ishontirgan... Bori shu...
Qiziqqan narsangizni bildingiz deb o'ylayman! Yoqimli ishtaxa! Bu
yerdan omon chiqasiz degan umiddaman! - Orzu shunday deya partal
ochib ko'zdan g'oyib bo'ldi...
Orzu yana o'sha sharshara yoniga borib shunchaki yolg'izlikdan bahra
ola boshladi. Bu yoqda Orzu aytgan "Uyushgan gruh" undan
eshitganlarini hazm qilishga urunarkan kutilmaganda qarorgoh
devorlariga kuchli zarbalar kelib tega boshladi. Bunday kuchli zarbalarga
anchagina chidamli qarorgoh devorlaring darz keta boshlaganidan
hujum qilayotgan kimsa ancha kuchli ekanini anglagan, Orzu haqida
bilib olish uchun bir jamoaga birlashganlarning qalbiga qo'rquv ildiz ota
boshladi. Zarbalar to'xtovsiz davom etib shift ham o'pirila boshlagach
qizlar o'zlarining himoyasi uchun doira hosil qilib turib olishdi. Buni
ko'rgan yigitlar esa qizlarning doirasi tashqarisidan himoya qobig'i hosil
qilgandek tizilishdi. Eng tashqi qavatga esa Zulfiya va Begzod turib bu
o'nlikni muhofaza qilishga shaylanishdi. Ular endi o'zlarini himoyaga
tayyorlagan bir payt kuchli portlash natijasida devorlar ularning ustiga
qulab tushdi. Bunday kuchli portlash sabab zaiflashgan jamoadoshlar
o'zlarini qo'lga olib ulgurmasidan o'zlariga yo'llangan sehr natijasida
butkul hushidan ketdi.
Ko'zlarini tim qorong'u va zah joyda ochgan Nargiza o'zining kimgadir
orqamacha bog'langani sabab qimirlay olmadi.
— Hoy kim bor? Men qayerdaman?! - dedi Nargiza biroz oxirgi
voqealarni eslab biroz cho'chigancha
— Qayerdaman emas, qayerdamiz de? - dedi Dovud uning baqirig'idan
hayollari chalkashib
— Dovud? Biz qayerdamiz? Bu qanday joy? Bizni kim bu yerga olib
keldi? Nega bog'liq holdamiz? - dedi Nargiza tanish ovozdan hayratlanib
— Agar bilganimda hozir bu yerda o'tirmagan bo'lardim ishonaver -
dedi Dovud sokin holda....
*********
Huddi shu kabi zindonlardan birida ko'zini ochgan Feruza qorung'uda
nimadir ustiga o'rmalayotganidan cho'chib, baqirib yubordi
— Aaaaaaaa
— Jim! Ovozingni chiqarma! - dedi Feruz Feruzaning og'zini berkitib
— ....... - og'zi yopiqligi sabab ming'irladi Feruza
— Hozir qo'limni olaman faqat baqirmaysan! - dedi Feruz bosiqlik bilan,
Feruza bosh chayqagach u qo'lini oldi va
— Kim san? - dedi Feruza
— Nima ahamiyati bor? Feruzman! - dedi Feruz qo'rslik bilan, keyin
davom etdi - Hozir sen sehr yordamida o'zining atrofingni yoritasan!
Keyin boyagi sening ustingga o'rmalagan narsa qaytib keladi. Sen esa
iloji boricha unga qaramaysan, imkon bo'lsa ko'zingni yumib tur!
Asosiysi baqirma! U qochib ketsa tutib ololmayman! Tushunding deb
o'ylayman savol bermay bajar, keyin tushuntiraman! - Feruz shunday
deya Feruzadan uzoqlashdi
Feruz ketgach Feruza u aytgandek qo'llarida nur hosil qilib atrofini
yoritdi va ko'zlarini yumib oldi. Ko'p o'tmay haligi narsa yana Feruzaning
ustiga o'rmalay boshladi. U endi Feruzaning yuziga yaqin kelgan payt
kuchli va yoqimsiz chinqiriq eshitildi.
— Ko'zingni ochishing mumkin! - dedi Feruz sokin
— Bu... Bu nima? - dedi Feruza ilonga o'xshash uch boshli no an'anaviy
mahluqga qarab
— Bilmadim. Sen uyg'onguncha uchtasini o'ldirdim. Yaxshi narsa
emasligi aniq. Ovozlardan qo'rqarkan. Lekin zaharliga o'xshaydi! - dedi
Feruz izoh berib
— Biz qayerdamiz? - dedi Feruza atrofga ko'z yugurtirib
— Menincha zindonda! Har holda mehmonga kelmaganimiz aniq! - dedi
Feruz o'ziga hoz sovuqqonlik bilan
**********
— Hoy la'nati men qayerdaman? Kim olib keldi bu yerga? Ablahlar
oching eshikni? - o'ziga kelgan Shohista darhol zindondaligidan quturib
ketdi
— Nima balo qutirish kasaliga uchraganmisan? Tilingdan "bol" tomadi-
ya! - dedi bir chekkada o'tirgan Asad tilga kirib
— Ooo "ishbilarmon" janoblari ham shu yerdamilar? - dedi Shohista
kesatib
— Ha shunaqa! - dedi Asad
— Yaxshi o'tiribsizmi? Kamchiliklar yo'qmi? Nima aqldan ozganmisan?
asabimni buzishinga o'laymi? Bizni zindonga bandi qilishdi!
Tushunyapsanmi shuni? - dedi Shohista asabiylashib
— Hm tushunib turgandim o'zingga kelguningcha! - dedi Asad
quloqlarini berkitib, Shohista uning bu harakatidan ensasini qotirib
qoydi.
**********
— Iroda? Iroda o'zingga kel? - Javohir boyadan beri qo'lini yechishga
urunarkan Irodani ham uyg'otishga kirishdi
— Hm... - ming'irlay boshladi Iroda
— Iroda o'zingga keldingmi? Ko'zingni och hoy? - baqirdi Javohir
— Hm... Men qayerdaman? Javohir senmisan? - dedi Iroda ko'zlarini
ocharkan o'ziga qo'shib bog'langan Javohirni ovozidan tanib
— Ha menman! Biz zindodamiz! Qo'llarimizni yechishimiz kerak?
Yordam bera olasanmi? - dedi Javohir
— Ha hozir urunib ko'raychi - dedi Iroda
— Bir o'zing eplolmaysan! Birga urunib ko'rishimiz kerak! - dedi Javohir
ogohlantirib
— Ho'p unda uchgacha sanab birga harakat qilamiz! - dedi Iroda
— Aha 1
— 2
— 3 - ular birgalikda uchgacha sanab arqonga sehr yo'llashga harakat
qilishdi va buni 100% emasku, 80% a'lo darajada bajarib arqonlardan
halos bo'lishdi...
**********
— Zaxaroy ko'zingni och? - Rayhonga yaqinlashayotgan chayonni ko'rib
ko'zlari moshdek ochilgan Jamshid tezda uni o'ldirib Rayhonni
uyg'otishga kirishdi
— Sennn? Biz qayerdamiz? - atrofda boshqa yaqinlari yo'qligidan
hayratlanga Rayhon savol bera boshladi
— Katta ehtimol bilan zindonda! - izoh berdi Jamshid
— Bizni bu yerga kim olib keldi? Alixanmi? - oxirgi voqealarni esga
olarkan tahmin qildi Rayhon
— Menimcha ha! - dedi Jamshid qisqa javob qaytarib...
**********,*
Orzu qarorgohga qaytgach undan vaqat vayronalar qolganini ko'rib
asablari qaynab ketdi. Sekin vayronalar oralab harakat qilarkan, o'rtada
chalajon ahvolda, yuztuban yotgan kimsani ko'rib darrov uning oldiga
bordi. Kimsaning tashqi ko'rinishi tanib bo'lmas darajada jarohatlangan,
yaralaridan oqqan qirmizi qon uning 80% tanasini qizilga burkagan edi.
Bir qarashda uni tanimagan Orzu sehr yordamida asta yuzidagi qonlarni
yo'qotgach uning o'zining eng yaqin insonlaridan biri ekanligini ko'rib
baqirib yubordi
— Begzoddddddddd? Kim? Kim sizni bu ahvolga soldi? Gapirsangizchi? -
dedi Orzu asabiy baqirarkan
— S..u.u..v - dedi Begzod eshitilar eshitilmas darajada shivirlab
— Hozir. Hozir... - Orzu shunday deya bir amallab Begzodni opchib oldi
va qizlar bilan tayoorlangan joyiga partal ochib undan o'tib ketdi. U
yerda Begzodning yaralarini davolab, o'ziga keltiruvchi sehr qo'llagach
yana uni so'roq qila boshladi.
— Begzod sizdan so'rayapman buni sizga kim qildi? Opam va boshqalar
qayerda? - dedi Orzu shoshib
—....
— Javob bersangizchi?! La'nati gapiring! Bularni Alixan qildimi? Uning
ishimi bu? Gapiring bularni akam qildimi? - dedi Orzu tutoqib
— Ha... U... U yoniga bor... borishingni tayinladi... - dedi Begzod bazo'r
nafas olarkan aniqroq gapirishga urunib
— Begzod men hozir ularning oldiga ketaman. Sizdan iltimos menga
endi tug'ilgan kichik qora ilon topib keling. Uni topmasdan qasrga bora
ko'rmang! Unday ilonni topish ancha qiyin, shuning uchun tezroq
sog'ayib harakatni boshlasangiz xursand bo'lardim - dedi Orzu ketishga
hozirlik ko'rarkan
— Nima qilasan.. uni? - dedi Begzod o'rnidan turushga urunib
— Joyingizga yoting! Dam olishingiz kerak! Mendan havotir olishingizga
hojat yo'q. Ilonga kelsak nima qilishim haqida o'ylamang. Zarur bo'lsa
o'zim aytaman! - Orzu shunday deya Begzodga oxirgi bor siniq jilmayib
u yerni tark etdi.
*******
Zulmat qasri... Insonlar qalbiga nomi bilan ham qo'rquv sola oluvchi bu
qasrga oddiy o'yinchi sehrgar hech qachon qadam bosmaydi.
Ko'rinishidan eski va haroba qasrga o'xshasada ichki tomonlama har
qanday qulaylikka ega bo'lgan qasrning shimoliy tomoni shahzoda
Alixanga tegishli bo'lib, bu tarafga qadam bosishga uning o'zidan bo'lak
hech kimning haqqi yo'q. Hatto malika Izabellaning ham...
Qasrning shimoliy tarafida joylashgan xonalaridan birida sochlari
huddi quyosh nurlaridek jilolanib turuvchi bir xushsurat qiz oyoq-qo'llari
yotoqqa bog'langan holda hushsiz yotardi...
***********
Zulmat qasriga yaqin joyda oppoq nurlardan partal ochilib, undan
mag'rur holda Orzu chiqib keldi. Garchand tashqi tarafdan mag'rur
ko'rinayotgan bo'lsada ayni damda unda katta qo'rquv mujassam bo'lib,
bu qo'rquv qasos, maqsad, burch va shunga o'xshash vazifalarining
bajarilmay qolishiga nisbatan bo'lgan qo'rquv edi. Orzu bir zum
qarshisidagi "Zulmat qasri" ga tikilib turdida
"Kutib oling akajon, singlingiz sizga ajalingizni keltirdi..."
deya qasr tomon harakatlandi. Qasrga kiraverishdagi "Nomsiz"
mahluqlar ayni damda o'zlariga tanish chehrani ko'rib tezda uning
oldiga yugurib kelishdi. Buni qasr tepasida derazadan turib
kuzatayotgan Alixanning jahli sezilarli darajada oshdi va singlisining
qarshisiga chiqishni istab, u tomon harakatlandi.
Orzu "Nomsiz" mahluqlarni biroz erkalagach, qasr tomon odimladi.
Alixan ham uning o'zi qasrga kirishini kutib turganini ko'rgan Orzu
negadir qattiq kulib yubordi.
— Nima aqldan ozdingmi? Nega kulyapsan? - dedi Alixan hayron
— Aqldanku ozganimcha yo'q akaginam! Shunchaki qasrda sehr qila
olmasligimni bilib, unga kirishimni kutganingizga kulgim keldi! Kutib
olish uchun shunchalik tashqariga chiqqan ekansiz, bira to'la qasrdan
ham chiqishingiz kerak edi-da akajon! Yoki haliyam mendan
qo'rqasizmi? Axir kuchimni yarmini olgansiz-ku - dedi Orzu asabiy
kularkan
— Kuchingni olganimdan keyin sen yana kuch to'plagansan shekilli? Aks
holda oldimgacha kela olmasding! Men bilan o'ynashishni maslahat
bermasdim itvachcha! Sen kabi aqlini yeganlar bilan gaplashishdan or
qilaman! - dedi Alixan sehr yordamida Orzuni tobora qattiqroq bo'g'ib,
havoga ko'tarib borarkan
— N.na.q..a.d..d.a..r a...a.jo.y...i.i..b - dedi Orzu nafas olishi tobora
qiyinlashib borarkan jilmayishga urunib
— Bilasanmi nega seni aqlini yegan dedim? Chunki aqli bor inson o'z
ajali yoniga o'z oyog'i bilan kelmaydi! Faqat sen kabi... - Alixan gapirish
mobaynida Orzuni uloqtirib yubordi
— Telbalargina... shunday qiladimi? - Orzu zarb bilan yerga qulagach
o'zini tutishga urunib, bazo'r gapirdi
— Huddi o'zi, ammo qo'rqma sen telbalikda ham yagonasan! - dedi
Alixan masxalaralagandek kulib
— Mendan nima istaysiz? - dedi Orzu o'ziga biroz kelib olgach, ojiz
ko'rinishni istamay o'rnidan turib
— Sendanmi? Aytaylik hech nima! Shunchaki avval menga qarshi vosita
sifatida foydalangan kimsalaring bir-birini qanday o'ldirishi, yoki himoya
qilishini sinab ko'ramiz! Keyin esa huddi oldingidek kuchingni menga
berasan! Faqat bu safar yarmini emas, hammasini! Shularni qilib
bo'lganimizdan so'ng sen ham, to'dadoshlaring ham o'lasiz! Men esa
Vertual olamdagi hayotni realga ko'chirib, butun dunyoga hukmronlik
qilaman! - dedi Alixan yovuzona jilmayib
— Naqadar kulgili? Yosh bolamisiz akajon? Dunyoni boshqarishni
bandasiga chiqarmagan! Sizdan avval ham bu so'zni aytganlar tarixda
ko'p bo'lgan. Ammo ularning hech biri butun dunyoga to'laqonli egalik
qila olmagan! Zig'ircha aqlingiz bo'lmay turib, birgina ahmaqona
o'yiningiz bilan dunyoni qo'lingizga kiritmoqchimisiz? Bu safsatangizni
borib boshqa bir laqma do'stingizga ayting! Agar do'stingiz bo'lsa! - dedi
Orzu ham kulib
— Bugunga ko'p gaplashib yubordik! Xonangga bor! U yerda har holda
oz muncha bo'lsada qobilyatingdan foydalana olasan! - Alixan shunday
deya Orzuni kuchi yordamida bir xonaga kiritib, ustidan qamab qo'ydi...
*******
— Diqqat! Diqqat! Hamma mahbuslas diqqatiga! Hamma
qamoqxonalarda shunaqa deyilarmidi? Hahahaha... - Qizlar va yigitlar
asir qilingan zindonlar atrofida yoqimli lekin o'zida insonlarni qandaydir
qo'rquvga soluvchi nimadir bor bo'lgan ovoz yangradi.
— Hey 5 juft laqmalar! Sizlarga gapiryapman! Obbo tomingiz ketganmi
sizlarni? Men bu yerdaman! Tepangizda! Ha deb atrofga boshingizni
likkanglatavermasdan tepangizga qarang! - uning quvnoq ohangdan
birdaniga jahlga berilishidan cho'chigan juvtliklar darhol tepasiga
qarashdi va hech qanday nuqsonlarsiz, sutta chayilgandek oppoq yuzli
ko'rkam yigitga bir zum hayrat bilan tikilishdi. Qizlarning bu ko'rkam
yigitdan nigohlarini uza olmay qolganini ko'rgan yigitlarning negadir
qoshlari tepaga ko'tarilib, peshonalarida sezilar-sezilmas uch-to'rtta
chiziqlar paydo bo'ldi.
— Kutib oling, qarshingizda... Eee yo'g'eee tepangizda dunyoning eng
ko'rkam madeli, eng iqtidorli aktyori, eng vaxshiy qotili, eng kuchli
sehrgari, eng aqlli kashfiyotchisi, eng buyuk kimyogari, hullas dunyodagi
eng, eng, eng a'lo narsalarning barchasini o'zida jamlagan Alixan!
Hahaha o'zimga qoyil! Tanishtirishniyam yorvordim-mi? Umrimda
bunaqa tanishtiruvni ko'rmagandim ee? - dedi Alixan hamon kularkan.
Asirlar esa uning ishidan shunchaki ensalarini qotirib qo'yishdi, zerokim
gapirishganlari bilan ham Alixan ularni eshitmasdi-da...
— Bu ko'rkam yigit nega biz bechora aqlsizlarni yo'qlab qoldi deyotgan
bo'lsangiz kerak aa? Hullas shu desangiz men judayam mehmondo'z
insonman! Oldingizga "hizmatchi"larim borgandir aa? Hali borishmagan
bo'lsa kuting, navbatma-navbat jo'nataman! Faqat ular yo sizni
o'ldirishadi, yo sizlar ularni o'ldirasiz. Hullas men sizlarga aytayotgan
"hizmatchi"lar bu mening sevimli "mittivoylarim". Sizlarga aytmoqchi
bo'lganim, to'g'rirog'i ogohlantirmoqchi bo'lgan narsam shuki... Har
kuni qaysidir zindondagi juftlik bir-biri bilan kuch sinashadi yoki mening
"hizmatchi"larimga qarshi birgalikda kurashadi. Agar "hizmatchi"lar
yoningizga borsa bu baxtingiz! Chunki bir-biringizga zarar
yetkazishingizga hojat qolmaydi, chunki buni mening "hizmatchi"larim
juda yaxshi eplaydi. Ammo mobodo ular bormay qolsa va zintoningiz
tepasidagi qizil chiroq yonsa, bir-biringiz bilan bellashasiz! Bellashuv
kimdir jarohat olmaguncha davom etadi. Zindondagi raqibiga achinmay
o'ldira olgan kimsa zindondan ozod bo'ladi! Ammo zindondan
chiqqanidan keyingi hayotiga kafolat berilmaydi! Hullas aytmoqchi
bo'lganim shular! Sizlarga katta-kon omadsizliklar tilab, Alixan! - Alixan
shunday deya so'ziga yakun yasagach zindonning tepasidagi oynavand
ekran g'oyib bo'ldi. Alixan esa o'z xonasidan chiqib, qasrning shimoliy
tarafidagi xonaga yo'l oldi.
***********
Alixan yana eski xonasiga qamab qo'yganidan sevingan Orzu bir paytlar
o'rgangan va o'zi judayam yaxshi ko'ruvchi ilonlar tilida nimalardir
shivirlay boshladi. Ko'p o'tmay xonaga kirib kelgan katta qora ilonni
ko'rib, Orzuning ko'zlari chaqnab ketdi.
— "Snakeeee! Seni judayam sog'ingandim! Shahzod senga yaxshi
qaradimi? Seni hafa qilishmadimi ular? Ha aytgancha nega Shohistani
chaqding jinnivoy! Men senga nechchi bora aytganman odamlar ovqat
emas deb!" - dedi Orzu Snakening uzun tanasidan quchib turarkan
arazlagandek unga termulib, – "Ho'p buni qo'yib tur. Akam qayerda
xabaring bor to'g'rimi Snake? Ular hozir qayerda? Axir senga kuzatishni
buyurgandim-ku?" - dedi Orzu ilonlar tilida vishillab. Uning bu savolidan
keyin Snake ham nimadir deb vishshiladi, so'ngra Orzuning
asabiylashayotganini ko'rib, qanday paydo bo'lgan bo'lsa, shunday yo'q
bo'ldi. Aniqrog'i o'zining yer osti tuynugiga kirib ketdi.
— "Opaaa? Zulfiya opa? Meni eshityapsizmi?" - Snakedan akasining
Zulfiyaning oldiga ketayotganini eshitgan Orzu opasiga ong orqali
bog'lanishga uruna boshladi.
— "Opaaa bu men Orzuman! Meni eshityapsiz deb umid qilaman! Sizga
muhim gapim bor! Akam! U sizning oldingizga ketyapti! Iloji boricha uni
o'zingizdan uzoq tuting! Zerokim sizlar farzandli bo'la olmaysiz! Virtual
yaratilgan olamda bu ilojsiz! Buning oxiri sizning o'limingiz bilan
yakunlanadi! Shunday ekan... Haligi... Haya qobilyatingiz! U orqali
atrofingizda olovli qobiq hosil qiling! Akam "Legatus mortis"
bo'lganliklari bilan ularni "Diaboli" boshqaradi. Iblislar azal-azaldan
olovga yaqin kela olishmagan! Shunday qilsangiz akam ham sizga yaqin
bora olmaydi. Meni tushundingiz deb umid qilaman!" - Orzu shunday
deya jimib qoldi
*********
Yotoqdan bo'lak hech bir jihoz bo'lmagan xonada, yagona yotoqqa
bog'langancha Orzuning ovozi qayerdan kelganini, u nimani nazarda
tutganini o'ylayotgan Zulfiyaning hayollari eshitning ochilishi sabab
bo'lindi. Xonaga kirgan kimsa Alixan ekanligini va uning o'ziga hirs ila
tikilib turganini ko'rgan Zulfiya bir muddat shu insonni qachonlardir
sevib, har bir so'ziga shubxasiz ishongani uchun o'zidan jirkanib ketdi.
— Yag'murim! Senga shunaqa chaqirishim yoqardi to'g'rimi? O'ylab
qarasam sen bilan hech ko'ngilxushlik qilmagan ekanmiz? Meni
shunchalik sevgan Yag'murimni "e'tiborsiz" qoldirganim bois yuragim
ezildi. Shuning uchun ham bu xatoni to'g'irlashga qaror qildim!
Alixan shunday deya yotoqning bir chekkasiga o'tirib Zulfiya tomon
qo'lini uzatgan edi hamki Zulfiyaning atrofida olovli himoya qobig'i hosil
bo'ldi. Buni ko'rgan Alixanning ko'zlari kosasidan chiqib ketay dedi.
— Sennnn... Sen "Filia solis" san? Ammo qanday? Bu tur qirilib
ketmaganmidi? Men bu tur haqida faqat kitoblarda o'qigandim! Qiziq
doim "Filia solis" larning ko'zyoshiga egalik qilishni istardim!
Yonginamda yurgan sodda "Quyosh qizi" ni qanday payqamadim? -
Alixan o'ziga o'zi gapirarkan, hali hanuz Zulfiyaga yaqin o'tirgani,
Zulfiyani himoya qiluvchi olovli qobiq esa tanasini kuydirayotganini
payqab, yuzi burishdi va tezda o'rnidan turib, Zulfiyaga "Sen bilan hali
yana gaplashamiz!" degancha xonadan chiqib ketdi...
********
Judayam baland va faqatgina eng yuqoridan quyoshning zaif nurlari
tushuvchi zindonda bir juft "yoshlar" o'tirar ekan, birdaniga ularning
xonasidagi qizil chiroq chiyoldoq ozov chiqarib, yonib-o'cha boshladi.
— Bu la'nati ovoz birinchi kuch sinashadiganlar biz ekanligimizni
anglatadimi? - dedi Rayhon asabiy
— Afsuski ha - ho'rsinib qo'ydi Jamshid
— Nega afsuski? Qaytanga zo'rku? Alamlarimni olib olaman bahonada?
- Rayhon shunday deya ayyorona jilmayib, qo'lida xanjar hosil qildi
— Yana qanaqa alam? Jinni bo'ldingmi? - dedi Jamshid hech narsaga
tushunmay
— Qanaqa alam bo'lardi? Aokigaxara o'rmonida opalarimni qo'lga
tushurish uchun meni chalg'itganing alaminida? - dedi Rayhon
— Nimaaaa? - Jamshid uning bu gapidan kulib yubordi, – Seningcha
men seni o'g'irlab ketmaganimda opalaringni qutqarib qola olarmiding?
- dedi u hamon kularkan
— Har holda urunib ko'rardim! Zero bu umuman harakat qilmay
teshikka berkinishdan avfzal! - dedi Rayhon uning kulishidan
asabiylashib, qo'lidagi xanjarni o'ynarkan
— U holda sen ham qo'lga tusharding! Chunki baribir qiz bolaning o'g'il
bolaga kuchi yetmaydi! Bu mantiqqa ham to'g'ri kelmaydi! - dedi
Jamshid pinagini ham buzmay
— Nima nima? - Rayhon uning gapidan deyarli baqirib yubordi va tezlik
bilan Jamshidga hujum qildi. Ammo Jamshid osonlikcha uning zarbasini
qaytarib qoldi
— Nima nima? - dedi Jamshid uning zarbasini qaytargach mamnun
ohangda
— Demak, qizlar ojiz shundaymi? - dedi Rayhon jahlga berilish xato
ekanligini, ilk zarbasi besamar ketganidan anglab, ayyorona
jilmaygancha
— Huddi shunday! - dedi Jamshid uning nega jilmayayotganiga
tushunmay
— Demak, o'sha kuni o'rmonda sen aytayotgan "ojiz" larga orqadan
zarba bergan "erkak" lar kuchli ekanda? - dedi Rayhon uning ko'zlariga
tikilib
— Umuman olganda bu shunchaki kutilmagan holat edi! - dedi Jamshid
uning hujum qilmay qo'ygani bois qayta joyiga o'tirarkan hotirjam
alfozda
— Demakkkkk, ikkinchi to'qnashuvimizda Zulfiya opam kelib
qolmaganlarida o'lib ketishingiz ham mumkin bo'lganida kutilmagan
holat ekanda? - dedi Rayhon Jamshidning yonginasiga o'tirib uning
yuzini silagancha
— Yo'q, unday emas... Aslida u payt... - Jamshid aytarli javob topa
olmay qolgach yuzini silayotgan Rayhonga tushunmay nigoh tashladi va
– Sen qiz o'zi nima qilmoqchisan? - dedi hayratlanib
— Jamshid sevganing bormi? - dedi Rayhon uning ko'zlariga tikilib
— Buni nega so'rab qolding? Ha bor! - dedi Jamshid o'ylab
— Kim ekan o'sha baxtli qiz? Bilsam bo'ladimi? - dedi Rayhon mayus
ohangda hamon uning yuzidan silagancha
— Umuman olganda ha... Chunki u sen! - dedi Jamshid yuzini silayotgan
qo'llardan tutib
— Rostanmi? Men... Men ham seni... Seni... - Rayhon shunday deya
yerga qarab oldi
— Sevasan! Nahotki? - Jamshid xursandligidan endi Rayhonni bag'riga
bosmoqchi edi, Rayhon uni siltab tashladi
— Nima birozgina yaxshi gapirganinga meni sevadi deb o'yladingmi?
Adashasan janob "kuchli" - dedi Rayhon mamnun jilmaygancha unga
past nigoh tashlab
— ..... - Jamshid undan bu taqlid ish kutmagani uchunmi, yoki ilk bor
sevgisini tan olganida bu sevgisi rad etilgani uchunmi jimib qoldi. Hozir
u gapiradiga ahvolda emasdi. Chunki bir necha daqiqa avval o'zi "ojiz"
deya kamsitgan qizlardan biri uning tuyg'ulari bilan o'ynashgandi.
Rayhon Jamshidning g'ururini toptagandi. Bu hayotda har bir erkak kishi
uchun esa birinchi o'rinda turadigan narsa bu g'ururdir.
— Nega jimib qolding janob "kuch"li? Qaysi aql bilan Feruzdek
sovuqqon va sharttaki, Dovuddek og'irbosiq va muzokarali, Asaddek
quvnoq va hazilkash, Javohirdek ko'rkam va yoqimtoy yigit turganda
senga ko'ngil qo'yishim kerak? Seningcha bu mantiqqa to'g'ri keladimi?
- dedi Rayhon ayyorona jilmayib
— To'g'ri kelmasa, keltiramiz ayyor mushukcham! Faqat hozirgi
gaplaring javobini berganingdan keyin!
Jamshid shunday deya tezlik bilan qo'lida xajar hosil qilarkan
Rayhonga hujum qilishga shaylanib. Rayhon uning harakatlarini kuzatib
turarkan ayni damda rejasi amalga oshgani sabab yuziga ayyorona
tabassum yugurdi. Chunki o'zi jahlga erk bergani bois Jamshidga jarohat
yetkaza olmagandi.
Ammo endi kichik "tomosha" sabab vaziyat o'zgardi. Rayhon jahldan
tushib, Jamshid jahlga berildi. Ayni damda Jamshid uchun bu tabiiy hol,
chunki har qanday erkak g'ururi bilan o'ynashgan kimsaga javob zarbasi
bermay qolmaydi, yana u sevgan qizi bo'lib, ko'z oldida necha yillik
qadrdon do'stlarini undan avfzal deya uni ikkinchi bor yerga ursa! Jahl
sabab harakat qilayotgan bo'lsada Rayhonning aziyat chekishini
istamagan Jamshid unga uncha kuchli bo'lmagan zarbalarni yo'llar,
Rayhon esa ularni mohirlik bilan qaytarardi. Shu tariqa 15 daqiqa
davom etgan jangdan Rayhonning sabr kosasi to'ldi shekilli Jamshidning
boshiga uncha kuchli bo'lmagan sehr yo'llab yerga yiqitdi va paytdan
foydalanib uning yelkasini xanjari yordamida jarohatladi. Jamshidning
jarohatidan chiqqan qon jax toshlarga tegishi bilan zindondagi yashil
chiroq yonib, jang tugaganini ma'lum qildi. Rayhon esa mamnun holda
yerda yotgan Jamshidning yoniga egilib asta shivirladi
— Bilasanmi Jamshid qayerdadir o'qigandim. "Kuch erkakga, go'zallik
ayolga berilgan! Butun dunyoni yenggan kuch go'zallikka yengilgan..."
deb! Sening hislaring mag'lubiyatingga sababchi bo'ldi! Shunday ekan
o'zing aytayotgan "ojiz" lardan ehtiyot bo'l. Zero ular sen o'ylaganchalik
"ojiz" emas! Bunga yaqqol misol sening mag'lubiyating! - Rayhon
shunday deya mamnun jilmaygancha o'rnidan turib, ust-boshini qoqdi
va hech narsa bo'lmagandek qayta joyiga o'tirdi...
******
Asirlikning uchinchi kuni...
Zax va qorong'u, faqat tepadangina quyoshning zaif nurlari tushuvchi
zindon. ( Barcha "asirlar" shunday zindonlarga bandi qilingan! )
Zindonning ikki burchagida ikkita o'rindiq joylashgan bo'lib ularning
birida bir pari misol go'zal qiz uxlab yotar, ikkinchisida esa bir yigit o'sha
"pari"ga termulgancha shirin hayol surardi. Bir payt "pari"ning
orqasidagi zindon tirqishlaridan uzun tirnoqli jami to'rtta qo'l ko'rinib,
ular asta sekinlik bilan yuqoriga ko'tarilib, "pari"ni yo'q qilishga
shaylandi. Buni ko'rgan haligi yigit tezlik bilan qo'lida xanjar hosil qilib
mahluqning qo'llarini chopib tashladi. Shovqin sabab uyg'onib ketgan
"pari" qo'rquv va hayrat aralash haligi yigitga yuzlandi...
— Tinchlikmi Dovud? Nima bo'ldi? Bular nima? - dedi Nargiza yerda
uzilib yotgan qo'llarga ishora qilib
— Menimcha bugungi kun "qahramon"lari bizmiz! - dedi Dovud
hazillashgandek bo'lib
— Demak mahluqlar hujumiga qarshi kurash qilamizmi? - dedi Nargiza
hayron
— Menimcha ha! - dedi Dovud o'ychan
— Qanday ajoyib, endi bir-birimiz bilan kurashishimizga hojat bo'lmas
ekan! - dedi Nargiza quvonib
— Yengilishdan qutilib qolganingga quvonyapsanmi? - dedi Dovud kulib
— Pfff yengilishdan emas, yana bir bor yengib obro'yingni yana bir bor
tushurishdek buyuk ishdan qutulganimga xursandman! - dedi Nargiza
ham kesatib
— Bir safar omadin...
— Orqangda!
Dovud hali gapini yakunlamasdan Nargiza baqirib yubordi. Dovud esa
tezda orqasiga o'grilib mahluq bilan jang qila ketdi. Uni yengib bo'lgach
endi orqasiga qaragan edi hamki Nargizaning oyoqlaridan mahluqlar
ushlab torta boshlaganini ko'rib, ko'zi kosasidan chiqib ketay dedi va
tezda mahluqning qo'llarimi, yoki oyoqmi hullas chopib tashladi. Ohirgi
mahluqni ham daf qilgach zindondagi yashil chiroq yonib-o'cha
boshladi. Buni ko'rgan Nargiza va Dovud yengil tin oldi. Nargiza biroz
o'tirib, o'ziga kelib olgach
— La'nati sal qoldiya qorniga tushishimga! - dedi asabiylashib
— Bunday bo'lishiga yo'l qo'ymasdim! Men bor ekanman hech kim bir
tola sochingga ham zarar bera olmaydi...
— Nima? Nega bunday deyapsan? Sen uchun kimmanki menga bunday
gapirasan? - Dovudning bu gapidan Nargizaning ko'zlari ham hayrat,
ham quvonchdan kattalashib ketdi
— Aa, yo'q hech nima... - hayolidagi gap tiliga chiqib ketganidan biroz
noqulay ahvolga tushgani bois gapirolmay, duduqlanib qoldi
— Hm tushunarliiii - dedi Nargiza unga hafsalasiz qarab, uning bu
nigohini ko'rgan Dovud chuqur xo'rsinib qo'ydi va
— Kun kelib albatta aytib beraman va bilib olasan kichkintoy! Avval shu
mashmashalar tugasin! - dedi Nargizaga bir ko'zini qisib qo'ygancha
jilmayib
— Kichkintoy? - dedi Nargiza o'zini uning gaplariga e'tibor bermagandek
tutib
— Ha nima tog'risida! Singillaringga g'amxo'rlik qilish uchun doim
tavakkal qilasan-u, ammo o'zing ham hanuz yosh bolasan! - dedi Dovud
samimiy jilmayib
— Ajab bo'libdi... - dedi Nargiza u haq bo'lgani uchun ham inkor etishni
istamay labini burgancha...
**********
Asirlikning to'rtinchi kuni...
— Menga qara kuydirilgan kalla! Asabimni buzib iljayishni bas qil! Kiprik
qoqmay tikilishingga o'laymi? Aqldan ozdingmi? Yo o'lging kelyaptimi? -
Asadning necha soatdan buyon kiprik ham qoqmay tikilib o'tirganidan
sabri to'lgan Shohista baqirishga tushdi
— Ko'z meniki xohlaganimni qilaman "bezori" qiz! - dedi Asad jilmayib
— Nima??? Kim bezori? - dedi Shohista battar asabiylashib
— Ha nima? Ko'chalarda janjaldan beri kelmaydigan odamni nima
deyishadi boshqa? - dedi Asad hamon jilmayarkan
— Har holda "bezori" deyishmaydi janob "Ishbilarmon" - dedi Shohista
tinchlanish uchun yuzini burib olgancha
— Nega yuzingni burib olding "bezoriginam" - dedi Asad uning yoniga
o'tib olgancha, Shohistani iyadigan tortib o'ziga qaratarkan
— "Bezoriginam"? - dedi Shohista uning qo'lini siltab tashlarkan
— Ha nima mening bezorimni egasi bormi? - dedi Asad Shohistaning
yelkasiga qo'lini tashlab olgancha unga jiddiy nigohlar ila qarab
— Toming ketib qolganimi seni? Yo'q, shoshma xatolashib ketdim. O'zi
senda "tom" bo'lganmi? - dedi Shohista uning qo'lini yelkasidan siltab
tashlab, o'rnidan turarkan
— Bilmadim!? - dedi Asad ham o'rnidan turib
— Bilmadim emish? Shu kalla bilan qanday "Ishbilarmon" bo'lgansan?
G'irt telbasanku? - dedi Shohista ensasini qotirib
— Seni debda "bezoriginam" - dedi Asad unga yaqinlasharkan jilmayib
— Hoy lo'ttiboz menga yaqinlashma! O'zi nega shuncha aqli raso
do'stlaring turganda meni sening yoningga qamashgan? Shunaqayam
adolatsizlik bo'ladimi? Seni uchratgan kunimdan boshlab omad meni
tark etdi! Hammasiga sen aybdorsan yaramas "Ishbilarmon" - dedi
Shohista nolib
— Balki men so'ragandirman bizlarni birga qamang deb? - dedi Asad
jilmayib
— Pfff ishondim! - dedi Shohista kesatib
Shu payt Asad uning qo'lidan ushlab o'ziga qarab to'rtdi va Shohistani
orqasiga o'tqazib atrofga sinchkov nigoh tashlay boshladi.
— Nima bo'lyapti? - dedi Shohista tushunmay
— Jim ovozlarni eshit! Nimadir kelyapti! - dedi Asad hamon atrofni
kuzatarkan.
Shu payt Shohista orqasiga nimadir tekkanini sezib baqirib yubordi.
Uning ovozini eshitgan Asad ham Shohista bilan baravariga orqalariga
qarar ekan, qafasga unchalik katta bo'lmagan ilon kirib kelayotganini
ko'rishdi.
— Ufff nega doim menga ilonlar uchraydi-ya? - dedi Shohista nolib
— Doim? Avval ham kim bilandir shunaqa holat bo'lganmi? - dedi Asad
unga jiddiy nigohlar ila termularkan
— Vaysayvermay buni daf qilsangchi? Hozir meni so'roq qilish vaqtimi?
- Shohista shunday deb ilonga qarata sehr yo'lladi, ammo ilon
jarohatlanish yoki o'lish o'rniga kattalashib ketdi. Buni ko'rgan
Shohistaning ko'zlari hayratdan kattalashib ketdi va o'ziga o'zi to'ng'illab
qo'ydi.
— To'ng'illashni bas qil! Menimcha bu ilon sehrdan kuch oladi! Uni
chalg'itib tur, men ustiga chiqib olishim kerak! - dedi Asad o'ychan
— Nima u ko'zingga ot bo'lib ko'rinyaptimi? Ustiga chiqasan?! Keyin
nega men "xo'rak" bo'lishim kerak? Chaqib olsa qanchalik og'riq berib
o'lish mumkin bilasanmi? - dedi Shohista ensasini qotirib, afsuski
allaqachon yonidan ketgan Asadni ko'rib battar asabiylashdi. Ammo
noiloj uning aytganini qilishga majbur bo'lib, ilonni chalg'itish uchun
unga yaqinroq kelib, hujum qilishga uruna boshladi. Paytdan
foydalangan Asad sekinlik bilan katta ilonning tepasiga emaklab
chiqarkan qo'l oyog'i kuya boshladi. Nega bunday bo'layotganini
aniqlash uchun ilonning terisiga sehr yordamida qog'oz hosil qilib, bosib
ko'rgan Asad uning terisiga qandaydir suyuq modda to'kilganini ko'rib
so'kinib qo'ydi. Keyin Shohistaning burchakka taqalib qolganiga ko'zi
tushgach qo'l-oyog'i kuyayotganiga qaramay tez-tez harakatlanib
ilonning boshiga yaqin joygacha emaklab chiqdi. Judayam katta, boz
ustiga ustidan kuydiruvchi suyuqlik quyilgan ilon ustidan emaklab
chiqayotgan Asadni sezmagani bois boshidan judo bo'ldi. Ilonning boshi
bilan birga yerga qulagan Asad oyoqlarining osti va kaftlari kuyib
ketgani bois o'rnidan tura olmay yotaverdi.
— Turmaysanmi "Ishbilarmon" nega shalpayib yotib olding? - dedi
Shohista kesatib
— Turolmayman! - dedi Asad kuygan kaftlarini ko'rsatib
— Kaftlaringga nima qildi? Kafting bilan yurmaysan-ku? Tursangchi
nozikoyimlanmay! - dedi Shohista baqirib
— Afsuski oyog'imda ham shu axvol. Negaki ilonning terisiga
kuydiruvchi modda quyilgan ekan! - dedi Asad izoh berib
— Ooo qanday ajoyib battar bo'l "Ishbilarmon" im - dedi Shohista "im"
qo'shimchasiga alohida urg'u berib
— Nima deding? - dedi Asad ko'zlari quvonchdan porlab
— Damingni ol dedim! - dedi Shohista kulib, so'ngra hech narsa
bo'lmagandek joyiga o'tirdi. Asad esa noiloj o'ziga o'zi sehr yordamida
muolaja qilib, asta o'rnidan turib joyiga o'tirdi va jilmaygancha
asirlikning eng buyuk ishini ya'ni "Shohistaga termulishni" boshladi...
********
Asirlikning beshinchi kuni...
Boshqa juftliklarniki kabi zax va qorong'u zindon! Mushaklari
shundoqqina bilinib turgan kelishgan bir yigit zax yerga cho'zilgancha
mashq qilarkan bir chekkada o'tirgancha o'zi doim yonida yashirib olib
yuradigan kitobni mutoala qilib o'tirgan oy yuzli qizga birov-birovga
tikilib olar, qiz unga qaramagani bois qayta o'z ishida davom etardi.
Nihoyat qancha vaqtlik yoqimsiz sukutdan so'ng haligi qiz tilga kirdi...
— Balki menga tikilishni bas qilarsan Javohir? Nimadir demoqchi
bo'lsang ayt! Ammo bunaqa ayb ish qilgandek ora-orada qarab
qo'yishing asabimga o'ynayapti! - dedi Iroda kitobini boshidan tushurib
— Iroda nahot zerikmagan bo'lsang? Nechi soatdan beri shu kitobdan
boshingni ko'tarmading! Hatto kiprik ham qoqmaysan aa? Agar doim
shunaqa o'qiydigan bo'lsang ko'z nuringdan ayrilasan-ku? - dedi Javohir
samimiy jilmayib
— Men haqimda qayg'urish senga qolmagan Javohir! Nima foydali,
nima zararli ekanini ham, o'zim uchun yetarli meyorini ham bilaman!
Shunday ekan mendan havotir olmay qo'yaqol! Bundan tashqari realda
o'qish uchun vaqtim unchalik ham ko'p bo'lmaydi! Bu yerda sening
mashq qilishingga qarab vaqtimni bekorga sarflaganimdan ko'ra kitob
o'qiganim avfzalroq va foydaliroq! - dedi Iroda unga izoh berib
— Nega realda vaqting kam bo'ladi? Yoki hayotingda... haligi... birortasi
bormi? - dedi Javohir o'ylab
— Javohir nega senga birdan mening hayotim nega qiziq bo'lib qoldi?
Boshqa qiladigan ishing yo'qmi? - dedi Iroda asabiylashib
— Ho'p noto'g'ri savol berdim! Ho'sh unda aytchi nega insonlar bilan
kam muloqot qilasan? Huddi tashqi tomondan mustahkam qobiq bilan
himoyalangansan-u, u qobiqdan begonalar o'tishi imkonsiz! - dedi
Javohir ham jiddiy tortib
— Bilasanmi nima? Insonlarda boshqalarga ya'ni begonalarga
aytilmaydigan narsalar, sirlar bo'ladi. Insonlar o'ziga yaqin olgan
insonigagina barcha narsani, ya'ni hayotida bo'lgan barcha voqealarni
ipidan ignasigacha aytadi. Mening hayotimda ham shunaqa insonlar
ya'ni o'zim qattiq yaxshi ko'rib, ardoqlaydigan insonlar bor! Men barcha
sirlarimni ular bilan baxam ko'raman va ularni barchadan qizg'onaman!
Sababi ular meniki! Mening yaqinlarim! Yaqinim deya ataydiganlarim
kam bo'lishi mumkin ammo ular haqiqiy. Men atrofdagi soxtalardan
o'zimni himoyalash maqsadida ular bilan deyarli gaplashmayman!
Ammo bu umuman gaplashmaydi degani emas! - dedi Iroda Javohirga
"Tushundingmi?" degandek termulib
— Ho'p tushunarli! Men ham o'sha yaqinlaring qatoriga kirishim
mumkinmi? - dedi Javohir bilanar bilinmas jilmayib
— Buni vaqt ko'rsatadi! Hozircha biz shunchaki bir-birimiz bilan
bellashib, ikkimiz ham hech bir zararsiz bu yerdan chiqib, realga
o'tishimiz kerak bo'lgan kichik hamkorlarmiz! - dedi Iroda kitobini qayta
yashirib qo'yarkan. Shu payt zindondagi qizil chiroq chiyoldoq ozov
chiqarib yonib-o'chdi va
— Mana kuch sinashishimiz kerakligining yaqqol isboti! - deya Iroda
gapini yakunladi
— Agar bunday qilmasakchi? - dedi Javohir o'ychan
— Men qoidalarni buzishning oqibati yaxshi bo'lmasligini yaxshi
bilaman! Shu bois ham jimgina jang qilib qo'yganimiz avfzal. Seni
bilmadim-ku har holda men realga sog' qaymoqchiman! - deya Iroda
qo'lida qadimiy qirol ritserlariniki singari qilich hosil qildi
— Ammo men sen bilan jang qilishni istamayman! - dedi Javohir qat'iy
— Xohishing! O'zing mag'lubiyatni tanlading! - Iroda shunday deya
Javohirning yelkasidan boshlab qilichni tortib yubordi. Natijada Javohir
yelkasidan qornigacha jarohat oldi. Uning jarohatidan oqayotgan qon
zax yerga tomgach zindondagi yashil chiroq yonib-o'cha boshladi va
jang yakunlandi. Javohir esa o'zidan-o'zi kula boshladi.
— Aqldan ozganmisan? Nega kulyapsan? - dedi Iroda uning telbadek
bekordan bekorga kulayotganini ko'rib
— "Qoidalar buzish uchun yaratila" degan shior ostida yashardim! Sen
esa meni o'z qoidangga bo'ysundira olgan yagona shaxssan! Juda kulgili
- dedi Javohir xoxolab kularkan.
— Men seni ezma desam sen g'irt telba ham ekansan-ku? Nega
kulyapsan ahmoq? Hozir yarang kattalashib ketadi! - dedi Iroda
asabiylashib
— Mendan havotir olyapsanmi? - dedi Javohir og'riq turgan qornini
ushlab, tinimsiz oqayotgan qonni to'xtatishga urunarkan
— Havotir olayotganim yo'q! Shunchaki sen hatta himoyalanmading!
Shunchaki harakatsiz holda yaralanishingga ko'nding. Jang haqqoniy
kechganida balki men jarohat olishim mumkin edi! Ammo yo'q, sen
qarshilik ko'rsatmading! Bu ahvolda tushishingga men sababchiman!
Shu bois ham yordam berishni istadim! Qimirlama! Qo'lingni ham tort!
Chang qo'ling bilan ushlab qonni to'xtata olmaysan! Shunchaki
bakteriya tushurganing qoladi. - dedi Iroda sehr yordamida bint, qaychi
va spirt hosil qilarkan uning yoniga joylashgancha
— Tushunarli... Negadir doim aytganlaringni so'zsiz bajaryapman!
Mobodo jodugar emasmisan? - dedi Javohir kulib, ammo bu kulguyi
uzoqqa bormay qornida og'riq turdi
— Menga qara janob "vaysaqi" odamgarchilik qilib yordam bermoqchi
bo'lyapman! Agar yana nimadir desang yarangni o'zing davolashingga
to'g'ri keladi! - dedi Iroda uning o'ziga yeb qo'ygudek tilishidan
asabiylashib
— Ho'p mana jimman - dedi Javohir jiddiy tortib
— Hozir biroz achishadi! - Iroda shunday deya uning yarasini spirt bilan
yuva boshladi. Javohirning achishish sabab yuzi burishib, ko'zlarini
yumib olganini ko'rgan Iroda shunchaki kulib qo'ydi va yarasini bog'lab
qo'yib qayta joyiga o'tirgancha kitobini kelgan joyidan boshlab mutoala
qilishga tushdi...
*******
Asirlikning oltinchi kuni...
— Fe.r.ruzzz nariroq tur! - dedi Feruza o'ziga judayam yaqin turgan
Feruzni o'zidan nari qilishga urunib
— Nega ekan? Menga seni mana shu munchoq ko'zlaringdagi qo'rquvni
ko'rish zavq bag'ishlayapti! - dedi Feruz jilmayib
— Feruz bu yerdan ketish yo'lini topishimiz kerak! Uzoqroq tur iltimos! -
dedi Feruza o'ziga sm masafodan tikilib turgan Feruzning nigohidan
cho'chib
— Isming Feruza to'g'rimi? Qaraya ismlarimiz bir- biriga juda mos ekan!
Feruz va Feruza! Ohhh qanday jarangli eshitilyapti! Kimsasiz zindonda
sendek go'zal qiz bilan yolg'iz qolgan bir paytimda nega vaziyatdan
foydalanib qolish o'rniga qochishga urunishim kerak? - dedi Feruz
Feruzaning sochlaridan silab
— Haddingdan oshyapsan nari tur mendan! - Feruza ohiri sabri
qolmagach uni itarishga tushdi. Ammo bu Feruzni nari ketqazishga
foyda bermadi, aksincha Feruz Feruzaning qo'llaridan ushlab uni butkul
harakatsiz holga keltirib qo'ydi. Bunday yaqin masofada sehr ham qilib
bo'lmasligidan jahli chiqqan Feruza alamdan qizara boshladi
— Beozorginam uyalaverma, qara yuzing huddi olmadek qip-qizil bo'lib
ketdi. Ustiga-ustak yuraging ham boshqacha uryapti - dedi Feruz
Feruzaning qulog'iga shivirlagancha
— Mendan nima istaysan ablah! - uning shilqimliklaridan hunobi
oshgan Feruza qayta tipirchilay boshladi
— Jim bo'l! Tinchlan! Tinchlan dedim senga! Ha ana... Bo'larkan-ku! -
dedi Feruz yoqimsiz iljayib, – Sendan nima istayman? Ho'sh istagimni
bajara olasanmi? - dedi Feruz ayyorona jilmayib uning yuzidan silarkan
— Sen... nimaga shama qilyapsan? Nimalar deyapsan o'zi? - dedi Feruza
jahli chiqib
— Bir aytgan narsamni qayta aytishni yomon ko'raman! Shuning uchun
kel ko'rsatib beraqolaman! - dedi Feruz so'zlariga sirli tus berib, shu
payt zindondagi qizil chiroq yonib ularni jangga chorladi
— Feruz qara biz jang.... - Feruzaning gapi oxiriga yetmasdan turib Feruz
uning bo'yni xanjari yordamida yengil jarohatladi. Ammo shu onning
o'zidayoq Feruzaning ranggi oqarib, nafas olishi sekinlasha boshladi.
Uning bu taqlid ahvoli o'zgarayotganini ko'rgan Feruz birdan qo'rquv
hissini tuydi. U shu qisqa fursat ichida Feruzaga uning bolalarcha
beg'ubor harakatlariga, jahli chiqqanida yuzlari qizarib, arazlab olishi-yu,
noto'g'ri gapirib qo'yganida bolalardek tilini chiqarib qo'yishiga
bog'lanib qolgandi. Har safar yuragi unga talpinib, yoniga borganida
o'ziga qo'rquv ila termulib turadigan munchoq ko'zlarining shaydosiga
aylangandi...
*******
Asirlikning oltinchi kuni... Zulmat qasri. Tajriba xonasi...
— Ho'sh singiljonim o'zing joyingga borib o'tirasanmi? Yoki o'tkazib
qo'yaymi? - dedi Alixan jilmayib
— Sharofatingiz bilan bu kursiga birinchi bor o'tirishim emas! Shunday
ekan o'tkazib qo'yaman deb ovvora bo'lishingiz shartmas! Olsangiz
kuchimni olasiz jonimni emas! - dedi Orzu kesatib
— Ammo bu safar o'tgan galgidek yarim kuchingni emas, barcha
kuchingni olmoqchiman! Bu degani tanangdagi barcha qon siqib
chiqarilgunga qadar "mashinam" seni ezg'ilayveradi! - dedi Alixan izoh
berib
— Demak singlingizni o'ldirmoqchisiz? Ko'zingiz qiyadimi mendek
singlingizni o'ldirishga? - dedi Orzu jiddiy nigoh ila Alixanga termulib
— Rostini aytsam avvaliga ko'zim qiymadi! Ya'ni sendagi shuncha chiroy
isrof bo'lmasin deya avval... ixm...ixm... o'zing tushungandirsan? Ammo
keyin fikrimdan qaytdim! Chunki Izabella bundan xabar topsa miyyamni
qatig'ini chiqarardi. Bunga esa yo'l qo'ya olmasdim! Chunki unda katta
kuch borligini sezyapman! Erta-indin kuchini anglab yetsa gaplashaman
u bilan! - dedi Alixan ayyorona jilmayib
— Chiroyim uvol ketmasin emish? O'rgildim sizdaka akadan! Meni
o'rtoqlaringizga pullamoqchi bo'lganingizda ko'zingiz qayerda edi? Axir
u payda ham ixm... ixm qila olardingiz! Agar qochib ketmasam! - dedi
Orzu undan biror yaxshiroq masalan "U payt hozirgidek yovuz
emasdim" "U payt seni singlimdek ko'rardim! Aqlsizlik qilib,
do'stlarimga seni sotmoqchi bo'ldim" degandek gaplar eshitishni chin
dildan istab
— U payt bu hayolimga kelmagandi! Hayolimga kelganida vaziyat to'g'ri
kelmayapti! Mayli hech qisi yo'q baribir yaqinda o'lasan! Raxmat de
singlim bo'lganing uchun ham kuchingni o'zim olyapman! Dadam yoki
oyingniki kabi isrof qilmayapman! - dedi Alixan kulib
— Sizning qo'lingizga tushib chirkin ishlarga yordam bergandan qaro
yerga ko'milib isrof bo'lgani yaxshi edi shu kuchim! - dedi Orzu o'ychan
— Mayli ko'p gaplashib yubordik. Tayyorlan hozir "biroz" og'ridi - Alixan
shunday deya moslamasini ishga tushurdi va Orzuning bo'yni va
bilaklarini o'tkir tig'li moslamalar ma'lum chuqurlikda kesib yubordi.
Bo'yni va bilaklarida kuchli achish turgan Orzu qo'llari va bo'ynidan
oqayotgan qonni to'plab turgan idishga qararkan qonning o'zi oqishini
istab yolvorardi. Ammo shundog'am qoni kam bo'lgani bois 5 daqiqaga
bormay qon oqishdan to'xtadi. Buni ko'rgan Alixan moslamaning
boshqa bir tugmasini bosib Orzuning tanasini ezg'ilib, qonini siqib
chiqarishni boshladi...
Orzu tanasida kuchli og'riq turganiga qaramay ko'zlarida og'riq sabab
mavjlanishga ulgurgan yoshlarni oqizmaslik uchun bor kuchi bilan
ko'zlarini ochib tishlarini-tishiga bosgancha hushidan ketishini kutib
turgan bir payt xona eshigi zarb bilan ochilib ichkariga Snake kirib keldi.
Uning kelganini ko'rgan Orzuning ko'zlari hayratdan kattalashgan bo'lsa,
Alixanning ko'zlari g'azabdan qizara boshladi. Sababi aynan Snake sabab
Alixan bir necha bor o'limdan qolgandi. Snake Orzuga o'z tilida
nimalardir deya vishshilagach Orzu havotirga tushdi va bor kuchi bilan
moslamani qulatishga uruna boshladi. Ming bir azob ila uni qulatib,
o'rnidan turarkan allaqachon qo'llari va bo'yni allaqachon chuqur
jarohat olganini ko'rib, ensasi qotdi. So'ngra uni sehr bilan bog'lab,
zindonga yo'l oldi. Snake esa bu paytda allaqachon Alixan bilan jang
qilishni boshlab yuborgandi. Bu Snake uchun muammo emas, chunki u
bundan avval ham Orzuni himoya qilaman deb o'lib ketishigayam,
Alixanni o'ldirishigayam bir bahya qolgan. Albatta u paytlar Alixan
hozirgidek kuchli emas edi. Shu bois ham Orzu Snakega oxirgi bor qarab
qo'yishni istadi, negadir ko'ngli g'ash bo'lsada Feruzaga yordam berish
uchun zindonga yo'l oldi. Chunki Snake xonaga kirishi bilan Orzuga
Begzodning qaytgani va Feruzaning o'lim yoqasidaligini aytgandi. Orzu
zindonga tushishi bilan Feruzning baland baqiriqlari chiqib turgan
"qafas" tomon yo'l oldi.
— Orzu nihoyat! Feruza unga yordam kerak! Orzu hoy? Meni
eshityapsanmi? Orzu dedim! - Orzuni ko'rishi bilan yordam so'rashga
kirishgan Feruz uning javob bermaganidan anchagina asabiylashdi.
Orzu zindonga kirishi bilan bir chekkada hushsiz yotgan Feruzaning
oldiga bordi. Uning nafas olishi juda sust bo'lib, agar zudlik bilan yordam
ko'rsagilmasa o'lishi aniq edi. Orzu avvaliga bir zum ikkilanib turdida,
keyin vaqti oz qolganini eslab, tezda Feruzaning peshonasiga qo'lini
qo'yib, qaysidir tilda nimalardir deya shivirladi. Shundan so'ng Orzudan
oppoq nurlar chiqib, Feruzaning peshonasiga singib ketdi. Sehr qilib
bo'lgach Orzu ko'zlarini ocharkan, Feruzaning yuziga bir ikki urib qo'ydi.
Shundan so'ng Feruza ham ko'zlarini ochdi.
Begzod qasrga kelishi bilan avval Snakega, keyin qo'llari va bo'ynini
bog'lab olgan Orzuga duch keldi. Orzu unga narsalar bilan birga qizlar va
yigitlarni yig'ib yoniga borishni tayinlagach, Begzod eng avval Zulfiyani
oldiga bordi. Keyin qolganlarni ham to'plab birgalikda Feruza va
Feruzning zindoniga kelishdi. U yerda moviy ko'zlarini, butkul qora
qoplab olgan Orzu va bir ahvolda yotgan Feruzani ko'rgach barcha izoh
talab qilib savol bera ketishdi.
— Akam sizlar bir-biringizga og'ir jarohat yetkazmayotganingizni
ko'rgach xiyla ishlatishga qaror qilgan ya'ni Feruzning xanjarini o'zining
har qanday kuchli sehrgarni ham yo'q qilishga qodir xanjariga
almashtirib qo'ygan. Afsuski sizlar yana bee'tiborlik qilib buni
sezmagansiz! Natijada Feruza o'lishiga oz qoldi. Ammo men unga
o'zimdagi "Angelus" kuchini bergach u hayotga qaytdi. Endi Feruza
oddiy sehrgar emas, "Angelus" kuchiga ega bo'lgan "Farishta" sehrgar!
Bundan tashqari u mening yarmim! - o'ziga turli savollar ila yuzlanib
turgan yaqinlariga Orzu izoh berdi.
— Qanaqasiga yarming? - dedi Nargiza hayron
— Gap shundaki men o'zimdagi barcha "Angelus" kuchini Feruzaga
bersam, birdaniga bunday katta kuchga uning tanasi bardosh bera
olmay qolishi mumkin edi. Bundan tashqari bunday qilganimda o'zim
ham faqat "Diaboli" kuchini boshqara olmay qolardim. Chunki "Diaboli"
ni boshqarish uchun menga oz miqdorda bo'lsa ham "Angelus" kuchi
kerak! Mening yarmim deganda esa mana buni nazarda tutdim! - Orzu
shunday deya qo'lini yengil tilib yuborgan edi, Feruza ham aynan o'sha
qo'lining shu joyini ushlab qoldi. Orzu uning qo'lini ochib tilingan joyini
ko'rsatgach barcha rostmanasiga hayron qoldi.
— Gap shundaki men sizlar o'ylaganingizdan ancha kuchliman! Buni
o'zingiz ham bilasiz. Sizlarning har biringizga berilgan kuchlar aslida
"Vertual olam" o'yinidagi besh bosqichdan o'tgan insonga beriluvchi
kuch turlari. Bu kuchlarning barchasiga erishish uchun barcha
bosqichlardan o'tish kerak. Hozircha barcha bosqichdan o'ta olgan
yagona shaxs menman. Akam o'yinda qatnashmagan. U doim mendagi
tayyor kuchni tortib olib kelgan. Kuch olishning bu yerda ikki xil usuli
bor. Biri "Diaboli" ni olish uchun qo'llaniladigan, ishtirokchining qonini
ichish orqali bo'lsa, ikkinchisi "Angelus" kuchini berish yo'li.
Anglaganingizdek "Angelus" kuchini faqat o'z xohishi ila berish mumkin.
"Diaboli" kuchini esa qon orqali tortib olishadi. Feruzaga kelsak, men
unga faqat yarim kuchimni berganim sabab men olgan har qanday
jarohat unda, u olgan har qanday jarohat menda paydo bo'ladi. Buning
boisi ham kuchimni to'liq bermaganim! - dedi Orzu tez-tez izoh
berarkan
— Begzod shu paygacha qayerda edi?
— Biz nega bir joyga jamlandik? Aniqrog'i qanday jamlandik? Alixan
qayerda?
— Bo'yning va bilaklaringga nima qildi Orzu?
— Alixan qasrdan chiqmasa uni qanday o'ldirmoqchisan?
— Real hayotga qayta olamizmi?
— Nimalar bo'lyapti? Nega tez-tez- gapiryapsan?
Orzu endi izoh berib bo'ldimmi deganda yana savollar yomg'iri
yog'dirilgach hafsalasi pir bo'ldi. Ammo ko'p ham o'ylab o'tirmay
barchasini eng qisqa tarzda tushuntirishga qaror qildi...
— Begzodni bir ish bo'yicha jo'natgan edim. U shuni bajarib qaytdi.
Alixan ya'ni akam esa hozir Snake bilan jang qilyapti. Aslida Begzodning
bu yerga kelganini ham, Feruzaning o'lim yoqasida ekanligini ham
Snakedan eshitdim. U esa hozir ham huddi avvalgidek men uchun akam
bilan kurashyapti. Ammo bu uzoqqa bormaydimi deb qo'rqaman chunki
akam avvalgidan ancha kuchli. Shuning uchun tezroq Snakeni oldiga
qaytishim kerak. Sizlar esa...
— Shoshmachi! Snake dedingmi? U sening olamingda meni o'ldirgan
Shahzodning iloni emasmi? Adashmadimmi? - dedi Shohista hayratlanib
— Umuman olganda biroz adashding! Chunki Snake Shahzodning emas
mening ilonim! - dedi Orzu
— U senga qanday aytdi? Ilonlar gapira olmasa kerak har holda? - dedi
Dovud hayron
— Ilonlar gapira oladi. Faqat insonlar buni tushunmaydi. Insonlar tilida
ilonlar faqat "vishshillashi" mumkim. Ammo aynan shu vishshilash
ularning tili va men ularning tilini tushunaman. Nafaqat ular balki
boshqa hayvonlarnikini ham. Hayvonlar tilini o'rganishni
osonlashtiruvchi sehr bor. Men bu sehrni 4 bosqichda o'rganganman.
Keyin Snake bilan, undan keyin "Nomsiz" lar bilan tanishdim - dedi Orzu
izoh berib
— Demak sen bizni bir-birimizga qarshi qo'ymay turib ham qasrga
bemalol kira olarding shundaymi? - dedi Nargiza hayron
— Umuman olganda ha. Ammo siz kira olmasdingiz. Kira
olmaganingizdan keyin real olamga qayta olmasdingiz ham. Chunki
realga o'tish yo'li qasrda. O'yinga kirganlar ham avval qasrga kelib
tushadi. Akam esa ularning hushsizligidan foydalanib kasalxonaga
uloqtiradi. Shu tariqa sizlar o'yinga kelib qolasiz. "Nomsiz" lar juda
tushunarsiz mahluq sanaladi. Ular faqat menga tegmaydi. Hatto akam
ham ulardan qo'rqadi. Shu bois qasrdan doim partal orqali kirib chiqadi.
"Nomsiz" lar faqat ilk mehr qo'ygan insoniga tegmaydi menimcha,
chunki mendan keyin kim ularga yaqinlashmoqchi bo'lsa o'lib ketgan.
Begzodni ham o'ldirishlari mumkin edi. Ammo u men aytgan yashirin
tuynuk orqali qasrga kirgan. Oddiy insonlar bu tuynukka kira olmaydi,
kırsa ham tirik chiqmaydi. Chunki u tuynuklar Snakening uyidek bo'lib
qolgan. Snake doim shu tuynuklar orqali qasrdagi harakatlarni nazorat
qiladi va menga yetkazib turadi. Bundan tashqari u o'z uyiga
begonalarni kiritishni yoqtirmaydi. Men iltimos qilganim uchun bir
martaginaga Begzod kirishiga ruxsat berdi. Hullas shunaqa gaplar - dedi
Orzu
— Buniku tushundik bizni nega jamlading? - dedi Begzod havotir bilan
— Gap shundaki akajon siz hozir markazdagi zanjirlar bilan
himoyalangan zindonga boshqalarni olib borasiz. Sizlar zanjirlarni uzib
zindonga kirgunga qadar men akamni yo'q qilishga harakat qilaman.
Akam o'lishi bilan o'sha zindondan kuchli yorug'lik taralib real hayotga
o'tuvchi yo'l ochiladi. Sizlar esa bir-biringizning qo'lingizdan mahkam
tutgancha undan o'tasiz. U yog'i qanday kechishini bilmayman. Chunki
men ham realga qaytib ko'rmaganman. Sizlarga aytishim kerak bo'lgan
yana bir narsa aslo bir-biringizni qo'yib yubormang. Birgalikda bir
Do'stlaringiz bilan baham: |