Najmiddin Kubro:
U dunyo-bu dunyo Vatan bizga or,
Dunyolarga sotmadik nomusimizni.
Aziz vatandoshim,ayladik yodgor,
Erksevarlik,yurtsevarlik qomusimizni.
Amir Temur:
Men yarim dunyoni darbadar kezdim,
Bitta yurak bilan,bir qilich bilan.
Dushmanni yurtimdan badarg‘a etdim,
Bitta oyoq bilan,bitta o‘ch bilan.
Taajjub noo‘rin,gumonlar xato,
Tavallo qilurman,amr qilurman.
Ostimda bir zamin,tepamda Xudo,
Yakka-yu yagona Amir Temurman.
Jaloliddin Manguberdi:
Nomus uchun nomni emas,ruhni o‘stir,
Og‘ir kunda yovdan qochgan yovga do‘stdir.
Yurt chorlasa,suvlarni kech,o‘tlarga kir,
Fidoyi bo‘l,yurting uchun fidoyi bo‘l.
Mirzo Ulug‘bek:
Bag‘rimda bo‘y yetgan bo‘z bolam,
Mergan bolam,lochin ko‘z bolam ,
Bo‘g‘zimga tig‘ urgan o‘z bolam,
Men dardimni kimga aytaman?
Cho‘lpon:
G‘ururi bo‘g‘ilib,erki yanchilgan,
Xalqim taqdirini o‘ylagan edim.
Mustabid tuzimning tig‘i sanchilgan,
Ozodlik va erkni kuylagan edim.
Ozod bo‘larmikan o‘zbegim,armon.
Haqsizlik qurboni bo‘lganman,Cho‘lpon.
Do'stlaringiz bilan baham: |